Tayanch so’z va iboralar: VGA standarti, SVGA standarti , VESA BIOS Extension
Monitor axborotni vizual (ko‘rinma) akslantirish uchun mo‘ljallangan qurilmadir. Monitor oladigan signallar: sonlar, simvollar grafik axborot va sinxronizatsiya signallari, videokartada shakllantiriladi. Shunday qilib, monitor va videokarta o‘ziga xos juftlik bo‘lib, bu juftlik ortmay ishlashi uchun o‘ziga xos ravishda rostlanishi lozim.
Hozirgi vaqtda videokartalarning konstruksiyasi, parametrlari va standartlari bilan farqlanadigan 30 dan ortiq modifikatsiyalari (xillari mavjud).
1987 yili PS/2 kompyuterlari oilasi paydo bo‘lishi bilan IBM firmasi videotizimlarga yangi standartlar joriy qildi va ular eski standartlarni amalda darhol siqib chiqardi. Ko‘pchilik videokartalar ushbu standartlardan birini amalda qo‘llaydi.
MDA (Monochrome Display Adapter);
HGTS (Hercules Grafics Card);
CGA (Color Grafics Adapter);
VGA (Video Grafics Array);
SVGA (Super VGA);
XGA (eXtended Grafics Array).
Hozirgi vaqtda bozorda VGA, SVGA va XGA adapterlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |