Industrial iqtisodiyot


 Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlarni



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/172
Sana04.03.2023
Hajmi2,81 Mb.
#916368
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   172
Bog'liq
57fd0f14a0904f8d6e60d538573bb01a INDUSTRIAL IQTISODIYOT 1 — копия

14.2. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlarni 
guruhlash. 
14.3. Foyda va uni maksimallashtirish
14.4. Rentabellik va uni oshirish yo‘llari
14.5. Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari 
 
14.1. Qiymat va tannarx nazariyasi, ishlab chiqarish sarflarini 
kamaytirishning ilmiy asoslari 
Iqtisodiyot nazariyasida qiymat va tannarx masalasi alohida ahamiyat 
kasb etadi. Jumladan, qiymat tushunchasi borasida bir qator munozarali 
fikrlar mavjud. Ayrim iqtisodchi olimlar tovarning qiymatini uning 
natijaliligi bilan bog‘lasalar, ayrimlari tovar qiymati – tovar ishlab 
chiqaruvchilarning tovarda gavdalangan va unda moddiylashgan ijtimoiy 
mehnati, deb hisoblaydilar. Boshqalari esa tovarning qiymatini ushbu tovarga 
bo‘lgan talab va taklif, ya’ni tovarning noyobligi belgilaydi, deb 
hisoblaydilar. 
Umuman olganda, tovarning qiymati uning boshqa tovarga 
ayirboshlana olish darajasini aniqlash uchun zarurdir. Narx (baho) va qiymat 
tushunchalari orasida deyarli farq yo‘q. Faqatgina narx (baho) – bu tovar 
qiymatining puldagi ifodasidir xolos.
Iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi kategoriyasidan ham 
keng foydalaniladi. Qiymat va ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut 
ishlab chiqarish subyektining daromadi yoki foydasi hisoblanadi.


220 
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi – mahsulotni ishlab chiqarish bilan 
bevosita bog‘liq bo‘lgan, ya’ni ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog‘liq 
bo‘lgan xarajatlarning puldagi ifodasidir
63
.
Sanoat oldida turgan asosiy vazifalardan biri – bu mahsulot ishlab 
chiqarish tannarxini pasaytirishdir. Bu vazifaning bajarilishi natijasida ishlab 
chiqarishni rivojlantirishga va aholining turmush darajasini oshirishga 
imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha 
resurslardan bekami-ko‘st foydalanish bu ko‘rsatkichlarning rolini oshirish 
zaruratini taqozo etadi. Shu sababli tannarx atamasining mohiyati, ahamiyati, 
mazmuni va shakllarini yaxshi bilish hamda uni pasaytirish masalasiga katta 
e’tibor berish kerak bo‘ladi. 
Biron-bir mahsulot ishlab chiqarish uchun ma’lum miqdorda xomashyo 
va materiallar, mehnat va boshqa ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan 
yuklama xarajatlar sarflanadi. Mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita 
bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot ishlab chiqarish 
tannarxi deb ataladi. 
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatkichi ishlab chiqarishni 
rivojlantirishda va uni tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi. 
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish ishlab chiqarish 
rentabelligini oshirish, ya’ni foydani ko‘paytirishning, mavjud resurslar bilan 
ishlab chiqarish hajmini o‘stirishning muhim omili hisoblanadi. Mahsulot 
ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatkichi ishlab chiqarish sifat ko‘rsatkichlari 
orasida alohida o‘rin tutadi. 
Ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish, texnika va materiallardan 
foydalanish, moddiy texnika ta’minotini takomillashtirish, mahsulot sifatini 
yaxshilash borasidagi hamma o‘zgarishlar xarajatlar darajasida aks etadi. Shu 
sababli ham biz mahsulot tannarxi ishlab chiqarish samaradorligining sifat 
ko‘rsatkichlari tizimida muhim o‘rin egallaydi, deya olamiz. Binobarin, 
shuning uchun ham mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi 
xarajatlarni ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra guruhlash muhim ahamiyat 
kasb etadi. 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish