Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi



Download 2,45 Mb.
bet130/138
Sana02.02.2023
Hajmi2,45 Mb.
#906724
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Reyting savollari

1.O’sish nima?


2.O’sish omillarini ayting.
3.O’sishning qanday turlari bor?
4.Hujayra o’sishining turlarini aytib bering.
5.Multiplikativ o’sishni ayting.
6.Akkresion o’sishni tishuntirib bering.
7.Organizm o’sishining turlarini ayting.
8.Allometrik o’sish nima?
9. O’sish gradienti nima?
10.Odam o’sishining xususiyatlarini ayting.
11.O’sish mexanizmlarini tushuntiring.
12.Odam o’sishining ko’rsatkichlarini aytib bering.
13.Akselerasiya nima?
14.Antropometriya nima?
15.Sosiologiya nima o’rganadi?
XV-BOB. ONTOGENEZ DAVRLARI


Hayvonlar ontogenezining davrlarga bo’linishi

Har bir tur hayvonning ontogenezi uzluksiz davom etsa ham, tadqiqotchilar uni davrlarga bo’lib o’rganishni tavsiya etmoqdalar. Olimlar hayvonlarni ontogenezini 2 ta yirik davrga: embrional va tug’ilishdan keyingi, ya’ni postembrional davrlarga bo’lishni taklif etganlar. K.M.Ber (1937) qushlarning embrional rivojlanishini yana mayda davrlarga bo’lgan. Bunday rivojlanayotgan jo’janing qon aylanish sistemasining o’zgarishlarini asos qilib oladi. Dastlab qon kislorodni sariqlik xaltasi devoridagi tomirlar orqali, keyinchalik allantoisdan, undan keyin o’pka orqali oladi.Ana shu o’zgarishlarning har biri davr deb ataladi.


V.V.Vasnesov (1948) baliqlarining rivojlanishi misolida ontogenezning bir-biridan farq qiladigan bo’limlarini nomlash maqsadida davr tushunchasini qo’llagan edi. U baliqlarning ontogenezida ovqatlanish usulining har bir o’zgarishlarini davrlar deb atagan. Masalan, qizilko’z va zog’ora baliqlar ontogenezi quyidagi davrlardan iborat: embrionning sariq modda hisobidan oziqlanishi; lichinkaning kam harakatlanadigan plankton oziqalar bilan oziqlanishi; lichinkaning harakatchan suv osti organizmlari bilan oziqlanishi; lichinkaning bentos va suv yuzasidagi hayvonlar bilan oziqlanishi.
Ontogenezni davrlarga bo’lishda qonning kislorod bilan ta’minlanishi va oziqlanish usullarining o’zgarishini asos qilib olish ekologik va evolyusion o’zgarishlar asosida davrlarini aniqlashidir. Kovakichlilarning ko’payish xususiyatlariga qarab, ularning hayotiy sikli 6 ta mustaqil davrga bo’linadi. Birinchisi embrion hosil bo’lishidan oldingi davr bo’lib, bu davrda jinsiy hujayralar taraqqiy etadi (gametogenez). Ikkinchisi otalanish jarayoni bo’lib, bunda tuxum va urug’ hujayralar o’zaro qo’shiladi va zigota hosil bo’lib, embrion taraqqiy eta boshlaydi. Uchinchisi tug’ilishdan keyingi davr. Bu davrda embriondan jinsiy voyaga yetgan individ hosil bo’ladi. Bu 3 ta davrdan keyin kovakichlilarda jinsiy ko’payish jinssiz ko’payish bilan davriy ravishda gallanadi. Ularda jinssiz ko’payish ham 3 ta davrdan iborat bo’ladi. To’rtinchisi embrion hosil bo’lgandan oldingi davr; Beshinchisi jinssiz yo’l (kurtaklanish) bilan hosil bo’lgan avlod; oltinchisi jinssiz yo’l bilan hosil bo’lgan, lekin jinsiy yo’l bilan ko’payadigan avlodni hosil qilgandan keyingi davr.
Jinssiz ko’payishning jinsiy ko’payish bilan gallanib turishi gidrada, mshankalarda, assidiyada, salplarda kuzatiladi. Yuksak umurtqali hayvonlarda jinssiz ko’payish sodir bo’lmaydi. Urug’lanish sodir bo’lmasdan ko’payish (kaltakesaklar, kurkalarda) uchrab tursa-da, bu hayvonlarning ko’payish jarayonida jinsiy hujayralar ishtirok etadi.
Yuksak hayvonlarda jinsiy ko’payish uchun yuqoridagi davrlarning birinchi, ikkinchi va oltinchilari saqlanib qoladi. Har bir davr yana bir qancha bosqichlarga bo’linadi. Birinchi davrda jinsiy hujayralar bir qancha bosqichlarni bosib o’tadi. Tuxum hujayra ko’payish, o’sish va etilish bosqichlarini, spermatozoid esa ko’payish, o’sish yetilish va shakllanish bosqichlarini bosib o’tadi.
Ikkinchi davr urug’lanishdan boshlanib,tug’ilish bilan tugaydi. Bu davr 3 ta: embrion, homiladan oldingi va homila bosqichlaridan iborat. Embrion bosqichida nafas olish usullari 3 marta o’zgaradi. Dastlab embrion varaqlarining ustki hujayralari orqali nafas oladi. Keyinchalik embrion sariqlik xaltasining tomirlari orqali nafas oladi. Embrion davrining oxirida nafas olish allantois orqali amalga oshadi. Demak, embrion rivojlanishining dastlabki davrida uch xil, ya’ni hujayraviy yoki osmatik yo’l bilan, shuningdek, sariqlik xaltasi orqali va allantois orqali nafas oladi.
Qopchiqli sut emizuvchilarning bolasi homila oldi bosqichida tug’iladi. Lekin ana shu bosqichda ularning ba’zi organlari yashash uchun moslashgan bo’lib, yaxshiroq rivojlangan. Bu moslashuvlarda og’iz,oldingi oyoq va bo’yin muskullarining yaxshi taraqqiy etganligini kuzatish mumkin. Bu hayvonlar embrional rivojlanishining homila oldi va homila bosqichlarini qopchiqda o’tkazadi.
Yo’ldoshli sut emizuvchilarning kichik turlarida homiladorlik bosqichi qisqa vaqt davom etadi va tug’ilgan bolasi harakatsiz, yetilmagan bo’ladi. Bu hayvonlarda embrion bosqichi nisbatan uzoqroq, homila oldi va homila bosqichlari unga nisbatan kamroq davom etadi. Embrion homilaga aylanganligi undagi jabra apparatining yopilganligi bilan aniqlanadi. Embrion bosqichi uchun provizor organlarning (trofoblast, sariqlik xaltasi, allantois) hosil bo’lishi muhim ahamiyatga ega.
Homila oldi bosqichida allantois murakkablashadi. Quyonlarda va otlarda sariqlik xaltasi saqlanib qoladi va yordamchi vazifani bajaradi.
Embrionning homila bosqichiga o’tishi kindik dabbasining yo’qolishiga bog’liq. Har bir bosqich yoki davrning davomiyligi ma’lum tur hayvonda o’ziga xos bo’lib, shu hayvonning fiziologiyasiga va ekologiyasiga bog’liq. Masalan, qoramol va odamning homiladorlik muddati taxminan bir-biriga teng (qoramolda o’rtacha 280 kun, odamda 267 kun). Ammo buzoq odam bolasiga nisbatan ancha taraqqiy etgan holda tug’iladi. Embrion bosqichi odamda 45 kun bo’lsa, qoramolda 34 kun davom etadi. Homila bosqichi odamda urug’lanishdan 78 kundan keyin boshlanadi va 192 kun davom etadi, qoramolda esa homila bosqichi 62 kundan keyin boshlanadi va 219 kun davom etadi. Demak, odamda bu bosqichlarning nisbati 45-30-192 kun bo’lsa, qoramolda 34-27-219 kundir. Homila oldi bosqichi eng kam vaqt davom etadi, lekin embrionning shakllanish jarayonlarining hammasi dastlabki ikki bosqichda sodir bo’ladi. Bu bosqichlarda maydalanish, blastula, gastrulyasiya jarayonlari embrion varaqlarining paydo bo’lishi skelet muskullar, nerv sistemasi, ovqat hazm qilish, nafas olish, ayiruv organlari, qon tomirlari va yurak, jinsiy organlar, ichki sekresiya bezlari va boshqa organlar paydo bo’ladi. Homila bosqichida esa hosil bo’lgan bu organlarning differensiallanishi kuzatiladi, ya’ni organlar hosil bo’lishi nihoyasiga yetadi, embrion jinsi aniqlanadi.
Homila bosqichida embrionning vazni kattalashadi va bu jarayon ko’p vaqtni talab etganligi uchun homila bosqichi nisbatan uzoqroq davom etadi. Yaxshi rivojlanmagan, ya’ni jish bola tug’adigan hayvonlarning homila bosqichi qisqa vaqt davom etadi. Masalan, kalamushda homiladorlik 21 kun davom etsa, shundan 3 kuni homila bosqichiga to’g’ri keladi. Quyonlarda esa homiladorlik 30 kun, shundan 13 kuni embrion, 5 kuni homila oldi, 12 kuni homila bosqichlariga to’g’ri keladi.Kitlar va tuyoqlilarning tug’ilgan bolalari yirtqichlar va kemiruvchilarning bolalariga nisbatan yaxshiroq taraqqiy etgan bo’ladi.
Homiladorlik davrining muddati hayvonlarning katta- kichikligiga bog’liq bo’ladi. Sut emizuvchilarda homiladorlik 11 kundan (opposumda) 666 kungacha (filda) davom etishi mumkin. Jumladan, homiladorlik tipratikanda 30, cho’chqada 112-120, sherda 110, qo’yda 150, itda 59-63, tulkida 63, makakalarda 195, ayiqda 200, delfinda 300, sigirda 240-311, otlarda 307-412, tuyada 390, yalqovda 396, jirafada 400, kitda 450 kun davom etadi.
Ba’zi hayvonlarda embrional rivojlanish davrida diapauza sodir bo’ladi, ya’ni blastodermik pufakcha holida embrionning rivojlanishi sekinlashadi. Ko’rshapalaklarda urchishdan urug’lanishgacha 200 kun o’tadi. Bu vaqtda spermatozoid urg’ochi individning jinsiy yo’llarida saqlanadi, embrional rivojlanish davri esa 3 hafta davom etadi. Ayrim bug’ularning homiladorlik davri 10 oygacha davom etadi. Urug’lanish avgust oyida sodir bo’ladi,bola kelgusi yili iyun-iyul oylarida tug’iladi. Bu hayvonning tuxum hujayrasi urug’langandan keyin yanvar oyigacha blastodermik pufakcha holida urg’ochi individ jinsiy yo’llarida saqlanib turadi. Keyinchalik qulay iqlim sharoiti kelishi bilan embrion yana 6 oy taraqqiy etadi. Diapauza tashqi muhit omillari ta’sirida qisqarishi mumkin. Masalan, suuvsarlar oilasiga kiradigan hayvonlar rivojlanishida diapauza sodir bo’lishi kuzatiladi. Ona organizmida urug’langan tuxumning ma’lum muddat saqlanishi tufayli rivojlanish sekinlashadi. Ba’zi amfibiyalar va sudralib yuruvchilarning vakillarining ko’payish davrida sovuq



Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish