21-BILET
1. ―Doim hushyor‖ matnini o‗qing va munosabatingizni bildiring.
Doim hushyor
Yurt tinchligi bebaho n e‘mat, ulug‗ saodatdir. Bashariyat o ‗z taraqqiyotining barcha
bosqichlarida, avvalo, tinchlik-totuvlikka intilib kelgan. Yurt tinchligi - taraqqiyot garovi.
O‗zbek xalqi tinchlikni yuksak qadrlaydi, o ‗z orzu-intilishlari maqsad-muddaolari ro‗yobga
chiqishining kafolati deb biladi. Lekin, afsuski, hayotda ezgu tilaklarning ijobat bo‗lishiga
doimo qarshilik qiladigan kuchlar ham bor. Ular o‗zlarining g ‗arazli maqsadlari nafs-balosi
yo‗lida hamisha nizo-adovat, urush va qirg‗inlar domiga tortib keladi. Bu urush va tinchlik,
xavfsizlikni ta ‘minlash hanuzgacha insoniyat oldidagi eng olamshumul muammo bo‗lib
qolayotganidan dalolatdir. Tinch hayotimizda chegaralar mustahkamligi, chegaradosh
mamlakatlardagi harbiy-siyosiy mojarolarning oldini olish katta ahamiyatga ega.
O‗zbekiston shimoli-sharqda Qozog‗iston, sharqda va janubi-sharqda Qirg‗iziston hamda
Tojikiston, g ‗arbda Turkmaniston, janubda esa Afg‗oniston bilan chegaradosh.
Mamlakatimizda davlat sarhadlari va chegaralarini himoya qilishga qodir bo‗lgan Milliy
armiya tuzilgan. Qurolli kuchlar safiga kirgan fuqarolar Vatanni himoya qilishni
o‗z vazifasi, majburiyati va burchi deb biladi. Davlatimiz tinchligi, chegaralarimiz xavfsizligi
uchun himoyachilar doimo hushyor turadilar. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq biz
yurt tinchligini eng asosiy boylik sifatida asrab kelmoqdamiz.
2. Nuqtalar o‗rniga kerakli qo‗shimchalarni qo‗yib ko‗chiring. Bilimlining kuchi mingga yetar,
bilimsizning kuchi birga yetar. Yaxshidan bog‗ qolar, yomondan dog‗.
3. Orzu nima? Qanday orzuingiz bor?
Orzu- bu inson hayotidagi intilish kerak bo’lgan maqsad.
Mening orzuim maktabni tugatib universitetga o’qishka kirish.
.
22-BILET
1. Mehmondorchilik odobi matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob
bering.
Mehmondorchilik odobi
O‗zbek xalqi qadimdan mehmondo‗stligi bilan mashhur. Mehmondorchilikning
o‗ziga xos an‘ana va udumlari bor. O‗zini hurmat qilgan mezbon va mehmon bularga rioya
qiladi. Mehmondorchilikda „Mehmon - otangday ulug‗― degan hikmatga amal qiladi.
Mehmonlarga izzat-hurmat ko‗rsatiladi. Mehmon ham shunga yarasha odob bilan ish tutadi.
Dasturxon atrofida qo‗pol so‗zlar aytilmaydi, baland ovozda gapirilmaydi. Shirin muomala
bilan suhbatlashadilar. Mehmon nojo‗ya xatti-harakatlar qilmasligi, dasturxonga qo‗yilgan
ne‘matlarga hadeb qo‗l cho‗zmasligi lozim. Uzoq vaqt mehmon bo‗lib turish odob qoidasiga
ziddir.
2. Nuqtalar oʻrniga mos egalik qoʻshimchalarini qoʻying.
Ona yurting oltin beshiging
.
3.Koʻcha qoidalari deganda nimani tushunasiz? Soʻzlab bering.
Piyodalarga yo’lakchalarda va maxsus piyodalar yo’lakchasida yurishga ruxsat etiladi.
Bunday joylar bo’lmasa yo’l chekkasida yoki velosiped harakatlanish yo’llarida yurish
mumkin.
O’ng tarafdan yoqalab, mashinalar yo’nalishi bo’yicha harakatlan. Transport vositalari
oqimiga qarab, chap tomondan yurish xavfsiz hisoblanadi.
Yo’lning transport vositasi qatnaydigan qismiga yugurib chiqma, transportlar qatnoviga
halaqit berma.
Chang’i, g’ildirakchali rolik-konki, skeytbordda faqat to’silgan tomosha bog’larida uch!
Yo’lning transport qatnov yo’liga chiqma.
Agar, ko’cha yoki yo’lni kesib o’tish zarur bo’lsa, velosipeddan tushib uni boshqar,
skeytbordni qo’lingga olib o’t
Do'stlaringiz bilan baham: |