29-BILET
1. ―Orzular qanotida‖ matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob bering.
Orzular qanotida
Orzu-havas hosildor tuproqqa o‗xshaydi. Yer bag‗riga qadalgan cho‗p niholga aylangani,
o‗sgani kabi orzu ham inson qalbini gullatadi. Unga mehrdan, muhabbatdan sayqal berilsa,
ezgu niyatlar tomon yetaklaydi. Astoydil qilingan orzu, intilgan maqsad muvaffaqiyat kalitidir.
Orzuga yetkazadigan kalit qanday qo‗lga kiritiladi?
Bolalikdagi hayrat, ajoyibot, yengilgina urinishlar orqasidanmi yoki yaqinlaringning senga
bildirgan ishonchlaridanmi? Har holda orzumaqsadlar ortida ko‗z ilg‗amas olis manzillar,
mashaqqatli mehnat, bedor tunlar bor!
Inson hayotda yashar ekan, nimanidir orzu qiladi, kimgadir suyanadi, uni umrining mazmuni
deb biladi. Bolalikda har bir o‗g ‗il-qizning orzusi osmon qadar bo‗ladi. Harbiy akalariga havas
qilib, ulg‗ayganda askar bo‗lishni orzu qilgan bolakayning intilishlariga olam havas qilsa
arziydi. Bu hayot juda tez, boshdagi do‗ppini bir aylantirguncha, o‗tadiketadi. Shu qisqa
fursatda inson xalq uchun, Vatan uchun, o‗z farzandlari va nasllar uchun savobli ishlar qilib
ulgurishi kerak. Oliyjanob xalqimizning ezgu tasavvur va tushunchasiga ko‗ra, har
bir odam dunyoga kelib, uchta xayrli ishni ado etishi lozim. Birinchisi, sog‗lom va oqil farzand
tarbiyalab voyaga yetkazish. Ikkinchisi, o‗z oilasi, farzandlari uchun imorat qurish. Uchinchisi,
kelajakni o‗ylab, yaxshi niyat bilan daraxt o‗tqazish. Bu insoniy intilishlarda millatimizning
barkamol avlod haqidagi orzu-umidlari o‗z aksini topgan.
2. Nuqtalar oʻrniga mazmuniga mos kirish soʻzlarni qoʻying.
Menimcha, men uni ertaga koʻraman.
Afsuski, futbol jamoamiz musobaqada yutqazib qoʻydi
.
3.Karantin davri haqida suhbat sizga ….?
Karantin tibbiyotda — oʻta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishini cheklashga karatilgan
epidemiyaga qarshi maʼmuriy va sanitariya tadbirlari majmui. Maʼlum hududni kasallik
tarkatuvchi manbadan muhofaza qilish va uni yoʻqotishga hamda kasallikning bir joydan
boshqa hududlarga tarqalib ketishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan profilaktik tadbir
hisoblanadi. Karantinda barcha aholi uyida qolib o‘zini izolyatsiya qilishu maqsadga
muvofiqdir va bu noto‘g‘ri hatti-harakatlar u yoki boshqa kishining nafaqat o‘zining balki
yaqinlarining sog‘ligiga jiddiy zarar yetqizib qo‘yishi aniq.
Do'stlaringiz bilan baham: |