The war in Vietnam was terrible. – Vetnamdagi urush dahshatli bo’lgan edi.
3. Peace – tinchlik so’zi umumiy ma’noda kelganda oldidan artikl ishlatilmaydi.
Peace is the most sacred. - Tinchlik eng muqaddas ne’mat.
● Peace so’zi oldidan sifat kelsa noaniq artikl ishlatiladi.
The people all over the world want a lasting peace. – Butun dunyodagi kishilar boqiy tinchlik istaydilar.
● Aynan bir joydagi tinchlik haqida gap ketganda Peace so’zi oldidan aniq artikl the ishlatiladi.
We must appreciate the peace in our country. – Biz mamlakatimizdagi tinchlikning qadriga yetishimiz kerak.
14. Narsa-predmet nomi ixtiro ma’nosida kelganda, ular oldidan aniq artikl the ishlatiladi. Esingizda bo’lsin ixtiro ma’nosida kelganda otlar odatda birlikda bo’ladi. Narsa-predmetlar ixtiro ma’nosida kelganda gapda to invent, to make, to discover, to develop fe’llari ishlatiladi.
Alexandr Bell invented the telephone.
Do'stlaringiz bilan baham: |