Industrial iqtisodiyot


 Kadrlar, ularning tarkibi va strukturasi



Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/259
Sana29.01.2022
Hajmi10,28 Mb.
#418803
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   259
Bog'liq
Индустриал

 
9.2. Kadrlar, ularning tarkibi va strukturasi 
Kadrlar (xodimlar) - bu muayyan kasbni egallash bo’yicha tayyorgarlikni 
o’tgan, amaliy tajriba va mehnat ko’nikmasiga ega, ishlab chiqarish sohasida ish 
bilan band bo’lgan kishilardir. 
Kadrlarga bo’lgan talabni aniqlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash, 
ulardan oqilona foydalanish, kadrlarning mehnati bo’yicha rejalashtirish va hisobga 
olish va boshqa yo’nalishlar bilan mujassamlashtirish uchun xodimlarni guruhlarga 
ajratish, ya’ni tasniflash zarur. 
Ishlab chiqarish, xo’jalik faoliyatida qatnashishiga qarab sanoat tarmog’ida 
band bo’lgan barcha kadrlar ikki guruhga bo’linadi: 
- sanoat ishlab chiqarishi xodimlari; 


- nosanoat ishlab chiqarishi xodimlari; 
Mahsulot ishlab chiqarish doirasida band bo’lgan xodimlarning barchasi sanoat 
ishlab chiqarishi xodimlari guruhiga kiradi. Sanoat ishlab chiqarishi xodimlari, o’z 
navbatida, bajaradigan funktsiyasining tavsifiga qarab quyidagi kategoriyalarga 
bo’linadi: 
1.Ishchi xodimlar; 
2.Muhandis-texnik xodimlar; 
3.Xizmatchilar; 
4.Ish bajaruvchi kichik xodimlar; 
5.Qorovullar va o’t o’chiruvchilar, ya’ni korxonani qo’riqlaydigan va 
yong’indan muhofaza qiluvchi xodimlar. 
Sanoat ishlab chiqarishi xodimlarning eng muhim va juda ko’p qismi ishchilar 
bo’lib, ular mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish)da bevosita 
qatnashadilar, jihozlarni ta’mirlaydilar, mehnat buyumlari va tayyor mahsulotni bir 
erdan ikkinchi joyga tashiydilar va nihoyat ta’mirlash - qurish ishlarini bajaradilar. 
Ishchilardan keyingi o’rinda muhandis-texnik xodimlar turadi va ular rahbar 
xodimlar hisoblanadi. Ularga direktorlar, boshqaruvchilar, ularning muovinlari, 
bosh mutaxassislar, xizmat ko’rsatish bo’limlarining rahbarlari kiradi. 
Xizmatchilar kategoriyasiga hujjatlarni tayyorlovchi, ularni rasmiylashtiruvchi, 
hisob va nazorat ishlarini bajaruvchi, xo’jalik xizmatini bajaruvchi (agentlar, 
kassirlar, ish yurituvchilar, kotibalar, statistlar va boshqa)lar kiradi. 
Tarmoq va korxona faoliyatini rejalashtirish va tahlil etishda, ayniqsa, mehnat 
unumdorligini hisoblash, o’rtacha ish haqini, kadrlar qo’nimsizligini aniqlash uchun 
xodimlarning o’rtacha soni ko’rsatkichi ko’p ishlatiladi. 
Kadrlar salohiyatini miqdoriy baxolash bilan birgalikda ularni sifat jihatdan 
ham tavsiflash kerak bo’ladi. Bu jihatlar xodimlarning professional va malakaviy 
fazilatlari bilan belgilanadi. Bu borada, birinchi o’rinda «mutaxassislik», 
«ixtisoslik», «malaka» degan tushunchalar yo’zaga keladi. 
Mutaxassislik - bu, ma’lum bir yoki bir necha turdagi ishlarni amalga oshirish 
uchun insonga zarur bo’lgan bilimlar va malakalar yig’indisi. Masalan, iqtisodchi, 
marketolog, vositachi, moliyachi, buxgalter yoki texnika sohasida - muhandis, 
mexaniq energetik va h.k.lar 
Ixtisos - insonning hosil qilgan bilimlar va amaliy ko’nikmalari majmui. Ixtisos 
kishiga hayotning moddiy va ma’naviy sohasida muayyan ishni bajarish 
imkoniyatini beradi. 
Malaka - muayyan mutaxassislik va ixtisoslik bo’yicha murakkab ishni bajarish 
uchun zarur bo’lgan bilim va ilm hamda mehnat ko’nikmasining darajasidir. 
Kadrlarning malaka darajasini baholash uchun o’rtacha koeffitsient va o’rtacha tarif 
koeffitsienti razryadi belgilanadi. 
Yangidan-yangi ishlab chiqarish sohalari vujudga kelishi, fan va texnikaning 
rivoji, ish, shu jumladan, bir texnologik jarayonning boshqa jarayonga almashinishi 
bilan boshqaruv, rejalashtirish, tashkil etish, takomillashuvi bilan yangi 
mutaxassisliklar kasb va ixtisoslar yo’zaga keladi, eskirganlari barham topadi. 


Kadrlar ilmini o’rganish nazariyasida «Kadrlar to’zilmasi» degan tushuncha 
mavjud. Masalan, korxona xodimlari umumiy sonini 100 foiz deb olsaq ishchilar 75 
foizni, muhandis-texnik xodimlar 12 foizni, xizmatchilar 8 foizni, boshqa xodimlar 
esa 5 foizni tashkil etishi mumkin. Bu misoldan ko’rinib turibdiki, xodimlar 
kategoriyalari, ya’ni ularning tarkibiy qismlari o’rtasidagi nisbat ularning 
to’zilmasini, ya’ni strukturasini ifodalaydi. 
Kadrlar tarkibi va strukturasi faqat korxonalarda emas, balki tarmoqlarda ham 
bir-biridan farq qilishi mumkin. Bu tarmoqning murakkabliligiga, korxona 
(firma)ning katta-kichikligiga, texnikaviy va texnologik jihatdan qurollanganligiga, 
ishchi-xizmatchilarning bilimi va ilm darajasiga, mehnat ko’nikmasiga, sohaning 
hamkorlik munosabatlari rivojlanganligiga va boshqa qator xususiyatlarga bog’liq. 

Download 10,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish