Industrial iqtisodiyot



Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/259
Sana29.01.2022
Hajmi10,28 Mb.
#418803
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   259
Bog'liq
Индустриал

 
7.1.
Fan- texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati. 
Hozirgi davrning eng muhim o’ziga xos xususiyatlaridan biri - bu milliy 
iqtisodiyotning barcha sohalarda chuqur keskin o’zgarishlar hosil qilayotgan fan va 
texnikaning shiddatli rivojidir. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti 
Islom Karimov «Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqish» 
komissiyasining 1997 yil 5 iyunida bo’lib o’tgan majlisida shunday degan edi: 
«Fan - bu taraqqiyotni anglatadi. Ilm-fanni rivojlantirmay Vatan kelajagi 
to’g’risida gapirish qiyin»
6

Fan-texnika taraqqyoti - bu, juda murakkab va ko’p qirrali jarayondir. U 
ijtimoiy va shaxsiy hayotning hamma tomonlarini o’z ichiga oladi. SHu sababli ham 
fan-texnika taraqqiyoti harakatdagi jarayon hisoblanadi. 
Texnika taraqqiyotining asosini fan, ilmiy bilimlar tashkil etadi. SHu o’rinda
“fan nima” degan savolga javob topish kerak bo’ladi. 
Fan - inson faoliyatining ma’lum sohasi. U shunday sohaki, voqea- hodisalar 
haqidagi bilimlar yaratiladi va ular nazariy nuqtai nazardan bir yo’lga solinadi. Fan 
- ijtimoiy fikrlash va bilishning shakllaridan biridir. 
Fan yoki ilm - bu, o’qish, o’rganish va hayotiy tajriba asosida fikrlanadigan 
bilim va malakalar majmuasidir. Uning asosiy vazifasi, avvalo, voqea va 
hodisalarni, shu jumladan, texnik va texnologik hodisalarni tasvirlash, tushuntirish, 
oldindan aytib berish, bashorat qilishdan iborat. 
Endi texnika va texnologiya nima degan savolga javob topish kerak. 
Texnika - bu, eng tor ma’noda mehnat quroli, mehnat vositasi. Keng ma’noda 
esa, u ishlab chiqarish vositalari, texnologiya usullarini, ishlab chiqarishni tashkil 
etish va boshqarish shakllarining yig’insidir. U ishlab chiqarish kuchlarining eng 
faol elementi hisoblanadi. 
Texnologiya (yunoncha «technue» - san’at, mahorat, uddalash va ...logos - 
ta’limot) - ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulot olish uchun ishlatiladigan 
xom ashyo, material yoki yarim fabrikatlarning holati, xossasi va shakllarini 
o’zgartirish, ularga ishlov berish, tayyorlash usullari majmuidir. 
Fan-texnika taraqqiyoti juda murakkab jarayon bo’lib, ijtimoiy va shaxsiy 
xayotning barcha tomonlarini qamrab oladi. 
Fan va texnikani bir-biridan faqat shartli ajratib ko’rish mumkin. Aslida esa 
ular yonma-yon turadi. SHu sababli «Fan-texnika» atamasi ko’p ishlatiladi. 
Fan-texnika taraqqiyotining asosini ilmiy bilimlar tashkil etadi. Ilm va bilim 
asosida yangi texnika va texnologiya yaratiladi, eskilari esa takomillashadi. 
Fan-texnika taraqqiyoti - bu, mehnat vositalarini, ishlab chiqarishning eng 
yangi xom ashyosi va materiallarini, yoqilg’i va energiyaning, texnologik 
jarayonning,
 
boshqarishning, mehnatni texnik jihatdan qurollantirish va 
yuqoridagilarning hammasini yangidan yaratishni o’z ichiga oladi. Ijtimoiy ishlab 
6
“Халқ сўзи”, 1997 йил 6 июнь.


chiqarishda band bo’lgan ishlovchilarning umumiy ma’lumotini, mahoratini 
o’zluksiz sistematik rivojlantirish va takomillashtirish ham fan-texnika 
taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati bilan chambarchas bog’liqdir. 
Yuqorida keltirilgan fikr va muloxozalar umumjamiyat miqyosida, xalq 
xo’jaligi, uning tarmoqlari, korxonalarda va tashkilotlar miqyosida ham hisobga 
olinishi mumkin. 
Fan-texnika taraqqiyotining vazifasi quyidagilardan iborat: 
• 
tejamkorlikni amalga oshirish (vaqtni, xom ashyo va materiallarni,
 
yoqilg’i, 
elektr energiyasi va h.k.larni tejash); 
• 
ishlab chiqarish jarayonlarini osonlashtirish, mehnatni engillashtirish; 
• 
mehnatning mazmuni va xarakterini o’zgartirish; 
• 
ishlab chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini yanada yuqori 
darajaga ko’tarish. 
Fan va texnikaning roli shu qadar kattaki, bironta ijtimoiy-iqtisodiy vazifa 
ularning rivojlanishi hisobga olinmasdan turib hal qilinishi mumkin emas. 
Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.Karimovning asarlarida, Oliy Majlis 
Senatining qonunlarida, Vazirlar Mahkamasi qarorlarida, olimlarning ilmiy-amaliy 
tadqiqotlarida fan-texnika taraqqiyotiga mukammal ta’riflar berilgan. 
Mustaqillikni mustahkamlash, kelajagi buyuk davlatni qurish, iqtisodiy 
o’sishni izchil olib borish, ishlab chiqarish taraqqiyotini tezlashtirishni ilm-fansiz 
tasavvur qilib bo’lmaydi. Demaq hamma joyda, hamma vaqtda fan-texnika 
taraqqiyoti tomon olg’a siljimoq kerak. 
O’zbekiston davlatining fan-texnika siyosati davlat va nodavlat tashkilotlari, 
mehnatkashlar jamoalari iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va tarbiyaviy chora-
tadbirlarining, harakatlarining tizimi bo’lib, bular fanni rivojlantirish uchun, uning 
yutuqlarini yangi texnika va texnologiyada mujassamlashtirish hamda ana shu 
negizda mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini sifat jihatidan og’ishmay 
takomillashtirib borish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgandir. Fan-texnika 
siyosatining mohiyati ana shundan iborat. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida fan-texnika siyosati umumdavlat siyosati 
sifatidagina samarali amalga oshirilishi mumkin bo’lib, uning butun tarkibiy 
qismlari, shuningdeq uni amalga oshirishda ishtirok etuvchilarning butun faoliyati 
strategik maqsadga bo’ysundirilgan. 
Fan-texnika taraqqiyotining mazmuni va maqsadlarini davlat iqtisodiy 
siyosatining mushtarak (umumiy) vazifalari, shuningdeq bozor iqtisodiyotining u 
yoki bu bosqichi aniq tarixiy sharoitlari belgilab beradi. Fan-texnika rivoji 
darajasining, bu borada hal etiladigan vazifalarni chuqur ilmiy umumlashtirish 
asosida davlat fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlarini ta’riflaydi hamda 
ularni amalga oshirish uchun optimal shart-sharoitlarni ta’minlovchi tadbirlar ishlab 
chiqadi. 
Fan-texnikani rivojlantirish haqida doimo tashabbus ko’rsatayotgan 
Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning, fan arboblari va 
muhandis-texnik hodimlarning faoliyati tufayli mustaqillik yillarida qudratli fan-
texnika salohiyati yaratildi. O’nlab ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o’quv yurtlari, 


yo’zlab loyiha - konstruktorlik tashkilotlari tadqiqotlar olib bormoqdalar, yangi 
texnika va texnologiyalarni yaratmoq-dalar. Hozirgi ilmiy-tadqiqot institutlari eng 
mukammal texnika bilan jihozlangan va yuksak malakali ilmiy kadrlar 
qorishmasidan iboratdir. 
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojini yuqori darajaga ko’tarish fan-texnika 
tarakqiyotini jadallashtirishni yanada izchil, yanada qat’iyat bilan talab qiladi. Ayni 
chog’da ilmiy-texnika rivojining yutuqlarini ishlab chiqarishda ro’yobga chiqarish 
mexanizmini takomillashtirish hozirgi
 
bosqichda fan-texnika taraqqiyotini 
jadallashtirishning hal qiluvchi omili ekanligi davlat siyosatining eng muhim qoidasi 
hisoblanadi.

Download 10,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish