tarmoq boshqaruvini
amalga
oshirishni taqozo etadi. Shu sababli bir qator tarmoq idoralari tashkil etiladi.
Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
-
vazirliklar va davlat qo‘mitalari;
-
konsernlar va korporatsiyalar, uyushma va assotsiatsiyalar;
-
xolding va milliy kompaniyalar;
-
korxonalar (firma)lar va boshqalar.
Vazirliklar Vazirlar Mahkamasining ajralmas qismi hisoblanib, ular
O‘zbekistonning barcha hududlarida o‘zlariga bo‘ysunuvchi barcha korxona
(firma)lar va tashkilotlarga rahbarlik qiladilar. Shu sababli
Vazirlik
– bu
o‘ziga tegishli tarmoqning xo‘jalik tizimida boshqarishning eng oliy
bo‘g‘inidir. U quyidagi faoliyatlar uchun javobgar hisoblanadi:
-
tarmoqning ahvoli, uni yanada taraqqiy ettirish;
95
-
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tarbiyalash va himoyalash;
-
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotning
hajmi,
sifati
va
uning
raqobatbardoshligi;
-
tayyorlanayotgan mahsulotga bo‘lgan ichki va tashqi talabni qondirish;
-
va nihoyat, o‘ziga qarashli korxonalarning xorijiy mamlakatlar bilan
aloqasini tashkil etish va kuchaytirishga mas’uldir.
Sanoatga rahbarlik tizimida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot
vazirligi alohida o‘rin egallaydi. Chunki u iqtisodiyotni boshqarishning eng
yirik ilmiy rejali-iqtisodiy idorasi hisoblanadi. Bu tashkilotning tuzilishi
to‘g‘risida
2002
yilning
24
dekabrida
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmoni qabul qilingan. Bu farmonga muvoffiq Iqtisodiyot
vazirligi zimmasiga mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi
hamda kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, quyidagi
g‘oyat muhim vazifalarni hal etishga qaratilgan chuqur o‘ylangan va
mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni o‘tkazish yuklatilgan:
- makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning barqaror, mutano-sib va
jadal sur’at bilan rivojlanishni ta’minlash;
- ko‘p ukladli va samarali faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiyotni
shakllantirish, xususiy mulkchilikning yetakchi rolini ta’minlash, bozor
infratuzilmasini rivojlantirish;
- boy tabiiy va mineral-xomashyo zahiralaridan, bunyod etilgan ishlab
chiqarish va fan-texnika salohiyatidan samarali va oqilona foydalanishga
qaratilgan aniq maqsad yo‘lidagi tarkibiy siyosatni amalga oshirish, eksport
salohiyatini rivojlantirish hamda mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiy
tizimiga keng miqyosida integratsiya-lashuvini ta’minlash;
- yangi ish joylarini yaratish, mehnat resurslarini oqilona band etish
muammosini hal etish, aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy muhofaza qilishni
kuchaytirish, aholining turmush darajasi barqaror, jadal o‘sishini, ijtimoiy
infratuzulmani rivojlantirishni ta’minlash;
- mamlakat mintaqalari iqtisodiyotining kompleks rivojlanishini, ishlab
chiqaruvchi kuchlarni mamlakat hududi bo‘yicha maqbul hamda samarali
rivojlantirish va joylashtirishni ta’minlash.
Milliy iqtisodiyotni, shu jumladan, sanoatni boshqarishda sobiq
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ilmiy-texnika
taraqqiyotini Muvofiqlashtirish kengashining roli katta edi. Bu kengash
sanoat ishlab chiqarish sohasida fan-texnika siyosatini amalga oshirib kelgan.
Endilikda bu qo‘mita o‘rniga 2017 yil 30 noyabrda qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi
Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarori
bilan vazirlik tashkil etilgan. Ushbu vazirlik O‘zbekiston Respublikasini
innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini
har tomonlama rivojlantirish, mamlakatning intellektual va texnologik
96
salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi
davlat boshqaruv organi hisoblanadi. Bu vazirlik zimmasiga quyidagi asosiy
vazifalarni hal etish yuklatilgan
22
:
mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini hisobga olgan
holda innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda davlat va jamiyat qurilishiga
joriy etish, shuningdek, jamiyat va davlat taraqqiyotini ta’minlovchi ilmiy
tadqiqotlar
va
ilg‘or
texnologiyalarning
ustuvor
va
istiqbolli
yo‘nalishlarini rivojlantirish strategiyasini belgilash;
tez o‘zgaruvchan jahon kon’yunkturasini hisobga olgan holda
iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha strategik va
oldindan rejalashtirish;
aholi hayot darajasi va sifatini yaxshilash, uning farovonligini oshirishni
ta’minlash bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini har
tomonlama tahlil qilish va prognoz qilish, shuningdek, mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy salohiyatining barqaror o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlarni
ta’minlay oladigan fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning zamonaviy
infratuzilmasini shakllantirish;
qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va intensiv rivojlantirishga
yo‘naltirilgan innovatsiyalarni joriy etish;
ijtimoiy rivojlanishga, shu jumladan ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimiga
innovatsiyalarni joriy etish;
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga
innovatsiyalarni joriy etish;
davlat ilmiy-texnik va innovatsion siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini
belgilash hamda grant asosida fundamental, amaliy va innovatsion
tadqiqotlarning davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarini tasdiqlash;
mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini hisobga olgan
holda nou-xaularni ishlab chiqish, innovatsion faoliyat va raqobatbardosh
ilmiy-texnika
mahsulotlari
bozorini
kengaytirishga
yo‘naltirilgan
zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda normativ-huquqiy bazani
takomillashtirish.
Sanoat ishlab chiqarishning moliyaviy masalalarini hal etishda Moliya
vazirligining tutgan o‘rni ham alohida ahamiyatga ega. Sanoat va uning
tarmoqlariga qarashli sohalarda mehnatni tashkil etish, ishchi kuchini
taqsimlash va ularni ijtimoiy himoya qilish borasida Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligi hal qiluvchi o‘rin egallaydi.
22
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикаси Инновацион
ривожланиш вазирлиги фаолиятини ташкил этиш тўғрисида”ги 2017 йил 30 ноябрдаги
ПҚ-3416-сон Қарори
97
Do'stlaringiz bilan baham: |