Industrial iqtisodiyot


Tenderlar – bozorda yoki xalqaro bozorda  mashina



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/172
Sana12.07.2022
Hajmi2,81 Mb.
#782289
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   172
Bog'liq
616e4a4c672bd

Tenderlar
– bozorda yoki xalqaro bozorda 
mashina 
va 
uskunalarni
xarid etish, qurilish-montaj ishlarini bajarish, injiniring xizmati ko‘rsatish 
uchun konkurs asosida buyurtma berish. Xaridor yoki buyurtmachi eng avval 
konkurs e’lon qilib hammani o‘z shartlari bilan tanishtiradi. Shunga asosan 
konkursda ishtirok etuvchi firmalar, konsorsiumlar yoki korxonalar o‘z 
takliflarini – tenderlarini xaridor, buyurtmachiga yuboradi. Tenderni 
injiniring firmalari hujjatlashtiradi. 
Fan-texnika taraqqiyotining muhim an’anaviy yo‘nalishlaridan biri 
ishlab chiqarishni elektrlashtirishdir. 
Elektrlashtirish 
deganda elektr 
energiyasini yetarli darajada ishlab chiqarish, uni kerakli joylarga uzatish va 
undan keng foydalanish jarayoni tushuniladi. Uning moddiy asosini 
“Elektroenergetika“ tarmog‘i tashkil etadi. U elektr energiyasi ishlab 
chiqaradigan jihozlarni (elektrostansiyalarni), iste’molchilarga uni yetkazib 
beruvchi jihozlarni (podstansiyalarni) va elektr uzatkichlarni o‘z ichiga oladi. 
Elektr energiyasi turli stansiyalarda ishlab chiqariladi: 

suv bilan ishlaydigan elektr stansiyalar (GESlar); 

issiqlik elektrostansiyalari (GRESlar); 

atom elektrostansiyalari; 

quyosh elektrostansiyalari; 

shamol va boshqa elektrostansiyalar. 
Ekspertlarning dalolat berishlaricha, kelgusi yuz yillikning o‘rtalarida 
sayyoramizda energiya ishlab chiqarish hozirgi darajadan o‘n baravar ortadi. 
Bunday o‘sishni qayta tiklanmaydigan organik yoqilg‘i yordamida ta’minlash 
mumkin emas. Shu sababli energetika muammosi eng jiddiy jahonshumul 
muammolardan biriga aylanmoqda. 
Hozirgi vaqtda jahon energetikasi asosan organik yoqilg‘idan 
foydalanishga asoslanadi. Umuman energetika balansida neft va gazning 
ulushi taxminan 50 foizni, ko‘mir 35 foizni tashkil etadi va atigi 15 foizi 
atom elektrostansiyalari, gidroenergetika va boshqa manbalar ulushiga to‘g‘ri 
keladi. Biroq insonning energetika iste’moli shu qadar tez sur’atda 
o‘smoqdaki, organik yoqilg‘i kabi an’anaviy energetika resurslarining 
zahiralari navbatdagi yuz yillikdayoq yetarli bo‘lmay qoladi. Shu sababli 
insoniyat oldida yangi energiya manbalarini egallashdek dolzarb vazifa 
turibdi. Hozirgi paytda quyosh, atom (og‘ir elementlarning bo‘linishi) va 


131 
yadro energetikasi (engil yadrolarni termoyadroviy sintez qilish) ana shunday 
manbalar hisoblanadi. 
Yer sathiga yetib keladigan quyosh energiyasining umumiy miqdori 
insoniyat ehtiyojlarini qondirish uchun batamom yetarlidir. Buning yana bir 
afzalligi, ancha arzonga tushadi. 
Olimlarning hisoblariga qaraganda, XXI asrning o‘rtalariga borib, 
butun dunyoda jon boshiga elektr iste’mol qilish 3-4 baravar ortadi. Buni 
qanday ta’minlash mumkin? Organik yoqilg‘ini ishlab chiqarishni 
kamaytirish kerakmi yoki yo‘qmi? Albatta, bu savolga javob topish kerak 
bo‘ladi. Bu muammoni hal etish olimlar va mutaxassislar oldiga katta 
vazifalar qo‘yadi. 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish