Izlanish o‘tkazish:
O‘quvchilar 4 guruhga bo‘linadi. Har bir guruhga taklif etilgan qoidaga ko‘ra kodlash vazifasi topshiriladi.
1-guruh: “VATAN”, “TINCHLIK” so‘zlarini kodlash.
Qoida: alifbodagi harflarni bitta o‘ngga surish usuli.
2-guruh: “DO‘STLIK”, “ASSALOM” so‘zlarini kodlash.
Qoida: harflarni alifbodagi tartib raqami bilan almashtirish usuli.
3-guruh: “INFORMATIKA”, “KOMPYUTER” so‘zlarini kodlash.
Qoida: har bir so‘zni teskari tartibda yozish usuli.
4-guruh: “MANA KUZ HAM KELDI” so‘zlarini kodlash.
Qoida: har bir harfdan keyin B harfini qo‘shib yozish usuli.
Kodlangan so‘zlarni alohida varaqlarga yozib, varaq ustida guruh tartib raqami ko‘rsatiladi.Keyin guruhlar varaqlarni almashishadi.Masalan, 1-2, 2-3, 3-4, 4-1.
Har bir guruh kodlash kalitini aniqlaydi va boshlang‘ich axborotni qayta tiklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |