Информатика фанидан амалий кыникмаларни ыргатишнинг илгор усуллари


Informatika fanini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar elementlari



Download 289 Kb.
bet3/17
Sana13.07.2022
Hajmi289 Kb.
#792789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Информатика фанидан амалий кыникмаларни ыргатишнинг илгор усулла

2.2. Informatika fanini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar elementlari.


Pedagogika ta’lim usullari rivojlanishiga qarab, uni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratiladi:
1-Muallimning «o’z qo’l kuchi» bilan o’qtish bosqichi, ya’ni talaba uchun axborot manbai- o’qituvchi bo’lishi;
2- O’quv manbalari, darsliklar o’quv qo’llanmalari yaratilgan va keng qo’llaniladigan bosqich;
3- Audiovizual vositalar qo’llanilgan bosqich;
4- O’qitishni boshqarishda oddiy avtomatlash vositalarini qo’llash bosqichi;
5- O’qitishni hozirgi zamonaviy informatsion va telekammunikatsion vositalar yordamida boshqarishni avtomatlashtirish bosqichi.
Bu pedagogik bosqichlarning xar birida ta’lim takomillashtarib borganligi tufayli o’qituvchi mehnatining samarasi ortib, yangi texnologiyani qo’llaydigan safi kengaya boradi.
Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasini rivojlangan davlatlar darajasiga chiqarish maqsadida «Ta’lim to’g’risidagi qonun» qabul qilindi. Ta’lim O’zbekiston davlati siyosatining ustivor sohasiga aylandi,ulkan ishlar rejalashtirilmoqda, davlat byudjetidan bu sohaga katta mablag’lar ajratilmoqda. Milliy dasturda rivojlangan mamlakatlar darajasida raqobatbardosh, yuksak ma’naviy - ahloqiy fazilatlarni egallagan, yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadi kun tartibiga qo’yildi. Ilgarigi pedagogik texnologiyalar bilan bu vazifalarni bajarib bo’ladimi? 3,4- pedagogik bosqichlarni chetlab, 5-EHM larga asoslanib pedagogik texnoliya vositalari va metodlarini o’zlashtirishga o’tish mumkinmi? Tajriba bu savolga ijobiy javob beradi.
Bilib olingan axborotdan foydalanish usuli bo’yicha o’quv faoliyati renroduktiv(esda qolganiga ko’ra)va produktiv(mahsuldor) turlarga ajratiladi. qo’yilayotgan vazifalarni (masalalarni)echish uchun dastlaki axborotlardan foydalanish usuli faoliyatni turlarga ajratishning umumiy printsipi hisoblanadi. Reproduktiv faliyat mahsuldordan oldin kelishi shubhasiz, ya’ni mahsuldor faoliyat undan o’sib chiqadi.
Reproduktiv faoliyatda o’zlashtirilgan o’quv predmetining mazmuni va sifati uning algoritmlari va qoidalari faqat har xil ko’rinishlarda qayta ishlab chiqiladi (ta’limda aynan gapirib berishdan tortib, o’xshash vaziyatlarda biroz o’zgatirib aytishgacha), o’quv predmetida dastlab bilib olingan ma’lumotlarga talaba faoliyat davomida biror yangi axborot qo’shmaydi. Algoritmik harakatlar, ya’ni aniq tasvirlangan qoidalarga binoan harakat qilish reproduktiv faoliyat uchun harakterlidir. Masalan, talaba umumiy ta’lim, ixtisoslik predmetlari bo’yicha o’quv qo’llanmalaridagi barcha masalalar (vazifalar)ni ilgari o’zlashtirilgan (bilingan) qoidalar va algoritmlarga binoan echadi, talabaning bunday faoliyati reproduktivlik doirasidagi harakatlaridir.
Mahsuldor faoliyat jarayonida talaba har doim o’quv predmetida o’zlashtirib olinganga nisbatan yangi harakat-HMA yaratadi, ya’ni o’quv-qo’llanmasining mazmunidan farq qiladigan yangi axborotni yuzaga keltiradi. Yangi axborotni yaratish doimo tadqiqotchilik faoliyati tajribaga suyanadi.
Reproduktiv va mahsuldor faoliyatlar o’zaro bog’langan bo’lib reproduktiv, ham mahsuldor faoliyatga doir har bir harakatni amalni echish jarayonining elementi sifatida bajaradi. Masala deganda ma’lum bir vaziyatda harakat yordamida erishilishi mumkin bo’lgan ma’lum bir maqsadlar tushiniladi. Shunday qilib maqsad vaziyat va harakat masalaning kompanentlari masalalarida ko’rsatiladigan variantlarga bog’liq bo’ladi.
Insoning masalalarni echish qobilyati sifatida quyidagi to’rtta izchil o’zlashtirish darajalari (a) shaklida taqdim etish mumkin: a-I-IV-to’rt darajasi, ta’lim jarayonida ma’lum predmetdan talabalar bilim-tajribasining o’sish (yuksalish) imkonyatlarini aks ettiradi.
1-daraja (a-I) Agar masalada uning echishning maqsadi, vaziyati va harakati ko’rsatilgan bo’lsa, talabadan bu uchala kompanent masalaning barcha talabalarga mos kelishi haqida xulosa chiqarishgina talab etiladi, bu bilish faoliyati hisoblanadi. Talaba uni ob’ektlar, jarayonlar yoki harakatlar haqidagi o’zida mavjud axborotni qayta qilgandagina bajara oladi. Bu tashqaridan algoritmik ko’rinishda berilgan algoritmik faoliyatdir.
2-daraja (a-II). Agar masala (vazifa) da maqsad va vaziyat berilgan bo’lsa, talabadan uni echish uchun oldindan o’zlashtirilgan (o’rganilgan) harakatni qo’llash talab etilsa, bu – harakatning bajarishning oldindan o’zlashtirilgan mo’ljali haqidagi axborotni mustaqil qayta tiklab va qo’llab bajaradi. Buni tipik masala deyiladi.
3-daraja (a-III). Agar masala (vazifa)da maqsad berilgan bo’lib, lekin unga erishishning vaziyati noaniq bo’lsa, talabadan esa vaziyatni aniqlash (to’ldirish) hamda bu notipik masalani echish usuli oldin o’zlashtirilgan harakatni qo’llash talab etilsa, bu evristik tipdagi mahsuldor harakat hisoblanadi. O’quvchi bunday faoliyatni bo’lib, tayyor algoritm yoki qoidaga binoan tipik harakatning ilgaridan ma’lum mo’ljal asosini mustaqil o’zgarishi jarayonida sub’ektiv (o’zi uchun) yangi axborotni topish va notipik masalani echish jarayonida bajaradi. Bu, evristik faoliyat bo’lib, tayyor algoritm yoki qoidaga binoan bajarilmaydi, balki harakat davomida yaratilgan yoki qayta o’zgartirilgan algoritm yoki qoidaga binoan bajariladi. Aniq bir masalani echish yoki loyihani tuzish uchun natijasini oldindan faqat umumiy tarzda aytish mumkin bo’lsa, uni ma’lum umumiy usul bilan mustaqil ravishda echish bunga misol bo’la oladi.
4-daraja (a-IV) agar vazifa (masala)da faoliyatning maqsadi umumiy tarzdagina ma’lum bo’lsa, maqsadga erishish uchun vaziyatni ham, harakatni ham izlab topish talab etilsa, bu ijodiy tipdagi mahsuldor faoliyatdir, buning natijasida faoliyatning ob’ektiv yangi mo’ljal asosi yaratiladi. Faliyatni bajarish jarayonida ob’ektiv yangi axborot olinadi. Bunda kishi o’ziga ilgaridan ma’lum bo’lgan sohada «qoidasiz» harakat qiladi, harakatning yangi qoidasini yaratadi, ya’ni ijodiy (tadqiqotchilik) faoliyatini bajaradi. Ilmiy ishlab chiqarish muammosi singari izlanishini, tadqiqotchilik va yaratuvchanlikni taqozo qiladigan faoliyalar bunga misol bo’la oladi.
Faoliyatning o’zlashtirishning bu to’rt darajasi – kishi mahorati shakllanishining izchil fazalari, bilim tajribani o’zlashtirishning darajalaridir.
Hozirgi zamonaviy pedagogika fanida ta’limni (faoliyatni) tashkil etishga doir bir qancha psixologik- pedagogik g’oyalar mavjud. Ularni umumlashtirib, talabaning o’quv-biluv faoliyatining bir qancha tiplarni ifodalash mumkin:
1. Agar ta’lim maqsadi birinchi darajadan yuqori bo’lmasa (o’quv materialining a-I darajasida o’rganish lozim bo’lsa), o’qish reproduktiv ta’limda tashkil etiladi. Reproduktiv ta’limda talabaning faoliyati mualimning so’zlarini diqqat bilan tinglash yoki darslik bilan ishlashdan, yoki o’rganilayotgan ob’ektlar, xodisalarni kuzatishdan ko’rsatmaga binoan biror amaliy harakatni tajriba tariqasida bajarishdan iborat bo’ladi. Shu ish-harakatni barcha o’quv elementlarini bilib olish uchun bir necha marta bajarish-uni yuqoriroq koffitsent (K1)darajasida o’zlashtirishga olib keladi. O’zlashtirish koffitsenti 0,7(K1-0,7) bo’lsa ya’ni o’quvchi test vazifa (topshiriq)larini 70 foizini to’g’ri bajarsa,ta’lim tugallangan xisoblanadi, chunki talabaning o’quv elementlarini o’zlashtirishi bo’yicha keyingi faoliyati K1 darajadan yuqorilasha boradi.

  1. Ta’lim maqsadi a-II (o’zlashtirishning ikkinchi darajasida) bo’lsa, talabaning o’quv-biluv faoliyati yuqoriroq shaklda bo’lishi, ya’ni faoliyat (ish-xarakat)ning asosiy algoritmlarini ongli va mustaxkam esda qoldirishni ta’minlash lozim. Bu darajada talaba o’quv materialini qayta ifodalay olishi, tanqidiy mushoxada yuritishi va vazifani bajarish variantlaridan ratsional usulni tanlay bilishi kerak. Ta’limning bu tipida o’quvchiga o’quv materialidan konspekt, referat tayyorlash, munozarada so’zga chiqish, ma’ruza qilish, barcha o’quv elementlariga oid masalalarni echish, didaktik o’yinlarda qatnashish tavsiya etiladi. 2- darajada testlarni bajarish koeffitsenti K11-0,7 bo’lsa, 2- darajadagi ta’lim (o’zlashtirish) tugallangan hisoblanadi.

  2. O’zlashtirishning 3- darajasi (a-III)ga erishish uchun talabaning o’quv-biluv faoliyati tadqiqiy, evristik shaklda tashkil etiladi. Buning uchun talaba o’quv materialini avval 1chi va so’ngra 2- darajada o’zlashtirgan bo’lishi zarur. Bu darajada talabadan o’quv-biluv faoliyatining izlanish (evristik) xarakatlari qilinishi talab etadigan muammoli o’qitish (ta’lim), ish o’yinlari, biror ishni real mo’ljallab (loyihalashtirib) bajarish kabi didaktik vazifalarni bajarishi o’rinli bo’ladi.

  3. Nihoyat ta’lim maqsadi 4- darajada o’zlashtirishni ko’zlaganda, masalan, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kabilarda o’quv jarayoni tadqiqot natijalari va metodikasini tahlil etish bo’yicha munozaralar, muammoli vazifalarni qo’ya bilish individual va jamoa bo’lib tadqiqot ishlarini bajarish kabi shakllarda tashkil etiladi.

O’quv jarayonini boshqarish zarurligi insonning tajriba(bilim) o’zlashtirishning xususiyatidan kelib chiqadi.Gap shundaki, ko’pgina talabalar o’zlashtirishning 1- darajasida 0,5(K1-0,5) koeffitsientda o’zlashtirganda (chala-chulpa o’zlashtirganda)yoq “bilib oldim” deb hisoblaydilar- “aldanish” sodir bo’ladi, ya’ni bunda talabaning keyingi o’quv-biluv faoliyati samarasiz bo’ladi.Shuning uchun ham o’quvchi mo’ljallangan barcha ish-harakatlarni to’liq bajarganini, o’zlashtirish sifatini nazorat qilib borish, amallardagi xatolarni tuzatib borish zarur.
O’zlashtirish jarayonini boshqarishning eng oddiy usuli o’zlashtirish sifatini testlar yordamida vaqti-vaqti bilan nazorat qilib, tekshirib borishdir: har bir mavzuni o’rganayotganda nazorat vaqti va usuli(test, amaliy ish kabilar) oldindan belgilab qo’yilishi, ya’ni o’quv jarayoni standartlanishi (shu bilan birga o’qituvchining ijodiy ishlash imkoniyati ham saqlanishi) lozim.
O’quv faoliyatining umumiy formulasi o’zgartirishning turli nazariyalariga binoan bajariladigan mashqlar tizimidan iborat bo’ladi, ya’ni bo’lak-bo’lak o’quv-biluv xarakatlarining izchilligi- shu nazariyada bajarilish- algoritmini hosil qiladi.
Bajarilish algoritmini har bir qismi ta’lim jarayonida o’zlashtirish darajalari bo’yicha izchil xarakatlardir.Xarakatning har bir «qadami» va shu «qadamning» mazmuni o’zlashtirish jarayoni asoslanadigan nazariyaga bog’liq. O’zlashtirish nazariyasini tanlash pedagogik faoliyati uchun mo’ljallangan bo’lib, uning pedagogik texnologiyasini tavsiflaydi.
Pedagogik texnologiya usulining o’ziga xos xususiyati shundaki, unda ta’limning rejalashtirilgan maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o’quv-biluv (o’zlashtirish) jarayoni loyihalashtiriladi.
Maqsadni ko’zlash, joriy natijalarni tekshirib borish o’quv materialini ayrim bo’laklarga ajratish- o’quv jarayonini tashkil etishning bu belgilari-qayta ishlab chiqiladigan (takrorlanadigan) ta’lim tsikliga xos xususiyatlardir.
Takrorlanadigan ta’lim tsiklining asosiy qismlari quyidagilardan iborat:

  • ta’lim maqsadlarini umumiy belgilash;

  • umumiy maqsadni oydinlashtirib, o’quv maqsadlariga aylantirish;

  • o’quv amallari majmui;

  • ta’lim natijasini baholash.

Ta’lim jarayonini pedagogik texnologiyaga asosan tashkil etish uchun loyihalashtirish bosqichida yuqori malaka talab qiladi, etakchi metodist-pedagoglar guruxi pedagogik texnologiya qoidalariga va tamoyillari asosida metodik materiallarni ishlab chiqadi.Bunday materiallar mavjud bo’lsa, o’qituvchining vazifasi asosan tashkiliy ishlar va maslahat berishdan iborat(ayrim ijodiy o’zgarishlar kiritish imkoniyati saqlangan holda) bo’ladi.
O’quv jarayonining hamma bosqichlarida asosiy e’tibor ta’lim natijasiga erishishga qaratiladi.
Pedagogik texnologiya usuli tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
1.Oydinlashtirilgan maqsadlarni (o’quv vazifalarini) ishlab chiqish;
2.Ta’limning maqsadlarini nazorat (test) topshiriqlariga aylantirish;
3.Maqsadga erishish usullari.
4.Ta’limni maqsadlariga erishilganini baholash.
Yangi pedagogik texnologiya usulidan foydalanib o’quv mashg’ulotini loyihalashtirishning umumiy tuzilishi:
Axborot manbaalari va jihozlari: darslik, o’quv qo’llanmasi, o’qtuvchi; audio- video vositalar; kamyuterga kiritilgan o’quv materiallari; o’qitishning zamonaviy avtomatlashtirilgan kompyuter tuzimalari, multimedia vositalari kabilar.
1.Mavzuning umumiy maqsadi va mazmuni (o’qituvchining maqsadi sifatida umumiy maqsadlar, mavzuning muhim masalari ko’rsatiladi).
2.Mavzuning mazmunini oydinlashtiruvchi maqsadlar ya’ni o’qituvchining maqsadlari sifatida, o’quv vazifalari qadamlari, talaaning kuzatiladigan, o’lchanadigan jihatlari harakatlari shaklida, ya’ni test savollari, o’quv vazifasi, topshirig’i shaklida ifodalanadi.
3.Oydinlashtirilgan maqsadlarnitest vazifalaiga aylantirish.
4.O’qish- o’qitish jarayoni (darsni o’tish har xil bo’lishi mumkin u standartlashtirilmaydi). O’qituvchi o’z mahoratiga binoan o’tkazadi. Pedagogik texnologiyaning qoidalari, o’qitish tamoyillaridan foydalanidi.
5.O’quvchilar mavzuni o’zlashtirilganlik sifatini, ya’ni ta’limning rejalashtirilgan natijasiga erishilganini baholash(shu mavzu bo’yicha tayyorlangan test vazifalari orqali og’zaki yoki yozma aniqlanadi).
Ta’lim maqsadining aniq ifodalanishi, o’qish davomida o’quvchi bilimini qanchalik o’zlashtirganidan xabardorlik, talabaning xarakatlari (faoliyati)ga asoslanib o’qitish-pedagogik texnologiyaning muhim jihatlaridandir.
O’quv maqsadlari tizimi:
1.Maqsadlarni ta’lim mazmuniga binoan belgilash.
2.Ta’lim maqsadini o’qituvchi faoliyatiga aniqlash.
3.Ta’lim maqsadlarini talaba shaxsining ruhiy, aqliy, axloqiy, estetik jarayonlari shaklida ifodalash.
Pedagogik tenologiya taklif etayotgan ta’lim maqsadi o’quvchining xarakatlarida aks etgan o’qish-o’qitish natijalari orqali ifodalanadi. Oydinlashtirilgan o’quv maqsadi kutilayotgan natijaning to’liq tavsifi emas, balki shunga yaqinroq, shu usulda erishishi mumkin bo’lgan natija tasviridir.
Pedagogik texnologiyadan foydalanib o’qitish bosqichlari:

  1. Bosqich-o’rganish-esda saqlash.

  2. Bosqich- tushunib etish – o’zlashtirganini isbot eta bilish.

  3. Bosqich – tahlil eta bilish -qiyoslash, xulosa chiqarish, o’zaro bog’lash.

  4. Bosqich –tadbiq eta olish- qoida- qonunni anglash va qo’llash.

  5. Bosqich- sintez- axborotni ijodiy qayta ishlab olishi.

  6. Boqich- baho olish- yangi bilimga o’tish.

O’quv mashg’ulotini o’tkazishda o’quvchilarga ma’lumot berishning yo’llari taqsimoti (foiz hisobida)
1.Ma’ruza orqali -5%
2.O’zicha o’qish – 10%
3.Audio-video orqali o’qish – 20%
4.Ko’rgazma – namoyishlar orqalio’qish – 30%
5.Baxs, munozara (kichik guruhlar) orqali o’qish – 50%
6.O’quv jarayonini amaliyot bilan bog’lash – 75%
7. Bir-birini, bola-bolani yakka tartibda o’qitish – 90%
O’qitish uslubi uch avtomat bilan tavsiflanadi. Bular o’qitish maqsadi, o’zlashtirish usuli va o’quv jarayonini qatnashchilarining o’zaro munosabatidir. Demak, o’qitish uslubi tushunchasi:

  1. O’qituvchining o’qitish faoliyati usullari va o’qituvchining o’qish faoliyati usullarini o’zaro bog’langanligi;

  2. O’qitishning turli maqsadlariga erishish bo’yicha hamkorlikdagi ishlarining o’ziga xosligini aks ettiradi.

Shunday qilib, o’qitish metodlari- bu ta’lim vazifalarini hal etish uchun o’qituvchi va o’quvchining hamkolikdagi faoliyatidir.
Pedagogik vazifa – o’qituvchiga ko’rsatilgan kasbiy bilim vako’nikmalar qo’llash yo’nalishi. Albatta, pedagogik xarakatlarning asosiy yo’nalishlari bu o’qitish, ta’lim berish, tarbiyalash va o’quvchilarni shakllantirishdir.Ularning har birida pedagogok ko’p aniq xarakatlar bajaradi, uning vazifalari ko’pincha ochiq oydin xarakatlar bajaradi, uning vazifalari ko’pincha ochiq -oydin ko’rinmaydi. Pedagogik ishga nazar tashlab, o’qituvchining kasbiy faoliyati negizida nima yotishini aniqlaymiz: o’qituvchining asosiy vazifasi- o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish, shakllantirish jarayonlarini boshqarish. Pedagoglarga qo’yiladigan asosiy talablar bu ish nuqtai nazarida ko’rib chiqamiz.
O’qituvchining burchi o’rgatish emas, o’rganishga yo’naltirish, tarbiyalash emas, tarbiyalash jarayonini boshqarishdir. U o’zining asosiy vazifasini qanchalik aniq tushunsa, o’qitishning interaktiv usullari- munozara «aqliy hujum», kichik guruxlarda, juftliklarda o’qitish, «o’quvchilar bir-birini o’qitadi» printsiplari kabi boshqa yo’llarni qo’llab o’zining o’quvchilariga shunchalik ko’proq mustaqillik, tashabbuskorlik, erkinlik beradi.
O’z ishining haqiqiy ustasi o’quv-tarbiyaviy jarayon «tashqarisida» turadi, o’quvchilar o’zi tanlagan, amallar esa o’qituvchi boshqarib turgan jarayondan chetda turganday bo’ladi.
O’qituvchining san’ati Ayniqsa darslarda o’qitishni bilishda namoyon bo’ladi.Tajribali o’qituvchi o’quvchilar aynan darsda dasturiy materialni o’zlashtirilishiga erishadi.Uning uchun uy vazifasi bu bilimlarni chuqurlashtirish, mustahkamlash, kengaytirish usulidir.Tajribali O’qituvchilar muvaffaqiyatining siri o’quvchilar faoliyatini boshqarishni bilishda .Usta o’qituvchi bilimlar hosil bo’lish jarayoniga «dirijyorlik» qiladi, u o’quvchilar ishlarini boshqarishga qodir, o’quvchilar tomonidan materialni faol o’zlashtira olishni rivojlantiradi.
Mahoratning Yana bir muhim ko’rsatkichi bu o’quvchilarni unday bili shva faollashtirish, ularning qobiliyatlarini mustaqilligini, chanqoqligini rivojlantirish.
O’qituvchi Mashg’ulot paytida o’qitish jarayonini faollashtirish uchun turli usullarni qo’llab, o’ylashga majburlash mahoratiga ega bo’lishi kerak.
Pedagog mahoratini Yana bir omili bu o’quv jarayonida samarali tarbiyaviy ish olib borish, o’quvchilarda yuqori ma’naviylik, vatanparvarlik tuyg’ulari, Vataniga mehr, mehnatsevarlikni va mustaqillikni shakllantirish.
Mahoratga ega bo’lmagan pedagog o’quvchilarni bilimlarini fikr yuritmasdan qabul qilishga majbur etadi.
Pedagog mahoratining ma’nosi – uning shaxsiy madaniyati, bilimi va dunyoqarashining qorishmasi, uni har tomonlama nazariy tayyorgarligi, o’qitish va tarbiyalash usullaridan ustalik bilan foydalanish, zamonaviy texnika va tajribani qo’llashdir.
Pedagogik mahoratni ahamiyatga ega omillaridan biri – pedagogning yuqori darajadagi pedagogik texnikasidir. Usta – pedagog pedagogik usullarni aksariyatiga ega bo’lib, ulardan eng samarali va kerakligini tanlab olib maqsadga erishadi.
Olimlarning aksariyati pedagogik mahorat o’quv fanini bilishdan boshlanadi deb aytishadi. Fan va o’quv materialini bilish quyidagilarda aks etadi: o’quv kursini to’la hajmda bilish; fan ichidagi va fanlararo aloqalarni erkin ochib berish; fan tarixi va zamonaviy fan rivojlanishini bilish; zaruriyat bo’lganda o’quv kursini bemalol o’zgartirish; fan rivojlangan sari o’quv kursi mazmunini doimiy yangilab borish; o’quv kursini mazmunini zaruriy paytda kerakli darajagacha ko’paytirish yoki qisqartirish; o’quv fanining mantiqiy tuzilishini ko’p qirraligini bilish; o’quv materialini erkin so’zlab berish, ya’ni lektsiya yoki matnga asoslanmay bayon etish; o’quv rejasida ushbu fan egallagan joyni bilish; o’quv fanini o’qitish maqsadlariga taqqoslash.
Pedagogning zamonaviy metodik salohiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi:

  • u faqat boshqalarni o’qitish bilan cheklanmasdan, o’zini ta’limi bilan tavsiflanadi;

  • uning ishi faqatgina o’quv dasturida ko’zda tutilgan ma’lumotni talabalarga etkazib berish bilan cheklanmaydi. Turli usullarni qo’llab, talabalarni o’quv jarayonida faol bo’lishga undaydi. Buning uchun u o’zining hatti – harakatining an’anaviy modelini o’zgartirish, o’zi ko’proq interaktiv bo’lishi kerak;

  • o’qituvchi informatsion va pedagogik texnalogiyalardan foydalana olishi kerak, chunki hamma yangi o’quv metodlari va shakllar ular bilan bog’liqdir;

  • o’quv jarayonini tashkil etish ba’zi bir muomala ko’nikmalari, kommunikabellikni, o’zgaruvchanlik, mustaqil qarorlarni qabul qilishni, o’z faoliyatini natijalarini tanqidiy baxolashni talab qiladi;

-internet, masofaviy ta’lim rivojlanishi va ulardan foydalanuvchilarni soni ko’payishi bilan maxsus, ushbu foydalanuvchilarni o’qita oladigan mutaxasis – pedagoglar kerak bo’ladi.
O’quv jarayonini natijasining shakllanishni aniqlaydigan to’rtta bosh omilni ajratib qaraymiz.
O’quv materiali.
Tashkiliy- pedagogik ta’sir.
O’quvchilarning o’qishga moyilligi.
Vaqt.
O’quv tarbiyaviy jarayon texnologiyasi pedagogik majmuasining tizimlashtiruvchi bo’lagidir, chunki texnologiya barcha pedagogik tizim bo’laklarini birlashtiradi.
Pedagogik texnologiya analiz qilingan maqsadga erishish uchun qat’iy yo’naltirilgan o’quv jarayonlarning qayta takrorlanuvchi metodikasidir. Ta’limning mazmuni va jarayoni ishonchli o’qitish tizimi yordamida texnologik yondoshuvlar asosida loyixalashtirilgan va tayyorlangan taxtirda o’qtuvchilar yuqori natijaga erishishi mumkin. Texnologik yondoshuvda o’quv mavzulari o’quv maqsadlariga mos holda modullarga ajratilib ishlab chiqiladi. Har bir modulda o’quv ishlarining yuqori samaradorligini ta’minlash maqsadida testlar kiritiladi, ta’lim jarayoni reproduktiv ko’rinishda olib boriladi.
O’quv mavzularini ba’zilarini o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda reproduktiv usulda, ba’zilarini esa izlanuvchan-tadqiqot usulida o’zlashtirish qulaylik tug’diradi va samara beradi.
Shunday qilib, reproduktiv o’qish bosqichida pedagogik texnalogiyani o’zlashtirish izlanuvchan-tadqiqot usuliga asoslangan pedagogik texnalogiyaga o’tishda mustahkam tayanch bo’lib xizmat qiladi.
Pedagogik texnalogiya o’qitish xususiyatlarni maqsadga yo’naltirganlik o’qtuvchmi va ta’lim oluvchining o’zaro munosabatlarini uyg’unlashtirilganlik, ta’lim jarayonida dunyo-arashlarning shakllantirganlik jixatlarini yuqori darajaga ko’taradi.
Pedagogik texnalogiyada o’qitish jarayonini loyihalash bosqich, ta’limning kutilayotgan natijalariga alohida etibor qaratiladi. Demak pedagogik texnalogiyaning o’ziga xos xususiyati, o’quv ma’qsadlariga erishishni kafolatlaydigan o’quv jarayonini loyihalashtirish va amalga oshirish hisoblanadi.
O’qitishning interaktiv usullari.
Ta’lim usuli – konkret vazifani echishga bo’ysindirilgan, borliqni amaliy va nazariy o’zlashtirish operatsiyalarining yoki yo’llarining yig’indi bo’lib, o’qitishda belgilangan maqsadga erishish uchun ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchining o’zoro bog’liq foliyati tashkil etishning tartibga solingan shaklidir. Ta’lim usuli modeli quyidagicha ifodalanadi:
Ta’lim maqsadlarini amalga oshirishda ta’lim oluvchilar va o’qtuvchi o’rtasidagi hamkorlikdagi murakkab jarayonda ta’lim usulining katta ahamiyati mavjud.
Usullar natijaga erishishni, ta’lim mazmuning amalda qo’llanilishini ta’minlaydi, bunda ta’lim beruvchi faolitini tashkil etish usuli-dars berish usulidir. Ta’lim oluvchining faoliyati esa –o’rganish usullaridir. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining maqsadlari o’zaro mos kelgan xoldagina birgalikdagi foliyat natija beradi.
Dars berish usullari-ta’lim beruvchining, o’qish usullari esa ta’lim oluvchining foliyatini tashkillashtirish usullari hisoblanadi.
O’qtuvchi va o’quvchining xamkorlikdagi ish faoliyatini tashkil etish uslublari 4ta guruhga ajratiladi.
Birinchi guruh – o’quvchilarning o’zlashtirish, tushinb etish , bilimlarini mustahkamlash bo’yicha pertseptiv (pertsevtiv – o’zlashtirish ) ish faoliyati – ta’minlaydigan, tayyor holatda o’quvchilarga bayon qilingan o’qitish va bilim olish usullari:
Ma’ruza, xikoya, tushintirish;
Namoyish, illyustratsiya, videousul.
Ikkinchi guruh – o’quvchilarning bilimini o’zlashtirish, singdirish, mustahkamlash bo’yicha reproduktiv faoliyatini ta’minlovchi, mahorat va malaka algoritim (namuna) bo’yicha o’quvchining bevosita boshchiligida ishga solishni tashkil etishga asoslangan o’qitish va bilim olish usullari:

  • kitob bilan ishlash;

  • labaratoriya usuli;

  • mashqlar.

Uchinchi guruh – ta’limga muhokama va rivojlantiruvchi xarakter beruvchi, ta’lim oluvchilarni mahsuldor faolyatini ta’minlovchi dars berish va o’qitish usullari:

  • o’quv suhbati;

  • davra suhbati;

  • bahs;

  • miyaga hujum (breynstorming);

  • «pinbord».

To’rtinchi guruh – o’quvchilar tomonidan muamoni tushunish va echish, mustaqil bilim olishni kuchaytiradigan va shunga undaydigan usullar:
- muammoli topshiriqlar usuli;

  • individual (amaliy) usul;

  • loyihalar usuli.

Biz quyida asosan 3 va 4 guruhga kiruvchi uslublarga e’tibor beramiz.
Suhbat – o’qitish va o’qitishning dialogik, savol – javob usuli hisoblanadi.
Bu usulning etakchi funktsiyasi- motivatsiya qilish: aniq maqsadni ko’zda tutadigan va mohirona qo’yilgan savollar yordamida siz o’quvchilarni o’z bilimlarini berilgan mavzu bo’yicha esga olish va bayon etishga, sizning rahbarligingzda boshqa o’quvchilar bilan muhoka qilishga undaysiz.
Ta’lim oluvchilar, siz bilan birga, qadamma - qadam yangi bilimlarni mustaqil fikrlash, xulosa chiqarish, yakunlash va umumlashtirish yo’li bilan o’zlashtiradigan va tushunadilar.
Suhbatning afzalligi yana shundan iboratki, u fikr yuritishni maksimal faollashtiradi, o’quvchining bilim olish kuchini taraqqiy ettirishga imkon beradi.
Belgilangan maqsadi bo’yicha suhbatlar quyidagilarga bo’linadi:
- kirish yoki tashkil qiluvchi (didaktik vazifasi: o’quvchilarni ishlashga tayyorlash);
- yangi bilimlardan xabardor qilish (didaktik vazifasi: o’quvchilarni yangi material bilan tanishtirish);
- sintezlovchi yoki mustahkamlovchi (didaktik vazifasi: ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni tizimlashtirish, mustahkamlash, eslab qolish va anglash).
Tashkiliy shakl bo’yicha suhbat, o’quv va «davra suhbati»ga bo’linadi.
«davra suhbati» o’quv suhbatidan ishtirokchilarning joylashish tartibi va asosiysi, ularning fikrini navbat bilan bildirishi bilan farq qiladi. Suhbat erkin vaziyatda olib boriladi. Savollarni erkin ifoda etish va berish juda muhimdir. Ular o’zaro mantiqiy bog’liq bo’lishi, o’rganilayotgan narsaning tub ma’nosini ochib berishlari bilimni tartibli ravishda o’zlashtirishga imkon berishlari lozim.
Savollar, ma’nosi va shakli jihatdan o’quvchilarning rivojlanish darajasiga mos bo’lishi kerak. Oson savollar faol bilishni, bilimga jiddiy yondoshuvni kuchaytirmaydi.
Munozara (bahs) – faol ta’lim usuli bo’lib muhokama, ma’lum muammmo bo’yicha fikr almashinuv ko’rinishida o’tadi.
Munozara usuli barcha funktsiyalarni bajaradi. Ushbu usuldan, quyidagi maqsadlar uchun foydalanamiz:
- yangi bilimlarni shakllantirish;
- o’quvchilarda u yoki bu savollarni chuqur o’ylab ko’rish, tub ma’nosiga ko’ra etishga motivatsiya ta’minlash;
- o’quvchilarga dalil va dalilga asos-langak xulosa orasidagi farqni o’rganib etishga o’rganish;
- kommunikativ ko’nikmalarni shakllantirish, o’quvchilarga o’z fikrida mustahkam turish va uni himoya qilishga yordam berish.
Munozara rivojlanishi mumkin, qachonki:
- erkin munozara bo’lsa;
- yoki biror yo’nalishda – boshqariladigan munozara bo’lsa.
Agar siz erkin munozara tashkil etmoqchi bo’lsangiz, u holda: siz uni faqat boshlab berasiz va munozaraga aralashmaysiz: hakam rolida bo’lasiz. Bu erda, muhokama qilinayotgan jarayonning o’ziga urg’u berishi kerak va har bir o’quvchini o’z dalillarini aniq ifoda etishga rag’batlantirish lozim. Shuning uchun, agar biz har bir o’quvchini ishga solmoqchi bo’lsak, yo’nalishga va bevosita shaxsga ta’sir o’tkazishni istasak, erkin munozara o’tkazamiz.
Agar siz, boshqariladigan munozara olib borishni mo’ljallasangiz, o’quv vazifasining tub ma’nosini aks ettiradigan xulosaga kelish uchun uni rejalashtirishingizga to’g’ri keladi. U, faqat o’zgartirilishi lozim bo’lgan mavzu va savollarga tegishli bo’lishi kerak.
- Miyaga hujum - g’oyalarni generatsiya qilish usuli bo’lib, qatnashchilar birlashgan holda qiyin muammoni echishga harakat qiladilar, uni echish uchun shaxsiy g’oyalarni ilgari suradilar. Bu usulning asosiy vazifasi – muammmoni tushunish va echishga ta’lim oluvchilar motivatsiyasini uyg’otishdan iborat.
- Pinbord – bu o’qitish uslubining mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o’quv suhbati amaliy usul bilan bog’lanib ketadi. Uning afzallik funktsiyalari – rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifadir: o’quvchilarda muloqat yuritish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi, o’z fikrini faqat og’zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko’nikmasi rivojlanadi.
Ishbilarmonlik yoki rolli vaziyatli o’yin – muammoli vazifaning bir turi bo’lib, matnli material o’quvchilar tomonidan rollar o’ynaladigan hayotiy vaziyat shaklida sahnalashtiriladi.
Ishbilarmonlik va rolli vaziyatli o’yinlar o’quv usuli sifatida quyidagi vazifalarni bajaradi:
- o’rgatuvchi: umumta’lim mahoratni shakllantirish; ijodiy qobiliyatni o’stirish; shu jumladan: yangi vaziyatlarni tushuntirish, aniqlash va tahlil qilish;
- rivojlantiruvchi: mantiqiy tafakkurni, nutqni, atrof-muhit sharoitiga o’rganish qobiliyatini o’stirish;
- motivatsion: o’quvchilarni o’quv faoliyatiga undomoq, mustaqil xulosaga kelishga rag’batlantirmoq;
- tarbiyaviy: ma’suliyatni kommunikativlikni shakllantirish.
O’yin usullari va vaziyatlarni mashg’ulotlarning belgilangan shaklida amalga oshirish quyidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha sodir bo’ladi:
- didaktik maqsad o’quvchilar oldiga vazifa ko’rinishida qo’yiladi;
- o’quv faoliyati o’yin qoidalariga bo’ysunadi;
- uning vositasi sifatida o’quv materialidan foydalaniladi;
- o’quv faoliyatiga didaktik vazifani o’yinga aylantiradigan musobaqa elementini kiritish;
- didaktik vazifani muvaffaqiyatli bajarilishi o’yin natijasi bilan bog’lanadi;
- muammoli vazifalar usuli.
Muammoli vazifalar usuli – o’quvchilarga muammoli vaziyatlarni va ularning faol bo’lish faoliyatini tashkil etishga asoslangan usuldir. U, aniq vaziyatni tahlil qilish, baholash va keyinchalik qaror qabul qilishdan iborat.
Bu usulning etakchi funktsiyalari:
- o’rgatuvchi: bilimlarni aktuallashtirishga asoslangan;
- rivojlantiruvchi: tahliliy tafakkurni, alohida faktlar orqasidagi hodisa va qonuniylikni ko’ra bilishni shakllantirish;
- tarbiyalovchi: kommunikativ ko’nikmalarni shakllantirish.
Muammoli vazifalardan foydalanish usuli bizga, materialni o’quvchilar uchun aktualroq qilish, nazariyani amaliyot bilan bog’lash imkonini beradi.
Muammoli vazifalar usuli o’quvchilarning mustaqil ishlarini murakkablashtirishga, asoslangan: ilmiy tushunchalarni, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish asosida yotgan u yoki boshqa materialni chuqur mantiqiy tahlil qilishga asoslangan.
Muammoli vazifa hayotdan olingan faktlarni, ma’ruza va vaziyatni o’rganishdan, alohida odamlar yoki tashkilotlarning manfaatlarini ko’zlashdan iborat bo’lishi mumkin. Lekin nima bo’lsa ham, vazifa biz o’quvchilarga taklif etgan muammo ko’rinishida bo’lishi lozim.
Agar siz shu usulni qo’llashga qaror qilgan ekansiz, avvalambor muammoli vaziyatlarni yaratish usullari bilan tanishib chiqishni maslahat beramiz:
- siz o’quvchilarni qarama-qarshilik tomon olib borasiz va uning echimini mustaqil ravishda o’zlari topishlarini taklif etasiz;
- amaliy faoliyatda duch keladigan qarama-qarshiliklarni ma’lum qilasiz;
- bir savolga turli nuqtai nazardan qarashni bayon qilasiz;
- o’quvchilarga hodisani turli vaziyat orqali ko’rib chiqishni taklif etasiz (masalan, huquqshunos, moliyachi, o’qituvchi va h.k.);
- o’quvchilarni siz taklif qilgan vaziyatni taqqoslashga, umumlash-tirishga, xulosalar chiqarishga, faktlarni solishtirishga da’vat etasiz.
- aniq savollar qo’yasiz (umumlashtiruvga, asoslovga, aniqlashga, mantiqiy fikr yuritishga);
- muammoli vazifani qo’yasiz ( masalan, ortiqcha yoki etarlicha bo’lmagan dastlabki ma’lumotlar bilan, bilib savolni qo’yishda noaniqlik bilan, qarama-qarshi ma’lumotlar bilan, bilib qilingan xatolar bilan, belgilangan vaqt ichida, ruhiy sustlikni engish va h.k.).
Individual (amaliy) usul.
Individual (amaliy) usul labaratoriya usulidan shunisi bilan farqlanadiki, unda ko’pincha, o’quvchilar faoliyatida olingan bilimlarni amaliy vaeifasini echishga qaratadilar. Nazariyotni amalda tadbiq qila bilish birinchi o’ringa chiqadi. Ushbu usul bilimni mahoratni chuqurlashtirish vazifasini bajaradi, shuningdek, o’rganish, faoliyatini kuchaytirishni ta’minlaydi. Amaliy usul o’quvchilarni vazifalarni vijdonlilik bilan bajarishga, mehnat jarayonini puxta tashkil etishga boshqa usullardan ko’ra ko’proq ko’maklashadi (ish sifatini sinchiklab tekshirish, xulosalarni tahlil qilish).
Loyihalar usuli.
Loyihalar usuli bilim va malakalarni, tahlil qilish va baholashni amaliy qo’llashni nazarda tutuvchi ta’limning majmuaviy usulini amalga oshiradi. Boshqa usullarga qaraganda, bu usulda o’quvchilar rejalashtirishda, tashkil qilishda, tekshirishda, tahlil qilishda va bajarilgan ishning natijalarni baholashda ko’proq ishtirok etadilar.
Loyihalar usulida ta’lim berishda faqat natijalar emas, balki jarayonning o’zi ko’proq qimmatliroqdir. Loyiha individual bo’lishi mumkin, odatda har bir loyiha o’quv guruhining birgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan natijasidir.
Loyiha bir fanga oid, fanlar orasida yoki fandan tashqari bo’lishi mumkin.
Loyiha ustida ishlash jarayonida sizning faoliyatingiz quyidagilardan iborat bo’ladi:
- o’quvchilarga axborot qoldirishga yordam berish;
- o’zingiz axborot manbai bo’lishingiz;
- butun jarayonni muvofaqlashtirishingiz;
- o’quvchilarni quvvatlashingiz va taqdirlashingiz;
- uzluksiz qaytar aloqani qo’lab- quvvatlashingiz;.
Loyihali ta’lim berish o’quv jarayonini aktuallashtiradi, chunki u :
- shaxsga orientirlangan;
- o’zidan-o’zini motivlaydigan, bu ishga qiziqishning uningbajarilishiga qarab ortishi demakdir;
- juda ko’p didaktik yondoshuvlardan foydalaniladi;
- o’zining va o’zgalarning tajribasidan kelib chiqqan holda va aniq ishda o’rganishga imkon beradi;
- o’z mehnatlari samarasini ko’rib turgan o’quvchilarga qoniqish keltiradi.
Informatika fanini yangi pedagogik texnologiyadan foydalanib o’tishda o’tiladigan mavzuga ma’ruza matni tayyorlanadi, ma’ruza matni yangi pedagogik texnalogiyadan foydalanib tayyorlash sxemasi 3- rasmda keltirilgan.
Informatika fanidan yangi pedagogik texnologiyadan foydalanib mashg’ulot olib borishda kampyuter ko’magidan unumli yordam olish maqsadga muofiq va yaxshi natijalar beradi.
Kompyuterga tuzilgan o’quv va nazorat qiluvchi dasturlar o’quvchilarning o’zlashtirish darajasiga mos bilim olishda muhim ahamiyatga ega bo’lib, unga quyidagi talablarni qo’yish mumkin:
- o’qitiladigan fan bo’yicha mavzularni talabalarning hohishiga qarab tanlash;
- tanlangan mavzu bo’yicha asosiy savollarni talabaning hohishiga qarab o’qitishni tashkil qilishva o’zlashtirish darajasiga mos topshiriqlar bilan ta’minlab olish;
- kafolatlangan natijalardan so’ng keyingi asosiy savol (yoki mavzu)ni o’zlashtirishga imkoniyat yaratish;
- talabaning o’zlashtirish darajasi natijasiga ko’ra mavzu yoki asosiy savolga qaytishini ta’minlash;
- talabaning hohishiga ko’ra dasturdan chiqishni tashkil qilish;
- talabaning hohishiga ko’ra nazorat topshiriqlariga bevosita o’tishni ta’minlash;
- talabaning mavzuni qanday darajada o’zlashtirganligi haqidagi qaydnomani tashkil etish.
Informatika fanidan mashg’ulotlarda nazorat topshiriqlari B.Blum taksanomiyasiga asosan ya’ni 1.Bilish. 2.Tushunish. 3.Foydalanish. 4. Tahlil . 5.Sintez. 6. Boholash kabi kriteriyalaridan foydalanib, bilish darajasini hisobga olib tafsiya qilish kerak. Shularga asosan nazorat topshiriqlari quyidagi 4xil darajali bo’lishidan ibrat bo’ladi:
1-darajali topshiriqlar- bilish, tushunish, idrok qilish darajasida bo’lib, o’quvchilarning eslab qolish, yodda saqlash kabi tushunchalari bo’lishi kerak.
2-darajali topshiriqlar- reproduktiv (masalani standart echishdan foydalanib echish) – talabalar o’zlari mustaqil fikrlab hal qilinadigan topshiriqlar kiradi.
3-darajali topshiriqlar – produktiv (mahsuldor, standart echimlar asosida masalaning echimini topish) – bunda talabalarga noan’anaviy topshiriqlarni berish kerak.
4-darajali topshiriqlar – ijodiy daraja (xamma ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar yo’nalishidagi topshiriqlar)- ijodiy izlanuvchantopshiriqlar bo’lib, talabalar o’zlari har xil adabiyotlardan foydalanib mustaqil hal qilishadi.
Informatika fanidan nazariy darsni quyidagi ketma-ketlikda o’tkazish tavsiya etiladi:
1. Qizitish va qiziqtirish (motivatsiya).
2. Ma’lumot berish.
3. Bilim berish.
4. O’rganilgan bilimlarni qayta ishlash bo’yicha topshiriqlar berish.
5. Tahlil va sintez.
6. Baholash.
Ushbu ketma-ketlik uchun ketadigan vaqt odatda 45 yoki 80 minutni, tashkil etadi. Dars boshlanishidan avval darsga tayyorgarlik bosqichining natijalarini qisqacha tekshirib ko’rish maqsadga muvofiq bo’ladi (1-jadval).
1-jadval
Dastlabki tayyorgarlik Tahlil natijalari
Belgilangan vaqt: Mazmunlarni o’quvchilarga
etkazish uchun vaqt
Xonalarga taalluqli sharoit: Sinf xonasi bo’shmi? Stol
va stullar etarlimi?
Vositalar: Sinf taxtasi, flipchart va
kodoskoplar (proektor)
ishlaydimi?
Hujjatlar: Dars rejasi bormi? Etarli
tarqatma materiallar va
topshiriq varaqlari
mavjudmi?

Download 289 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish