Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi



Download 2,45 Mb.
bet118/138
Sana02.02.2023
Hajmi2,45 Mb.
#906724
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Hasharotlar metamorfozi
Hasharotlarda postembrional rivojlanish davrida gavdaning o’sishi va shaklning o’zgarishi linka paytida amalga oshadi. Oliy hasharotlarda rivojlanishning ikkita tipi mavjud.
Chala o’zgarish yo’li bilan rivojlanishda (Hemimetamophos) tuxumdanchiqqan hasharot jinsiy voyaga yetgan hayvonga o’xshaydi. Ammo gavdasining hajmi, boshining nisbatan yirikligi, qanotlarining rivojlanmaganligi bilan farq qiladi. Har bir linkadan keyin gavdaning hajmi va proporsiyasi jinsiy voyaga yetgan formaga yaqinlashib boraveradi. Keyingi linka oldingisidan gavdaning o’zgarishlari bilan farq qiladi. Bu davrda rivojlanish ketma ket bo’lib, degenerative hodisalar kuzatilmaydi. Ba’zan chala o’zgarish yo’li bilan rivojlanadigan hasharotlarning lichinkalari imagoga nisbatan boshqa muhitda yashaydi yoki hayot tarsi bilan farq qiladi. Shuning uchun ularda maxsus lichinka organlari paydo bo’ladi. Masalan, ninachilarning lichinkalari suvda yashaydi va suvdan nafas olishga moslashgan. Yashash muhitning o’zgarishi va lichinkalik davridagi organlarning reduksiyaga uchrashi oxirgi linkaga to’g’ri keladi. Shuning uchun ularning rivojlanishida metamorfoz termini asosli ravishda qo’llaniladi.
To’liq metamorfozli (Holometamorphos) hasharotlarda tuxumdan chiqqan lichnka ota onasiga umuman o’xshamaydi. Masalan, kapalaklarning lichinkasi qurtga o’xshaydi, ular gomonom segmentasiyaga ega. Lichinkaning og’iz aparati kemiruvchi, jinsiy voyaga yetgan formasida so’ruvchi tipda tuzilgan. Lichinkada murakkab ko’z va ko’krak oyoqlari bo’lmaydi, qorinqismida esa yolg’on oyoqlari bo’ladi. Pashshalarning lichinkasi chuvalchangsimon shaklda bo’lib, boshi yaxshi rivojlanmagan, oyoqlari umuman bo’lmaydi, qanot kuraklari yo’q(108rasm).
To’liq metamorfozli hasharotlarning lichinkalarida ham bir necha lnka sodir bo’ladi, hajmi kattalashadi, ammo shakli deyarli o’zgarmaydi. Lichinka oxirgi linkadan keyin g’umbak bosqichiga o’tadi. G’umbakda qanotlar paydo bo’la boshlaydi, ammo g’umbak harakatlanmaydi, oziqlanmaydi. G’umbakning ichida shakl hosil bo’lish jarayonlari intensive sodir bo’ladi, lichinkalik davri uchun xos bo’lgan organlar yo’qoladi va imago davriga xos bo’lgan organlar hosil bo’ladi. Bu jarayonlarning oxirida linka sodir bo’lib g’umbakdan imago uchib chiqadi (109rasm).
Hasharotlarda sodir bo’ladigan metamorfozning ichki jarayonlari birinchi marta A.O.Kovalevskiy (1887)tomonidan o’rganilgan. Uning ko’rsatishicha, g’umbakdan linka davrida qanotlar, oyoqlar va boshqa organlar hosil bo’lishi lichinkalik davridagi tayyorgarlik natijasi hisoblanadi. Lichinka gavdasining tashqi o’simtalari gipodermada diskasimon bo’lib joylashadi. Bu disklar imaginal disk deb ataladi. Bu disk ichki tomonga qarab o’sadi va tashqaridan deyarli bilinmaydi (110-rasm).
Faqat g’umbakning linkasi davrida imaginal disk yuzaga chiqadi va qaysi organni hosil qilsa, o’sha organnning shaklini hosil qiladi.Lichinka gipodermasining qolgan qismi ko’plab gistologik o’zgarishlar tufayli imagoning teri qatlamini hosil qiladi. Pashshalarda esa lchinka gipodermasi to’
Liq degenerasiyaga uchraydi va uning o’rnida imaginal diskdan yangi qavat hosil bo’ladi.
Lichinka to’qimasining degenerasiya va uning imaginal to’qima bilan almashinuvi ichk organlarda ham sodir bo’ladi. Imagoning oldingi va orqa ichagi keyingi diskli halqasimon hujayralardan hosil bo’ladi. Lichinkaning o’rta ichagi imaginal hujayralarning o’rtasida tarqalgan kicik hujayralardan hosil bo’ladi. Lichnka ichagining hujayralari ularning o’rtasida qolib, hazm bo’lib ketadi.
Huddi shunga o’xshash jarayon malpigi kanallarida, yog’ tanachalarida, muskullarda va boshqa organlarda ham kuzatiladi.
Shndsay qilib, hashrotlar metamorfozi davrida ularning butun organizmi yangilanadi. Shunga ko’ra, hayot tarsi ham o’zgaradi, ya’ni uzishga moslashadi, oziqlanish usuli, xulq atvori va boshqa xususyatlari o’zgaradi. Lichinka organlarining yemirilishi fagasitoz usuli bilan amalga oshadi. Hasharotlar metamorfozining fiziologik mexanizmi ham murakkab jarayon hisoblanadi. Yaqin vaqtlargacha lichinka organlarining yemirilishi ular hujayralarining o’sishi bilan bog’liq deb hisoblanar edi. Ba’zi olimlarning fikricha, bunda figositoz jarayoni asosiy vazifani bajaradi, ya’ni fagosit hujayralar lichinkaning sog’lom hujayralariga hujum qilib ularni nobud qiladi. Ayni vaqtda, ko’plab eksperimental ma’lumotlarga ko’ra, hasharotlarning butun embrional rivojlanishi gormonal omillar nazorati ostida bo’ladi, degan xulosa chiqarilmoqda. Hasharotlarning eng muhim secretor bezlariga bosh miyaning neyrosekretor elementlari va boshda joylashgan torakal bez va yondosh tana kiradi. Organlar o’rtasidagi funksional aloqa quyidagicha bo’ladi (111-rasm).
Neyro secretor hujayralar trakal bezining faoliyatini kuchaytiruvchi moddalar ishlab chiqaradi. Agar torakal bezi olib tashlansa, hasharot linka xususyatini yo’qotadi va bundan keyingi o’sishi hamda rivojlanishi davom etmaydi. Agar torakal bezi reinplantasiya qilinsa, linka jarayoni yana qaytadan tioklanadi. Torakal bezi metamorfoz davrida o’zining maksimal rivojlanishiga yetadi. Imagoda torakal bezi degenerasiyaga uchraydi va shuning uchun imagoda linka kuzatilmaydi. Yondosh tanadan ajralib chiqadigan secret yuvinil gormoni deyiladi. Agar qonda yuvinil gormoni ma’lum miqdorda bo’lsa, lichinka linkadan keyin katta morfa anatomic o’zgarishlar sodir bo’lmaydi. Metamorfoz oxirida qonda yuvilgan gormonning miqdori kamayadi. Natijada gavda tuzilishi o’zgarishi sodir bo’ladi va lichinkadan imago hosil bo’ladi. Qandalalarda yondosh tana olib tashlanganda, muddadidan oldin metamorfoz sodir bo’lib, pakana jinsiy voyaga yetgan qandala paydo bo’lganligi tajr ibada aniqlangan. Agar oxirgi yoshdagi lichinkaga birinchi yoshdagi lchinkaning yondosh tanasi transplantasiya qilinsa unga bir qancha lichinkalik bosqichi qo’shiladi, ya’ni ortiqcha linka sodir bo’ladi. Shunday qilib, hashartlar metamorfozi murakkab morfoanatomik o’zgarishlar amalga oshishi bilan boradigan jarayon hisoblanadi.

Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish