Industrial iqtisodiyot


 Boshqaruvning zamonaviy tuzilishi



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/172
Sana04.03.2023
Hajmi2,81 Mb.
#916368
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   172
Bog'liq
57fd0f14a0904f8d6e60d538573bb01a INDUSTRIAL IQTISODIYOT 1 — копия

 
4.3. Boshqaruvning zamonaviy tuzilishi 
Xo‘jalikka rahbarlikning tamoyillari va usullari ishlab chiqarish 
jarayonida insonlarga boshqaruvning tegishli shakllari va boshqaruv idoralari 
hamda uning tashkiliy tuzilmalari orqali ta’sir etadi. 
Mamlakat iqtisodiyoti va uning tarmoqlarini rivojlantirishning muhim 
masalalari davlat iqtisodiy siyosatini belgilaydigan va hayotga tatbiq etadigan 
oliy idoralar (Prezident devoni, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi) tomonidan 
qarab chiqiladi. 
Sanoatni rivojlantirishning qonun bilan hal etiladigan masalalari 
(masalan, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning istiqboli va yillik rejalari, 
sanoat boshqaruvining yangi idoralarini tashkil etish) mamlakat davlat 
hokimiyati oliy idorasi – Oliy Majlis tomonidan muhokama qilinadi va hal 
etiladi. 
Iqtisodiyotga, shu jumladan, sanoatga kundalik rahbarlikni davlat 
hokimiyatining ijro etuvchi va boshqaruvchi oliy idorasi – Vazirlar 
Mahkamasi amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibini O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tuzadi va u Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. 
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, shu jumladan, sanoatning 
samarali faoliyatga rahbarlikni, sanoat ishlab chiqishga tegishli bo‘lgan 
barcha qonunlarni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, 
qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi. 
Vazirlar Mahkamasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, 
uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari kiradi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi 
tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi
21
.
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida: 
barqaror iqtisodiy o‘sishni, makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash, 
iqtisodiyotni isloh etish va tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha choralar ko‘radi; 
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, texnik, texnologik 
jihatdan modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash dasturlarini, hududlarni 
21
Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси 
тўғрисида”ги Қонуни (янги таҳрири). 2003 йил 29 август, 524-II-сон 


94 
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqadi hamda 
ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi; 
erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi, eng avvalo xususiy 
mulkni rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtiroki darajasini strategik va 
iqtisodiy jihatdan asoslangan miqdorlargacha qisqartirish, keng ko‘lamda 
xususiylashtirish asosida shart-sharoitlar yaratadi, kichik va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi barcha to‘siqlar va cheklovlarni bartaraf 
etish, qulay ishbilarmonlik muhitini va investitsiyalash sharoitlarini yaratish, 
iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish bo‘yicha choralar ko‘radi; 
davlat boshqaruvi usullarini takomillashtiradi, shu jumladan elektron 
hukumat tamoyillari asosida takomillashtiradi, bozor tamoyillariga 
asoslangan xo‘jalik boshqaruvi va korporativ boshqaruvning zamonaviy 
tamoyillari va usullari joriy etilishini rag‘batlantiradi; 
davlat 
boshqaruvi 
tuzilmasini 
takomillashtirish 
to‘g‘risida, 
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklarini, davlat qo‘mitalarini, idoralarini 
hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlarini tuzish, qayta 
tashkil etish hamda tugatish haqida takliflar ishlab chiqadi; 
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiatni muhofaza qilish 
tadbirlarini o‘tkazish hamda respublika ahamiyatiga va xalqaro ahamiyatga 
molik yirik ekologik dasturlarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha chora-
tadbirlarni amalga oshiradi, yirik avariyalar va halokatlarning, shuningdek 
tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish yuzasidan choralar ko‘radi; 
tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik 
sohasida rahbarlikni amalga oshiradi. 
O‘zbekiston sanoati tasarrufida o‘nlab mustaqil tarmoqlar, ming-
minglab korxona (firma)lar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Ularning har birini 
rivojlantirish, bir-birlari bilan o‘zaro muvofiqlashtirish, ularni respublika 
hududlarida joylashtirish, mahsulot (ish bajarish va xizmat ko‘rsatish)ga 
bo‘lgan talabni aniqlash va boshqa juda murakkab, keng qamrovli 
masalalarni o‘z vaqtida oqilona hal etish 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish