Yangi mavzu bayoni:
Bu yozuvchining taijimayi holi ham o‘z qahramonlariniki singari od- diyginadir.
U janubiy viloyatlarimizdan bo'lmish Surxondaryoning Denov tuma- niga qarashli Xo‘jasoat qishlog4ida 1948-yilda tugildi. Qishloqdagi o‘rta
maktabda o‘n yil o'qigach, 1966-1972-yillarda hozirgi O‘zbekiston Milliy
universitetining jumalistika fakultetida ta’lim oldi. Bu fakultet o‘sha yil-
lari ko‘plab yosh iste’dodlarga o‘z ijodiy yoiini topishi, jiddiy asarlar yozib dastlabki muvaffaqiyatlami qo‘lga kiritishida muhim maktab rolini o‘ynagan edi. Fakultetdagi qaynoq, nisbatan erkin ijodiy muhit, o‘z dav- rining yirik shoir-yozuvchilari bilan tez-tez o‘tkazilib turadigan uchra- shuv-muloqotlar. yotoqxonalarda to tongga qadar tugamaydigan she’riyat kechalari - bularning bari iste’dod g‘unchalarining tez yetilishi, kamol topishidajiddiy turtki rolini o‘ynardi. Ko‘p mualliflaming respublika mat- buotida muntazam qatnashishi ham ayni shu fakultetda o‘qib yurgan yil- lariga tolg‘ri kelardi. Tog‘ay Murod ham talabalik paytidayoq o‘nlab hikoyalar yozgan boisa-da, ulami e’lon qilishga shoshilmas, o'zidan, bi- limlaridan ko‘ngli to‘lmasdi. U iloji boricha ko‘proq o‘qish, bu orqali esa faqat o‘zimizning ijodkorlamigina emas, balki dunyoning eng zo‘r adibla- ri tajribalarini ham o‘zlashtirishni istardi.
U, shu niyatdan kelib chiqib. tirikchilikka yetarli maosh beradigan qanday ish taklif qilinsa, o‘sha yerga borib ishlardi. Masalan, 1972—1976- yillarda respublika radiosining «Vatandoshlar» (xorijiy ellarga moi- jallangan) tahririyatida xizmat qilgan boisa, undan keyin «O‘zbekiston fizkulturachisi» gazetasida, 1982-yildan 1985-yilgacha esa «Fan va tur- mush» jumalida xizmat qildi. Tog‘ay Murod o‘zining ijodiy rejalariga birovlaming aralashishini, unga ta’sir o‘tkazishga boMgan urinishlami hecham yoqtirmas, shovqin-suronli davralardan o‘zini olib qochar edi. Butun fikri-zikri o‘qib-ovrganish, tinimsiz ijodiy mehnat qilish bilan band bo‘lardi. Shu tufayli ham, yozuvchi sifatida xalqqa ancha tanilib qolgan bo4lishiga qaramay, 1985—1987-yilIar ichida Moskvadagi Jahon adabiyoti institutida ham tahsil olib qaytdi.
Afsuski. iste’dodli yozuvchi Tog‘ay Murod ayni ijodiy kuchga toigan paytda —55 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Uning ijod stoli ustida tugal- lanmagan qator yirik asarlarning, tarjimalarning qo“lyozmalari goldi.
. O'quvchilarni baholash.
Tog`ay Murod va unga tengdosh yozuvchilar ijodiga xos boigan asosiy xususiyatlami biror asar misolida ko'rsatishga harakat qiling.
Tog‘ay Murodning Mashg`ulotlikda keltirilgan qissasidan boshqa yana qanday asarlarini o‘qigansiz?
«YuIduzlar mangu yonadi» qissasi Siz hozirga qadar o‘qigan boshqa yozuvchilar asarlaridan ko‘proq nimasi bilan farq qiladi?
Bo‘ri polvon tabiatan qanaqa odam? Nega u o‘ttizga kirguncha uylan- may yurdi?
Uyga vazifa adib asarlaridan na'munalar o'qish.
MMIBDO`:______________________________ __________
Sana_____________
Mashg`ulotning mavzusi: Jumaniyoz Jabborov.
Mashg`ulotning maqsadi
Ta'limiy maqsad - Jumaniyoz Jabborov haqida ilmiy tushunchalar berish. Tarbiyaviy maqsad - O'quvchilarni o'z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash. Bir-
birlariga o'zaro hurmat, jamoa bo'lib ishlash, o'zaro yordam va berilgan vazifani
bajarishda mahsuliyat sezish ko'nikmalarini tarkib toptirish.
Rivojlantiruvchi maqsad - O'quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish, guruxlarda ishlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash, fikrni aniq ifodalashga o'rgatish, til madaniyatini o'stirish.
Mashg`ulot turi: Yangi tishuncha va qonunlarni o'rgatuvchi Mashg`ulot.
Mashg`ulotda foydalaniladigan metodlar: Hamkorlik texnologiyasi, "Aqliy hujum" ,
Mashg`ulotda foydalaniladigan jihozlar: ko'rgazmalar
Tashkiliy qism:
a) salomlashilsh b) navbatchi axboroti
c) davomatni aniqlash d) uyga vazifani tekshirish
Mashg`ulotning rejasi:
a) o'tilgan mavzuni takrorlash b) yangi mavzu bayoni c) mustahkamlash. d) O'quvchilarni baxolash
O'tilganlarni takrorlash:
Tog‘ay Murod va unga tengdosh yozuvchilar ijodiga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlami biror asar misolida kcfrsatishga harakat qiling.
Tog‘ay Murodning Mashg`ulotlikda keltirilgan qissasidan boshqa yana qanday asarlarini o'qigansiz?
«Yulduzlar mangu yonadi» qissasi Siz hozirga qadar o'qigan boshqa yozuvchilar asarlaridan ko'proq nimasi bilan farq qiladi?
Bo‘ri polvon tabiatan qanaqa odam? Nega u o‘ttizga kirguncha uylan- may yurdi?
Yangi mavzu bayoni:
J. Jabborov 193O-yil 25-oktabrda Qashqadaryo vilovatining Koson tumaniga qarashli Poklat qishlog‘ida tugilgan. Qishloq maktabida o‘qib, uni tugatgach, 1947-1952-yillarda hozirgi O‘zbekiston Milliy uni- versitetining filologiya fakultetida tahsil ol’adi. So‘ng Moskvadagi Oliy adabiyot kursida o‘qiydi. 1953-yildan boshlab o‘n yil davomida O‘zbe- kitson Yozuvchilar uyushmasining asosiy adabiy-badiiy nashri hisoblangan «Sharq yulduzi» jurnalida avval bo‘lim mudiri, so‘ngra mas’ul kotib lavozimlarida ishlaydi. 6O-7O-yillarda hozirgi «O‘zbekiston ovozi»
gazetasida, yuqori idoralarda mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritadi. 1981- yildan G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida direktor, 1985-yildan esa Respublika Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi. 199O-yildan boshlab o‘n besh yildan ortiq davr mobaynida O‘zbekiston Daviat mukofotlari qo'mitasida mas’ul kotib, rais o'rinbosari bo‘lib xizmat qildi.
J.Jabborovning dastlabki she’rlari o'tgan asming 5O-yilIari boshlarida matbuotda e’lon qilingan. 1953-yiIi shoiming «Vatanimni kuylayman» nomli ilk she’riy to'plami nashr etiladi. Shundan so`g uning «Bahor nafasi» (1956-yil), «Maqsad yoiida» (1958-yil), «Togiar sadosi» (1961- yil), «Ona yer qo‘shig‘i» (1962-yil), «Subhidam xayollari» (1964-yil), «Ilhom daqiqalari» (1971-yil), «Sohillar hikoyasi» (1974-yil), «E’tiqod» (1978-yil), «Xayolimda okzing» (1985-yil), «Ko‘nglim go‘zali» (1991- yil), «Ajab dunyo sevgisi» (1996-yil), «Hayrat olami» (2OO4-yil), «Sevgim samosi» (2OO6-yil), «Yulduzlarda xayolim» (2OO6-yil) kabi o`tizdan ortiq she’riy, nasriy va dramatik asarlari to'plamlari chop etiladi. Bu to'plam- lardagi asarlarda shoiming ona yurtiga niuhabbati, uning bunyodkor. oliyjanob kishilari mehnatiga hurmati. tabiat go'zalliklari. yaratish zavqi. buyuk ajdodlarga so'nmas ehtiromi. do‘stlik. muhabbat. sadoqat. vafo. insoniylik kabi bezavol fazilatlami ulugiash kayfiyati aks etadi.
To'plamlarda shoirning lirik kayfiyati ifodalangan she’rlar, g"a- zallardan tashqari «Guliston», «Togiar sadosi», «Ona yer qo'shigiw. «Yo<ldagi o‘ylar». «Quyosh yurti» kabi o‘ndan ortiq dostonlari, «O‘jarlar», «To‘ydan oldin tomosha». «Yillar o*tib», wCho'l chaqmog'i)), «Mening oppoq kabutarlarim». «Al-Farg“oniy» kabi sahna asarlari ham jamlangan.
Jumaniyoz Jabborov mohir tarjimon sifatida ham o‘zbek kitobxonlari orasida-e’tibor topgan. Jahon adabiyotining Bayron, Lermontov, Shevchenko, Tagor. Hofiz Sheroziy, Ubayd Zakoniy kabi ulug* shoirlari ijodidan ' namunalar, ayniqsa. buyuk fors shoiri Abdulqosim Firdavsiyning «Shoh- noma» asaridan kattagina qismini o'zbek tiliga she’riy tarjima qilib, boshqa xalqlar bilan adabiyotlar orqali aloqalarni mustahkamlashda ko'pgina xizmatlar qildi.
. O'quvchilarni baholash.
Sizning kitob javoningiz bormi? Uni qanday kitoblar bilan toidirib borgan boiar edingiz?
«Kitob javonim» she'rida qanday g‘oya ilgari surilgan?
She’rda nomlari zikr etilgan shoirlar hayoti va ijodiga oid nimalami bilasiz?
Uyga vazifa adib asarlaridan na'munalar o'qish.
MMIBDO`:______________________________ __________
Sana_____________
Mashg`ulotning mavzusi: Chingiz Aytmatov.
Mashg`ulotning maqsadi:
Ta'limiy maqsad - Chingiz Aytmatov haqida ilmiy tushunchalar berish. Tarbiyaviy maqsad - O'quvchilarni o'z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash. Bir- birlariga o'zaro hurmat, jamoa bo'lib ishlash, o'zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda mahsuliyat sezish ko'nikmalarini tarkib toptirish.
Rivojlantiruvchi maqsad - O'quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish, guruxlarda ishlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash, fikrni aniq ifodalashga o'rgatish, til madaniyatini o'stirish.
Mashg`ulot turi: Yangi tishuncha va qonunlarni o'rgatuvchi Mashg`ulot.
Mashg`ulotda foydalaniladigan metodlar: Hamkorlik texnologiyasi, "Aqliy hujum" ,
Mashg`ulotda foydalaniladigan jihozlar: ko'rgazmalar
Tashkiliy qism:
a) salomlashilsh b) navbatchi axboroti
c) davomatni aniqlash d) uyga vazifani tekshirish
Mashg`ulotning rejasi:
a) o'tilgan mavzuni takrorlash b) yangi mavzu bayoni c) mustahkamlash. d) O'quvchilarni baxolash
O'tilganlarni takrorlash:
Sizning kitob javoningiz bormi? Uni qanday kitoblar bilan to‘ldirib borgan bo‘lar edingiz?
«Kitob javonim» she’rida qanday g‘oya ilgari surilgan?
She’rda nomlari zikr etilgan shoirlar hayoti va ijodiga oid nimalami bilasiz?
Yangi mavzu bayoni:
Aytmat bobomni kocrmaganman. U 1918—2O-yillarda vafot etgan. Men esa 1928-yil 12-dekabrda tug‘ilganman. Bizning Shakar ovulimiz chekkasidagi Qurqurov daryosi qirg‘og‘ida eski, yerga botib borayotgan tegirmon toshi bor. Yillar o‘tgan say in u ko‘proq yemirilib, yerga chuqurroq sin- - gib bormoqda. Ana shu yerda bobomning tegirmoni boclgan. Bu tegirmon bir yilcha ishlagan, xolos, keyin yonib ketgan. Shundan keyin inqirozga uchragan bobom 12 yoshli o`g`li To‘raqul — mening otam bilan u yerdan ketib, temiryo‘l tonnellari qurilishida ishlagan. Shu yerdan mening otam rus bojxona ma’muriyati yordamida Avliyoota shahridagi rus-
tuzem maktabiga o‘qishga kirdi. Keyin u ikki marotaba Moskvada o‘qidi. Qirgizistonda rahbarlik lavozimlarida ish- ladi. Onam — Nagima Hamzayevna Aytmatova o‘qimishli, o‘z davrining ilg‘or ayollaridan boigan. Bu narsa ota- onamga meni rus madaniyati, tili va adabiyotiga oshno qilish imkonini bergan.
Buvim esa har yozda meni toqqa olib ketardi. U ovuldagi eng aqlli va hurmatga sazovor ayollardan edi. U men uchun ertak, doston, qadimiy qo‘sbiqlaming bitmas-tuganmas xa- zinasi edi. Ehtimol, o‘shanda buvim o czi sezmagan holda o‘z tilimni sevishga, hurmat qilishga oi'gatgandir. Bunga hech qanday shubham yo‘q.
Ona tili! U haqda nihoyatda ko‘p gapirilgan. Lekin uning sirli mo‘jizasini tasvirlab boimaydi. Bolalikda shuurga singdirilgan ona tiligina qalbni she’riyat bilan sug‘orishi, insonda milliy g‘uruming ilk kurtaklarini uyg‘otishi va ajdodlar tilining naqadar serqirra va sermazmun ekanligini anglatishi mumkin. Bolalik nafaqat quvnoq davr, bolalik — inson shaxsi shakllanishining ilk davri hamdir.
Buvim mening bolaligimni turli ertak, qo‘shiq, dostonlar bilan bezagan. U meni turli davralarga, to‘y-hashamlarga o‘zi bilan birga olib borardi. Menga tez-tez o‘zining tushlari haqida gapirib berardi. Bu tushlar shunchalik qiziq ediki, u mudrab uxlab qolgan vaqtida ham men uni uyg‘otib, tushning davo- mini aytib berishini so'rardim. Qisqa tushlar meni qoniqtir- masdi. Shunda buvim qocshnilarinikiga chiqib, «qarzga» tush soi'ar va menga so‘zlab berardi. Keyinchalik tushundimki, buvim bu tushlami men uchun to‘qib berarkan.
Buvim ko‘p o‘tmay vafot etdi. Endi men shaharda, o‘z uyimizda yashay boshladim. Keyin maktabga bordim. Ikld yil o‘tgach, sevimli ovulimga qaytib bordim. Bu safargi kelishim uzoq va qiyinchilik bilan kechdi. 1937-yil mening otam — partiya'xodimi, Moskvadagi qizil professura institutining ting- lovchisi — qatag‘on qilindi. Bizning oila ovulga ko'chib l`eldi. xi
Mustahkamlash: O'quvchilarni baholash.
«Oq kema» qissasi boshlanishida bolaning ikki ertagi boigani haqida gap boradi. Siz shu ertaklarning qaysilar ekanligini aniqlay oldingizmi?
Qissada bolaning ikki ertagi haqida gapira tiirib, «Keyin biron- tasi ham qolmadh deyilgani sababini tushuntiring.
Uyga vazifa adib asarlaridan na'munalar o'qish.
MMIBDO`:______________________________ __________
Sana_____________
Mashg`ulotning mavzusi: Shukur Xolmirzayev.
Mashg`ulotning maqsadi
Ta'limiy maqsad Shukur Xolmirzayev haqida ilmiy tushunchalar berish. Tarbiyaviy maqsad - O'quvchilarni o'z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash. Bir-
birlariga o'zaro hurmat, jamoa bo'lib ishlash, o'zaro yordam va berilgan vazifani
bajarishda mahsuliyat sezish ko'nikmalarini tarkib toptirish.
Rivojlantiruvchi maqsad - O'quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish, guruxlarda ishlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash, fikrni aniq ifodalashga o'rgatish, til madaniyatini o'stirish.
Mashg`ulot turi: Yangi tishuncha va qonunlarni o'rgatuvchi Mashg`ulot.
Mashg`ulotda foydalaniladigan metodlar: Hamkorliktexnologiyasi, "Aqliy hujum" ,
Mashg`ulotda foydalaniladigan jihozlar: ko'rgazmalar
Tashkiliy qism:
a) salomlashilsh b) navbatchi axboroti
c) davomatni aniqlash d) uyga vazifani tekshirish
Mashg`ulotning rejasi:
a) o'tilgan mavzuni takrorlash b) yangi mavzu bayoni c) mustahkamlash. d) O'quvchilarni baxolash
O'tilganlarni takrorlash:
«Oq kema» qissasi boshlanishida bolaning ikki ertagi bo‘lgani haqida gap boradi. Siz shu ertaklarning qaysilar ekanligini aniqlay oldingizmi?
Qissada bolaning ikki ertagi haqida gapira turib, «Keyin biron- tasi ham qolmadh deyilgani sababini tushuntiring.
Yangi mavzu bayoni:
Sh. Xolmirzayev 194O-yilning 24-martida
Surxondaryo viloyatida, Boysun tumanidagi Shahidlar gnzari- da dunyoga keldi. Otasi Fayzulla Xolmirza o‘g‘li asli Bu- limg‘urdan bolib, sho‘rolar tuzumining dastlabki davrida yuqori lavozimlarda ishlagan. Millatning asl farzandlari qatag‘on qilingan 1937—1938-yillarda sho‘rolar xurujidan qochib Boysunga ketishga majbur bo‘lgan. Bu yurtda bo‘lajak adibning onasiga uylanadi. O‘sha yerda tuman gazetasiga muharrirlik qiladi. Lekin u qonsiragan sho‘ro hukumati changalidan qutula olmaydi. 194O-yilning o‘rtalarida qamoqqa olingan Fayzulla Xolmirza o‘g‘li sovug‘i qahrli Magadan oci*monlarida og‘ir mehnatdan sillasi qurib, 1944-yilda vafot etadi. Bo‘lajak yozuvchining onasi ham ishchan va o‘ziga
yarasha maiumotli ayol edi. Shu bois u uzoq yillar tuman miqyosidagi rahbarlik lavozimlarida ishlab keldi.
Shukur Xolmirzayev Boysundagi o‘rta maktabni tugat- gach, 1958-yilda Toshkent daviat universiteti (hozirgi O‘zbe- kiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetiga ocqishga kirdi va uni 1962-yilda bitirdi. Shundan so‘ng Toshkentdagi bir qator nashriyot va gazeta-jumallar tahririyatlarida mehnat qildi.
Shukur Xolmirzayev juda erta ijod qila boshladi. Uning dastlabki kitoblari talabalik vaqtida chop etildi. Adib «Oq otli» deb ataluvclii birinchi qissasi bilanoq, o‘quvchilar e’tiborini qozondi. «Toiqinlar» qissasi esa mashhur yozuvchi Abdulla Qahhor e’tiboriga sazovor boidi. Sh. Xolmirzayev ilk qadam- laridanoq adabiyotga o‘ziga xos ovoz, o‘zgacha tasvir usuli va alohida badiiy idrokka ega yozuvchi kirib kelganligini ko‘r- satdi.
Sh. Xolmirzayevning «Oq otli» (1962), «Toiqinlar» (1963), «Ocn sakkizga kirmagan kim bor» (1964), «Taqdir bashorati» (1968), «Yoilar, yoidoshlar» (1973), «Yur, togiarga ketamiz» (1976), «Choioq tuma» (1978), «Tuproq ko‘chalar» (1978), «Qush tili» (1982), «Qahramonning so‘nggi kunlari» (1984), «Togiarga qor tushdi» (1986), «Abdulla Nabi o‘g‘lining so‘nggi kunlari» (1983), «Esiz, Eshniyoz!» (1988), «Bulut tocsgan oy» (1997) kabi hikoya va qissalari o‘quvchilar e’tiborini qozongan. Adibning «So‘nggi bekat» (1976), «Qil ko‘prik» (1984), «Yo‘lovchi» (1987), «O1abo‘ji» (1991), «Dinozavr» (1996) asarlari o‘zbek romanchiligi taraqqiyotida ocziga xos ocrin tutadi. Yozuvchi 1987-yilda «Qora kamar» dramasini yozdi. Inson taqdiri butun fojiaviy koiami bilan aks ettirilgan bu drama adabiyotimizda muhim oi'in tutadi. Asarda yolg‘on e’tiqod insonlami qay kunlarga solishi va e’tiqodsizlik millatni qan- chalar tubanlashtirishi mumkinligi yorqin obrazlar orqali haqqoniy aks ettiriladi.
O'quvchilarni baholash.
Asar matniga tayanib, paxta terimiga borgan joylari hikoya qahramoniga nimasi bilan yoqqanligini tushuntiring.
Hikoyachi Ergashning yoshi, tabiati va hissiy dunyosi haqida matnga asoslanib fikr yuriting.
Ergashning «...uddalik» bobida ham ancha jo‘n edik» tarzida- gi iqrori qahramon tabiatining qay jihatini namoyon etadi? «Uddasizlik» Ergashning kamchiligimi yoki fazilati?
Uyga vazifa adib asarlaridan na'munalar o'qish.
MMIBDO`:______________________________ __________
“____________________________________” to`garagi rahbari _______________________________ning 2020-2021-o`quv yilida olib borgan ishlari hisoboti
_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
To`garak rahbari: ___________________ __________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |