infoCOM.UZ | O'zbekiston axborot kommunikatsiya texnologiyalari
O`ZB
РУС
Bosh sahifa
Jurnal haqida
Tahririyat bilan bog'lanish
Jurnal tahririyati
Reklama
Aloqa va telekommunikatsiyalar
Internet
Intervyu
Kompyuter o‘yinlari
Mobil aloqa
Qiziqarli fAKTlar
Sharh va fikr-mulohazalar
Tadbirlar
Tanlovga yuborilgan maqolalar
Texnologiya
Yangiliklar
Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar
O‘qitishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish
09.12.2017
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin ortib borayotgan axborot — ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko‘rsata olish, turli sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash va axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Shu maqsadda, o‘quvchilarga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish hamda ijodiy fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilishga o‘rgatish zarur. Bu masalaning yechimi tabiiyki, mazkur jarayonning asosiy tashkilotchisi — pedagoglarni tayyorlash sifatiga bog‘liq. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan ildam borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ta’lim tizimida ham o‘ziga xos o‘zgarishlarni kiritish va yangiliklarni joriy etish zaruratini belgilab bermoqda.
Hozirgi kunda barcha sohalarga jadal joriy etilib borayotgan zamonaviy axborot texnologiyalariga oid bilimlarni egallashga qaratilgan «Informatika» fani samarali o‘qitilyaptimi? O‘quvchilar kasbiy faoliyati sohalari uchun zarur bo‘lgan axborot texnologiyalari bilan ishlashning dastlabki ko‘nikmalariga ega bo‘lib borayaptilarmi? Bugungi kunda barcha o‘qituvchilar dars mashg‘ulotini to‘g‘ri loyihalay oladimi? Dars mashg‘ulotining samaradorligi qanday omillarga bog‘liq? Bu kabi savollarga hozircha ijobiy javob bera olmasligimiz, achinarli holdir. O‘tkazilgan anketa tekshiruvlariga ko‘ra Namangan shahridagi ayrim ta’lim muassasalarining aniq bir guruhlarida informatika fanidan olingan nazorat ishida o‘quvchilar nisbatan past baholanganlar. Bu past sifat ko‘rsatkichidir. O‘quvchi bugungi kunda ta’lim sohasini egallar ekan, kelgusi ta’lim bosqichini davom ettirishi uchun zamonaviy dasturiy, texnik va kommunikativ vositalardan samarali foydalana olish salohiyatiga ega bo‘lishi, xususan: zamonaviy taraqqiy etgan jamiyatda axborot va axborot texnologiyalarining o‘rnini bilishi; axborotni boshqarish vositasi sifatida axborotlarni olish, yig‘ish, qayta ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; global kompyuter tarmoqlarida ishlash va ular orqali foydali axborotlar olish va ulardan ijodiy fikrlashni o‘stirishda foydalanish usullarini egallashi talab etiladi.
Jamiyatning axborotlashuvi ta’lim tizimida uzluksiz innovatsiyalarni talab etadi. Bugun har qanday uslub darhol eskirishi va yangi metodlar bilan boyitilishi mumkin. Dars mashg‘ulotida kerakli natijalarga erishish qaysi omillarga bog‘liq? Dunyoning turli mamlakatlarida ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan ta’limda innovatsiyalarni qo‘llash bo‘yicha izlanishlar olib borilgan. Ularda «innovatsiya», «interfaol usullar», «innovatsion texnologiyalar» to‘g‘risida yaxshi axborotlar to‘plangan, biroq axborot texnologiyalarini ta’lim muassasalarida o‘rgatish samaradorligini orttirish bo‘yicha aniq tavsiyalar yetarli emas. Shuning uchun asosiy maqsad yuqori darajada o‘zlashtirish natijalariga erishishni ta’minlovchi innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samarali usullarini ishlab chiqish, xususan, zamon talab etayotgan axborot texnologiyalari bo‘yicha pedagogik innovatsiyalardan foydalanish masalalarini tadqiq etishdan iboratdir. Ta’lim jarayoniga innovatsiyalarni qo‘llash bugungi kunda quyidagi vazifalarni amalga oshirishni talab etadi:
o‘quv fanining aniq maqsadini aniqlash;
fanning hajmi va mazmunini aniqlash;
zarur bo‘lgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va tavsiya etish;
fanning moddiy va texnik ta’minotini yaratish;
ta’lim oluvchilarning xususiyatlarini o‘rganish;
o‘qituvchining tayyorgarligi va dars mashg‘ulotini loyihalash.
Yuqoridagi vazifalar ichida eng muhimi, bu o‘quv jarayonini tashkil etish uchun eng maqbul bo‘lgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishdir. Bu muammolarni u yoki bu aniq bir usulni tavsiya etish bilan, ayniqsa, pedagog reproduktiv ta’lim usullarinigina qo‘llashni maqsad qilgan bo‘lsa, hal etib bo‘lmaydi. Maqsadga erishishning eng to‘g‘ri yo‘li, bu dars mashg‘ulotini loyihalashda integrallashgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan darsning turli bosqichlarida samarali foydalanish imkoniyatlarini izlashdir. Informatika fanini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning quyidagi metodlarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir [1]: o‘yinli texnologiyalar; muammoli o‘qitish; dasturlashtirilgan o‘qitish; kompyuterlashtirilgan o‘qitish; modulli o‘qitish.
Bu texnologiyalar o‘quv mavzusi maqsadidan va mavzuning mazmunidan kelib chiqib, darsning turli bosqichlarida turlicha qo‘llanishi mumkin. Maktab o‘quvchilarining yosh xususiyatlarini hisobga olib, fanni o‘qitishda g‘oyat samarali bo‘lgan qator o‘yinli texnologiyalar ishlab chiqilgan. Mutaxassislarning fikricha, insonning asosiy faoliyat turi uch ko‘rinish: mehnat faoliyati, o‘yin faoliyati, o‘quv faoliyatida shakllanadi. Ularning barchasi o‘zaro bog‘liq holda sodir bo‘ladi. Ta’kidlashlaricha, bolalarning maktabdagi o‘quv materiallari asosidagi aqliy harakatlarini shakllanish qonuniyatlari o‘yin faoliyatlarida tarkib topadi. Biroq o‘yinli ta’limni o‘quvchilar bilan ishlashdagi asosiy ta’lim shakli deyish to‘g‘ri emas. U o‘quvchida bilish qobiliyatini shakllantirmaydi, biroq ularning bilish faolligini oshiradi, xolos. O‘quvchini aqliy rivojlantirishga yordam beruvchi quyidagi guruhdagi o‘yinlarni ajratish mumkin.
1-guruh. Buyumlar va predmetlarga bog‘liq bo‘lgan predmetli o‘yinlar. Bunda o‘quvchi o‘yinchoq-predmet orqali moddiy olamni, ularning xususiyatini anglashi mumkin.
2-guruh. Intellektual faoliyatni shakllantiruvchi sujetli — rolli ijodiy o‘yinlar. Masalan, «Baxtli tasodif», «Nima? Qayerda? Qachon?» va boshqalar. Bunday o‘yinlar nafaqat ko‘ngil ochuvchi vosita, balki ulkan evristik va ishontiruvchi energiya manbaidir.
3-guruh. O‘quvchining aqliy qobiliyatini rivojlantiruvchi tayyor qoidalarga asoslangan didaktik o‘yinlar. Qoidalarga ko‘ra, u o‘quvchidan anglashni, taqqoslashni, qismlarga ajratishni, umumlashtirishni, muhimi bilishni talab etadi.
4-guruh. Kattalarning kasbiy faoliyatlarini ifodalovchi texnik-konstruktorlik o‘yinlari. Ular o‘quvchida o‘z ishini rivojlantirish, zaruriy materialni yig‘ish, o‘zini va o‘zgalar faoliyatini tanqidiy baholash imkoniyatlarini hosil qiladi. Mehnat faolligi bilish faolligiga undaydi.
5-guruh. Psixik muhitda sodir bo‘luvchi intellektual o‘yinlar. O‘quvchilarning tayyorgarlik darajalarini ko‘rsatuvchi taqqoslash imkonini beruvchi, musobaqa asosida o‘tkaziladigan o‘yinlar. Ular o‘zini shakllantirishga va demak, aqliy faollikka undaydi. Yuqorida tavsiflangan o‘yinlarni o‘quv jarayonida qo‘llash natijasida o‘quvchilarni o‘quv bilim faoliyatlarini keng boshqarish imkoniyatlari hosil bo‘ladi.
Tajribalardan kelib chiqib, quyida Informatika fanini o‘qitishda samarali qo‘llash mumkin bo‘lgan quyidagi o‘yinli texnologiyalardan namunalar keltirib o‘tamiz:
Breyn-ring. Bu o‘yin 2-guruhga kirib, unda har birida 5–6 nafardan o‘quvchi qatnashgan jamoalar soni 2 tadan 5 tagacha bo‘lishi mumkin. Boshlovchi har bir guruhga qisqa javobli savollar beradi. Agar ishtirokchilardan biri birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bersa, qolgan barcha savollar faqat shu ishtirokchiga beriladi va har bir to‘g‘ri javob uchun olingan ball to‘planib boradi. Agar to‘plangan balni vaqtida o‘z jamoasi hisobiga tushirib turmasa va o‘yinni to‘xtatmay, o‘yin davomida noto‘g‘ri javob berib qo‘ysa, o‘sha ishtirokchi to‘playotgan barcha ballar kuyib ketadi. Demak, qatnashuvchi o‘zi istagan paytda o‘yinni to‘xtatishi va to‘plagan balini jamoa hisobiga tushirishi kerak. Qolgan savollarga endi boshqa ishtirokchilar javob berishi lozim va ular ham o‘z jamoalari hisobiga ball to‘plash imkoniga ega bo‘ladilar. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball.
Anagramma. O‘yin 3-guruhga mansub bo‘lib, unda jamoalar Informatikaga oid so‘zlarni hosil qilishlari lozim bo‘ladi. Masalan: informatizatsiyalashtirish davri so‘zidan 5 daqiqa ichida AKT sohasiga oid so‘zlarni hosil qilish kerak. Bir marta olingan harf boshqa ishlatilmaydi, Mumkin bo‘lgan imkoniyatlar:
O‘lchov birliklari. Bu o‘yin ham 3-guruhga tegishli bo‘lib, asosiy tushunchalar o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlashga qaratilgan. Misol sifatida, kompyuterning texnik ko‘rsatkichlarini belgilovchi kattaliklar va ularning o‘lchov birliklari orasidagi mosliklarni aniqlash o‘quvchilar guruhlariga topshiriq qilib berilishi mumkin. Guruhlar ular orasidagi muvofiqlikni tez va to‘g‘ri aniqlashlari lozim.
Javoblar: 1-8, 2-7, 3-4, 4-6, 5-2, 6-9, 7-1, 8-3, 9-5
Ishonarli tarix. O‘yin 2-guruhga tegishli bo‘lib, o‘quvchilar xotirasini mustahkamlashga va ijodiy fikrlashga qaratilgan. Bunda ular keltirilgan tarixiy voqeani diqqat bilan o‘rganib chiqib, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlashlari kerak bo‘ladi. Misol: a) Microsoft firmasining asoschilari Bill Geyts va Pol Allen dastur tuzish uchun dastlabki buyurtmani olganlarida endigina 9-sinf o‘quvchilari bo‘lib, o‘zlarining yoshlarini sir tutishga majbur bo‘lganlar. Shu to‘g‘rimi? (Ha). b) Bill Geyts va Pol Allen «Altair» mashinasi uchun Beysik interpretatorini aynan o‘zlari yozganlar va uni barcha «Altair» foydalanuvchilari uchun bepul tarqatganlar. Shu to‘g‘rimi? (Yo‘q). s) Mark Sukenburg 2004-yil 4-fevralda «The Facebook» nomli saytini tashkil etadi. 2010-yilda u «Eng yosh milliarder» nomiga sazovor bo‘ladi. Shu rostmi?(Ha).
Domino o‘yini. O‘yin 5-guruhga tegishli bo‘lib, unda ikki kishi ishtirok etadi. O‘yinchilarga quyida tayyorlangan kartochkalar aralashtirilib, tarqatib beriladi. Har bir kartochka uchun berilgan savollarga mos javob noto‘g‘ri tashlanguncha o‘yin davom etadi. Noto‘g‘ri javob bergan o‘quvchi mag‘lub hisoblanadi. Agar o‘yinning oxirigacha barcha javoblar to‘g‘ri tashlansa, qo‘lida kartochka qolib ketgan talabani mag‘lub deyish mumkin.
Zanjir o‘yini. Guruh 4ga bo‘linib, har bir guruhdan 1 o‘quvchi doska oldiga chiqariladi. 1 o‘quvchi fanga tegishli atamani aytadi. Keyingi o‘quvchi oldingi o‘quvchi aytganini va o‘zinikini qo‘shib aytadi. Undan keyingisi oldingi 2 o‘quvchi aytgan atamalarga yana o‘zi yangisini qo‘shib aytadi. O‘yin shu tariqa davom etadi, adashgan o‘quvchi o‘yindan chiqadi, eng oxiri o‘yindan chiqib ketmay qolgan o‘quvchi rag‘batlantiriladi. O‘yin xotirani mustahkamlashga juda qo‘l keladi.
Karrali sonlar. O‘yinda ishtirok etuvchi guruh talabalaridan tuzilgan jamoa o‘yinga shay turadi. Navbati bilan sonlar tartibi keltiriladi. Lekin to‘rtga karrali sonning navbati etganda, shu sonning o‘rnida talaba, albatta kompyuterning bironta buyrug‘ini yoki yordamchi klavishning vazifasini aytishi shart. Qoidani buzgan har bir o‘quvchi o‘yinni tark etadi. Ma’lum vaqt davomida o‘yinni faol davom ettirgan ishtirokchi g‘olib sanaladi. O‘yin xotirani charxlashda juda samarali hisoblanadi.
Do‘stlar davrasida. O‘yin 3-guruhga tegishli bo‘lib, talabalarning bir necha nafari kompyuterning turli xil qurilmalari yoki operatsion tizimning turli xil buyruqlari vazifasini bajaradilar. Ular o‘zlarining do‘stlari ishtirok etgan davrani topib olishlari kerak. Buning uchun kompyuterning tashqi va asosiy qurilmalari yoki ichki va tashqi buyruqlar bir-birini topib olishi kerak. Do‘stlar qo‘l ushlashib davra quradilar va o‘zlarini tavsiflab beradilar. Bu o‘yin bilimlarni mustahkamlaydi va talabalarda bir-birlariga bo‘lgan yordam hissini shakllantiradi.
Kim chaqqon? Guruh ikkiga bo‘linib, har bir guruhdan bittadan o‘quvchi doska oldiga chiqariladi. Bir o‘quvchi fanga tegishli atamani o‘zining maydoniga yozadi. Keyingi o‘quvchi oldingi o‘quvchi yozmagan qo‘shimcha atamani ishlatadi. O‘yin shu tariqa davom etadi, adashgan o‘quvchi o‘yindan chiqadi. Kimning maydonida eng ko‘p to‘g‘ri, mantiqiy bog‘langan tushunchalar paydo bo‘lsa, shu jamoa g‘olib sanaladi. O‘yin xotirani mustahkamlashda va takrorlashda qo‘llaniladi.
Men kimman? Bu kompyuterning qurilmalarini tavsiflashda eng yaxshi usuldir. Bir o‘quvchi o‘zining «Kimligini topolmayapti?» Unga boshqa o‘quvchilar yordamga keladi. «Men qanday qurilmaman?», «Men qayerda ishlatilaman?», «Eng yaxshi qobiliyatim qachon namoyon bo‘ladi?», «Qaysi qurilmalar men bilan hamohang ishlaydi?» va hokazo. Qanchalik ko‘p savol berilib, sharhlar so‘ralsa, shunchalik o‘quvchi bali kamayadi. Kim topqirroq bo‘lsa, tezroq jumboqni yechishi kerak bo‘ladi. Nafaqat qurilmalarda keyinchalik dasturiy ta’minotlar, menyu bo‘limlarining vazifalarini tavsiflashda ham o‘yindan muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. O‘yin o‘quvchida obyektlarning xususiyatlarini anglashda, xotirani rivojlantirishda, bilimlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dasturchi va buyurtmachi. Dasturlash bo‘yicha o‘tiladigan dars mashg‘ulotlarida «Dasturchi va buyurtmachi» roli o‘yinini qo‘llashni tavsiya qilamiz. Unda buyurtmachi dasturchilar kompaniyasiga kelib, buyurtma qilinadigan dasturga bo‘lgan talablarni tavsiflaydi. «Menga muzqaymoqni reklama qiluvchi stend kerak», «Menga zamonaviy uyning loyihasi kerak». Mazkur topshiriq bo‘yicha kompaniya, ya’ni guruh a’zolari jamoalarga bo‘linib, vazifalarni taqsimlab oladilar. Uni talab darajasida bajaradilar. Ekspertlar guruhi topshiriqni bajarilish sifatini va kompaniya ishini baholashlari mumkin. O‘yin 4-guruhga mansub bo‘lib, o‘quvchida ijodiy fikrlash va o‘z qobiliyatlarini amaliy ishda sinab ko‘rish imkonini beradi.
Yuqoridagi barcha mulohazalarni umumlashtirib, o‘yinli texnologiyalarni qo‘llash natijasida quyidagi mulohazalarni tavsiya etamiz:
O‘yin turli yoshdagi bolalar faoliyatini rivojlantirishning mustaqil shakli hisoblanadi.
O‘yinlar ijodiy tafakkurni rivojlantirish, o‘z-o‘zini anglash faolligini oshirishdagi eng erkin shakldir.
O‘yin rivojlantiruvchi amaliyot, sababi: bolalar o‘ynaganlari uchun rivojlanadilar, rivojlanish uchun o‘ynaydilar.
O‘yin o‘z-o‘zini anglashda, o‘z-o‘zini boshqarishda aql va ijodda erkinlikdir.
O‘yinda o‘quvchilar nazariy bilimlarini amaliyotga qo‘llash imkoniga ega bo‘ladilar, hodisalar va fanning mavjud xususiyatlarini tushuntirish uchun savollarni aniq ifodalay boshlaydilar.
O‘yinda o‘quvchilar o‘z fikrini bayon eta va himoya qila oladilar.
O‘yin bolalarning asosiy muloqot maydoni bo‘lib, unda o‘zaro shaxsiy muammolar hal etiladi. Insonlar orasidagi o‘zaro munosabatlar shakllanadi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda biz bolani jismoniy jihatdan o‘stiruvchi oddiy o‘yinlardan tortib, kattalar orasida ham mashhur bo‘lgan intellektual o‘yinlardan iborat bir qancha o‘yinlar «ombori»ga egamiz. Barcha o‘yinlarda o‘yinchi o‘yin shartlarini tezda o‘zlashtiradi va o‘ziga belgilangan vazifani qabul qiladi. O‘yin qoidalarini bajarish jarayonida o‘yinchi o‘zining maqbul qarorlarini o‘yindagi muammolarni hal qilishda erkin qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘yindagi musobaqa esa shaxsiy sifatning tinmay yaxshilanib borishiga sabab bo‘ladi. Zamonaviy axborot texnologiyasini yaxshi bilgan va undan to‘g‘ri maqsadlarda foydalana olgan o‘quvchigina kelajakda o‘z qobiliyatlarini takomillashtirishi, kasbiy faoliyatida to‘g‘ri foydalana olishi va albatta komil inson sifatida shakllanishi mumkin.
Foydalangan adabiyotlar:
Н. Х. Авлиякулов. Пeдагогичeская тeхнология. — Ташкeнт, 2009.
K. Ismanova. Amaliy dars mashg‘ulotlarini innovatsion usullar yordamida tashkil etish. — Ta’lim muammolari jurnali. 2-son, 2012-yil.
О. С. Абдуллаeва. Повышeниe эффeктивности процeсса подготовки к пeдагогичeской дeятeльности студeнтов вуза. — Журнал «Молодой учeный». №10, 2013 г.
Muallif: Ozoda Abdullayeva, Namangan muhandislik-qurilish instituti, “Texnik tizimlarda axborot texno logiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Qidiruv
Ruknlar
Aloqa va telekommunikatsiyalar (113)
Internet (513)
Intervyu (134)
Kompyuter o‘yinlari (114)
Mobil aloqa (2 039)
Qiziqarli fAKTlar (70)
Sharh va fikr-mulohazalar (973)
Tadbirlar (995)
Tanlovga yuborilgan maqolalar (62)
Texnologiya (650)
Yangiliklar (3 156)
Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar (262)
Bosmadan chiqdi № 12
InfoCom
№ 12, 2018 y.
Jurnal arxivlari
infoCOM.UZ arxivlari PDFda
«Kompas» jurnali
Statistika
HotLog
Teglar
Huawei
© 2002 — 2019. infoCOM.UZ
16+
Barcha huquqlar himoyalangan. Internet-OAV 0626-raqamli O‘zAАA litsenziyasi. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
Hamjamiyatlar
Telegramda kanal
Biz Facebookda
Biz Twitterda
RSSga obuna bo'lish
Forumda muhokama qilish
WordPressda ishlaydi
Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
pedagogika instituti
nomidagi toshkent
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent axborot
toshkent davlat
Darsning maqsadi
guruh talabasi
Toshkent davlat
tashkil etish
xorazmiy nomidagi
vazirligi toshkent
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
tibbiyot akademiyasi
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
rivojlantirish vazirligi
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
махсус таълим
fanlar fakulteti
bilan ishlash
o’rta ta’lim
Referat mavzu
haqida umumiy
umumiy o’rta
Navoiy davlat
malakasini oshirish
Buxoro davlat
fanining predmeti
davlat sharqshunoslik
fizika matematika
jizzax davlat
sharqshunoslik instituti
universiteti fizika
Jizzax davlat pedagogika instituti aqchayev farruh shavkatovich tarix fanini o
Loyihaviy ta'limdan foydalanishning ijtimoiy-pedagogik shartlari. Loyihaviy ta'limning asoslari
Паразитолог: "Если на груди или шее папилломы, срочно пейте ...
Steepto
Download 3.84 Mb.
bet 13/15
Sana 12.04.2017
Hajmi 3.84 Mb.
1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15
Bu sahifa navigatsiya:
3.O`quv loyihasi. O`quv loyihaviy faoliyat.O`quv loyihasining muddatlari.
Loyihaviy ta’lim texnologiyasi
O`z-o`zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar
11-Mavzu: Tarix fanini o`qitishda hamkorlikda o`qitish texnologiyalari Reja
Tayanch tushunchalar
1. Hamkorlikda o`qitish texnologiyalarining mazmun mohiyati.
Hamkorlikda ta’lim berish va uni amalga oshirish shartlari
2. O`qituvchining tayyorgarligi.
СПОНСОРСКИЙ КОНТЕНТMgid
Три основных признака рака кишечника
Womanmir
Похудевшая на 97 кг узбечка взорвала интернет своим методом!
Keto Genetic
Паразитолог: "Если на груди или шее папилломы, срочно пейте это!"
Детоксик
2. Loyihaviy ta'limdan foydalanishning ijtimoiy-pedagogik shartlari. Loyihaviy ta'limning asoslari.
Loyihaviy ta'lim quyidagi dolzarb ta'lim muammolarini hal etish imkonini beradi va davr talabiga mos keladi:
ta'limni real hayotga yuqori darajada yaqinlashtirilgan vaziyatda amalga oshirishni ta'minlaydi;
nazariy ma’lumotlarni amaliy faoliyat bilan boholash va o 'quvchilarni faol mustaqil bilish jarayoniga jalb etish imkonini beradi;
-kasbiy va tayanch layoqatlarini shakllantirish va rivojlantirishni ta’minlaydi.
O`quv loyihaviy faoliyat - bu qo`yilgan vazifaga erishish, ta’lim oluvchilar uchun muhim va aniq foydalanuvchiga mo`ljallangan biror-bir yakuniy ma’lumot ko`rinishida rasmiylashtirilgan, muammoni yechish uchun ta’lim oluvchilarning belgilangan izchillikdagi harakatlari majmuasi.
Tayyorgarlik bosqichi: loyihaga kirishish, loyiha faoliyatini tashkil etish va rejalashtirish - auditoriya ishi.
Loyihani bajarish bosqichi: auditoriyadan tashqari.
Yakunlovchi bosqich: loyiha taqdimoti, o`quvchilar mahsuloti va loyiha faoliyatining baholanishi, loyiha faoliyati refleksiyasi - auditoriya ishi.
O`QUV LOYIHAVIY FAOLIYATNING PROSESSUAL TUZILMASI (1-BOSQICH) Tayyorlov: “loyihaga kirish” fazasi o`quvchilar amalga oshirishadi:
vaziyatga moslashish;
muammoni shaxsan o`zlashtirish (muammoni tushunish va amaliy faoliyatning muayyan sohasi uchun uning yechimi dolzarb va muhimligini anglash);
loyihaning maqsadi, muammoni hal etish masalalarini qabul qilish, aniqlashtirish va muayyanlashtirish;
loyihaning natijasi (mahsuloti) va uni taqdim etish shakllarini anglash, loyihaning boshqa ishtirokchilari va o`qituvchi bilan muloqotning xarakteri.
O`quvchilar loyiha ustidan ishlash shakllarini tanlashadi: alohida yoki guruh bo`yicha. Agar guruhli shakl tanlangan bo`lsa:
guruhlarga birlashishadi;
loyiha bo`yicha ishlar turlarini ajratib, qatnashchilar orasida taqsimlashadi;
loyiha bajarish bo`yicha ishchi rejasini ishlab chiqishadi;
uni bajarishning optimal usullari va vositalarini tanlashadi;
natija taqdimotini rasmiylashtirish usullari va shakllarini belgilashadi;
loyiha ma'suli, hisobot va taqdimotni baholash mezonlarini muhokama qilishadi.
O`QUV LOYIHAVIY FAOLIYATNING PROSESSUAL TUZILMASI
(2-BOSQICH) Loyihani bajarish.
Loyihaning ushbu davrida o`quvchilar o`zlarining vazifalari bilan muvoffiq tarzda va ma'lum qilgan holda faol va mustaqil ishlaydilar:
turli manbalardan axborot to`plash, tahlil etish va umumlashtirish ishlarini olib boradilar;
tadqiqot o tkazadilar, hisob-kitoblarni bajaradilar;
zarurat tug`ilganda maslahatlashadilar;
oraliq natijalarni muhokama qiladilar;
hammadan olingan natijalarning umumiy to'planishi va muhokamasini o`tkazadilar.
hammadan olingan natijalarning umumiy to'planishi va muhokamasini o`tkazadilar.
O`QUV LOYIHAVIY FAOLIYATNING PROSESSUAL TUZILMASI (3-BOSQICH) Yakuniy: taqdimot, himoya, baholash, refleksiya
Loyihaning jamoa taqdimoti vaqtida quyidagilarni aks ettirishadi:
muammo, maqsad va vazifalarni tushunish;
ishni rejalashtirish va amalga oshirishni bilish;
yechimlarni izlash jarayoni tahlil qilish;
loyihalar va taqdimotning o`zaro baholashadi;
faoliyat va natijaning refleksiyasini amalga oshirishadi: ish davomida va yakunida yuzaga kelgan yutuqlarini anglash, yo`l qo`yilgan xatolarni tahlil qilish, shaxsiy o`zgarishlarini anglashni namoyon etadi;
loyiha faoliyati haqida hisobot topshirishadi.
O`quv loyihasi uslubiy pasportining tuzilishi:
Pedagogik annotatsiya.
Loyiha topshirig`i.
O`quvchilarga uslubiy ko`rsatmalar.
Loyihali ta'limning texnologik xaritasi.
Pedagogik annotatsiyaning tuzilishi
O`quv predmeti
O`quv mavzusi
Qatnashchilar
Ta’limning maqsadi
Rejalashtiriladigan o `quv natijalari
Oquvchilar loyihani muvaffaqiyatli hal etish uchun egallashi lozim bo`lgan oldingi bilim va ko `nikmalar ro 'yxati
Loyihaning turlanish belgilariga ko 'ra tavsifnomasi
Loyihani bajarish tartibi
Loyihaning baholanishi
Loyihaviy ta'limni tashkil etish bosqichlari
Ta'lim modelining qisqacha tavsifnomasi
Hammadan olingan natijalarning umumiy to`planishi va muhokamasini o`tkazadilar.
3.O`quv loyihasi. O`quv loyihaviy faoliyat.O`quv loyihasining muddatlari.
3.1 O`quv jarayonini loyiha asosida tashkil etish:
O`quv predmeti mavzusini va mazmunini tanlash.
Darsning o`quv mavzusi yuzasidan yagona umummaqsadni belgilab olish.
Darsning o`quv mazmunini ishlab chiqish beriladigan nazariy va amaliy bilimlarni belgilash.
O`quvchi tomonidan o`zlashtirilishi lozim bo`lgan tushuncha, bilim, ko`nikma, malakalarni ifoda etish.
Darsning shakli, metod, vositalarini tanlash.
Tushuncha, bilim, ko`nikma, malakalarni o`zlashtirish uchun ta’lim oluvchi tomonidan sarflanadigan vaqt birligi hisobini olish.
Har bir bosqich natijalarini olish uchun mashq va misollar tizimini yaratish.
Nazariy olib borish, testlar, savollarni ishlab chiqish.
Loyihani dars jarayoniga tatbiq etish.
Dars jarayonini olib borish va yakunlash mexanizmini yaratish.
3.2.Loyihali o`qitish faoliyati o`quvchining o`quv faoliyatini tashkil etuvchi jarayon hisoblanadi.
Bunda;
O`qituvchi tomonidan taklif etilgan o`quv loyihalari, kichik loyihalarning maktab o`quvchilari tomonidan bajarilishi ko`zda tutiladi.
O`quv loyihalari oldindan ishlab chiqilgan mezon ko`rsatkichlari asosida baholanadi, loyihada predmetlararo maqsadlar ko`zda tutilsa, yakuniy baholar ham chiqarilishi mumkin.
Loyiha asosida faoliyat tashkil etilganda o`quv-mavzularda rejalashtirilayotgan loyihani topshirish muddatlari ko`zda tutiladi.
Loyiha asosida o`quv faoliyatini tashkil etishga o`qituvchi rahbarlik qiladi va u loyihaning koordinatori hisoblanadi.
Loyihalar yakka shaxslarga va guruhlarga qaratilgan bo`ladi.
Loyiha topshiriqlari aniq, ravon shakllantirilgan, uning maqsad va vazifalari tushunarli aniqlangan, o`quvchilar bilan uning ijro yo`llari va mexanizmlari kelishilgan bo`ladi.
Ayrim hollarda yuqori sinf o`quvchilarining xohish va istaklariga binoan loyihalarni shakllantirish loyiha rahbari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin.
O`quv yili davomida o`rnatilgan tartibda tuzilgan loyihalar taqdimotini ilmiy konferensiyalarda, pedagogik kengashlarda, metod- birlashmalarda o`tkazish, himoya qilish yoki tanlovlar tariqasida o`tkazish mumkin.
3.3. Dars loyihalari o`zining davomiyligiga qarab:
kichik loyihalar (bir soatli);
qisqa muddatli loyihalar (4 soatga mo`ljallangan)
haftaga mo`ljallangan loyihalar;
uzoq muddatga mo`ljallangan loyihalar (ko`pincha bunday loyihalar darsdan tashqari ko`pincha ta’limni amalga oshirishga xizmat qiladi) bo`lishi mumkin.
Loyiha asosida tashkil etiladigan darslar o`qituvchidan darsni tashkiliy jihatidan puxta o`ylangan, sifatli, ishchanlik muhitida, o`quvchilarni jarayonga qiziqtira oladigan tarzda loyihalay olishni talab etadi. O`quv jarayonini loyiha asosida tashkil etishda o`qituvchi faollikda ish yurituvchi emas, balki keng qamrovli ijodkor pedagog rolini o`tashi talab etiladi.
O`qituvchi loyiha raxbari sifatida yuqori madaniyatli, ijodkor, izlanuvchan, tashkilotchi bo`lmog`i kerak.
Loyihalar shunday tuzilishi kerakki, u o`quvchi shaxsiga qaratilib, uning shaxsiy rivojlanishiga xizmat etishi kerak.
Loyihalar asosida o`quv jarayonini tashkil etishda o`qituvchi fidoyilik ko`rsatishi, o`quvchini ruhlantirishi, ularni qiziqtirish orqali pirovard maqsadga erishishi talab etiladi.
Loyiha asosida tashkil etiladigan darslar va unga sarf etiladigan vaqt, tashkiliy ishlar, beriladigan va to`g`ri yo`lga soluvchi savollar oldindan rejalashtirilishi kerak.
Undan tashqari dars jarayonida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan kamchilik, xatolar, ularning oldini olish, jarayonning tahliliy tomonlari ham oldindan hisobga olinishi kerak.
Loyihaviy ta’lim texnologiyasi
O`z-o`zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar:
1.Loyihaviy ta’lim nima?
2.Loyiha asosida o`qitishda qanday samaraga erishiladi?
3.Yakka shaxslarga qaratilgan loyihaning afzalligi?
4.O`quv loyihaviy faoliyat nima?
5.Loyihani tayyorlash necha bosqichda amalga oshiriladi?
6.O`quv loyihaviy faoliyatning 1-bosqichi qanday tashkil etiladi?
7.Dars loyihalari o`zining davomiyligiga qarab qanday turlarga ajratiladi?
8.Loyiha ta’limning asosiy maqsadi?
11-Mavzu: Tarix fanini o`qitishda hamkorlikda o`qitish texnologiyalari
Reja:
Hamkorlikda o`qitish texnologiyalarining mazmun mohiyati.
O`qituvchining tayyorgarligi.
3. Yuzaga kelgan muammoli vaziyatlar yechimini topishda hamkorlikdagi ta’lim texnologiyasidan amaliy foydalanish.
Tayanch tushunchalar:
Hamkorlikda o`qitish, interfaol texnologiyalar, organayzerlar, Interfaol metodlar, hikoya, ma’ruza, suhbat, ko`rgazmali metod, tasviriy namoyish.
Mavzuni va alohida savollarini o`rganish uchun foydalanilgan va tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro`yxati:
1. Karimov I.A. Yuksak malakali mutaxassislar taraqqiyot omili.– T.: O`zbekiston, 1995.
2. Karimov I.A. O`zbekiston buyuk kelajak sari. – T.: O`zbekiston, 1998.
3. O`zbekiston Respublikasining «Ta’lim to`g`risida»gi Qonuni. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq, 1997.
4. Og`ayev S. Yangi pedagogik texnologiya-hayotiy ehtiyoj. Xalq ta’limi jurnali, 2001, №3, 69-71 b.
5. Pedagogika. Pedagogicheskie teorii sistemi, texnologi. Pod.red. S.A.Smirnova. – M.: Akademiya, 2004.
6. Roziqov O., Og`ayev S., Mahmudov M., Adizov B. Ta’lim texnologiyasi. – T.: O`qituvchi, 1999.
1. Hamkorlikda o`qitish texnologiyalarining mazmun mohiyati.
Tanqidiy fikr – bu qo`yilgan masala yoki muammo yuzasidan o`z fikrini bayon qilish, o`zgalarning fikrlarini tanqidiy qayta idrok etish, o`z nuqtayi nazarini asoslab berish va saqlab qolish imkoniyatiga ega bo`lishga asoslangandir. Yana bu qoidaga aniqlik kiritadigan bo`lsak, fikrlash – bu o`qish, yozish, so`zlash va eshitishga o`xshash jarayon. U faol, muvofiqlashtiruvchi shunday jarayonki, o`zida biror haqiqat to`g`risidagi fikrlarni qamrab oladi.
Tanqidiy (tahliliy) fikr shu bilan ahamiyatlidir:
- hayotning murakkab o`zgaruvchanlik ma’nosini tushunib yetishga yordam beradi;
- jamoaning ochiq fikrini rag`batlantiradi;
- shaxsning rivojlanishiga sharoit yaratishi va boshqalar.
-ta’lim jarayonida tanqidiy (tahliliy) fikrlashning asoslanishi:
1. O`qituvchi (pedagog) o`quvchi-talaba o`rtasida hamda o`quvchi-talabaning o`zaro hurmatini tarbiyalaydi.
2. Mashg`ulot jarayonida o`quvchi-talaba tajribasidan foydalaniladi.
3. O`quv mazmuni o`quvchi-talabaning talablariga mos va aniq belgilanadi.
4. Muammoni hal qilishda o`quv materiallaridan foydalaniladi.
5. Har xil buyum va qarashlar integratsiyalashadi.
6. Dastlabki shart-sharoitlar qabul qilinadi va tekshirib ko`riladi.
7. Ta’lim o`qituvchi (pedagog) va o`quvchi-talaba, o`quvchi- talabani o`zaro munosabati orqali berib boriladi.
8. O`quvchi-talaba mustaqil ta’lim olishi uchun sharoit yaratiladi – o`quvchi-talabani tayyorlash darajasiga muvofiq metodlar tanlanadi.
Mashg`ulotlar jarayonida foydalaniladigan didaktik o`yinli texnologiyalar o`quvchi-talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish, darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish, ularni ongli ravishda kasb-hunarga yo`llash, didaktik o`yin davomida vujudga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda mo`ljalni to`g`ri olish, har xil vaziyatlarni tahlil qilib, to`g`ri xulosa chiqarishga zamin hozirlaydi.
O`quv dasturlaridan o`rin olgan muammoli mavzular muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda muammoli dars «aqliy hujum» shaklida o`rganilishi tavsiya etiladi va munozarali mavzular munozarali dars shaklida o`rganilishi maqsadga muvofiq. O`quv jarayonida munozarali darslarning ikki xili: ilmiy munozara va erkin fikrlash darslaridan foydalaniladi.
Interfaol metodlar - o`zaro fikr almashishga, o`zaro fikrlarni to`ldirishga, noverbal va verbal ta’sir o`tkazishga qaratilgan harakatlar majmuasidir. Interfaol metodlar o`zaro ta’sir asosida qurilgan intellektual harakatlar shunchaki ta’sir, turtki vazifasini bajarish bilan cheklanib qolmasdan, balki hamkorlik subektlarini ijodiy izlanishga yo`naltirish, noma’lum holatni ochishga, kashf etishga ko`mak beruvchi nazariy-aqliy mulohazalarda ifodalanishi mumkin.
Ta’lim mazmunini o`zlashtirishda talabalarning bilim saviyasi, o`zlashtirish darajasi, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda quyidagi interfaol metodlar qo`llaniladi:
- o`qitishning ko`rgazmali metodi;
- mustaqil ishlar metodi;
- muammoli evristik modellashtirish metodi;
- ilmiy tadqiqot metodlari;
- o`qitishning muammoli-izlanish va reproduktiv metodi;
- o`qitishning induktiv va deduktiv metodi;
- o`qitishning nazorat va o`zini o`zi nazorat qilish metodi.
Metodlar quyidagi guruhchalarni o`z ichiga oladi:
1. O`quv axborotlarini eshitish orqali qabul qilish metodlari (og`zaki metodlar: hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqalar).
2. O`quv axborotlarini ko`rgazmali kuzatish va ko`rish orqali qabul qilish metodlari (ko`rgazmali metod, tasviriy namoyish qilish va boshqalar).
3. O`quv axborotlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laboratoriya ishlari, dastur tuzish, pedagogik masalalarni yechish, mehnat harakatlari va boshqalar).
Interfaol metodlar asosida tuzilgan dars tizimlarida turli strategiyalardan foydalaniladi. Bunda talabalarga kitoblar, daftar va boshqa usullardan foydalanish taqiqlanmaydi, aksincha, bunday usullarni qo`llash rag`batlantiriladi.
Talabalarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, muammolarni hal qilishda tayyor standart yechimlar bilan birga nostandart yechimlar qilishga undash, talabalar ichki hissiyotlarini yuzaga chiqarib, ularni mantiqiy fikrlashga chorlash, ularni solishtirish, xususiy analitik fikr yuritishga o`rgatish, talabalar intellektual, zukkolik xislatlarini shakllantirish va ma’lum yo`nalishda yanada yuqori darajada rivojlantirish maqsadida muammoli uslubdan foydalaniladi.
Muammoli vaziyat qanday hosil qilinadi? Buning uchun bajarilishi lozim bo`lgan topshiriq e’lon qilinadi. Endi shu vazifani bajarish uchun talaba bor bilim va ko`nikmalarini eslaydi, topshiriqni bajarishda shu paytgacha egallagan bilimlarining yetishmasligini sezish bilan birga talaba shaxsida ma’lum psixologik qarama-qarshilik shaklidagi holat yuz beradi. Galdagi muammo topshiriqni bajarish va shu topshiriqni bajarish uchun yangi bilim, iqtidor va ko`nikmalarni izlash muammosi paydo bo`ladi. Ana shu vaziyat esa, muammoli tahsilning boshlanish jarayoni hisoblanadi.
Pedagog talabalarning topshiriqni mustaqil bajarish jarayonini zukkolik bilan boshqaradi, e’tibor bilan kuzatadi, kerak bo`lganda jonli muloqotga chorlaydi. Talabalar mantiqiy fikrlash davomida ularning jonli mushohadasi, fikr doirasi pedagog tomonidan izchillik bilan hisobga olinib tahsil oxirida faol talabalarga qo`yilgan ballar yoki baholarni e’lon qiladi. Talabalarda umumlashgan psixologik va uslubiy bilim, iqtidor va ko`nikmalarni shakllantirish, o`z tajribalarini tanqidiy nuqtayi nazardan yanada mustahkamlash, real haqiqiy amaliyotdagi sharoitda sinash va amaliy ko`nikmalarni yangi bilimlar bilan yanada boyitish maqsadida shu uslubdan foydalaniladi. Ma’lumki, har qanday fan o`qitilishi uchun, belgilangan maqsadga ko`ra, uning mazmuni, o`zlashtirish uchun mos metodlari, o`quv vositalari va ularga mos ravishda o`qitish shakli tanlanadi.
Talabalarning psixologik tayyorgarliklari, fikrlash darajalari yoki olgan bilimlarini o`zlashtirish darajalariga qarab, har bir ta’lim bosqichi uchun mos mazmun va metodlar tanlanadi. Ta’limda har doim mazmun va metodlar muammosi mavjud, bu muammolar bir-biri bilan o`zviy bog`langan. Ta’lim metodlaridagi muammolar «Kimni qanday o`qitamiz?» degan savol bilan bog`liq bo`lib, bundan ta’lim metodlarini ishlab chiqish uning mazmuniga bog`liq ekanligi kelib chiqadi. Bu ikki muammo o`zaro qarama-qarshilikda bo`lib, bir-birini to`ldirib boradi.
Metodikaning maqsadi mazkur fandan yangi o`quv fani (o`quv predmeti)ni yaratish va bu fanning o`zlashtirilishini ta’minlashdan iborat. Bunday o`quv fanlari talabaning barcha talab va ehtiyojlarini qoniqtirishi, Pedagogik texnologiyar talablari asosida avval «o`qish so`ngra, bu o`qishga o`rgatish uchun o`qitish» tamoyiliga asoslanishi, talabaning o`quv materialini o`zlashtirishdagi darajalari, nazariy va amaliy bilimlarini egallashda «soddadan-murakkabga» qoidasiga asoslangan nazorat topshiriqlarini belgilash talabalarga individual va tabaqalashgan yondashuv xususiyatlarini hisobga olishi lozim.
Hamkorlikda ta’lim berish va uni amalga oshirish shartlari
Asosiy nazariy mazmuni
Amalga oshirish sharti
Shaxsga yo`naltirilgan g`oyalarni namoyon qiladi: (1) har bir ta’lim oluvchilar tomonidan BMK, ularning shaxsiy xususiyatlarining rivojlanish darajasiga muvofiq egallashi;
(2) muloqot ko`nikmalarini shakllantirish: birga faoliyat olib borishni o`rgatish, ta’lim olish va yaratish, har doim bir-biriga yordamga kelishga tayyor bo`lish, omad quvonchi yoki muvaffaqiyatsizlik alamini bo`lish.
Topshiriqni nafaqat birgalikda bajarish, balki birgalikda o`rganish; musobaqa emas, balki hamkorlikda.
Hamkorlikda ta’lim olishni tashkillashtirishning asosiy tamoyillari:
-bir topshiriq bir guruhga;
-rag`batlantirish hamma uchun;
-o`z omadi va boshqa guruh omadlari uchun har bir shaxsning mas’uliyati;
-hamkorlik faoliyati;
-muvaffaqiyatga erishishda teng imkoniyatlar
Maqsadni belgilash jarayonida amalga oshiriladi.
Mustaqil individual ish→ guruhlarda hamkorlikdagi ish- hamkorlikda ta’lim berishda bilish jarayonining dialektik o`zaro bog`liqligi shundan iborat.
Ta’lim beruvchi vazifasining o`zgarishi: ta’lim oluvchilar bilan (ommaviy emas!) yangi o`zaro harakatga tayyorgarligi va qodirligi. (1) shaxsiy tenglik va hurmat, to`laqonli muloqot va o`zaro tushunishga o`tish, (2) ta’lim jarayoni ishtirokchilari o`zaro harakatining yangi shakllari: ta’lim beruvchi→ guruh→ta’lim oluvchilar, ta’lim oluvchilar→ ta’lim oluvchilar.
-topshiriqni bajarish uchun guruhga bir topshiriq beriladi;
-guruh hamma uchun yagona, hamkorlikdagi ish baholari jamlanishi, (umumiy natijaga erishish uchun guruhdagi barcha ta’lim oluvchilar harakati baholanadi), shuningdek har bir ishtirokchining shaxsiy qo`shgan hissasidan kelib chiqadigan bahoni oladi;
-o`zaro harakatni tezlashtirish yo`llari, ya’ni guruhli bahs, hamkorlik, o`zaro yordam, hamkoriy faoliyat;
-har bir ta’lim oluvchi shaxsiy muvaffaqiyatlarini takomillashtirishga, madomiki boshqalar bilan birga baho olsa, ta’lim olishda shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyatiga yo`naltirilgan bo`lishi kerak
2. O`qituvchining tayyorgarligi.
An’anaviy metodikada talaba shaxsining rivojlanishini hisobga olgan holda uning bilimi ko`nikmaga, undan esa malakagacha rivojlanishiga ahamiyat berilmasligi ayon. O`qituvchi talabaga iloji boricha o`rganilayotgan mavzudan ko`proq axborot berishga harakat qiladi. O`qituvchi: axborotlarni to`plash, tanlash, qayta ishlash va o`rganilgan axborotlarni qo`llash kabi bilishning uchta bosqichdan iborat modeliga rioya qilavermaydi. Keyingi navbatda talabaning bilish faoliyati (olgan bilimi) uning yangi pog`onasiga, ya’ni bilish faoliyatining faollashuv jarayoniga o`tishi kerak. Shundagina bilim ko`nikmaga, ko`nikma esa malakaga aylanadi. Talabalar bilish faoliyatining faollashuvi qator tamoyillarga tayanadi: fanni o`rganishga qiziqtirish, tayanch iboralarga asoslanish, muammoli metodlarni qo`llash, mustaqil ishlarni tashkil etish, yalpi va yakka ishlarni tashkillashtirish, ko`rgazmali va texnik vositalardan foydalanish, ta’lim mazmunini turmush bilan bog`lash, fanlararo aloqadorlikni o`rnatish va hokazo. Bundan esa, ta’lim jarayonida o`qituvchi rioya qilishi kerak bo`ladigan asosiy tamoyillar kelib chiqadi:
- talabada o`z kuchiga ishonish hissiyotini uyg`otish;
- talabaga o`z vaqtida kerakli yordam berish.
O`qituvchi dars jarayonida asosiy diqqat e’tiborini talabalarda tanqidiy fikrlash ko`nikmalarini shakllantirishga qaratmog`i lozim. Buning uchun o`qituvchidan yuksak aqliy zakovat va pedagogik mahorat talab etiladi.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu muayyan yosh davrida tugallangan va esdan chiqarilgan vazifa ham emas. Shu bilan birga tanqidiy fikrlashga olib boradigan tugallangan yo`l ham yo`q. Ammo tanqidiy fikrlovchilarning shakllanishiga yordam beruvchi muayyan o`quv sharoitlar to`plami mavjud.
Tanqidiy fikrlash tajribasini egallashga quyidagilar kiradi:
- talabalarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish;
- turli-tuman g`oya va fikrlarni qabul qilish;
- talabalarning o`quv jarayonidagi faolligini ta’minlash;
- har bir talabani tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga o`zlarida ishonch hissini uyg`otish;
- tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozim.
Shu munosabat bilan talabalar:
- o`ziga ishonchni orttirish, o`z fikri hamda g`oyalarining qadrini tushunish;
- ta’lim jarayonida faol ishtirok etish;
- turli fikr va g`oyalarni e’tibor bilan tinglash;
- o`z hukmlarini shakllantirishga va undan qaytishga tayyor turishi lozim.
Tanqidiy (tahliliy) fikrlash talabalarning faolligi bilan bevosita bog`liqdir. Chunki, talabalar sustkash tinglovchilar bo`lishadi, ularda o`qituvchi bilimli yoki matnda uning bu bilimlari aks etgan, shu tufayli ularning bilimlariga o`qituvchi mas’ul degan ishonch shakllanib qolgan. Ta’lim jarayonidagi talabalarning faol ishtiroki va ta’limga o`zlarining mas’ul ekanligiga tayyorligi, tanqidiy fikrlashda kutilgan natijalarni beradi. Talabalarni fikr yuritishga, o`z g`oyasi va fikrlari bilan o`zaro o`rtoqlashishga da’vat etish kabi pedagogik yondashuv ularning faolligini o`stiradi.
Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida talabalarning fikrlari, tanqidiy tahlil natijalari qimmatli ekanligini ularning ongiga singdirish zarur. O`qituvchi (pedagog) talabalardan muayyan materialni shunchaki qayta ishlashni talab qilganda tayyor qoliplardan, andozalardan holi bo`lishi lozim. Bu esa talabalarda o`zgalar g`oyalarini mexanik tarzda qayta ishlab chiqish eng muhim va qimmatli ekanligiga ishonch hosil qilishga olib keladi. Aslida talabalarga o`z fikri, o`ziga taalluqli bo`lgan g`oya va tasavvurlar qimmatli ekanligini ko`rsata olish kerak. Talabalarning o`zlari ham o`z fikrlarining qimmatbaho ekanligiga ishonch hosil qila olishlari hamda masalalarni muhokama qilish jarayonida o`ta muhim vazifa ekanligini tan olishlari kerak.
Fikrlash jarayoni talabalarning o`zaro bir-birlari bilan fikr almashishlarini ko`zda tutadi. O`zaro fikr almashishda talabalardan diqqat bilan tinglash, o`zining qarashlar tizimini so`rovchiga zo`rlab o`tkazish va boshqa so`zlovchilar fikrini tuzatib turishdan o`zini tiyib turishi ham talab etiladi. Bunga javoban talabalar boshqalarning yalpi fikrlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladi. Keng doiradagi munozara oqibati o`laroq talabalar o`zlariga tegishli bo`lgan g`oyalarni tahlil qilish va uni aniqlashga yanada qobiliyati orta boradi hamda ularni o`z bilimlari va hayotiy tajribalarida yaratgan g`oyalari tizimiga tirkab boradi. Fikrlash jarayonini tashkil etishda uni o`tkazishning bir necha modellari mavjud, ya’ni: o`ziga ishonch hosil qilish, ishda faol ishtirok etish, o`rtoqlar va o`qituvchi bilan fikr almashish, o`zgalar fikrini tinglay olish va boshqalar.
Katalog: uploads -> books -> 251467
251467 -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti
251467 -> Samarqand davlat universiteti
251467 -> O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`limVazirligi Buxoro Davlat Universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Iqtisodiy ta’lim va turizm kafedrasi
251467 -> Jizzax davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik va geografiya fakulteti geografiya va uni o
251467 -> Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti
251467 -> Mavzu: turon pasttekisligi
251467 -> Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
251467 -> Va madaniyat
251467 -> Ministry of the higher and secondary specialized education of the republic of uzbekistan
251467 -> Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika psixologiya ta
Download 3.84 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15
СПОНСОРСКИЙ КОНТЕНТMgid
Девушки, от таких мужчин нужно бежать без оглядки
4eva
Три основных признака рака кишечника
Womanmir
5 хитрых способов убедить мужчину жить вместе
Sok Media
Как быстро и дешево повысить иммунитет во время пандемии
Newsrank
Похудевшая на 97 кг узбечка взорвала интернет своим методом!
Keto Genetic
Паразитолог: "Если на груди или шее папилломы, срочно пейте это!"
Детоксик
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling
somethingshoydullo adminstrator
linkedin facebook linkedin facebook nod32
BOSH SAHIFA DASTUR WEB SAYT KITOB SAYT MUALLIFI
Darsliklar bo'limi
BIOS bo`limi(16)
Latex va Tex(13)
Delphi(109)
Internet asoslari(52)
Kompyuter grafikasi(14)
Matematik model(21)
Informatika va AT(41)
Ofis dasturlari(26)
Kriptografiya(43)
MathCad paketi(30)
BBBT bo'limi(23)
Maple paketi(5)
Html va Dhtml(51)
Elekrton darslik (22)
Mikroprotsessor(20)
Kompyuter tarmoqlari(37)
Operatsion tizim (8)
O'yinlar nazariyasi(8)
Matlab paketi(8)
AutoCad bo'limi(5)
Algoritm nazariya (13)
Php+Mysql(111)
JavaScript(51)
CSS bo`limi(77)
Flash MX(18)
Multimеdia (18)
Borland C++(44)
Shaxmat bo`limi(44)
jQuery(8)
Hisoblash usullari(4)
Fortran(5)
Maqolalar(41)
Html teglar(49)
Ma`lumotlar : 1091
Xabarlar soni: 184
Bugun: 1.5.2020
Soat: 5:53
Model va modellashtirish
Muallif: Mengliyev Sh.
Qo`shilgan sana: 2014-03-15
Model va modellashtirish. Model turlari
Model (lat. modulus – o`lchov, me`yor) - biror ob`ekt yoki ob`ektlar tizimining obrazi yoki namunasidir.
Masalan, yerning modeli - globus, osmon va undagi yulduzlar modeli - planetariy ekrani, pasportdagi suratni shu pasport egasining modeli deyish mumkin.
Insoniyatni farovon hayot shartsharoitlarini yaratish, tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat tashqi dunyoning turli hodisalarini o`rganishi tabiiy holdir.
Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan xossalarinigina o`rganadi. Masalan, geologlar yerning rivojlanish tarixini, ya`ni qachon, qaerda va qanday hayvonlar yashaganligi, o`simliklar o`sganligi, iqlim qanday o`zgarganligini o`rganadi. Bu ularga foydali qazilma konlarini topishlarida yordam beradi. Lekin ular yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini o`rganishmaydi bu bilan tarixchilar shug`ullanadi.
Atrofimizdagi dunyoni o`rganish natijasida noaniq, va to`liq bo`lmagan ma`lumotlar olinishi mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga xalaqit etmaydi. Ular asosida o`rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi. Model ularning xususiyatlarini mumkin qadar to`laroq akslantirishi zarur.
Modelning taqribiylik xarakteri turli ko`rinishda namoyon bo`lishi mumkin. Masalan, tajriba o`tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqdigi olinayotgan natijaning aniqligiga ta`sir etadi.
Modellashtirish - bilish ob`ektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning modellari yordamida tadqiq, qilish mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o`rganishdir.
Modellash uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba`zi hollarda esa murakkab ob`ektlarni o`rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum ob`ekt, olisda joylashgan ob`ektlar, juda kichik hajmdagi ob`ektlarni o`rganishda modellashtirishning ahamiyati katta. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya, iqtisod fanlarida ob`ektning faqat ma`lum xususiyat va munosabatlarini aniqlashda ham foydalaniladi.
Modellarni tanlash vositalariga qarab uni uch guruhga ajratish mumkin. Bular abstrakt, fizik va biologik guruhlar.
Abstrakt modellar qatoriga. matematik, matematik-mantiqiy va shu kabi modellar kiradi. Fizik modellar qatoriga kichiklashtirilgan maketlar, turli asbob va qurilmalar, trenajyorlar va shu kabilar kiritiladi.
Modellarning mazmuni bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
1. Fizik model. Tekshirilayotgan jarayonning tabiati va geometrik tuzilishi asl nusxadagidek, ammo undan miqdor (o`lchami, tezligi, ko`lami) jixatidan farq qiladigan modellar, masalan, samolyot, kema, avtomobil, poyezd, GES va boshqalarning modellari fizik modelga misol bo`ladi.
2. Matematik modellar tirik organizmlarning tuzilishi, o`zaro aloqasi, vazifasiga oid qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo`lib, tajriba ma`lumotlariga ko`ra yoki mantiqiy asosda tuziladi, so`ngra tajriba yo`li bilan tekshirib ko`riladi.
Biologik hodisalarning matematik modellarini kompyuterda o`rganish tekshirilayotgan biologik jarayonning o`zgarish xarakterini oldindan bilish imkonini beradi. Shuni ta`kidlash kerakki, bunday jarayonlarni tajriba yo`li bilan tashkil qilish va o`tkazish ba`zan juda qiyin kechadi. Matematik va matematik-mantiqiy modelning yaratilishi, takomillashishi va ulardan foydalanish matematik hamda nazariy biologiyaning rivojlanishiga qulay sharoit tug`diradi.
3. Biologik model turli tirik ob`ektlar va ularning qismlari - molekula, hujayra, organizm va shu kabilarga xos biologik tuzilish, funksia va jarayonlarni modellashda qo`llaniladi. Biologiyada, asosan, uch xil modeldan foydalaniladi. Ular biologik, fizik va matematik modellardir.
Biologik model - odam va hayvonlarda uchraydigan ma`lum bir holat yoki kasallikni laboratoriyada hayvonlarda sinab ko`rish imkonini beradi. Bunda shu holat yoki kasallikning kelib chiqish mexanizmi, kechishi, oqibati kabilar tajriba asosida o`rganiladi. Biologik modelda har xil usullar: genetik apparatga ta`sir qilish, mikroblar yuqtirish, ba`zi organlarni olib tashlash yoki ular faoliyati mahsuli bo`lgan garmonlarni kiritish va bosha usullar qo`llaniladi. Bunday modellarda genetika, fiziologiya, farmokologiya sohasidagi bilimlar tadqiq qilinadi.
4. Fizik-kimyoviy modellar biologik tuzilish, funksiya yoki jarayonlarni fizik yoki kimyoviy vositalar bilan qaytadan hosil qilishdir.
5. Iqtisodiy modellar taxminan XVIII asrdan qo`llanila boshlandi. F.Kenening "Iqtisodiy jadvallar"ida birinchi marta butun ijtimoiy takror ishlab chiqdrish jarayonining shakllanishini ko`rsatishga harakat qilingan.
Iqtisodiy tizimlarning turli faoliyat yo`nalishlarini o`rganish uchun har xil modellardan foydalaniladi. Iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari xalq xo`jaligi modellari yordamida tekshiriladi. Turli murakkab ko`rsatkichlar, jumladan, milliy daromad, ish bilan bandlik, iste`mol, jamg`armalar, investitsiya ko`rsatkichlarining dinamikasi va nisbatini tahlil qilish, uni oldindan aytib berish uchun katta iqtisodiy modellar qo`llaniladi. Aniq xo`jalik vaziyatlarini tekshirishda kichik iqtisodiy tizimlardan, murakkab iqtisodiy tizimlarni tekshirishda, asosan, matematik modellardan foydalaniladi.
36161 marta o`qildi.
E-mail kiriting
Obuna bo`lish
Login:
Parol:
Eslab qolish.
Ro`yhatdan o`tish
KinoMusiqaKompyuterOfisForumTanishuvUniversalMp3AfishaChatOilaOb-havoModa va go`zallikBlogYangilikAvtomobil savdoMashhurElektron do`konMavzulashganPazandalikAvtomobil savdoAvto muxlisMobil aloqaInternetTelevideniyeKulguDasture-pochtaTorrentOliy ta`limO`rta ta`limShaxmat shashkaKursMadaniyatVideoFutbolMuzeyElektron qabulKo`chmas mulkMoliyaMa`lumotRasmReklamaNashriyotTransportSalomatlikFaylDiniyTashkilotTurizmAdabiyotHokimiyatQonunchilikRaqsPoygaOtishmaYakka kurashStrategiyaQurilishRolga kirishKonchilikMashinasozlikKimyoAgrosanoatAbuturientYengil sanoatWebMasterFotoMasterInternetda pul ishlashDorixonaVeterinar
testing
+998915878681
Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.
3D Reklama
Топ рейтинг www.uz
Рейтинг@Mail.ru
Besucherzahler
счетчик посещений Рейтинг: Компьютеры, программы
Mobil telefonlar uchun tami.uz
Adminga xat yuborish
Tel:937979681,915878681
Bosh menuni ochish
Vikipediya
Qidirish
Evristika
Boshqa tilda oʻqish
Yuklash
kuzat
Tahrirlash
Evristika (yun. peshtzko — izlayman, topaman) — 1) masala yechishning maxsus usullari (evristik usullar). Masalani aniq matematik modellarga tayanib va anʼanaviy usullardan foydalanib yechishning aksi. Evristik usullardan foydalanish masalani yechish vaqtini ancha qisqartiradi. Bunday usulda olingan yechim eng toʻgʻri yechim hisoblanmaydi, balki mumkin boʻlgan yechimlardan biri boʻladi. Koʻpincha, E. yordamida qoʻyilgan maqsadga erishib boʻlmaydi. Baʼzan psixologik va kibernetik adabiyotda evristik usullarga masalalar yechishning induktiv usullari sifatida tushuniladi; 2) EHM (kompyuter) uchun dasturlar tuzish usuli (evristik dasturlash). Agar oddiy dasturlar tuzish usulida dasturchi masalani yechishning tayyor mat. usulini EHM ga "tushunarli" shaklga kodlasa, evristik dasturlashda u masalani yechishning intuitiv (his qilib) tushuniladigan usulini shakllantirishga intiladi. Bu usul ham oldinga qoʻyilgan vazifani mutlaq hal qilishga imkon bermaydi; 3) mahsuldor ijodiy fikrlash (tafakkur) jarayonini tashkil qilish (evristik faoliyat); 4) evristik faoliyatni oʻrganadigan predmet; fikrlash haqidagi fanning maxsus boʻlimi. Fan sifatida psixologiya, sunʼiy intellekt nazariyasi, strukturaviy lingvistika, axborotlar nazariyasi predmetlarining omixtasi sifatida rivojlanadi; 5) maxsus oʻqitish usuli (Suqrot suhbatlari) yoki muammolarni koʻplashib hal qilish. Bunda taʼlim olayotgan kishilarga yoʻnaltiruvchi qoʻshimcha savollar va misollar beriladi. Murakkab muammolarni koʻplashib hal qilishda gʻoya muallifiga ishtirokchilar yoʻnaltiruvchi savollar, misollar, aks misollar berishadi.
Ko‘proq o‘rganishUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Stub ikona
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
So‘nggi tahrir 8 oylar avval IluvatarBot tomonidan amalga oshirildi
ALOQADOR SAHIFALAR
Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish
Matematik fizika
Matematik fizika tenglamalari
Vikipediya
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa).
KonfidensiallikDesktop
Platonus Platonus yo'riqnomavideo ma'ruza E-pochta E-jurnal E-kutubxona"Nx" тизими Islohotlar Murojaatlar
A- A A+
Oʼzbek
Toshkent Moliya InstitutiTOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
O'QITISHNING TEXNIK VOSITALARI BO'LIMI
Bosh sahifaSahifaO'qitishning texnik vositalari bo'limi
Tuzilma
Rahbariyat
Fakultetlar
Kafedralar
Markazlar va Bo'limlar
Institut kengashi
Faoliyat
Ilmiy faoliyat
Xalqaro faoliyat
Moliyaviy faoliyat
Madaniy faoliyat
Foydali manbalar
milliy.uz
egov.uz O'Z
ipoteka.uz RU O'Z
ooo
Salom O'ZBEK
xalqbank.uz
http://edu.uz/uz
fwefew
INTERNATIONAL TRAINING AND METHODOLOGY CENTRE FOR FINANCIAL MONITORING
interfinance
Harakatlar strategiyasi
Lex.uz
Yoshlar ittifoqi
Davlat test markazi
"XALQARO MOLIYA VA HISOB" ILMIY ELEKTRON JURNALI
O'QITISHNING TEXNIK VOSITALARI BO'LIMI
Bo'lim boshlig'i: Madaliyeva Gulnora Melsovna
E-mail:utvb@tfi.uz
Tel: +998712347631
Kodirova Nargiza Erkinovna
E-mail:utvb@tfi.uz
Tel: +998712352310
O’qitishning texnik vositalari bo’limi Toshkent moliya institutining tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi. U 1999 yil fevral oyida institutning o’quv jarayonini zamonaviy texnik o’quv vositalari bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
Madalieva Gulnora Melsovna O’qitishning texnik vositalari bo’limi boshlig’i bo’lib 2003 yildan buyon ishlab kelmoqda.
O’qitishning texnik vositalari bo’limining asosiy vazifalari
• O’quv jarayoniga zamonaviy texnik vositalar va o’quv texnologiyalarini joriy etish orqali institutni bitirgan mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirish. Sinf xonalarini texnik tayyorgarlik bilan jihozlash, institutning moddiy-texnik bazasini yaxshilash orqali erishiladi.
• Institut xodimlarining texnik tayyorgarligi darajasini oshirish. Institut professor-o’qituvchilarining uslubiy qo’llanmalariga texnik vositalar va yangi o’quv axborot texnologiyalari (til laboratoriyalarida tarmoq o’quv vositalari, kompyuter dasturlarini joriy etish) bilan ishlash. Institut o’quv jarayonida zamonaviy texnik o’quv qo’llanmalaridan foydalanishni tashkil etish.
• Barcha darajadagi o’quv jarayonini texnik o’quv vositalari bilan ta’minlash (talabalar, o’qituvchilar, institut xodimlari).
• O’quv jarayonida kompyuter, multimedia uskunalaridan har tomonlama va to’laqonli foydalanishda fakultetlarga, kafedralarga texnik, uslubiy yordam ko’rsatish.
• O’qituvchilarga O’TV asoslari va jihozlarga texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha maslahatlar berish va o’qitish.
• O’quv jarayonida texnik o’quv qo’llanmalaridan foydalanish bo’yicha professor-o’qituvchilar bilan maslahatlashish.
• Amaldagi me’yorlar va talablarga muvofiq ravishda O’TVni amalga oshirish usullari va vositalariga muvofiqlikni ta’minlash.
• Yangi texnologiyalar, moslamalar va jihozlar sohasidagi istiqbolli yangi yo’nalishlarni tezkor o’rganish va tadqiq qilish.
• O’TV xavfsizligi, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, texnik xizmat ko’rsatish.
• Yangi o’qitish texnologiyalarini qo’llab-quvvatlash, joriy etish va rivojlantirish.
• Institut bo’limlari buyurtmasi bo’yicha markaz profilida ishlarni bajarish.
Texnik o’qitish bo’limining asosiy vazifalari:
• O’quv jarayonida texnik vositalardan foydalanishning asosiy yo’nalishlarini o’rganish.
• O’quv jarayonida kompyuter, multimedia uskunalaridan foydalanish. Multimediya sinflaridagi navbatchilik qilish (kalitlarni yig’ish, jihozlarning ishlashini va ularnu mavjudligini nazorat qilish, o’qituvchilarga yordam berish).
• O’TV ni tashkil qilish va muntazam ravishda yangilash.
• Kasb-hunar ta’limi bo’limlarining arizalarini to’plash, umumlashtirish va tizimlashtirish va shu asosda o’quv mashg’ulotlarini texnik o’quv qo’llanmalari bilan ta’minlash jadvalini tuzish.
• Talabalar, doktorantlar va boshqa toifadagi kadrlarni tayyorlash uchun yangi texnologiyalarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
• O’TVni tashkil etuvchi asbob-uskunalar va jihozlarga texnik xizmat ko’rsatish, ularni ish sharoitida saqlash va ta’mirlash ishlarini tashkil etish.
• O’TV ni tarkibiy bo’linmalar tomonidan taqsimlashda ishtirok etish.
• Zamonaviy uskunalar va tizimlarni joriy etish bo’yicha zarur choralarni ko’rish.
• O’qitishning ilg’or uslublarini joriy etish, o’quv jarayonini tashkil etishda texnik vositalardan foydalanishni ta’minlash.
• Texnik tayyorgarlikni ta’minlash bilan institutning rejalashtirilmagan ishlarida qatnashish.
Bog'lanish
Telefon: (8 371) 234-53-34
Faks: (8 371) 234-11-48
Email: admin@tfi.uz
Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
Ijtimoiy sahifalar
Manzil
Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
Jamoat transporti:
10, 17, 19, 24, 38, 51, 60, 67, 72, 93, 115, 140
Murojaat
FISH
Email
Xabar
Xabar yuborish
Sayt xaritasiТоп рейтинг www.uz
Copyright © 1999-2020. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar O`zbekiston va xalqaro qonunchilik mualliflik xuquqlari asosida ximoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta'qiqlanadi.
Bosh sahifa
Mühazirə
СПОНСОРСКИЙ КОНТЕНТMgid
Паразитолог: "Если на груди или шее папилломы, срочно пейте это!"
1 2 3 4 5 6 7 8
Bu sahifa navigatsiya:
2.2. O‘quvchilarda o‘quv – biluv motivlarini shakllantirishda axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari
Axborot talim muhiti (ATM)
ATM ning maqsadi
O‘qitishning elektron vositalari.
Axborot oqimlari bilan ishlash.
Talimda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashda pedagogning asosiy vazifalari.
Zamonaviy axborot texnologiyalari.
Texnologiya grekcha tildan tarjima qilinganda san'at, mahorat haqidagi ta'limot kabi ma'nolarni bildiradi.
“Texnologiya – ishlov berish, holatni o‘zgartirish san'ati, mahorati, malakasi va metodlar yig‘indisi”(V.M. Shepel).56Axborot texnologiyalarining maqsadi inson taxlil kilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir xatti-harakatni bajarish bo‘yicha qaror qabul qilishdir. Axborot texnologiyasi obekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma'lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir.
Bundan tashqari, axborot texnologiyasining asosiy maqsadi - axborotni saqlash va uzatishni tashkil etish.
Axborot tizimi axborotni qayta ishlashning axborot-kompyuter tizimini o‘zida ifodalaydi. Axborot tizimi – o‘z tarkibida kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, axborot va dasturiy ta'minot hamda odamlarning birgalikdagi faoliyat yuritish jarayonini aks ettirib, u iste'molchi uchun axborot ishlab chiqarishni o‘z zimmasiga oladi.
Axborot tizimlarining asosiy vazifasi hodisa va jarayonlar kechishini boshqarish imkoniyatlarini yaratishdan iborat. Shuningdek, axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiqarilgan boshqariluvchi jarayonga maqsadli ta'sir ko‘rsatadi.
Ta'lim – tarbiyada axborot tizimlarining asosiy vazifalari – bu o‘rganilayotgan ob'ektga tegishli barcha axborot resurslarini eng maqbul boshqarish usullari yordamida iste'molchiga kerakli bo‘lgan axborotlarni ishlab chiqish va ulardan ta'lim ob'ektni boshqarishda foydalanish uchun axborotli va texnikaviy ta'minot muhitini yaratishdir.
Axborotlarni avloddan – avlodga uzatishning ahamiyati ta'lim – tarbiya ishining ahamiyati bilan hamohangdir.57Axborot texnologiyalari (AT) – bu tizim masalalar yechimini topish maqsadida axborotlarni yig‘ish, qayta yig‘ish, qayta tiklash, saqlash, ifodalash, tizimlash, uzatish va uni iste'molchiga foydalanishga qulay holga keltirish jarayonini kompyuter va telekommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladigan, tartibga solingan amaliy dasturlar majmuasidir.
Axborot texnologiyalari – jarayonlarni boshqarishdagi asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Tayyorlangan ma'lumotlarni tizimga ajratish va qayta ishlash hamda kerakli maqsadlar bo‘yicha qayta ishlangan ma'lumotlarni uzatishni o‘z ichiga oladi.
Axborotlashtirish faqatgina fan va texnika yutug‘i bo‘lmasdan, balki ular ta'lim, tarbiya, san'at, tibbiyot, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, sanoat va shu kabi sohalarning rivojlanishida ham doimo muhim omil bo‘la oladi.
Zamonaviy hisoblash texnikasi va aloqa vositalari asosida axborotlarni to‘plash, saqlash va kerakli manbalarga uzatishning zamonaviy usullari, ya'ni kompyuterlashtirilgan usullarigacha rivojlanib boraveradi.
Axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi, bu sohadagi ishlarni jonlantirib yubordi, ya'ni endigi hayot nafaqat axborotlar, axborot texnologiyalari, balki axborot tizimlarini yaratishni taqozo etib qoladi va ulardan bilim bazalari, vazifalar, mantiqiy xulosalarni yechuvchi mashina kabi xizmat tizimlarini ham o‘z ichiga olishini talab qilmoqda. Bu talablarni hal qilish esa ijtimoiy islohotlarga bog‘liqdir.
2.2. O‘quvchilarda o‘quv – biluv motivlarini shakllantirishda axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari
Ta'lim jarayonida axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish zamon talabidir. O‘qitishning zamonaviy usullari va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llamasdan turib, o‘qituvchi o‘z kasbiy faoliyatida samarali natijalarga erisha olmaydi. Ammo bunda ta'limning maqsad va mazmuni, usul va vositalari hamda tashkiliy shakllarini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega.
Axborotlar oqimining ortib borishi va ta'lim metodlarining murakkablashishi bilan ta'limni asosan an'anaviy usulda tashkil etish tobora qiyinlashib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari o‘quv jarayonida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ta'lim sohasi uchun nihoyatda keng imkoniyatlarni taqdim qiladi:
differensial va individual o‘qitish jarayonini tashkil qilishi;
teskari aloqa bog‘lashi: o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va tuzatib borishi;
darslarda animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz kabi kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalanilishi;
o‘quvchilarga fanni o‘zlashtirish uchun ko‘nikmalar hosil qilishi va hokazo.
Bilishning asosini amaliyot tashkil etadi. Axborot texnologiyalari esa ana shu jihatdan ham o‘z ustunligiga ega. O‘rganilgan nazariy bilimlarning texnik vositalar asosida amaliy jihatdan ham yoritib berish imkoniyatining mavjudligi o‘quvchilarning ta'lim jarayonida yanada faol ishtirok etishini ta'minlaydi. Axborotni qabul qilish va o‘zlashtirish, ikki tomonlama muloqot (o‘qituvchi va o‘quvchi, o‘quvchi va o‘quvchi o‘rtasida)ni samarali tashkil etish o‘quvchilar faolligining yuqori bo‘lishini talab etadi. O‘quv-tarbiya jarayonida axborot-metodik ta'minotini amalga oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning bajaradigan asosiy vazifasi - ikki tomonlama muloqotni ta'minlashdir. Teskari aloqasiz, o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi doimiy muloqotsiz o‘qitish mumkin emas. Bu jarayonning samarali tashkil etilishida o‘quv-biluv motivlari alohida o‘rin kasb etadi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari esa o‘z navbatida motivlarni yuzaga keltiruvchi eng muhim omillardan biridir. Chunki, axborotlarning jamlanganligi, ko‘rgazmaliligi, ya'ni turli xil taqdim etish imkoniyatlariiing mavjudligi, animatsiyalardan foydalanish, ta'lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish o‘quvchilarda ta'limga bo‘lgan qiziqishni va bilim olishga bo‘lgan ichki harakatlantiruvchi kuchlar(motiv)ni yuzaga keltiradi. Bu borada olib boriladigan ishlar mazmuni motivni o‘stirishga, uni qo‘ya bilishni o‘rgatishdan iborat.
Axborotlashtirish axborot jarayonlarini rivojlantirish vosita va sharoitlarining butun majmui bo‘lib, tegishli texnik, bazani yaratish, tashkiliy, iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy islohotlar qilishni o‘z ichiga oluvchi jarayon bo‘lib, u ta'limni texnologiyalashtirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Insoniyatning axborot ishlab chiqarish bo‘yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar, axborotlashgan jamiyatning intellektual salohiyati sifatini ham belgilaydi va bunday jarayonlar axborotlashtirish sanoatini muntazam rivojlanishini ta'minlaydi.
Axborotlardan samarali foydalanish asosida faoliyat ko‘rsatish quyidagi vazifalarni hal etishning ma'qul yo‘llarini ta'minlab beradi:
manba va unda kechadigan jarayon to‘g‘risidagi ma'lumotlarni qayta ishlash;
jarayonlar kechishi haqidagi davriy ma'lumotlarni muntazam olib turish va ular asosida nazoratlar olib borish.
O‘qitishning hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish, o‘quvchiga o‘qituvchi va (yoki) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tomonidan xabar qilinadigan bilimlarni o‘zlashtirishni hamda ta'lim oluvchining o‘rganilgan materialni qayta yaratish, uni o‘xshash (analogik) vaziyatlarda qo‘llashga oid faoliyatini tashkil qilishni ko‘zda tutadi. Mazkur metodni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan qo‘llash ta'lim jarayonini tashkil kilish sifatini jiddiy yaxshilash imkonini bersa-da, biroq o‘quv jarayonini an'anaviy qo‘llanadigan sxemadan (axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz) foydalanilganiga nisbatan tubdan o‘zgartirishga imkon bermaydi. Bu jihatdan muammoli xamda tadqiqotchilik metodlaridan foydalanish ko‘proq o‘zini oqlaydi. O‘qitishning muammoli metodi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘quv jarayonini qandaydir muammoni qo‘yish va uni hal qilish yechimlarini izlash sifatida tashkil qilishga oid imkoniyatlaridan foydalanadi. Asosiy maqsad ta'lim oluvchilarning bilish faolligini oshirishga maksimal darajada ko‘maklashishdan iborat. Ta'lim jarayonida olinayotgan bilimlar asosida turli toifadagi masalalarning yechilishi, shuningdek, qo‘yilgan muammoni hal qilish uchun zarur bo‘ladigan qator qo‘shimcha bilimlarni olish va tahlil ko‘zda tutiladi. Bunda axborotni to‘plash, tartiblashtirish, tahlil va uzatishga oid ko‘nikmalarni egallashga alohida e'tibor karatiladi.
O‘qitishning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan tadqiqotchilik metodi ta'lim oluvchilarning ma'lum tematika doirasida ilmiy-texnik tadqiqot olib borish jarayonidagi mustaqil ijodiy faoliyatini ko‘zda tutadi. Bu metoddan foydalanilganda ta'lim faol tadqiqot, kashfiyot va o‘yin natijasi sanaladi.
Eng so‘nggi texnik yutuqlar ko‘pincha ta'lim jarayonida o‘zining munosib o‘rnini egallagan, bu ma'noda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ham istisno emas. O‘quv jarayonida kompyuterlardan foydalanish bo‘yicha dastlabki tajribalar hisoblash texnikasidan foydalanish ta'lim jarayoni samaradorligini sezilarli darajada oshirishi, bilimlarni hisobga olish va baholashni yaxshilashi, qiyin vazifalarni hal qilishda o‘qituvchining har bir ta'lim oluvchiga yakka tartibda yordam berishini ta'minlash kabi imkoniyatlarni yaratadi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari so‘z, raqam, tasvir, tovush va boshqa ko‘rinishlarda beriladigan axborotni qayta ishlash uchun keng imkoniyatli vosita sanaladi. Ularning vosita sifatidagi asosiy xususiyati axborot olish va qayta ishlash bilan bog‘liq turli xil amallarni bajarish uchun sozlash (dasturlashtirish) imkoni mavjudligidir.
O‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish foydalanuvchilarning tafakkur ko‘nikmalarini va murakkab vazifalarni hal qilish malakalarini rivojlantirishning yangi yo‘llarini ochib beradi, ta'limni faollashtirish uchun prinsipial yangi imkoniyatlarni taqdim qiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari auditoriya va mustaqil mashg‘ulotlarni yanada qiziqarli va ishonchli, o‘rganiladigan axborotning katta oqimini oson o‘zlashtiriladigan qilish imkonini beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining ta'limning boshqa texnik vositalariga qaraganda asosiy ustunliklari nozikligi, ta'limning turli modellari va algoritmlariga sozlash, shuningdek, har bir ta'lim oluvchining xatti-harakatlariga yakka tartibda reaksiya qilish imkoniyati sanaladi. Bunday vositalardan foydalanish ta'lim jarayonini yanada faollashtirish, unga tadqiqotchilik va izlanuvchanlik xarakterini bag‘ishlash imkonini yaratadi. Darsliklar, televidenie va kinofilmlardan farqli o‘laroq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta'lim oluvchining xatti-harakatiga zudlik bilan javob berish, turli toifadagi ta'lim oluvchilar uchun materialni takrorlash, tushuntirish, puxtaroq tayyorgarlikka ega bo‘lgan ta'lim oluvchilar uchun yanada murakkab va o‘ta murakkab materialga o‘tish imkoniyatini ta'minlaydi. Bunda individual sur'atlarda o‘qitish oson va tabiiy tarzda amalga oshiriladi.
Bilimlar hajmining ortib borishi va tahlil metodlarining murakkablashishi bilan ta'limni asosan an'anaviy usulda tashkil etish tobora qiyinlashib bormoqda. Murakkab muammolarni tushunish va hal qilish malakalari, juda katta hajmdagi dastlabki ma'lumotlarni foydali umumlashtira olish qobiliyati - bularning hammasi katta ahamiyat kasb etib, o‘quvchilardan yanada faol bo‘lishni talab etadi. Aynan, shu nuqtai nazardan kompyuter ta'lim sohasi uchun nihoyatda keng imkoniyatlar taqdim qiladi.
O‘qitish (mustaqil o‘qishdan farqli o‘laroq) ta'rifiga muvofiq muloqotli hisoblanadi. Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida didaktika, zamonaviy axborot texnologiyalaridan faol foydalanish orqali bilimlarning samarali o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan o‘quv faoliyatining keng jabhali turlarini salohiyati, axborotni qabul qilish va o‘zlashtirish qobiliyatlariga bevosita bog‘liq bo‘lmoqda.
Elektron resurslarining afzalliklari qatoriga axborotlarning jamlanganligi, ko‘rgazmaliligi, ya'ni turli xil taqdim etish imkoniyatlariiing mavjudligi, animatsiyalardan foydalanganligi, ta'lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish jihatlarini kiritish mumkin. Bu o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni, tarbiyaviy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish orqali resurslarni har tomonlama chuqur o‘zlashtirilishiga imkoniyatning mavjudligi bilan alohida ahamiyatga ega.
Bizning fikrimizcha, uzluksiz ta'lim-tarbiya jarayonlariga axborot texnologiyalarini tatbiq etishda asosiy vazifalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
• yangi axborot texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishning zaruriy moddiy-texnika bazasini yaratish;
• ta'lim-tarbiya jarayoni uchun zamonaviy axborot texnologiyalarini loyihalash va qo‘llash;
• foydalanuvchilarning zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish;
• zamonaviy texnologiyalar negizida ta'lim va tarbiya jarayonlaridagi samaradorlikni kafolatlash.
Axborot ta'lim muhiti (ATM) – bu o‘rganuvchi, o‘rgatuvchi (o‘qituvchi) va axborot texnologiyalari vositalari o‘rtasidagi o‘quv axborotli xatti – harakatlar jarayoni paydo bo‘lishi va rivojlanishiga imkon beruvchi shart – sharoitlari majmuasi hamda muayyan o‘quv kursi bo‘yicha predmetli mazmuni muhiti komponentlari (kompyuterga ulashuvchi turli xil o‘quv, namoyish qiluvchi jihozlar, dasturiy vositalar va tizimlar, o‘quv ko‘rgazmali va boshqalar) jamlangan sharoitda o‘rganuvchining (o‘rgatuvchining ham) faol bilish faoliyatini shakllantirish jarayonidir.
ATM ning maqsadi: shaxsning ijodiy tashabbuskorlik qobiliyatini rivojlantirish asosida ta'lum oluvchilarga bilimlarni mustaqil egallash va ularni sifatli o‘zlashtirish uchun shart – sharoit yaratish hamda o‘qitish natijalarini tahlil qilishni avtomatlashtirishni ta'minlash58.O‘qitishning elektron vositalari. O‘qitish jarayoni pedagog, ta'lim oluvchi va o‘qitish vositalarining o‘zaro ta'siridan iborat. Hozirgi zamon kompyuter vositalari va axborot texnologiyalari imkoniyatlari o‘qitish vositalariga o‘qituvchi va ta'lim oluvchi vazifalarining bir qismini yuklash imkonini beradi59.Darsni axborot – kommunikatsiya texnologiyalari asosida o‘qitish o‘qituvchi va ta'lim oluvchilar ishini ancha osonlashtiradi.
Xususan, boshlang‘ich sinflarda fanlarni kompyuter vositalari asosida o‘qitish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
O‘qituvchini takrorlanuvchi mehnatdan xalos etadi va uning vaqtini tejaydi;
yaqqol tasvirlar natijasida o‘quvchilarda fazoviy tasavvurlar shakllanadi;
O‘quvchilarning ish tartibini tez o‘zlashtirishini ta'minlaydi;
Fanga oid nazariy ma'lumotlar ko‘rgazmali vositalar (rangli tasvirlar, ularning fazoviy ko‘rinishlari) yordamida tushuntiriladi va natijada talabalarda ilmiy bilishga ehtiyoj ortadi;
Kompyuter ekranida sodir bo‘layotgan hodisalarni o‘quvchi ko‘rib va eshitib, fikrlash orqali bilishga intiladi. O’quvchi sezgi organlari yordamida monitorda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarni idrok eta boshlaydi. Chunki monitorda ularning xossa va xususiyatlari aks ettiriladi. U dastavval hissiy bilish orqali ekrandagi hodisa va voqealarni (bir necha bor kuzatib) bir – biridan alohida holda o‘z ongida aks ettiradi. Shu sababli narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishni nazardan chetda qoldiradi. Masalan ekranda biror predmetning, geometrik chizmalarning, yoki hodisalarning namoyish etilishi bilan o‘quvchi ushbu tasvirlarning mohiyatiga etibor qaratmasligi mumkin. Boshqa hodisalarning yuzaga kelish jarayonlari, kechishi, boshqa predmetlar bilan aloqadorligi kabilar bilan tushuntirilganda, va bir necha bor kuzatganidan so‘ng, hissiy bilishdan aqliy bilishga o‘tib, masalaning mohiyatiga e'tibor bera boshlaydi.
O‘quvchining ekranda sodir bo‘layotgan voqea, hodisalarni tahlil etish va sintez qilishi juda muhim ahamiyatga ega. Analiz va sintez o‘quvchining bilish jarayonini tezlatadi. Analiz – sintez murakkab ob'ektlarni oddiy elementlarga, muhim va nomuhimlarga, voqea va hodisalarni turkumlarga ajratish shartlaridan biridir. Tahlil etishdan asosiy maqsad qism (element) larni butun (shakl, jism) ning unsurlari sifatida bilish, ular o‘rtasidagi aloqa va qonuniyatlarni aniqlashdan iborat.
Shuni alohida ta'kidlab o‘tish lozimki, namoyish qilinayotgan material qanchalik sodda, tushunarli bo‘lmasin, hayot bilan uzviy bog‘lab tushuntirilmasa, materialni esda saqlab qolish va o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan ehtiyojini oshirishga xizmat qilmasligi mumkin.
Ma'lumki, kompyuter axborotlarni kiritish, to‘plash va ular ustida turli xil arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish xamda ularni taxlil etish uchun mo’ljallangan.
Axborot oqimlari bilan ishlash.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan boshlab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanib, xalqaro integratsiyaga qo‘shilmoqda. Jamiyatimizning turli sohalarida rivojlanish ketayotganligi uchun axborotlar almashuvi masalasi tug‘ildi.
Insoniyat jamiyati ba'zi bir murakkab masalalarni yechish, odamlarni ma'lum bir jamoaga to‘plashni talab etadi. Bu maqsadda mukammalroq tizimlar inson muloqotining o‘rnini bosa olmaydi, lekin axborot texnologiyalari ular ishtirokining samarasini oshirishga va ijodiy faoliyatni avtomatlashtirishga imkon yaratadi.
Inson shaxsining o‘z-o‘zini boshqarish va ta'lim jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar juda muhim hisoblanadi. Ayniqsa, ma'lumotlar asri bo‘lgan 20-asrda va har bir alohida ma'lumotning qadr-qimmatini oshishi bashorat qilingan. Masalan, oddiy muloqot jarayonini yanada takomillashtirish, shaxslararo munosabatlardagi ta'sirchanlikni, samaradorligini oshirishda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni va roli juda muhim.
Hozirgi fan-texnikaning rivoji bir tomondan axborotlarni, ma'lumotlarni ko‘paytirsa, ikkinchi tomondan, o‘quvchilarda bilimlarga barqaror qiziqishning yo‘qolishiga olib keladi, chunki qat'iylik, ijodiy izlanish, irodaviy zo‘r berish o‘rnini loqaydlik, faoliyatsizlik egallaydi.
Boshqacha aytganda, ular «tayyor axborotlarning quli»ga aylanadilar. Chunki kompyuter, displey, EHM, kalkulyatorlar inson aqliy mehnatini yengillashtiradi, ularni aqliy zo‘r berishdan xalos qiladi.
Bunda ta'lim jarayonining tashkilotchisi va boshqaruvchisi hisoblangan o‘qituvchi roli muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki jarayonning to‘g‘ri tashkil etilishi yuqoridagi kamchiliklarni keltirib chiqarmaydi, balki ana shu imkoniyatlarning ijobiy tomonlarini topa olish va samarali foydalana olish imkoniyatlarini yaratadi. O‘qituvchi o‘quvchilar jamoasi kishilardan tashkil topganligini unutmasligi har bir o‘quvchi shaxsini e'tibordan chetda qoldirmasligi kerak. O‘quvchilar bilan psixologik aloqaning qisqa muddatga bo‘lsada yo‘qolishi, og‘ir oqibatlarni vujudga keltiradi. Jarayonning to‘g‘ri tashkil etilishi bevosida pedagogning vazifalarini aniqlab olish va bajarilishining ta'minlanishiga bog‘liq.
Axborot, uni olish vositalari va o‘qitish dasturlariga boy. Bunday o‘quv muhitida o‘qituvchining roli qanday?
Birinchidan, an'anaviy o‘qitishdagi o‘qituvchining bilim berish vazifasi o‘rniga o‘quv jarayonini boshqarish, o‘quv dasturlarining barcha bosqichlarida o‘quvchiga maslahat berish, uning bilimi sifatini nazorat qilish vazifasi yuzaga keladi.
Ikkinchidan, tarbiyalash vazifasi. Ta'lim bu - professional va shaxsiy sifatlarni rivojlantiruvchi murakkab va ko‘p qirrali jarayon. Shaxsni tarbiyalash jarayonidagi «jonli» muloqot insoniyat jamiyatining mavjudligi asosidir.
Ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashda pedagogning asosiy vazifalari.
Yurtimizda barcha tarmoqlar kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ham jadallik bilan rivojlanib borishi pedagoglar oldiga yangidan – yangi vazifalarni yuklamoqda. Ushbu tarmoqni yetuk malakali kadrlar bilan ta'minlash zamon talabi bo‘lib, talimda axborot texnalogiyalarini qo‘llash pedagogdan quyidagilarni bilishni talab qiladi:
- axborotdan jarayon sifatida bilim olish va ijod qilish;
- fan-texnika va madaniyatdagi axborot va kreativ jarayonlar;
- axborotda jamiyatni rivojlantirish muammolari;
- sun'iy intellektning axborot tizimlari va bilim berish usullari;
- axborotlashning texnik vositalari va telekommunikatsiya vositalari;
- o‘quv materiallari haqida axborotli ma'lumot tizimini bilish va qo‘llay olish;
- universal va muammoli-masofali axborot texnologiyalarini amalga oshirishning dasturiy vositalari haqida tasavvurga ega texnologiyalarni;
- axborotni modellashtirish asoslari;
- o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirish tizimi;
- global internet kompyuter tarmog‘idan foydalanish;
- o‘quv jarayonida amaliy dastur paketlarini qo‘llash;
- o‘quv jarayonida elektron pochtadan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish.60
- diskka yozilishi mo‘ljallangan o‘quv predmeti strukturasi, mazmunini ishlab chiqish.
- mustaqil ishlash, o‘zlashtirish va mustahkamlash uchun savollar to‘plamini ishlab chiqish.
- bilimni sinash uchun test savollarini tuzish, sinov va imtihonlarni o‘tkazish.
- materialni chuqur o‘rganish uchun manbalar ro‘yxati, adabiyotlar katalogi, ijodiy ishlar mavzularini ishlab chiqish.
- telekonferensiyalar uyushtirish, faol muhokamani tashkil etish, referat, mustaqil ishlar uchun mavzular ro‘yxatini tayyorlash.
- o‘quv mashqlarini bajarish, ketma-ketligini nazorat qilish va baholash shakllarini aniklash.
- o‘qitish natijalarini tahlil qilish va takomillashtirish bo‘yicha taklif berish.
- nazorat ishlarini o‘tkazish.
Ta'kidlash joizki, ta'lim va tarbiya elektron resurslar pedagoglar imkoniyatlarini oshiruvchi vosita bo‘lib xizmat kiladi, lekin ular pedagog o‘rnini bosa olmasligi tabiiy.
Kompyuter va kishilarning birgalikdagi faoliyatida kishilar ehtiyoji o‘z aksini topadi. Bunda ushbu jarayonning boshqaruvchisi bo‘lgan pedagog ta'lim oluvchi maqsadlarini ma'lum bir asosda yo‘naltirib boradi. Birgalikdagi faoliyat va muloqot ijtimoiy nazorat sharoitida ro‘y beradi.
Bu jarayon esa ta'lim oluvchi va kompyuter o‘rtasida o‘zgacha tarzda namoyon bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi o‘z vazifalarining bir qismini kompyuter zimmasiga yuklaydi, ammo, boshqaruvchilik rolini o‘zida saqlab qoladi. “Teskari aloqa” turlarini ham belgilab boradi. Ya'ni kompyuterda natijalarning qayd qilib borilishi, nazoratlarning olib borilishi va shu asosda o‘quvchilarning bilimini nazorat qilib borishi kabilar.
Texnologiyalar takomillashib borgani sari o‘qituvchining roli ta'lim jarayonini boshqarish bo‘lib qoladi. Lekin bu holat o‘qituvchining ta'limdagi o‘rnini hech kamaytirmaydi va uni chetga surib chiqarmaydi. Ta'lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘qituvchi vazifasini tubdan o‘zgartiradi. An'anaviy ta'limda o‘qituvchining vazifasi axborot berish (mavzuni tushuntirish, takrorlash, mustahkamlash va h.k.) bo‘lsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanganda bu vazifalarni kompyuter bajaradi (o‘quv materiali kompyuter xotirasiga yoki SD disklarga kiritilgan bo‘ladi), o‘qituvchining asosiy vazifasi o‘quvchining anglash faoliyatini boshqarish, o‘quv jarayonini rejalashtirish va nazorat qilish bo‘ladi.
Axborot texnologiyalari, kompyuterlashgan darslarning o‘ziga xosliklari mavjud va quyidagilardan iborat:
- o‘quv materiallari alohida – alohida bo‘laklarga (bloklarga) bo‘linadi.;
- o‘quv jarayoni ham ketma –ket olib boriladi. O‘quv materiali ma'lum bo‘laklarda fikr yuritib o‘zlashtirishga moslashtiriladi;
- o‘quvchining o‘zlashtirishdagi har bir harakati nazoratga olinib, monitoring yo‘lga qo‘yiladi.
- o‘quv – vazifani bajarib bo‘lishi bilan o‘quvchini o‘zlashtirish uchun navbatdagi vazifa berib boriladi. Shu tariqa bosqichma – bosqich o‘zlashtirishga muhit yaratilib boriladi.
- vazifalarni bajarishda o‘quvchi noto‘g‘ri javob qilsa, o‘sha zahotiyoq yordam ko‘rsatiladi.
- bunday tashkil etilgan darslarda har bir o‘quvchi alohida – alohida mustaqil ish yuritadi, shu asosda har bir o‘quvchi o‘z imkoniyat darajasida o‘quv materiali va mazmunini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
- masalaning yana bir jihati shundaki, berilgan mavzu materiali mazmuni, bajariladigan natijalar o‘quvchiga ham, o‘qituvchiga ham ayon bo‘ladi.61Ta'lim jarayoniga kompyuter texnikasining kirib kelishi ta'lim mazmunini yanada boyitdi. Xususan, “Masofaviy ta'lim”, “Media ta'lim”, “Internet forum” va boshqalar. Bunda eng asosiy e'tibor ta'lim oluvchilarning mustaqil ta'lim olishlariga qaratiladi. Ushbu jarayonda esa o‘quvchilarning ta'limga bo‘lgan qiziqishlari, o‘quv – biluv motivlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborot texnologiyasi, kompyuterlar yordamida darslarning sifat ko‘rsatkichlari quyidagi asosiy faktorlar bilan aniqlanadi:
o‘quv dasturining sifatli shakllantirilganligi;
kompyuter texnikasining sifati va uning imkoniyatlari;
shaxsning kompyuter imkoniyatlaridan o‘zlashtirib olish malakalarining shakllanishi
Ta'lim jarayonida axborot – kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishda quyidagi bosqichlarga e'tibor qaratish kerak:
ta'lim oluvchilarda o‘quv materiallarini taqdim etish va tushuntirish bosqichi,
Kompyuter bilan o‘zaro muloqot jarayonida o‘quv materiallarini o‘zlashtirish bosqichi;
O‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni takrorlash hamda mustahkamlash bosqichi;
Erishilgan yutuq va natijalarini o‘zini – o‘zi tekshirish orqali nazorat qilish bosqichi;
Nazorat bosqichi;
O‘zini – o‘zi, shuningdek, nazorat bosqichlari natija va xulosalariga ko‘ra o‘quv materiallarining taqsimlanishi, tasniflanishini, tizimga solinishini korreksiyalash, tuzatishlar kiritish bosqichi.62
Ta'limda axborot – kommunikatsiya texnologiyalari vositasida tashkil etilgan darslardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
Uning o‘quv-tarbiyaviy jihatlari:
- o‘qituvchi o‘quvchi bilimining hajmi va to‘g‘riligini emas, balki anglanganlik darajasini hisobga oladi;
- hozirjavobligi va bilimni amaliyotga tatbiq qila olish darajasini tekshirish;
- o‘quvchi javoblariga uning ijobiy va salbiy tomonlarini ko‘rsatib taqriz berish;
- ayrim o‘quvchilarning bilimini tekshirishda butun sinfning faol ishtiroki.
- kompyuter vositalarini qo‘llashning yana bir muhim jihati jamoaviy tadqiqot xarakgeriga ega bo‘lgan innovatsion metodlardan foydalanishdir. Bu metodlar o‘quvchining mustaqil ijodiy faoliyatida muammolar yechimini izlash va mustaqil qaror qabul qilishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Bunday darslarda o‘quvchilarga «ijodiy ish» berish mumkin. Bu ularning bilimni chuqur egallaganliklarini namoyish etish imkonini beradi. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchilarga multimedia yordamga keladi. Bu vazifani bajarishda musiqa, video, rasmlardan foydalanish ularning o‘tilgan mavzuni qanday eshitish va ko‘rishlarini namoyon etadi.
O‘quv jarayonida o‘qitishning texnik vositalaridan faol foydalanilishiga qaramasdan, ular yordamchi didaktik vosita hisoblanadi. An'anaviy ta'limda o‘qituvchi bilim beruvchi sifatida asosiy rol o‘ynaydi. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti axborot uzatishning asosi hisoblanadi. O‘qitishning o‘qituvchi va o‘quvchining muloqotiga asoslangan an'anaviy usullaridan foydalanish texnika qanchalik mukammal bo‘lmasin, faoliyat to‘g‘ri tashkil etilmasa yaxshi natija bermaydi. Albatta, bunday muloqotning axborot bilan to‘yinganligi va pedagogik-psixologik jihatdan o‘quvchiga mosligi jarayonda ishlatilayotgan texnik vositalar darajasiga bog‘liq.
Kompyuter o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida vositachi bo‘lib xizmat qilish bilan birga, o‘quv jarayonining bir qismini o‘z zimmasiga oladi. Bunda ma'lumotlarni saqlash uchun uning xotirasi va qayta ishlash uchun multimedia vositalari bor. Shu bilan birga, turli ma'lumotlar bazasi bilan ishlash imkoniyati mavjud. Shu sababli o‘quvchi tarmoq orqali istagan ma'lumotini olishi mumkin.
O‘quv materiallarining gipermatnli strukturaga ega ekanligi jadal o‘qitishga imkon yaratadi.
Eng avvalo, bu o‘quvchilarning mustaqil ishlashlari hisobiga o‘quv jarayonini optimallashtirish, uning sifati va samarasini oshirish imkoniyatining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. O‘qish jarayonida kompyuter vositalaridan foydalanish natijasida o‘quvchi birlamchi ma'lumotni o‘qituvchidan emas, balki kompyuter vositalaridan oladi. O‘quvchi u yoki bu predmetni shu yo‘l bilan o‘rganishi mumkin. Bunda o‘quvchining bilim olishiga juda keng imkoniyatlar ochiladi. Mustaqil o‘rganish jarayonida u cheklanmagan hajmda axborot olishi va doimo turli axborot manbalari bilan maslahatlashib turishi mumkin. Bundan tashqari, kompyuter o‘z-o‘zini sinash imkoniyatini yaratadi, bu o‘quvchining ijodiy fikrlashini rivojlantirishga yordam beradi. O‘quv jarayonida kompyuter vositalaridan foydalanish ushbu jarayonning jadallashuvining asosi hamdir.
Shunday kilib, kompyuter vositalari yordamida olib boriladigan dars an'anaviy darsdan o‘quv jarayonini tashkil etish va unda ishlatiladigan metodlar bilan ham farqlanadi. O‘qish jarayoni o‘quvchining mustaqil bilim olishiga asoslanadi. Bu tamoyil o‘qitish jarayonida ishtirok etuvchi sub'ektlarning munosabatini va o‘qituvchining jarayondagi rolini aniqlaydi.
Axborot texnalogiyalari, kompyuterli darslarning qulayligi shundaki, unda o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirib olayotganligini doimiy ketma-ket kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak xollarda tuzatishlar kiritib borishga imkoniyat yaratiladi.
Shuning uchun ham axborot texnologiyalari, kompyuter asosida darslarda qiziqish, o‘zini-o‘zi boshqarish, yangi bilimlarni o‘zlashtirib borishga intilish dars oxirigacha saqlanib qoladi. Bunday darslarda o‘quvchining bilim olish motivatsiyasi oshib boradi.
Katalog: uploads -> books -> 47828
47828 -> Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
47828 -> Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012
Download 0.64 Mb.
1 2 3 4 5 6 7 8
СПОНСОРСКИЙ КОНТЕНТMgid
Паразитолог: "Если на груди или шее папилломы, срочно пейте это!"
Детоксик
Похудевшая на 97 кг узбечка взорвала интернет своим методом!
Keto Genetic
Три основных признака рака кишечника
Womanmir
Девушки, от таких мужчин нужно бежать без оглядки
4eva
5 хитрых способов убедить мужчину жить вместе
Sok Media
Как быстро и дешево повысить иммунитет во время пандемии
Newsrank
Do'stlaringiz bilan baham: |