Industrial iqtisodiyot


Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning



Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/259
Sana29.01.2022
Hajmi10,28 Mb.
#418803
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   259
Bog'liq
Индустриал

 
6.3. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning
omillari va yo’llari 
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning juda ko’p, xilma-xil omillari va 
asosiy yo’nalishlari mavjud. Barcha omillar uch belgiga asosan guruhlarga 
bo’linishi mumkin: manba bo’yicha, ishlab chiqarishni rivojlantirish va 
takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari bo’yicha, omillarning o’rni va amalga 
oshirish darajasi bo’yicha. 
Omillarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish manbalari bo’yicha 
tasniflash nimalar hisobiga ijtimoiy mehnatni tejashga erishish mumkinligini yoki 
erishilganligini aniqlashga yordam beradi. SHu nuqtai nazardan asosiy omillarga 
quyidagilarni kiritish mumkin: mahsulotning mehnat sig’imi, material sig’imi, fond 
sig’imi hamda kapital mablag’ talablikni kamaytirish, tabiiy resurslardan ratsional 
foydalanish va vaqtni tejash. Lekin bunday tasniflash talabga javob bermaydi. Bu 
savollarga javob topish uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning barcha 
omillarini ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy 
yo’nalishlari bo’yicha guruhlash kerak. Ular ijtimoiy mehnatni tejashga qaratilgan 
texniq tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlar kompleksidan iborat. Bu 
yo’nalishlar g’oyat xilma-xildir. Eng muhimlariga quyidagilar kiradi: 


-ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash; 
-fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish va mahsulotning 
texnik-iqtisodiy darajasini ko’tarish, fan va texnika yutuqlarini joriy etish muddatini 
qisqartirish; 
-ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash, 
mahalliylashtirish va hududiy joylashtirish darajasini oshirish; 
-boshqarishning strukturasini, moliyalash, baholash va kreditlash hamda 
rag’batlantirish tizimini takomillashtirish; 
-inson omilini kuchaytirish asosida mehnatkashlarning ijodiy faolligini va 
tashabbusini oshirishni yo’lga qo’yish. 
Sanoat 
ishlab 
chiqarishini 
erkinlashtirish 
tarmoqda 
islohotlarni 
chuqurlashtirish, samaradorlikni oshirishning asosiy yo’nalishi hisoblanadi. 
Sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning hal qiluvchi yo’llaridan 
yana biri fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishdir. Texnik va texnologik omil 
mehnat unumdorligini o’stirishning kamida uchdan ikki qismini ta’minlaydi. 
Sanoat ishlab chiqarishi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini yuqori darajaga 
ko’tarishda inson omilining roli beqiyosdir. Insonlarning tashabbusi, kuch-g’ayrati, 
jonli ijodiyoti har qanday taraqqiyotning qudratli kuchi va eng muhim manbai 
hisoblanadi. SHu sababli ham insonni jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi 
deb ataydilar. U barcha yangiliklarni, shu jumladan, yangi, ilg’or texnika-
texnologiyalarni yaratadi, ishlab chiqarishni oqilona tashkil etadi, ilmiy va amaliy 
kashfiyotlar qiladi. Barcha ishlab chiqarish vositalari inson mehnati bilan harakatga 
keltiriladi, foydali narsalar hosil qilinadi. Bu faoliyat yo’nalishi va natijalari 
hodimning o’z faoliyatida qanday o’y-fikrlarga, tasavvurlarga, maqsadlarga, hayotiy 
yo’l-yo’riqlarga amal qilishiga bog’liq. SHu sababli inson omilining mohiyati, 
ahamiyati va mazmuni tahlil etilganda gap faqat inson haqidagina emas, balki avvalo 
inson yashab, mehnat qilayotgan ijtimoiy munosabatlarning butun tizimi bilan 
belgilanuvchi ijtimoiy sifatlar, faoliyatni rag’batlantiruvchi omillar va muddaolar 
haqida borishi kerak. 

Download 10,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish