UY VAZIFASINING TURLARI VA DARAJALARI O‘quvchilarga beriladigan uy fazifalari bir necha tur va darajada bo‘lishi mumkin. Darsda ikki yoki uch xil darajadagi uy vazifalarini berish maqsadga muvofiq.
Birinchi daraja – MAJBURIY MINIMUM. Bunday topshiriqning asosiy xususiyati: uni barcha o‘quvchilar oson tushunishi va bajara olishi kerak.
Ikkinchi daraja – TAYYORLANUVCHI. Bunday topshiriqlarni dasturni qiyinchiliksiz o‘zlashtiradigan va predmetni yaxshiroq bilishga xarakat qiladigan o‘quvchilar bajaradi. O‘qituvchi ularni birinchi tur topshiriqdan ozod qilishi ham mumkin.
Uchinchi daraja – IJODIY TOPSHIRIQ. Odatda bunday topshiriqlarni o‘quvchi o‘z xohishiga qarab bajaradi. Ular o‘qituvchi tomonidan yuqori ball va maqtov bilan rag‘batlantiriladi.
Ijodiy topshiriqlar turi juda ko‘p. Masalan, o‘quvchilarga quyidagi topshiriqlarni bajarish tavsiya etiladi:
mavzu bo‘yicha ertak, fantastik hikoya, masal yozish;
chaynvord, krossvord tayyorlash;
mavzu bo‘yicha qiziqarli fakt, masala va misollar to‘plash;
mazu bo‘yicha plakat tayyorlash;
mazu bo‘yicha rasmlar chizish va xakazo.
Uyga vazifa berish usullari Uy vazifasi ijodiy bo‘lishi mumkin ekan. Shu bilan birga yu vazifasini berishga ham ijodiy yondashish mumkin. Uy vazifasini biror topishmoq, jumboq, boshqotirma shaklida berib unga sirli tus kiritish mumkin. Albatta o‘quvchilar yecha oladigan jumboq tanlanishi kerak.
Misol 1: “Sanoq sistemalari” mavzusi. Uyga vazifa sifatida beriladigan darslikdagi mashqlarning tartib raqamlarini ikkilik sanoqsistemasida berish mumkin. O‘quvchi qaysi mashqlarni bajarishi bilish uchun avval ularning tartib raqamini ikkilik sanoq sistemasidan o‘nlik sanoq sistemasiga o‘tkazib olishi kerak bo‘ladi.
Misol 2: “Ma’lumotlar ombori” mavzusi. Uyga vazifa: “Yer tagida oltin qoziq” sinfiga mansub ob’yektlar ma’lumotlar omborini tuzing. Ob’yektlar soni beshtadan kam bo‘lmasin. O‘quvchi qaysi ob’yektlar uchun ma’lumotlar omborini tuzishni bilishi uchun, avval berilgan topishmoqning javobini topishi kerak. Keltirilgan misolda javob: sabzi. Demak “sabzavotlar” ma’lumotlar ombori tuzilishi kerak.
Inson tabiatan sirli narsalarga qiziqadi, yosh bolalar, ayniqsa. Uy vazifasi bu shaklda berilganda, o‘quvchilar aksariyat holda uy vazifasini bajargandan ko‘ra qaysi vazifani bajarishni topganidan ko‘proq faxrlanadi. O‘quvchi uy vazifasini albatta bajaradi. Axir, aks hilda u o‘qituvchi bergan jumboqni yecha olmagan bo‘lib chiqadiku. Jumboqni yechgan o‘quvchi buni hiohlarmidi? Albatta yo‘q.
Hamma darsda ham ushbu usuldan foydalanaverish kerak emas. “Har narsaning me’yori yaxshi” – degan xikmatni unutmaslik lozim.