Industrial iqtisodiyot


Kadrlar siyosati va uning real sektor tarmoqlari taraqqiyotidagi roli



Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/259
Sana29.01.2022
Hajmi10,28 Mb.
#418803
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   259
Bog'liq
Индустриал

9.1. Kadrlar siyosati va uning real sektor tarmoqlari taraqqiyotidagi roli. 
Har bir insonning moddiy va ma’naviy turmush imkoniyatlari uning 
daromadlari darajasiga bog‘liq. Insonning daromadi darajasi qancha yuqori bo‘lsa, 
uning o‘z zaruriy ehtiyojlarini qondirish, salomatligini saqlash, dam olishni tashkil 
etish, ma’lumot olish va bo‘sh vaqtini madaniy tarzda o‘tkazish imkoniyatlari 
shuncha ko‘p bo‘ladi. 
Daromadlar ehtiyojlarni bevosita qondirish manbai sifatida aholi hayotida katta 
rol o‘ynaydi. Davlat byudjetining daromad qismi asosan jismoniy va yuridik 
shaxslardan olinadigan soliq va to‘lovlardan tashkil topadi hamda ular ijtimoiy 
ehtiyojlar uchun sarflanadi va shu tariqa aholi ehtiyojlari bilvosita qondiriladi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda «daromad» tushunchasi ishlab chiqarilgan mahsulot 
narxining uni ishlab chiqarish sarf-xarajatlaridan oshishi, shuningdek har bir sinf, 
ijtimoiy guruh yoki alohida shaxsning yangi yaratilgan qiymatda mavjud bo‘lgan va 
uning u tomonidan o‘zlashtirilgan ulushi sifatida ta’riflanadi. 
Daromadlar harakati iqtisodiyotning ishlab turishini ta’minlaydi. Aylanish 
jarayonida daromadlar izchil ravishda yo’zaga kelish, taqsimlanish va qayta 
taqsimlanish, pirovard, iste’molga ishlatilish, jamg‘arilish kabi bosqichlaridan 
o‘tadi. Daromadlarning yo’zaga kelishi ularning tovarlar ishlab chiqarish va 
xizmatlar ko‘rsatish jarayonidagi harakatining boshlang‘ich bosqichi bo‘ladi. Bu 
bosqichda daromadlar birlamchi ko‘rinishga ega bo‘ladi. 
Taqsimlanish jarayonida tadbirkorlar birlamchi daromadlardan mahsulot ishlab 
chiqarish va sotish yo’zasidan soliqlar to‘laydilar, mehnat haqi va ishlab 
chiqarishning boshqa omillari yo’zasidan haq to‘laydilar. Natijada dastlabki 


daromadlar ish haqi, foizlar, renta va korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasiga 
aylanadi. 
Daromadlarning qayta taqsimlanishi jarayoni keyingi bosqich bo‘ladi. U 
soliqlar to‘lash, ijtimoiy fondlarga mablag‘lar o‘tkazish, korxonalar va aholiga turli 
transfertlar tarzida daromadlar bir qismini yo‘llashni o‘z ichiga oladi. 
Yaratilgan daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash natijalari bo‘yicha 
tasarrufdagi daromadlar (pirovard daromadlar) shakllanadi. Daromadlarning 
pirovard iste’moli va yalpi jamg‘arilishi ular aylanishining tugallovchi bosqichi 
bo‘ladi. Daromadlar darajasini tahlil etish, o‘lchash va taxmin qilish uchun ularning 
turlari va ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Daromadlar pul va natural shaklida 
bo‘lishi mumkin. 
Aholining pul daromadlari mehnatkashlar uchun ish haqi hisobidagi barcha pul 
mablag‘lari tushumi; pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar; mulkdan foiz, 
dividendlar, renta ko‘rinishidagi daromadlar; aksiyalar, qimmatbaho qog‘ozlar, 
ko‘chmas mulq chorva hayvonlari, tomorqa xo‘jaligi mahsulotlari, turli buyumlar 
va boshqa tovarlarni sotishdan tushadigan pul tushumlari, turli xizmatlar ko‘rsatish 
uchun haqlar va boshqalardan tashkil topadi. 
Aholi daromadlari nominal va real ko‘rinishda bo‘ladi. Nominal 
daromadlar pul ko‘rinishida olingan daromadlardir. Real daromadlar iste’mol 
narxlarining indeksiga qarab to’zatilgan joriy davrdagi nominal pulli daromadlardir. 
Nominal va real daromadlar ko‘rsatkichi bilan bir qatorda aholi pulli 
daromadlarining xarid qobiliyati ko‘rsatkichi ham alohida olib qaraladi. Bu 
ko‘rsatkich aholining tovarlar va xizmatlar sotib olish bo‘yicha imkoniyatlarini aks 
ettiradi hamda aholining o‘rta hisobda jon boshiga to‘g‘ri keladigan pulli 
daromadlarining tovar ekvivalenti orqali ifodalanadi. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan 
pulli daromadlar jami pulli daromadlar miqdorini mavjud aholi soniga bo‘lish orqali 
hisoblab chiqiladi. 
Aholi daromadlari tabaqalanishini baholashning boshqa usulini ham qo‘llash 
mumkin. Bu usul hisobga olish natijasining oshib borishini e’tiborga olish orqali 
amalga oshirilishiga asoslangan. Yoki, iqtisodchilarning iborasi bilan aytganda, 
daromadning kumulyativ ulushlari hisobga olinadi. Barcha oilalarning daromadlari 
bir xil bo‘lgan, ya’ni yalpi daromad teng taqsimlangan va aholining har beshdan bir 
qismi yalpi daromadlarning beshdan bir qismini olgan taqdirda bunday tenglik 
grafikda bissektrisa ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Lekin bunday bissektrisa faqat mavjud 
imkoniyatni ko‘rsatadi: amalda daromadlar hech qachon bir tekis taqsimlanmaydi.
Iqtisodchilarning fikricha, aholi daromadlari tabaqalashishining sabablari 
quyidagicha: 
1) kishilar o‘z aqliy qobiliyatlari bilan ajralib turadilar, iqtisodiy nazariya esa 
turli tabiiy xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar ish haqlari notengligi asosli 
ekanligini ko‘rsatib bermoqda; 
2) kishilar turlicha meros oladilar, bunday meros ularning ayrimlariga 
daromadlar borasida ustunlik beradi; 
3) yangi yaratilgan qiymat (yalpi daromad)ning mehnat va kapital o‘rtasida 
adolatsiz taqsimlanishi; 


4) mehnat bozorlaridagi kamsitishlar, bu kamsitish xodimlarga teng mehnat 
uchun turlicha ish haqi to‘lanishida ifodalanishi; 
5) inflyatsiya yuqoriligi, u fuqarolar jamg‘armalarini qadrsizlantirib qo‘yishi 
va belgilab qo‘yilgan ish haqi oladigan xodimlarning daromadlarini pasaytirishi.
Yalpi daromadni taqsimlashdagi notenglikka yuqorida sanab o‘tilgan 
sabablardan boshqa sabablar ta’sir etadi. Masalan, jamiyatda pensionerlar ulushi 
ko‘payishi pensiya fondlariga ajratmalar kamayishi va shunga ko‘ra, ishlaydigan 
fuqarolarga nisbatan pensionerlarning daromadlari pasayishiga olib keladi. 
Oilalar tarkibidagi farqlar ham daromadlardagi tabaqalashishni kuchaytiradi. 
Agar oilaning barcha a’zolari ishlaydigan bo‘lsa, ularning daromadlari ko‘p bolali 
oilalardagiga qaraganda ancha yuqori bo‘ladi. 
Ishsizlik ham daromadlar darajasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. YA’ni bunda 
ishsizlik yo’zasidan nafaqa oladigan va boshqa daromad manbalari bo‘lmagan 
kishilar bir necha oydan keyin aholining eng kam ta’minlangan toifalariga kirib 
qoladilar. 
Daromadlarning asosiy qismi aholidan iqtisodiyotning ishlab chiqarish 
sektoriga shaxsiy iste’mol sarf-xarajatlari tarzida qaytadi, ushbu sarf-xarajatlar bir 
necha usulda tasniflanishi mumkin. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi 
Iqtisodiyot vazirligi iste’mol sarf-xarajatlarini quyidagi tarzda tasniflaydi: 
1) o’zoq vaqt foydalaniladigan tovarlarga sarf-xarajatlar; 
2) qisqa vaqt foydalaniladigan tovarlarga sarf-xarajatlar; 
3) xizmatlarga sarf-xarajatlar. 
4. Aholi daromadlarini davlat tomonidan tartibga solish 
Daromadlarni davlat tomonidan tartibga solish vakolatli davlat idoralari 
tomonidan daromadlarni barqarorlashtirish va jamiyat taraqqiyotida yo’z 
berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga muvofiq tarzda oshirib borish 
maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda meyorlarni o‘zida 
mujassamlashtiradi. U ishchi kuchini normal takror ishlab chiqarish va rivojlantirish 
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishga qaratilgan. 
Hozirgi 
sharoitda 
davlat 
ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlarga 
butunlay 
aralashmasligi mumkin emas, chunki bozorning taqsimoti o‘z tabiati bo‘yicha 
adolatsizdir. Bozor sharoitida «har bir kishiga – iqtisodiy faoliyati natijasi- 
dan qat’i nazar munosib hayotni ta’minlovchi daromad» tamoyiliga rioya qilinmay- 
di. Shuning uchun bu jarayonga davlatning aralashuvi zarurat hisoblanadi. 
Davlat tomonidan tartibga solishning obyektiv imkoniyati iqtisodiy 
rivojlanishning ma’lum darajaga yetishi, ishlab chiqarish va kapital 
konsentratsiyasida yo’zaga keladi. Bu imkoniyatni haqiqatga aylantirish zarurati 
muammolar o‘sib borgani sayin kuchayadi va ularni davlat tomonidan tartibga solish 
orqali bartaraf etish lozim. 
Hozirgi sharoitda daromadlarni davlat tomonidan tartibga solish takror ishlab 
chiqarishning tarkibiy qismidir. U ko‘p vazifalarni yechadi, masalan, iqtisodiy 
o‘sishni, tarmoq va mintaqaviy to’zilmalardagi progressiv siljishlarni 
rag‘batlantirish, eksportni qo‘llab-quvvatlash, ish bilan bandliq soliqqa tortish, 
narxlarni tartibga solish va hokazo. Daromadlarni davlat tomonidan tartibga 


solishning aniq yo‘nalishi, shakllari, ko‘lami ayrim mamlakatlar va muayyan davrda 
ijtimoiy-iqtisodiy muammolar xarakteri va jiddiyligi bilan belgilanadi. 
Turli sabablarga ko‘ra, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Skandinaviya 
davlatlari, Yaponiya hamda Osiyo va Lotin Amerikasining jadal rivojlanayotgan bir 
qator davlatlarida daromadlarni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi 
kengroq rivoj topgan. Ikkinchi jahon urushi, sotsializm lageri oqibatlarini boshdan 
kechirmagan AQSH, Kanada, Avstraliya kabi davlatlarda u zaifroq rivojlangan, 
ammo bu davlatlarda ham daromadlarni davlat tomonidan tartibga solish muhim 
o‘rin tutadi, ayniqsa, konyunkturaning bo’zilishi, inflyatsiya va ishsizlikning o‘sishi 
sharoitida unga ehtiyoj ortadi. 
Ko‘rilayotgan doirada davlatning faolligi markaziy va mahalliy byudjetdan 
qilingan ijtimoiy xarajatlar hajmi bilan o‘lchanadi. Milliy daromadni qayta 
taqsimlashda davlatning imkoniyatlari byudjet tushumlari bilan cheklanadi. Davlat 
daromadlari o‘sishining ma’lum chegaralari mavjud: 
- tadbirkorlik faoliyatining yetarli darajadagi chegaralari; 
- yollanib ishlovchilar, aholining o‘rta qatlamini soliqqa tortishning ijtimoiy 
chegaralari; 
- YAIMning o‘sish chegaralari (konyunktura chegaralari). 
Mazkur chegaralarning mavjudligi shuni tasdiqlaydiki, ijtimoiy to‘lovlar 
miqdori davlatning moliyaviy (iqtisodiy) imkoniyatlariga monand bo‘lishi kerak. 
Ijtimoiy to‘lovlar hajmini soliq tushumlaridan oshirib yuborish byudjet kamomadi 
va inflyatsiyaga sabab bo‘luvchi omillardan sanaladi. 
Davlat soliqlar darajasini ham oshirib yubormasligi lozim, aks holda bozor 
rag‘batiga zarar yetkazilishi va jamg‘armalarning turg‘un defitsiti yo’zaga kelishi 
mumkin. Vaholanki, jamg‘armalar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning 
moliyaviy asosini tashkil etadi va investitsiyalarga yo‘l ochadi. 
Davlat daromadlarni qayta taqsimlashni tashkil qilar ekan, murakkab 
muammoni hal etadi: ishsizlar, nogironlar, keksalarni asrash uchun mablag‘ 
ajratishga jamiyatning qaysi qatlamlarini jalb qilish kerakligini aniqlab oladi. Bu 
murakkab vazifalar davlat tomonidan iqtisodiy imkoniyatlarni ijtimoiy iste’mol 
bilan muvofiqlashtirib hamda salbiy oqibatlarni mikro va makro darajada tugatib 
borib hal etiladi. 
Har bir jamiyatda daromadlar siyosati konstitusiya va unga tenglashtirilgan 
qonuniy hujjatlarda belgilangan ma’lum tamoyillar asosida yuritiladi. Bu tamoyillar 
quyidagilardan iborat: 
- ijtimoiy adolat; 
- ijtimoiy hamkorlik va aholi barcha qatlamlarining birdamligi; 
- o‘z moddiy ahvoli uchun shaxsiy mas’uliyat;
- mehnat huquqi va uni munosib rag‘batlantirish; 
- kasaba uyushmalari huquqi; 
- iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va boshqalar. 
 
Sanoat tarakkiyotining muammolari umumiy majmuida uni xodimlar bilan 
ta’minlash masalasi, ularning manbalari, tayyorlash va kayta tayyorlash shakllarini 


hamda ulardan oqilona foydalanish masalalarini aniqlash alohida o’rin egallaydi. 
Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharotida sanoat korxona (firma)larini kadrlar 
(xodimlar) bilan ta’minlash va ulardan oqilona foydalanish alohida ahamiyat kasb 
etadi. 
Xodimlar (kadrlar) o’zlarining bilimi va ilmi, mehnat malakasi, ishlab chiqarish 
tajribasi va ma’naviyati bilan ishlab chiqarish kuchlarining muhim unsuri 
hisoblanadi. Ular fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, mehnat unumdorligini, 
mahsulot sifatini oshirish, tannarxini pasaytirish, asosiy va aylanma fondlardan 
foydalanishni yaxshilash orqali ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlaydilar. 
SHu sababli ham «Hamma ishlarni kadrlar hal qiladi», degan mashxur qoida 
hozirgi kunda ham dolzarbligini yo’qotgani yo’q. Aksincha, u respublika 
Prezidentining asarlari, ma’ro’zalari va suxbatlarida qayta-qayta tilga olinmoqda. 
«Qanday vazifalarni biz o’z oldimizga qo’ymayliq qandaydir muammolarni yechish 
kerak bo’lmasin», - degan edi I.Karimov - oqibat natijada ularning barchasi 
kadrlarga va yana kadrlarga borib taqaladi»
11

Sanoat ishlab chiqarishida nafaqat mehnat qurollari va mehnat buyumlari 
(ishlab chiqarish vositalari), balki kadrlar ham alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan 
kadrlar ishlab chiqarishni boshqaradilar, joriy va istiqbolga tegishli rejalashtirishni 
va bashorat qilishni amalga oshiradilar, ishlab chiqarish vositalari va moliyaviy 
resurslarni harakatga keltiradilar. Kadrlarning bilimi, ilmi
,
kasbiy mahorati 
qanchalik yuqori bo’lsa, sanoat faoliyatining ishlab chiqarish - iqtisodiy parametrlari 
shunchalik yuksak bo’ladi. Demaq sanoat ishlab chiqarishining ahvoli, holati, rivoji 
uning kadrlar potentsiali bilan belgilanadi. 
SHu yerda «potentsial» atamasinnng ma’nosini tushuntirib o’tish keraq chunki 
bu tushuncha bozor iqtisodiyoti sharoitida juda ko’p ishlatiladi. O’zbek tilining 
izohli lug’atida «potentsial» so’zi lotincha «potentia» so’zidan olinganligi va 
imkoniyat, kuch-qudrat, yashirin imkoniyatlar ma’nolarini bildirishi ta’kidlangan. 
Odatda bu atamada mavjud bo’lgan va safarbar etilishi, harakatga keltirilishi, 
ma’lum maqsadlarga erishish uchun foydalanilishi mumkin bo’lgan vositalar, 
zahiralar va manbalar ham izohlanishi mumkin. 
Kadrlar salohiyati - bu, mehnat zahirasi yoki imkoniyatidir. U jamiyat mehnat 
potentsialining tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda mehnat resurslarining umumiy soni 
va tarkibi, ma’lumot darajasi, professional ko’nikmasi va ishlab chiqarishning u yoki 
bu sohasida mehnat kilish qobiliyati aks etadi. 
Sanoat ishlab chiqarishining muvaffaqiyati pirovard natijada rahbar 
kadrlarning yetukligiga, bilim va ilmining darajasiga, ish malakasi hamda 
tashkilotchilik qobiliyatiga, ularni to’g’ri tanlash, joy-joyiga qo’yish va 
tarbiyalashga bog’liqdir. 
Ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatining har qanday sohasida, shu jumladan, 
sanoat tarmog’ida ham natijaliliq samaradorlik ko’p jihatdan o’rta bo’g’in kadrlarga 
bog’liq. Ular rahbarlarning eng ko’p sonli kategoriyasi bo’lib, ishlab chiqarishga 
11
Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз.– Т.: Ўзбекистон, 1999 йил, 7-том, 
381б.


hammadan yaqinroq turadilar. SHu boisdan respublikada o’rta bo’g’in kadrlarga 
alohida ahamiyat beriladi. 
Kadrlar siyosatining mazmuni, uni amalga oshirishda amal qilinadigan bir qator 
tamoyillar mustaqilliqka erishilgandan keyin butunlay o’zgardi. Kadrlar ishining 
usullari, shakllari, bu ishga yondashishning siyosiy va tashkiliy rahbarlik usullari 
haqidagi qoidalar kaytadan ishlab chiqildi. 
Ma’lumki, siyosat kishilar orqali yuritiladi. Har qanday tashkiliy masalalarni 
siyosatdan ajratish mumkin emas. SHu sababli, odatda xodimlarning ishchanlik va 
siyosiy xislatlariga; oshkoralikka va xodimlarni ochiq-oshkora tanlashga, 
rahbarlikning davomiyligiga rioya qilgan holda ularni o’zgartirib turishga; kadrlarga 
ishonishga hamda ularga nisbatan kat’i talabchan bo’lishga; davlatning asosiy 
vazifalari va xodimlarning shaxsiy qobiliyatlariga muvofiq tarzda kadrlarni joy-
joyiga quyishga; ularning fazilatlari va kamchiliklarini o’rganishga; xo’jalik va 
siyosiy rahbarlarning g’oyaviy-nazariy saviyasini muttasil oshirib borishga katta 
ahamiyat beriladi. 
Kadrlar siyosatining dolzarb muammolari Prezident asarlari va nutqlarida 
nazariy jihatdan chuqur mushohada etilgan va har taraflama asoslab berilgan. 
Kadrlar siyosati Oliy Majlis Senati tomonidan ko’rib chiqilmoqda, ko’pgina qonun 
va qarorlarda o’z ifodasini topmoqda. 
1997 yilning avgust oyida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi va 
ta’lim tizimining aniq strategiyasi yaratildi. Bu dasturning maqsadi - ta’lim sohasini 
tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la 
halos etish, rivojlangan demoqratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va 
axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini 
yaratishdir.
Mustaqillik yillarida xalq xo’jaligining barcha sohalari uchun yuksak malakali 
kadrlar tayyorlash borasida juda katta ishlar qilindi. Milliy iqtisodning, jumladan, 
sanoatning hal qiluvchi uchastkalariga rahbarlik izlanuvchan, yangilikka intiluvchi, 
fidoyi, tafakkuri o’tkir, tashkilotchilik qobiliyati zo’r, o’z ishini yaxshi biladigan 
mutaxassislar qo’lida jamlangandir. 
Mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy va fan-texnika taraqqiyotining eng mu-
rakkab muammolarini hal etishga qodir bo’lgan XXI asr kadrlari o’sib etishmoqda. 

Download 10,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish