1 – BOB. RAQAMLI ELEKTRONIKA ASOSLARI
2-Ma’ruza
Raqamli qurilmalar signallarining ko’rinishlari
Reja:
Raqamli signalni struktura tuzilishi.
Elektron va radio-texnik qurulmalarda raqamli signallar
Mantiqiy qurulmalarda raqamli signallar
Aloqa qurulmalarida raqamli signallar.
Tayanch so’z va iboralar: Sanoq tizimi razryadlardagi birliklar salmog’I, karra,koeffitsiyenti, raqamli signallar, sath potensiali, analog-raqam, diskret signal, elektron va radio-texnik
Ixtiyoriy berilgan sonlarni, chegaralangan sonlar belgilari orqali ifodalash tizimiga sanoq tizimi deyiladi. Sanoq tizimida qo’llaniladigan belgilar – raqamlar deb ataladi.
Turli xildagi sanoq tizimlari mavjud bo’lib, bu tizimlarning xusisiyatlaridan kelib chiqqan holda sonlarni raqam ko’rinishida ifodalanishida va arifmetik amallarni bajarilishida murakkablilik darajasini belgilab beradi.
Ikkilik sanoq sistemasi, raqamli qurilmalar tuzilmasining asosi hisoblanadi. Eslatib o’tamizki, eng keng tarqalgan o’nlik sanoq tizimining asosi 10 raqami hisoblanib, bu yerda o’nta raqam qo’llaniladi – 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9, qo’shni razryadlardagi birliklar salmog’i 10 karra farq qiladi. Bu tizimda har qanday son, 10 sonining darajasi bo’yicha berilgan sonning taqsimlanish koeffitsiyentini ketma-ketligi ko’rinishida ifodalaniladi. Misol uchun, 3810 soni berilgan bo’lsa, uning qiymati (indeksdagi 10 raqami sonni o’nlik sanoq sistemasida ifodalanganligini bildiradi) 3810=3x101+8x100 ga teng bo’ladi. Bu yerda sistemaning asosi bo’lgan 10 soni birinchi (kichik) razryadda nolinchi darajaga ko’tariladi, birinch darajaga esa ikkinchi razryadda oshiriladi, qatorning koeffitsiyentlari bo’lib 3 va 8 raqamlari hisoblanadi va bu raqamlarning ketma-ket yozilishi ko’rib chiqilayotgan sonni ifodalab beradi.
Ikkilik sanoq tizimining asosi bo’lib 2 soni hisoblanadi va bu yerda ikkita 0 va 1 raqamlari ishtrok etadi, qo’shni razryadlardagi birliklar salmog’i 2 barobarga farq qiladi. Bu yerda son 2 sonining darajasi bo’yicha berilgan sonning taqsimlanish koeffitsiyentini ketma-ketligi ko’rinishida ifodalaniladi. Shunday qilib, 3810 sonining qiymati 3810=1*25+0*24+0*23+1*22+1*21+0*20=1001102 ga teng bo’ladi. Bu yerda 2 indeksi, berilgan belgilar yigindisi ikkilik sanoq tizimiga taalluqli son ekanligini ko’rsatadi yoki sonning ikkilik kodi hisoblanadi.
Ko’rib chiqilgan qo’shni razryadlardagi birliklar salmog’i 2 barobarga farq qiladigan ikkilik kodlari, natural ikkilik kodi deb nomlanadi.
Ikkilik sanoq tizimining afzalligi bo’lib, faqatgina ikki raqamdan foydalanilishi hisoblanadi. Uskunalarda ikkilik sanoq tizimidagi sonlar (ikkilangan sonlar ustida) ustida amallar bajarish mobaynida, ikki qiymat qo’llashning o’zi yetarli bo’ladi, misol uchun, kuchlanishni qo’llash. Biroq ikkilik sanoq tizimida son, o’nlik sanoq tizimiga nisbatan, katta miqdordagi razryadlar bilan namoyon etiladi va bu uning kamchiligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |