Besh asosiy tamoyil
19
№
Asosiy tamoyillar
Asosiy tamoyillarning mohiyati
1.
Iqtisodiyotning
siyosatdan
ustuvorligi
Iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida
qolmasligi kerak, u birorta mafkuraga
bo‘ysundirilishi kerak emas. Buning ma’nosi
shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak.
Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni
mafkuradan holi qilish zarur.
2.
Davlat bosh
islohotchi
Davlat asosiy islohotchi bo‘lishi lozim. U
islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab
berishi, o‘zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va
19
Каримов И.А. Ўзбекистон – бозор муносабатларига ўтишининг ўзига хос йўли. – Т.:
«Ўзбекистон», 1993. 42 бет
90
uni izchillik bilan o‘tkazish, jaholatparastlar va
konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart.
3.
Qonunlar va ularga
rioya qilish
ustuvorligi
Qonunlarga rioya etish ustuvor bo‘lishi lozim.
Buning ma’nosi shuki, demokratik yo‘l bilan
qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarni hech
istinosiz hamma hurmat qilishi va ularga
og‘ishmay rioya etishi lozim.
4.
Kuchli ijtimoiy
siyosat yuritish
Aholining demokratik tarkibini hisobga olgan
holda kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish.
Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda
aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan
ta’sirchan choralar ko‘rilishi lozim. Bu bozor
iqtisodiyoti yo‘lidagi eng dolzarb vazifa bo‘lib
keldi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.
5.
Bozor iqtisodiyotiga
sekin-asta,
bosqichma-bosqich
o‘tib borish
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish obyektiv iqtisodiy
qonunlarning talablarini hisobga olgan holda,
o‘tmishdagi «inqilobiy sakrashlar» siz, ya’ni
tadrijiy yo‘l bilan, puxta uylab bosqichma-bosqich
amalga oshirilishi kerak.
Ushbu tamoyillar O‘zbekistonning o‘ziga xos sharoitlarini hisobga
olgan holda izchillik sharoitlarini shakllantirib va rivojlantirib borishni, unga
asta-sekin, bosqichma-bosqich, aholining zaif qatlamlarini himoya qila borib,
ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy barqarorlikni ta’min-lash orqali bozor
munosabatlariga o‘tishni bildiradi. Ayni vaqtda ular kengash, hamjihatlik,
maslahat bilan ish yuritishni, shijoat va tavakallchilik bilan harakat qilishni
talab etadi. Bu orada sohibqiron Amir Temurning quyidagi so‘zlarini keltirish
o‘rinlidir. «Tajribamdan ko‘rilganki, ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi,
azmi qat’iy tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd
kishilardan yaxshidir. Chunki tajribali bir kishi ming kishiga ish buyuradi».
20
Sanoat ishlab chiqarishining tarmoqlari, korxonalari va boshqa
sohalarini boshqarishda bir qator boshqa tamoyillardan ham keng foydalanish
mumkin. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
-
yakkaboshchilik va boshqaruvda hamjihatlik;
-
boshqarish jarayonida rejalilikni bozor talablari bilan bog‘lab olib
borish;
-
barqarorlik tamoyili;
-
mehnatni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tamoyili;
-
ilmiylik tamoyili;
20
Qarang, «Темур тузуклари». – Т.: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1996.
24 бет
91
-
tejamkorlik tamoyili;
-
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish tamoyili.
Rahbarlik qilishning fundamental qoidalarini amalga oshirish uchun bir
qancha usullardan foydalanish kerak bo‘ladi. Ular jumlasiga quyidagilar
kiradi:
tashkiliy-ma’muriy usullar;
iqtisodiy usullar;
ijtimoiy-ruhiy usullar;
tarbiyaviy usullar;
huquqiy usullar va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |