Mavzu: Parrandachilikda naslchilik ishlarini bajarish uslubi.
Darsning maqsadi: Naslchilik ishlarini amalga oshirishda zarur yozuvlar va
parrandachilikda halqalash ishlarini hisobga olib borishni o’rganish
Darsning mazmuni: Naslchilik ishlari parrandalarning mahsuldorlik va
nasllik sifatlarini aniq hisobga olib boorish asosida amalga oshiriladi. Seleksiya
usullarini qo’llashga bog’liq holda parrandalar mahsuldorligi guruhlar bo’yicha
yoki alohida hisobga olib boriladi.
Tuxumdorlik va bosh soni har kuni hisobga olib boriladi. Ma’lumotlar
tovuqxonalarda osib qo’yiladigan maxsus varaqlarga yozib qo’yiladi. Ularda
oyning boshida mavjud bo’lgan parrandaning miqdori ko’rsatilgan bo’ladi. Varaqa
31 kunga mo’ljallangan. Parranda chiqimi to’g’risidagi ma’lumotlar varaqaning
podadan chiqariladi va nobud bo;ldi degan xonasiga oyning tegishli kunida
yoziladi. Qo’shimcha kiritilgan parranda esa varaqaning kirim xonasiga yoziladi.
Shu varaqaga har kuni olingan tuxumning umumiy miqdori ham yozib boriladi.
Tuxumdorlikni alohida hisobga olib borishda parrandaning o’ng oyog’iga
halqa taqiladi. Halqa halqa parranda oyog’I suyaginining o’sishiga halal bermasligi
uchun erkin holda taqiladi. Tuxumdorlikni alohida hisoblash uchun nazorat
o’tkazish kataklari ishlatiladi. Bu kataklarga parrandalar erkin kiradi, ammo tuxum
qilgandan keyin mustaqil chiqib keta olmatdi. Bu holda hisobchi-operator
tovuqning oyoq nomerini aniqlab, uni katakdan chiqarib yuboradi.Nazorat
kataklarining
kattaligi:
tovuqlar
uchun
0,3x0,4x0,3m;
kurkalar
uchun
0,5x0,7x0,6m; o’rdaklar uchun 0,3x0,5x0,2 mvag’ozlar uchun 0,4x0,5x0,5 m
bo’lib tuxum yo’nalishidagi tovuqlar uchun ikki qavatli, go’sht yo’nalisidagi
tovuqlar uchun bir va ikki qavatli, kurka, g’oz, o’dak, itlar uchun bir qavatli
kataklar ishlatiladi. Har qaysi 3 bosh tovuq, ikki bosh kurka, bir bosh o’rdak yoki
g’ozga mo;jallanadi. Alohida kataklardan parranda bilan yetarlicha ta’minlangan,
seleksiya ishari olib borayotgan xo’jaliklarda foydalaniladi.
Birinchi va ikkinchi navbatli reproduktor xo’jaliklari oldida eshikchasi
bo’lmaydigan guruhli kataklar ishlatiladi, bu kataklardan parranda tuxum
qilgandan keyin erkin chiqib keta oladi. Bunday kataklarning har biri 4-5 bosh
tovuq, 4-7 bosh kurka, 3-4 bosh o’rdak, 2-3 g’oz uchun mo’ljallangan bo’ladi.
Parranda qilgan tuxumlar tuxumdorlikning kundalik hisobga olish
varag’iga yozib boriladi. Bu varaqalar 50-100 boshdan iborat parranda guruhlari
uchun mo’jallangan. Bir necha varaqalarni birlashtirish 250-300 bosh
parrandaning tuxumdorligini hisobga olish imkonini beradi. Varaqaning yuqori
chizig’ida oy kunlari ko’rsatilgan. Tovuq yoki boshqa tur parrandalarning raqami
vraqa o’tasidagi tik ustunga yoziladi.
Yotiq ustunlarda tovuqlarning tegishli raqami va tuxum qilgan kuniga
tegishli tuxumlar miqdori yozib boriladi. Qilgan tuxumlar varaqada oshib
boradigan son bilan qayd qilinadi. Shunga ko’ra oyning oxirida har bir tovuq
qancha tuxum qilgani ma’lum bo’ladi.
Tovuqlarni katta guruhlarda saqlab ularning tuxumdorligini aniqlashda
tuxumdorlikni hisobga olishning kundalik varag’idan foydalaniladi.
Oylik tuxumdorligi to’g’risidagi ma’lumotlar kechiktirilmagan holda
tovuqlar mahsuldorligini nazorat qilish varag’iga ko’chiriladi. Bu varaqaga har bir
tovuqning tirik vazni, tuxumning massasi, jinsi, yetilish muhlati, tullash, kurk
bo’lishi to’g’risidagi ma’lumotlar ham yoziladi.Tuxumdorligining oldin olib
borilgan hisobi asosida kelgusidagi seleksiya ishlari uchun sermahsul parrandalar
tanlab olinadi va juftlash rejalari tuziladi. Bu rejalarda tanlangan tovuq va
xo’rozlaning tirik vazni, ko’kragining kengligi, jinsiy yetilishi muhlati,
tuxumdorligi, tuxumning vazni va sifati, kelib chiqishi ko’rsatiladi. Juftlash rejalari
asosida seleksion kataklar va guruhlar to’ldiriladi.
Seleksion kataklar unchalik katta bo’lmagan seksiyalardan iborat
bo’lib,ularda 10-15 bosh tovuq va bitta xo’roz, 5 bosh o’rdak va bitta erkak o’rdak,
13-15 kurka va bitta erkak kurka, 3-4 g’oz va bitta erkak g’oz joylashtirladi.
Seleksion kataklarga joylashtirilgan hamma parrandalar halqalanadi.
Erkak parrandalar oyog’iga seleksion katakning raqami yozilgan halqa taqiladi.
Tovuqlarning oyog’iga taqilgan halqalarning birinchi va ikkinchi soni seleksion
katakning raqamiga, keying ikkitasi esa ushbu katakdagi tovuqlarning raqamiga,
mos keladi
Nazorat savollari
1. Birinchi va ikkinchi tartibli parrandachilik reproduktor xo‘jaliklarda
parrandalarning qaysi galasi bilan naslchilik ishlari olib boradi ?
(tayanch so‘zlar:seleksiya, reproduktor, gala, muddati, ahamiyati)
2. Qishloq
xo‘jalik parrandalarini (mahsuldorlik yo‘nalishi bo‘yicha) zotlar
va liniyalar chatishtirilganda, qaysi mahsuldorlik yo‘nalishidagi parrandalarda
geterozis hodisasi kuchli bo‘ladi?
(tayanch so‘zlar: seleksiyalash, geterozis tushunchasi, foizi, ahamiyati)
3. Nasldor ota-onalik tovuqlar galasidan olingan tuxumlar necha haftaligida
eng yaxshi inkubasiyabop nasldor tuxumlar hisoblanadi ?
(tayanch so‘zlar: tovuqlar, ota-onalik galasi, tuxumdorligi,
inkubatsiyalanishi, sifati)