Immunogenetika Vikipediya, ochiq ensiklopediya



Download 101,5 Kb.
bet1/16
Sana01.07.2022
Hajmi101,5 Kb.
#723721
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2 bob Immunogenetika


Immunogenetika
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtishQidirish qismiga oʻtish
Immunogenetika (immunitet va genetika) — immunitetning genetik mexanizmini oʻrganadigan biologik fan. I. immunitet va immun reaksiyalar boshqarilishi asosini tashkil etadigan irsiylanish va oʻzgaruvchanlik qonuniyatlarini oʻrganadi hamda immunologik metodlar yordamida immunitetning genetik mexanizmlarini ochib beradi. I. 20-asr boshlarida odam va hayvonlar qon guruxlarining oʻrganilishi hamda organizmning toksinlar yoki infeksiyalarga taʼsirchanligi ularning irsiy xususiyatlariga bogʻlikligi aniqlanishi bilan fan sifatida shakllana boshladi. I. immunologiya, genetika, molekulyar biologiya, biokimyo bilan bogʻlangan. U antigenlarni sintezlovchi va immun reaksiyalarni boshqa-ruvchi genlar kodining (qarang Genetik kod) kashf etilishi tufayli rivojlanadi. Organlarning koʻchirib oʻtkazilishi va qon quyishda toʻqimalarning mos kelmasligi hayvonlar hujayrasi sirtida joylashgan toʻqimalar muvo-fiqligi gen faoliyati tufayli sin-tezlangan mahsulot bilan bogʻliq. Shu sababdan immunologik jihatdan bir-biridan kam farq qiladigan donor va retsipiyentlarni tanlab olish transplantatsiya ishlarining muvaffaqiyati garovi hisoblanadi. Toʻqimalar muvo-fiqligi genlarning oʻrganilishi na-tijasida odam organizmining koʻpchilik kasalliklarga (sklerozning ayrim shakllari, revmatoid artrit, bolalar diabeti, gijja) taʼsirchanligi ana shu genlarning muayyan allellariga bogʻliqligi aniqlangan. Hujayra tashqi membranasi antigenlariga viruslar (shu jumladan onkoviruslar) birikib olishi tufayli bu antigenlar organiz-mni virus infeksiyasiga taʼsirchan qilib qoʻyadi. Toʻqima muvofikligi an-tigenlari sintezini kodlashtiruvchi genlardan tashqari immun reaksiyalarni boshqaruvchi dominant Ir. genlar (qarang Dominantlik) ham boʻladi. I. "begona"ni immun bilib olish mexanizmini ham oʻrganadi. "Begona"ni bilib olish strukturalariga Vlimfotsitlar va ularning analogi Tlimfotsitlar sirtida joylashgan immunoglobulin re-septorlar kiradi. Immunoglobulin polipeptid zanjirining sintezi ikki-ta (V va S) gen orkali kodlanadi; V — antiteloning spetsifikligini, S — uning qaysi guruh (sinf, kenja sinf, tip)ga mansubligini belgilaydi. Immun javobning shakllanishida immunkompetentli hujayralarning oʻzaro taʼsiri omillarini hamda immun si-stemasining irsiy zararlanishini oʻrganish ham I. vazifasiga kiradi. I. sohasidagi ishlar transplantologiya, transfiziologiya, klinik I., naslchilik ishlarida katta ahamiyatga ega.


Download 101,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish