11.3. Mineral xomashyo va undan oqilona foydalanish
Mineral xomashyo – bu konlardan qazib olinuvchi turli foydali
qazilmalardir.
Potensial resurslardan oqilona foydalanish va foydali qazilmalarni
qazib olishning iqtisodiy samarador usullarini qo‘llash uchun konlar
zahirasining miqdorini iqtisodiy jihatdan to‘g‘ri aniqlash va sanoat
masshtabida ekspluatatsiya qilish navbatini aniqlash ahamiyatga egadir.
Zahiralarni o‘rganish va aniqlash geologiya-qidiruv ishlari davlat rejasi
asosida olib boriladi. Sanoatning mineral xomashyoga bo‘lgan talabini
rejalashtirishda konlarning o‘rganilganlik darajasi muhim ahamiyatga egadir.
Mineral xomashyo zahiralarini qidirish va sanoat ekspluatatsiyasiga tayyorlik
darajalari bo‘yicha bir necha kategoriyalarga bo‘linadi.
Foydali qazilma zahiralari ma’lum bir davr uchun ularning texnik-
iqtisodiy jihatidan foydalanish mumkinligi darajasiga qarab balansdagi va
balansdan tashqari zahiralarga bo‘linadi. Balansdagi zahiralarga sanoat
talablariga va foydalanishning texnik shartlariga javob beruvchi va hozirgi
kunda ularni qazib chiqarish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan
zahiralar kiradi. Balansdan tashqari, zahiraga – tarkibida foydali
komponentlari, qazilmalar miqdori kam bo‘lgan yoki ekspluatatsiya
sharoitlari og‘ir bo‘lgan hamda shu xomashyoni sanoat usullari bilan qayta
ishlash hozircha mumkin bo‘lmagan zahiralar kiradi.
Turli xil foydali qazilma resurslari mamlakat hududining turli qismida
joylashgan konlarda yig‘ilgandir. Ayrim konlar bir-birlari bilan foydali
qazilma
zahiralari;
qazilmalarning
fizik-kimyoviy
xususiyatlari;
ekspluatatsiya sharoitilari bilan farq qiladi.
Ekspluatatsiya uchun kon tanlash konlarning faqatgina tabiiy yoki
texnik xususiyatlarigagina bog‘liq bo‘lib qolmay, balki birinchi navbatda
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligiga bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasi mineral xomashyo resurslariga juda ham boy
bo‘lib, ularning umumiy bahosi 3,3 trln. dollardan ziyodroqdir. Hozirgi
vaqtda mamlakatimizda oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram va boshqa
ko‘pgina mineral resurslarning aniqlangan zahiralari jahonda yetakchi
o‘rinlardan birida turadi. Bu yerda oltinning 30 dan ortiq konlari qidirib
topilgan. Uning asosiy zahiralari Marakaziy Qizilqumda Muruntov oltin koni
bo‘lib, uning rudasi tarkibida oltin miqdori yuqori hisoblanadi.
Keyingi yillarda Toshkent, Samarqand viloyatlarida yangi oltin ruda
konlari qidirib topildi. O‘zbekistondagi hozircha qidirib topilgan oltin
zahiralari 4 ming tonnadan oshadi.
194
Kumush konlari Toshkent, Navoiy va Namangan viloyatlarida
joylashgan. Respublikamizda 30 ta uran koni mavjud. Uning qidirib topilgan
zahirasi 50-60 yil davomida foydalanishga yetarli. Uran bilan yo‘ldosh reniy,
skandiy va boshqa metallar uchraydi. Shuningdek, mis, qo‘rg‘oshin, qalay,
volfram va litiy kabi muhim strategik nodir va rangli metallarning yirik
konlari bor. Respublikamizda har yili 8 ming tonna mis ishlab chiqiladi.
Amaldagi ishlab turgan konlar misni yana 40-50 yil, qo‘rg‘oshin va qalayni
100 yil mobaynida ishlab chiqarishni ta’minlashga qodir.
Rangli metallar zahiralari asosan Olmaliq kon hududida joylashgan.
Shuningdek, Qalmoqqir mis koni noyob hisoblanadi. Bu konning rudasini
qayta ishlash mamlakatdagi eng yirik korxonalardan biri Olmaliq kon-
metallurgiya kombinatida amalga oshiriladi. Shuningdek, bu sanoat hududida
mis, molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va boshqa katta zahiralarga
ega bo‘lgan Dalniy koni bor.
Qo‘rg‘oshin-qalay metallari Olmaliqdagi Qo‘rg‘oshinkon, Jizzax
viloyatidagi Uchquloch va Surxondaryo vildoyatidagi Xondiza konlaridan
olinadi. Bu konlarda yana yo‘ldosh metallar – mis, kumush, kadmiy, selen,
oltin va indiy ham uchraydi. O‘zbekistonda molibdenli formatsiyalar ham
bor. Chotqol-Qurama tog‘lari vismutga boy. Janubiy Farg‘ona belbog‘ining
o‘zidan 100 dan ortiq simob va 10 dan surma rudalanishlar aniqlangan.
Qora metallardan eng ko‘p tarqalgan temir, titan, marganets, magniy,
xrom va boshqalardir. Temirning bir necha konlari va ruda ko‘rinishlari
aniqlangan. Ular orasida muhimi Qoraqalpog‘iston Respublikasida
Tebinbuloq titan-magniy koni hisoblanadi. Marganets konlari Zarafshon,
Qoratepa, Lolabuloq va boshqa joylarda mavjud. Magmatik xrom
Qizilqumda, Farg‘onada, ayniqsa, Tomditov va Sulton Uvaysda ko‘plab
uchraydi.
O‘zbekistonda nometall xomashyo – glaukonit, dala shpati, vollastonit,
grafit, asbest, talk, talk toshi, abrazivlar, qimmatbaho va ishlov beriladigan
tosh konlari ko‘p. Vollastonitning 5-ga yaqin ko‘rinishi va konlari
aniqlangan. Grafitning 30 dan ortiq ruda – rudalanishi va konlari ma’lum.
Qimmatbaho va ishlov beriladigan toshlardan topaz, feruza, ametisit, tog‘
xrustali, xalsedon, yashma, nefrit, lazurit, amazonit, rodonit, agalmatalit,
marmar oniksi va boshqalarning ancha yirik zahiralari qayd etilgan.
Korxona faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil etish va rejalashtirish,
ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish va uni tashkil etishning turli norma
va normativlarini tuzishga asoslanadi. Norma va normativlar asosida ishlab
chiqarishga kerakli xomashyo va materiallar, jihoz va asbob-uskunalar
miqdori aniqlanadi, ishlab chiqarish jarayonida xodimlar joylashtiriladi va
ishlab chiqarish resurslarining ratsional zahiralari rejalashtiriladi. Mahsulot
sifati bo‘yicha qo‘yiladigan shartlar ham normalarning bir turi hisoblanadi.
195
Ishlab chiqarishning turli tomonlarini chegaralab turuvchi norma va
normativlar yig‘indisi har bir ishlab chiqarish bo‘limining normalashtirish
asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Progressiv texnik-iqtisodiy norma – mahsulot birligi yoki ish turiga
sarflanishi mumkin bo‘lgan jonli va buyumlashgan mehnatning maksimal
miqdori yoki sarflanayotgan resurs birligidan olinishi mumkin bo‘lgan
foydali samaraning minimal miqdoridir.
Xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i va energiyalardan
foydalanish normalari o‘z ichiga quyidagi normalarni oladi:
a) xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i va
energiyaning mahsulot yoki ish birligiga sarflanish normalari;
b) xomashyo, materiallar va yoqilg‘ilarni tayyorlash va ularni tashish
xarajatlarining norma va normativlari. Bu normalar korxonaning xomashyo
va energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini va mahsulot tannarxiga
kiruvchi moddiy boyliklarga qilinadigan xarajatlarni aniqlashda qo‘llaniladi.
Normalashtirishning vazifasi haqiqatda kerak bo‘lgan foydali
sarflanadigan xomashyo va material miqdori hamda minimal yo‘qotish
miqdorini aniqlashdan iborat. Bu uch yo‘l bilan aniqlanadi: a)tajriba-
laboratoriya usuli; b) texnik-analitik usul; v) hisobot-statistik usul.
Bu usullar orasida texnik-analitik hisoblash usuli normalashtirish-ning
asosiy usuli bo‘lib, u normalarni elementlar bo‘yicha hisoblashga asoslanadi,
ya’ni normani tashkil qiluvchi har bir elementi tahlil qilishga imkon yaratadi.
Bu usul ilg‘or tajriba, fan va texnika yutuqlarini chuqur o‘rganishga yordam
beradi.
Resurslarni tejashda resurslar pulliligi muhim omil hisoblanadi. Xorijiy
mamlakatlarda 70-yillarda yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan to‘g‘ri
foydalanishni tashkil etish uchun to‘lov tizimi joriy etildi. Ammo hozirgi
kungacha to‘lov tizimida bir qator muammolar mavjud. Korxonaning moddiy
mineral xomashyo komponentlaridan to‘g‘ri foydalanish uchun to‘lov joriy
qilinishi natijasida korxona rentabelligidan sezilarli darajada kam miqdorda
haq to‘lamoqda.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish ishlab chiqarishning barcha
va ayniqsa, ko‘p material iste’mol qiluvchi tarmoqlarda moddiy xarajatlarni
tejash katta ahamiyatga ega. Mahsulot birligiga ketadigan xomashyo va
materiallar miqdorini uning sifati uzoqqa chidashi va ishonchli bo‘lishiga
zarar yetkazmasdan kamaytirish, bir xil miqdordagi materiallar va
xomashyodan ko‘proq mahsulot olish va tarmoqlararo ishlab chiqarish
aloqalarini takomillashtirish imkonini beradi.
Moddiy resurslarni tejash uchun kurash yangi texnikani joriy qilish va
texnologiyani takomillashtirishga sharoit yaratadi, ishlab chiqarishning
texnik darajasini oshirish esa o‘z navbatida boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni
yaxshilashga sharoit yaratadi. Mahsulot birligiga sarflanadigan xomashyo va
196
materiallar miqdorining kamayishi ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish
demakdir, chunki xomashyo va materiallar tarkibidagi moddiylashtirilgan
mehnat hamda materiallarni tashish, ortish, tushirish va saqlash bilan bog‘liq
bo‘lgan “tirik” mehnat miqdorini kamaytirish imkonini beradi. Shu bilan
birga asosiy ishchilar sarflaydigan mehnat miqdori kamayadi, chunki kam
materialni qayta ishlashga to‘g‘ri keladi.
Moddiy resurslarni tejash mahsulot tannarxini kamaytirishning eng
asosiy omillaridan biridir. Xo‘jalikka to‘g‘ri rahbarlik qilishda xomashyo va
materiallar sarflashni chuqur tahlil qilish katta ahamiyatga ega. Tahlil ishlab
chiqarish xususiyatiga qarab o‘zgaruvchi moddiy resurslardan foydalanish
ko‘rsatkichlari asosida olib boriladi.
Boshlang‘ich xomashyoni birinchi bor qayta ishlovchi tarmoqlarda
xomashyo birligidan tayyor mahsulot chiqishi ko‘rsatkichidan foydalaniladi.
Ba’zi bir tarmoqlarda mahsulot birligiga sarflanadigan xomashyo
miqdori ko‘rsatkichidan foydalaniladi.
Qayta ishlovchi bir qator tarmoqlarda xomashyo va materiallardan
foydalanish koeffitsiyenti aniqlanadi. U detal, uzel yoki mahsulotning sof
og‘irligini unga sarflangan material miqdoriga yoki sarflash normasiga
bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bu koeffitsiyent birga qancha yaqin bo‘lsa,
shuncha yaxshi, chunki materialdan shuncha to‘liq foydalaniladi.
Materiallardan foydalanish darajasini to‘g‘ri tahlil qilish uchun ishlab
chiqarishning barcha texnik-iqtisodiy sharoitlarini ko‘rib chiqish kerak
bo‘ladi.
Moddiy resurslar zahiralarini ishga solish manbalari va yo‘llarini
aniqlash maqsadida tahlil usuli amalga oshiriladi.
Xomashyo va materiallarni tejashning asosiy manbalari quyidagilardan
iborat:
mashina va boshqa mahsulotlar sifati oshgani holda og‘irligining
kamayishi;
ishlab chiqarish yo‘qotishlari va chiqindilarini har taraflama
kamaytirish;
xomashyo va materiallardan kompleks foydalanish;
xomashyoning qimmatbaho kamyob turlari o‘rniga tejamli, yangi
materiallar qo‘llash;
xomashyodan qayta foydalanish.
Sanoat ishlab chiqarishida xomashyo va materiallarni tejashning asosiy
yo‘llari quyidagilardan iborat:
-
mashina va mahsulotlar konstruksiyasini yaxshilash;
-
yangi texnika va progressiv texnologiyani joriy etish;
-
texnologik jarayonlarni yaxshilash;
-
xomashyoni kompleks qayta ishlash usullarini rivojlantirish;
197
- ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshilash.
Ma’lumki, moddiy resurslarni tejash tadbirlarini amalga oshirish
qo‘shimcha pul xarajatlari bilan bog‘liq. Bunday xarajatlar ikki xil
xususiyatga ega:
1. Kapital xarajatlari sifatida – materiallar xarajatini kamaytirishni
qoplash uchun zarur bo‘lgan yangi uskunalarni o‘rnatish uchun.
2. Xomashyo va materiallar sifatini oshirish uchun sarflanadigan
xarajatlar sifatida.
Qo‘shimcha pul xarajatlari mahsulot tannarxini kamaytiradi va shuning
hisobiga tejash imkonini beradi. Materiallarni tejash, shuningdek,
uskunalardan foydalanishni yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirish
imkonini beradi. Shuning uchun xarajatlar samaradorligini aniqlashda
faqatgina xomashyodan olingan tejamgina hisobga olinmay, balki uskuna va
ish haqidan olingan tejamni ham aniqlash kerak bo‘ladi.
Mehnat buyumlarini sarflash normalarini pasaytirishdan olinadigan
tejam quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |