Ya.ngi mavzu bayoni:
Abay Qo‘nonboyev qozoq mumtoz adabiyotining asoschilaridan biri, buyuk shoir va ma’rifatparvar hisoblanadi. Shoiming asl ismi Ibrohim bo‘Iib, Abay lining taxallusidir. Shoir 1845-yil 1O-avgustda Qozog'is- tonning Yettisuv viloyati Chingiztog* (hozirgi Abay) tumanida chorvador boy oilasida tugildi. Awal Yettisuvdagi Ahmad Rizo madrasasida o‘qidi. Keyinchalik rus maktabiga qatnab rus tili va adabiyotini o‘rgandi. Bo‘lajak shoir bir tomondan Sharq allomalari - Firdavsiy. Nizomiy, Navoiy, Fuzuliy ijodidan bahramand boMgan bo‘lsa, rus tili orqali rus va g‘arb adabiyoti vakillarining ijodi bilan yaqindan tanishdi.
Shoiming ijodi voshlik chog'laridan she’r yozish va o‘Ian aytishdan boshlandi. Abay o‘zigacha og‘zaki kuylab kelingan o‘lanlarni yozma adabiyotga olib kirgan shoirdir. Shoir o'lanlami yozma yaratishdan tashqari ularga kuy bastalab. mahorat bilan kuylagan. U bastalagan 17 ta o‘lan kuyi hozirgacha oqinlar tomonidan sevib ijro etilyapti.
Abay ma'rifatparvar shoir edi. U o'z sheVlarida tarqoq qozoq qabi- lalarini birlashishga. hamjihatlikka chaqirdi. ilmli va ma’rifatli bo'lishga undadi. Shoir bir o‘lanida:
bilan yovlashgan yurtim. tingla!
CTzi bilan dovlashgan yurtim, tingla!
DardingiJa davo boLlsin oManlarim.
Bir-birini ovlashgan yurtim. tingla! — deya iztirob chekadi. Abayning «Sho‘rlik qozog‘im», «Boy bolasi bilan kambag‘al bolasi». «llm o‘rgan». «O,'lan» kabi she’rlarida ham ilg‘or millatlardan o`mak olib qoloqlikdan chiqish, chidam va mashaqqat bilan ilm-fanni egallashga da’vat yaqqol sezilib turadi. Shoir yirik voqeaband asarlar ham yaratgan. Uning «Iskandar». «Mas'ud». «Azim rivoyati» kabi dostonlari hozirgacha el orasida mashhur. Bu teran falsafiylik bilan yo‘g‘rilgan, ezgalik va yaxshilikka da'vat qiluvchi asarlarni sevimli shoirlarimiz Mirtemir va Uyg‘un o‘zbek tiliga tarjima qilishgan.
Abay ijodiy merosining salmoqli qismini xalqni ilm-ma’rifatga, ma- daniyatga da’vat qiluvchi «Naqliya so‘zlar» majmuasi tashkil etadi. Hassos adib va shoir ushbu asarida inson hayotida muhim o‘rin tutadigan aql, ilm-ziyo, insof va adolat, yaxshi xulq, muomala madaniyati, din, e’tiqod, davlatni idora qilish, xalqlar, elatlarning ahil, do‘stona munosabatda bo‘lishlari haqida mulohaza yuritadi. Asar 44 bo‘limdan iborat. Buyuk oqin Abay qalamiga mansub ushbu «so‘‘z»laming har biri yoshlar uchun ezgulikka da’vat, yomon xulqlardan ogoh bo‘lishga chorlovchi chaqiriqlar sifatida yangraydi. «Naqliya so‘zlar» asari o‘zbek tilida «Nasihatlar»*nomi bilan mashhur bo'lib ketgan. Bu asami sevimli bolalar yozuvchisi Nosir Fozilov o'zbekchaga tarjima qilgan. Quyida «Nasihatlar» kitobidan ayrim o‘gitlar bilan tanishasiz. Qadrli bolajonlar, ushbu pandnoma asarni toMiq o4qib chiqing. Undagi koni foyda nasihatlar sizga abadiy yo‘ldosh bo‘lishiua aminmiz.
w-
Do'stlaringiz bilan baham: |