Industrial iqtisodiyot



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/172
Sana12.07.2022
Hajmi2,81 Mb.
#782289
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   172
Bog'liq
616e4a4c672bd

Mineral xomashyolar
. Yer ostidan qazib olinadigan mineral 
birikmalar mineral xomashyolar deyiladi
54
. Iqtisodiyotda ishlatiladigan 
minerallar uch turga bo‘linadi: a) rudali; b) rudasiz; v) yonuvchi mineral 
xomashyolar. Bu minerallarning ko‘pi qattiq holda bo‘ladi. Suyuq mineral 
boyliklarga faqat neft hamda tuz eritmalari, gaz holdagisiga esa tabiiy gaz 
kiradi. 
Rudali mineral xomashyolar
foydali jinslar bo‘lib, metallar olish 
uchun asosiy manbadir. 
Rudasiz mineral xomashyolar 
ham tog‘ jinslari bo‘lib, ular metall 
olish uchun ishlatilmaydi. Bunday mineral xomashyolar hech qanday 
kimyoviy qayta ishlanmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiyotda yoki metallsiz 
ishlab chiqarishda xomashyo sifatida ishlatiladi. Rudasiz minerallar shartli 
ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi: 

qurilish materiallari – to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki fizik-kimyoviy qayta 
ishlangandan so‘ng qurilish ishlarida ishlatiladigan mineral xomashyo;

industriya xomashyolari – kimyoviy qayta ishlanmasdan sanoatning 
turli tarmoqlarida ishlatiladigan xomashyo. 

kimyoviy mineral xomashyolar – kimyoviy qayta ishlash uchun 
ishlatiladigan minerallar; 

qimmatbaho va rudasiz minerallar – tabiiy holda yoki mexanik 
qayta ishlangandan so‘ng bezak uchun ishlatiladigan minerallar. 
Yonuvchi mineral xomashyolar yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan foydali 
qazilma boyliklardir. Bularga tosh va qo‘ng‘ir ko‘mir, torf, yonuvchi 
slanetslar, neft hamda tabiiy yonuvchi gazlar kiradi. Yonuvchi gazlar, neft va 
ko‘mir eng arzon hamda foydalanish uchun qulay yoqilg‘igina bo‘lmay, balki 
kimyo sanoatida qimmatbaho xomashyo hamdir. 
O‘simlik va hayvonot xomashyolariga yog‘och, zig‘ir, kanop, yog‘lar, 
o‘simlik moylari, hayvonot terilari va shunga o‘xshashlar kiradi. Bular 
iqtisodiyotda ishlatilishiga ko‘ra ozuqabop va texnik xomashyolarga 
bo‘linadi. Ozuqabop xomashyolarga ozuqa sifatida ishlatiladigan birikmalar 
– o‘rmonchilik, baliqchilik va qishloq xo‘jalik mahsulotlari kiradi. 
O‘simlik va hayvonlardan olinadigan texnik xomashyolarga yuqorida 
ko‘rsatilgan 
iqtisodiyot 
tarmoqlarining 
oziq 
uchun 
yaramaydigan 
mahsulotlari kiradi. Bunday mahsulotlarni mexanik va kimyoviy usulda 
qayta ishlash orqali, ulardan turmushda va sanoat ishlab chiqarishida 
ishlatiladigan xomashyolar olinadi.
Bunday xomashyo turlarini kimyoviy qayta ishlash natijasida turli 
mahsulotlar olish mumkin, ularning manbalari ko‘pligi, amaliy jihatdan 
bitmas-tuganmas zahiraga egaligi ular asosida ko‘pgina yangi kimyoviy 
korxonalar tashkil etishga imkon beradi. 
54
Ортиқов А. «Саноат иқтисодиёти». Ўқув қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2006 – Б.145. 


188 
Umuman fan va texnikaning nihoyatda tezlik bilan rivojlanishi 
yangidan-yangi materiallarni, shuningdek, yangi xomashyo materiallarini 
qidirib topish masalasini qo‘yadi. Bu masala asosan olti yo‘l bilan amalga 
oshiriladi: 

iloji boricha arzon xomashyolarni qidirib topish va ishlatish; 

xomashyodan kompleks foydalanish; 

konsentrlangan xomashyo va mahsulotlar ishlatish; 

juda toza mahsulotlar ishlatish; 

texnika maqsadlari uchun ishlatiladigan ozuqabop xomashyolarni 
noozuqabop xomashyo bilan almashtirish; 

iloji boricha mahalliy xomashyolardan foydalanish. 
Hozirgi vaqtda kimyo va kimyoviy texnologiyaning yutuqlari muhim 
texnika xo‘jalik mahsulotlarini noozuqabop xomashyolardan olishga imkon 
beradi. Bunday xomashyolar sifatida toshko‘mir, torf, slanets, neft, tabiiy 
gazlar, yog‘och, o‘simlik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining chiqindilari 
ishlatilmoqda. Masalan, sovun yuvuvchi mahsulotlar, izolatorlar ishlab 
chiqarishda, to‘qimachilik sanoatida, rezina mahsulotlari ishlab chiqarishda, 
charm 
sanoatida, 
korroziyaga 
qarshi 
kurashishda, 
betonlarni 
suv 
o‘tkazmaydigan qilishda, metallarni silliqlashda, metallarni qirqishda 
sovutgichlar sifatida har yili bir necha ming tonnalab qimmatbaho ozuqabop 
moylar ishlatiladi.
Sanoatning ko‘pgina tarmoqlarida keng miqyosida ishlatiladigan etil 
spirt ishlab chiqarish uchun ham juda ko‘p miqdorda yuqori sifatli don va 
kartoshka ishlatiladi. Xuddi shu singari sanoatda un, kraxmal, sut kabi 
mahsulotlar texnika maqsadlari uchun ishlatiladi. Masalan, kazein-oqsil 
modda sutda bo‘ladi, kazein yelim ishlab chiqarishda, qog‘oz va charm 
sanoatida bo‘yoqchilikda hamda muqovalar qilishda asosiy mahsulot sifatida 
ishlatiladi. Bu maqsadda kazein ishlab chiqarish uchun har yili bir necha yuz 
ming tonna yog‘sizlangan sut sarflanadi. 
Kraxmal to‘qimachilik sanoatida, rezina va kimyo sanoatida, gugurt 
sanoatida, elektrodlar olishda keng qo‘llaniladi. Hozir sanoatda kraxmal 
poliakrillamid hamda Sellulozaning suvda eruvchan efirlari – karboksilmetil 
Selluloza (KMS) bilan muvofaqqiyatli almashtirilgan. Shu bilan birga KMS 
ko‘p miqdorda kraxmal o‘rnida, to‘qimachilik, qog‘oz va gugurt sanoatida 
ozuqabop un o‘rnida ishlatilmoqda. 
Hozir etilendan va yog‘ochdan olinayotgan sintetik etil spirt tarkibi va 
sifati jihatidan ozuqabop xomashyolardan olinadigan etil spirtdan farq 
qilmaydi va shu bilan birga ancha arzon hisoblanadi. Shuning uchun 
iqtisodiyotning ko‘p tarmoqlarida bunday etil spirt ko‘p ishlatilmoqda. 
Shuningdek, gaz va neftni qayta ishlash mahsulot-laridan sirka kislota, 
glitserin va yog‘lar ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlarni bu yo‘l bilan ishlab 


189 
chiqarishda ko‘p miqdorda ozuqabop xomashyolar tejab qolinadi va ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi bir muncha arzonlashadi. 
Sanoatni yanada rivojlantirish, texnika taraqqiyoti sur’atlarini 
jadallashtirish va sanoat mahsulotlarining turlarini ko‘paytirish vazifalari 
sun’iy materiallar ishlab chiqarishni intensiv rivojlantirishni taqozo etadi. 
Sun’iy materiallar ishlab chiqarish va uni sanoatda qo‘llash quyidagi 
hollarda iqtisodiy samarador hisoblanadi: 
a) sun’iy material yagona xomashyo bo‘lgan tarmoqda ishlab 
chiqarishning jadal sur’atlari bilan va keng masshtabda rivojlantirishga sabab 
bo‘lsa; 
b) qayta ishlovchi tarmoqlar texnika bazasining mukammallashuviga 
sabab bo‘lsa;
v) ushbu materialni iste’mol qiladigan tarmoqlar mahsulotining sifatini 
yaxshilashga va assortimentni kengaytirishga sabab bo‘lsa; 
g) qayta ishlash tarmoqlarida texnologik jarayonlarni jadallashtirishga 
va uskunalarni mukammallashtirishga sabab bo‘lsa; 
d) tayyor sanoat mahsuloti ishlab chiqarish uchun sarflanadigan 
ijtimoiy xarajatlarni kamaytirishga sabab bo‘lsa; 
e) sun’iy materiallardan ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini 
kamaytirsa. 
Sun’iy materiallar ishlab chiqarish va qo‘llashning iqtisodiy 
samaradorligini aniqlashda vaqt omilini, ya’ni qisqa vaqt ichida kerakli 
miqdorda sanoat mahsulotini ishlab chiqarishga erishish mumkinligini 
e’tiborga olmoq lozim. Bu sohada sun’iy materiallar behad afzalliklarga ega, 
chunki tabiiy xomashyo bo‘lgan paxta, jun, teri va boshqalarni ishlab 
chiqarishga oylab vaqt ketsa, sun’iy materiallarni ishlab chiqarishga kunlab 
va soatlab vaqt kifoya qiladi. 
Sun’iy materiallar ishlab chiqarishga tabiiy materiallarga nisbatan 
ancha kam ijtimoiy mehnat sarf qilinadi. Masalan, 1 tonna yuvilgan jun 
ishlab chiqarishga 7000 odam/soat sarflansa, sintetik tolaga 225-1400 
odam/soat sarflanadi. 
Sun’iy materiallar sanoatning qo‘shimcha xomashyo bazasi bo‘lib 
xizmat 
qiladi. 
Sun’iy materiallar ishlab chiqarishda jarayonlarni 
kimyolashtirish, ayniqsa, organik sintezni rivojlantirish katta rol o‘ynaydi. 
Turli tarmoqlarda kimyoviy metodlarni qo‘llash tabiatda ko‘p tarqalgan 
mahsulotlardan sifati tabiiy materiallarnikidan ancha ustun bo‘lgan juda ko‘p 
yangi tur sun’iy materiallar ishlab chiqarish imkonini beradi.
Zamonaviy texnika sintetik materiallarga turlicha talablar qo‘yadi. 
Sintetik materiallar juda ko‘p o‘ziga xos afzalliklarga ega: ular uzoq vaqt o‘ta 
yuqori va o‘ta past temperaturaga, yuqori bosim va juda katta elektr 
kuchlanishlariga chidamli bo‘ladi. Sun’iy materiallar ishlab chiqaruvchi 


190 
tarmoqlarni tez sur’atlar bilan rivojlantirish sanoatni rivojlantirish va sanoat 
xomashyo bazasini kengaytirishning asosiy yo‘llaridan biridir. 
Sanoatni rivojlantirishda plastmassalar, sintetik kauchuk, sun’iy va 
sintetik tolalar, sun’iy charmlar va charm o‘rnini bosuvchi materiallar, 
sintetik yuvish vositalari va ozuqa xomashyosi o‘rnini bosuvchi sun’iy 
materiallar, muhim rol o‘ynamoqda. 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish