Yozma topshiriq shakllari
Yozma topshiriqlar erkin javob berilishi lozim bo’lgan va bir qancha javoblardan birini tanlash kerak bo’lgan topshiriqlarga bo’linadi.
Erkin javob berilishi lozim bo’lgan topshiriqlarga quyidagilar kirishi mumkin:
1. Atroflicha to’liq erkin javob berishni talab etadigan topshiriqlar (masalan yozma, ish).
2. Qisqa erkin javob berishni talab etadigan topshiriqlar (javob berish uchun ochiq joy qoldirilgan topshiriqlar, shuningdek, javob kataklari berilgan topshiriqlar).
Berilgan javoblardan birini tanlash kerak bo’lgan topshiriqlarga quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
1. Ko’plab variantlardan birini tanlash bo’yicha topshiriqlar (dasturlashtirilgan topshiriqlar, test).
2. Muqobil javoblardan birini tanlashni talab etuvchi topshiriqlar.
3. Tartibini o’zgartirish talab etiladigan topshiriqlar (to’ldirish topshiriqlari, tegishlilikni aniqlash topshiriqlari, to’g’ri ketma-ketlikka keltirish topshiriqlari, darajasiga ko’ra joylashtirishni talab etuvchi topshiriq).
Erkin javob berish lozim bo’lgan topshiriqlar tuzishni "Axborotlarni kodlash usullari" mavzusi misolida ko’rib chiqamiz.
1. Erkin javob berish lozim bo’lgan yozma topshiriqlar natijalarni aniqlashning an’anaviy shaklini ifoda etadi.
Topshiriq: Axborotlarni kodlashning qanday usullari mavjud? Ular to’g’risida tushunchalar bering.
Ushbu savolga javob berish jarayonida o’quvchilardan mustaqil ishlash talab etiladi. Natija o’quvchining kodlash usullari to’g’risida olgan bilimlariga, qarashlariga, yozish va ifoda etish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi. Bu erda vaqt muhim shart hisoblanadi.
2. Bo’sh joylarni to’ldirish topshiriqlari (bo’sh joylar qoldirilgan matnlar).
Bunday topshiriqning echimi (ijrosi) to’liq bo’lmagan matnlarga kiritiladigan tushunchalar, gap bo’laklari, simvollar va sonlardan tashkil topadi. Agar echim tushunchalari kiritilgan ro’yxat ham tuzilgan bo’lsa, u holda yaxshi xolislikka erishish mumkin.
3. Berilgan javoblardan birini tanlashni talab etuvchi topshiriqlar (testlar) tuzish.
Ko’pincha bunday topshiriqlar «dasturlashtirilgan topshiriqlar» deb ataladi. Bunda bitta to’g’ri javobdan chalg’itadigan bir qancha noto’g’ri javoblar kiritilgan bo’ladi. Bu bilan o’quvchidan qaror qabul qilish qobiliyatini ko’rsatish kutiladi.
Test topshirig’i: Axborotlarni kodlash va kayta kodlash bilan shugullanuvchi mutaxassislarni kanday atashadi?
a) Dasturchilar;
b) kriminalistlar;
d) kriptograflar;
e) loyixachilar.
4. Muqobil topshiriqlarda faqat bitta to’g’ri va bitta noto’g’ri javoblar berilgan bo’ladi. Topshiriq shartiga ko’ra to’g’ri javobni topib, belgilash kerak bo’ladi.
5. To’ldirish topshiriqlari.
Bunday topshiriqlarda javoblar sifatida berilgan fikrlar, tushunchalar, gap bo’laklari, simvollar, sonlar maxsus raqamlar vositasida echim o’rinlariga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |