2.2. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan amaliy ko’nikmalarni o’rgatish usullari.
Maxsus fanlardan amaliy mashg’ulotlarga atroflicha tayyorgarlik ko’rilishi va o’tkazilishi lozim.
Ba’zi hollarda amaliy mashg’ulot nazariy darsga ulanib ketishi mumkin. Masalan, "Informatika" fanining dasturlash asoslari bulimida masala algoritmi yordamida dastur tuzilgach, uni kompyuter xotirasiga kiritish bevosita kompyuterda bajarib ko’rsatiladi. Amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishning turli qoidalari mavjud bo’lib, biz bevosita va bilvosita boshqariladigan amaliy mashg’ulotlar to’g’risida to’xtalamiz. Bevosita boshqariladigan amaliy mashg’ulotlarda ma’ruzalar, taqdimotlar va namoyishlardan foydalaniladi. Bularga sxemalar, prospektlar, videotasvirlar va jihozlarning maketlari va asl nusxalari kiradi. Yaxshi ishlab chiqilgan o’quv materialini o’quvchilar diqqat bilan tinglab, kuzatadilar. Agar mashg’ulotlar savol va javoblarga asoslangan o’quv suhbatlari, muammoni muhokama qilish tarzida olib borilsa, yaxshi samara beradi(2 – jadval).
2 – jadval
Bevosita boshqariladigan amaliy mashg’ulot
Bilimlarni taqdim etish Rivojlantiruvchi mashg’ulot
Ma’ruza
Taqdim etish Izlanish
Namoyish etish O’quv, suhbat muammo (lar) haqida munozara
Bilvosita boshqariladigan amaliy mashg’ulotlar asosan o’quvchilarga yunaltirilgan bo’lib, ularga tayyorlangan topshiriqlar vositasida matnli kitoblarni o’qish, mustaqil o’rganish orqali o’yin-mashg’ulot olib borish, biror vaziyatni o’rganish, o’quvchining o’zi mustaqil o’rganishiga turtki berish, bilimlarni o’zlashtirishga turtki berish kiradi. Masalan, o’qituvchi axborotlarni tartiblash, ulchash jarayonini bajarib ko’rsatadi. So’ngra o’quvchilar bu jarayonni o’zlari mustaqil bajaradilar va bir necha marta takroran mashq qiladilar. Bu holda o’qituvchi kuzatuvchi yoki maslahatchi sifatida qatnashadi.
Jarayonga yunaltirilgan mashg’ulotlarga davra suhbati, guruh bo’lib munozara olib borish, moderatsiya usullari kiradi.
Amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun asosan zamonaviy kompyuterlar Bilan jixozlangan o’quv-laboratoriya xonalaridan foydalaniladi.
O’quvchilar birinchi marta ukuv-laboratoriya xonalari va sharoit bilan tanishtiriladilar va ayni chog’da to’g’ri va atrof-muhitga ta’sir etmaydigan faoliyat, mehnat xavfsizligi qoidalari, sog’liqni saqlash va energiyani tejab ishlatish haqida xabardor qilinadilar.
Mehnat xavfsizligi qoidalariga baxtsiz hodisalar va ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etuvchi holatlarning oldini olish borasidagi xatti-harakatlar kiradi. Bularga ish o’rnida shaxsiy xavfsizlik, himoya vositalari va mexanizmlardan to’g’ri foyda-lanish, yong’inning oldini olish chora-tadbirlari, o’t o’chiruv-chi vositaiar kiradi. Ko’p hollarda mehnat xavfsizligi qoidalari ish bilan bog’liq ravishda tushuntiriladi.
O’quv laboratoriya xonalarida amaliy mashg’ulotlar o’tkazishda 4 pog’onali usul yoki yunaltiruvchi matn va loyiha usuli kabi zamonaviy usullarni qo’llash tavsiya etaladi (3-jadval).
3-jadval
4 pog’onali usulga Yo’naltiruvchi matn va loyiha
asoslangan faoliyat usullariga asoslangan faoliyat
1 . Motivatsiya va axborot 1 . Axborot
2. Namoyish qilish 2. Rejalashtirish
3. Imitatsiya 3. Qaror qabul qilish
4. Mashq qilish 4. Amalga oshirish
5. Nazorat qilish
6. Baholash
Tanlangan usul asosan amaliy qobiliyatlar va ko’nikmalarni o’zlashtirishga qaratilgan va o’zida bunga taalluqli nazariy bilimlarni mujassam etgan bo’ladi.
Informatika fanini o’qitishda o’quvchilar xulqi va bilimini baholash muhim ahamiyatga ega. Xulqni baholash o’quvchining shaxsiy xususiyatlarini aniqlash demakdir. Bu xususiyatlar kuzatilgan xulqdan kelib chiqsada, lekin o’lchash mumkin bo’lgan natija qamroviga kirmaydi. Misol uchun, o’quvchining ishlash tarzini baholash, uning berilgan topshiriqni muntazam yoxud nomuntazam, samarali yoki samarasiz ravishda bajarayotganligi haqida tegishli xulosalar chiqarish mumkin.
Bilimni baholash deganda, erishilgan natijani qamrab olish va o’lchash, shuningdek, uni natija ko’lami bilan taqqoslash tushuniladi.
Xulq va bilimni baholash quyidagi xususiyatlarga ega:
- ta’lim maqsadlariga yunaltirilganlik;
- muntazam o’tkazib turish;
- huquqiy, pedagogik va psixologik tamoyillarga asoslanganlik;
- hamma qabul qilgan baholash andazalariga asoslanganligi.
Natijalarni baholash orqali bir paytning o’zida butun ta’lim tizimi va uning barcha tarkibiy qismlari tekshirib ko’rilishi mumkin.
Bu bilan ta’lim tizimi kutilayotgan natijani berayotganligi yoki bermayotganligi tekshirilib, o’lchab ko’riladi. Bilimlarni muntazam baholab borish ta’lim rejasini, uning katta va kichik bo’limlarini qamrab oladi. Uzoqroq vaqt davomida amalda bo’lgan ta’lim tizimi natija andazasi orqali ifodalanishi mumkin.
Bunda nafaqat o’quvchilarning, balki amaliyot o’qituvchilarining ham kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, o’quv jarayonidagi kamchiliklar ko’rsatib beriladi. Ta’lim vositalari, rejalari, tashkiliy ishlar va kabilarning sifatiga ham baho berish mumkin. Natija qismlarini muntazam baholab borish aniq va adolatli xulosalarga olib keladi. Baholashda mazkur xulosalarning umumlashtirilishi baholashning aniq bo’lishiga yordam beradi. O’quvchini muntazam ravishda o’z natijalari to’g’risida xabardor qilib turish uning maqsad sari intilishi va istaklarining oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Xulqni baholashni hukm chiqarish quroli sifatida tushunmaslik kerak. Shu sababli o’quvchi baholash jarayoniga hamkor sifatida jalb etilishi lozim. Bu orqali o’quvchi o’z shaxsiy xususiyatlari xususida ba’zi ma’lumotlarni bilib olish imkoniyatiga ega bo’ladi, masalan:
- uning topshiriqlarni bajarishga bo’lgan imkoniyatlari;
- asablarining bardoshliligi;
- uning irodasi, hadigi va umid-ishonch (optimistik) ruhi.
O’qitish davomidagi nazorat, natijalarni o’lchab borish, xulqi va bilimlarini baholash o’quvchining o’zligini anglashi uchun yana bir imkoniyatdir.
Xulq va bilimlarni baholash uchun ko’rsatmalar:
1. Xulqi va bilimlarini baholashdan oldin o’quvchi talab va
mezonlar haqida xabardor qilinishi kerak.
2. Xulqi va bilimlarini baholab bo’lgandan so’ng o’quvchiga uning
natijalari iloji boricha uzoq vaqt cho’zmasdan bildirilishi
kerak.
3. Talaba olgan yomon baholar (natijalar) sabablari baholash
suhbati orqali muhokama etilishi kerak.
Bunda amaliyot o’qituvchisining xatti-harakatlari ham ushbu yomon natijalarga sabab bo’lishi mumkinligini inobatga olish lozim.
4. Yomon natijalarni birgalikda yaxshilash borasida ko’riiadigan chora- tadbirlar haqida maslahatlashib olish kerak.
5. O’quvchiga xulqi va bilimlarini baholash hujjatlarini ko’rish va o’z munosabatini bildirish huquqi berilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |