Industrial iqtisodiyot


 Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, atesstatsiya va nazorat qilish



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/172
Sana04.03.2023
Hajmi2,81 Mb.
#916368
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   172
Bog'liq
57fd0f14a0904f8d6e60d538573bb01a INDUSTRIAL IQTISODIYOT 1 — копия

13.4. Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, atesstatsiya va nazorat qilish 
Mahsulot 
sifati 
muammosiga 
tegishli 
masalalardan 
biri 
standartlashtirishdir. 
Standartlashtirish - standartlarni belgilash va qo‘llash jarayoni. U 
normal 
ijodiy 
faoliyat 
bo‘lib, 
sifatning optimal 
ko‘rsatkichlarini, 
mahsulotning parametrik qatorlarini, nazorat qilish, sinash usullari va 
hokazolarni ishlab chiqishni va qat’iy belgilashni o‘z ichiga oladi. 
Standartlashtirish - bu mahsulot sifatini boshqarishning tashkiliy va 
normativ asosi hisoblanadi. U barcha normalarni standart, instruksiya, 
mahsulotni asoslash uchun kerakli shartlar usuli kabi hujjatlarda aks 
ettiradi
61

Standartlashtirishning eng muhim ahamiyati shundaki, u ishlab 
chiqarishning rivojlanish sur’ati va darajasiga zaruriy ta’sir ko‘rsatadi. 
Buning uchun esa standartlash fan va texnika hamda amaliy tajribalarning 
oxirgi yutuqlariga tayanadi. 
O‘zbekistonda standartlashtirish milliy iqtisodiyotni boshqarish va 
tashkil etish bilan chambarchas bog‘liqdir. Standarlashning asosiy, eng 
61
Ортиқов А. «Саноат иқтисодиёти». Ўқув қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2006 – Б.171. 


214 
muhim 
vazifasi 
iqtisodiyot, 
aholi, 
mamlakat 
mudofaasi 
uchun 
tayyorlanadigan mahsulotlarga yuqori talablar belgilovchi normativ-texnik 
hujjatlar tizimini yaratish hamda ushbu hujjatdan to‘g‘ri foydalanishni 
nazorat qilishdan iborat. 
Harakatdagi, mavjud standartlashtirish tizimi quyidagilarni ishlab 
chiqishga va doimiy faol holatda bo‘lishiga imkoniyat yaratadi: 
-
yagona texnik til; 
-
mahsulotning muhim texnik tavsifining unifikatsiyalashgan qatorlari, 
ya’ni o‘lcham ayirmasi (qo‘yish va tushish, kuchlanish, tez-tez qaytalanish va 
boshqalar); 
-
umummashinasozlikda 
ishlatiladigan 
buyumlarning tipo-razmer 
qatorlari va namunali konstruksiyalari (podshipniklar, krepej, kesuvchi 
asboblar va boshqalar); 
-
texnik-iqtisodiy axborotlar klassifikatorlari tizimi; 
-
materiallar va moddalar xossalari to‘g‘risida aniq ma’lumotlar 
beradigan dalillarni. 
O‘zbekiston standartlash tizimi xalqaro, regional va milliy tizimlar 
bilan uyg‘unlashishi kerak va quyidagilarni ta’minlashi lozim: 
-
sifat va mahsulot nomenklaturasi, xizmat va jarayonlar, insonlarning 
hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha 
iste’molchilar va davlat manfaatlarini; 
-
mahsulotning mos kelishining o‘zaro almashuvi, ya’ni bir-birini 
almashtira olishini; 
-
inson va moddiy resurslarni tejashga ko‘maklashish hamda ishlab 
chiqarishni iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashni; 
-
ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va yirik loyihalarning normativ-texnik 
bazasini yaratishni; 
-
ishlab chiqarishda va savdoda texnik to‘siqlarni bartaraf etishni dunyo 
bozorida mahsulot raqobatbardoshligini, xalqaro mehnat taqsimotida 
samarali qatnashishini va h.k.larni ta’minlashi kerak. 
Standartlashtirish bir qator tamoyillarga asoslanadi: 
-
tarmoqlanish - bir xil umumiy xususiyatga ega bo‘lgan narsalar, 
jarayonlar, munosabatlar, tatbiq etish mumkin bo‘lgan obyektlar doirasini 
aniqlaydi; 
-
variantlilik - oqilona xilma-xillik, rang-baranglikni yaratish - 
standartlashgan obyektga kiruvchi standart elementlarning oqilona turlari 
minimumini ta’minlaydi; 
-
tizimlilik - standartga tizim elementi sifatida qaraydi; 
-
o‘zaro almashuvchanlik - texnikaga muvofiq turli vaqt-makonning 
turli nuqtalarida tayyorlangan bir xil detallarni yig‘ish yoki almashtirishni 
nazarda tutadi. 


215 
Standart inglizcha «standard» so‘zidan olingan bo‘lib, norma, namuna, 
o‘lcham ma’nosini bildiradi. U boshqa obyektlarni taqqoslash uchun 
dastlabki 
obyekt 
deb 
qabul 
qilingan 
namuna, 
etalon, 
model, 
standartlanadigan obyektga qo‘yiladigan va vakolatli idoralar tomonidan 
tasdiqlangan normalar, qoidalar, talablarni belgilovchi normativ-texnik 
hujjat. Standart inson faoliyatining barcha sohasiga, ilm-fanga, texnikaga, 
sanoat, qishloq xo‘jaligiga, qurilishga, transport va aloqaga, ta’lim va boshqa 
sohalarga taalluqlidir. 
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasining Davlat standartlash 
tizimi (DST) shakllandi va u O‘zbekistonda standartlar tuzish, Izohlash va 
tarqatish 
jarayonlarini 
tartibga 
keltirdi.Bu 
borada 
O‘zbekiston 
Standartlashtirish, 
metrologiya 
va 
sertifikatlashtirish 
agentligi 
(«O‘zstandart») olib borayotgan keng ko‘lamli ishlarni alohida e’tirof etish 
joiz. «O‘zstandart» agentligi bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulotning sifat 
darajasini belgilovchi, ko‘rsatkichlar raqobatdoshligini ta’minlovchi, ishlab 
chiqaruvchilarga yetarli miqdorda axborotlar yetkazib beruvchi markazdir. 
«O‘zstandart» agentligi tomonidan ishlab chiqilgan «Sifat menejmenti 
va mahsulotlarni sinash» tizimi mahsulot sifat ko‘rsatkichini baholash bilan 
birga me’yoriy hujjatlar asosida to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lish talablarini 
o‘rnatadi. Davlat standartlash tizimi (DST) beshta asosiy standartlarni o‘z 
ichiga oladi: 
1. O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish tizimi. Asosiy qoidalar; 
2. Tarmoq standartlari. 
3. Texnik shartlarni kelishish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi; 
4. Korxonaning standartlari. Umumiy qoidalar. 
5. Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar. 
Bozor 
iqtisodiyotiga 
o‘tish 
munosabati 
bilan 
Xalqaro 
standartlashtirishning roli, ahamiyati beqiyos darajada kuchaydi. Chunki, 
xalqaro 
standartlashtirish 
ilmiy-texnika 
va 
iqtisodiy 
hamkorlikni 
rivojlantirishga katta imkoniyat yaratadi. Ular xalqaro aloqalarni 
kengaytirishga, mavjudlarini takomillashtirishga yordam beradi. Hozirgi 
kunda jahonda 400 dan ortiq Xalqaro va regional (hududiy) tashkilotlar 
mavjud (2000 yil). Standartlashtirish sohasida yirik xalqaro tashkilotlar – 
BMTga 
qarashli 
Yevropa 
iqtisodiy 
komissiyasi 
(YeEKOON), 
standartlashtirish bo‘yicha Xalqaro tashkilot (ISO) ishlab turibdi. 
Mahsulot sifati nazariyasi va amaliyotida mahsulotni sertifikatlashtirish 
masalasi muhim o‘rin tutadi. Mahsulotni sertifikatlashtirish, uning aniq 
belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash usullaridan biri hisoblanadi. 
Mahsulot yoki bajarilgan ishning belgilangan talablarga muvofiqligiga 
oid faoliyat uchun tegishli hujjat beriladi. Uni «sertifikat» deb ataydilar. 
Sertifikat lotincha «certificatis» so‘zidan olingan bo‘lib, tasdiqlangan 
degan ma’noni bildiradi. Birinchidan, u biror faktni tasdiqlovchi hujjat 


216 
(masalan, malaka oshirilganligi to‘g‘risidagi hujjat); ikkinchidan, maxsus 
obligatsiyalar va aksiyalarning nomi; uchinchidan, sug‘urta shartnomasida 
uning shartlari yoziladigan hujjat; to‘rtinchidan, maxsus idoralar (savdo 
palatasi, Davlat inspeksiyasi va boshqalar) beradigan va mahsulot, tovar, 
buyum, mol sifatini tasdiqlaydigan hujjat; beshinchidan, qishloq xo‘jaligida 
urug‘lik navini va sifatini tasdiqlaydigan hujjat. Sertifikat bo‘lmagan taqdirda 
urug‘lik (oddiy) navsiz don sifatida qabul qilinadi. 
Respublikada sertifikatlash ishlarini yaxshilash maqsadida 1993 yilning 
28 dekabrida Oliy Majlis tomonidan «Mahsulot va xizmatlarni 
sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan. Mazkur qonun 
sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, shuningdek, 
majburiyatlar va javobgarliklarni belgilab beradi. Ushbu qonun 4 ta bob va 
23 moddadan iborat bo‘lib, ularda Umumiy qoidalar, sertifikatlashtirish 
faoliyatiga doir umumiy talablar, mahsulotlarni majburiy va ixtiyoriy 
sertifikatlashtirish, nizolarni qarab chiqish, sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlik masalalari bayon etilgan. 
Muvofiqligini tasdiqlash jarayonida bajariladigan operatsiyalar, ya’ni 
har bir ayrim ish faoliyatlarini quyidagi chizmada ko‘rish mumkin:

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish