Mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo’lgan vazifalar Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda quyidagi vazifalarni bajarishlari
lozim:
yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish;
zarur ma’lumotlarni izlab topish uchun qulay usullarni va vositalarni aniqlash;
axborot manbalaridan samarali foydalanish;
an’anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar hamda me’yoriy xujjatlar bilan ishlash;
elektron o’quv va ilmiy adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;
Internet tarmog’idan maqsadli foydalanish;
ma’lumotlar bazasini tahlil etish;
ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta
ishlash;
topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashish;
ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g’oyani asoslash va mutaxassislar
davrasida himoya qilish.