Imlo tamoyillari taraqqiyoti



Download 345 Kb.
bet28/33
Sana22.07.2022
Hajmi345 Kb.
#840002
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
IMLO TAMOYILLARI TARAQQIYOTI

Paxta, meva, qand, asal, chabgul, ipak, doping sara;
Toshko‘mir, oltin, kumush, neft – rang-barang koning sara;
Aslaha, jabduq, qilich, tulpor va qalqoning sara;
Jangda ham mehnatda olgan shavkating, shoning sara,
Kuch fazilatlarga to‘lgan bebaho konim mening. (U.)
4. Raqam yoki harflar bilan ifodalaigan (ba’zan tire vositasida ko‘rsatilgan) numerativlardagi gaplar oxiriga nuqtali vergul qo‘yiladi. Bunday gaplardagi fikr to‘la tugallanmagan bo‘ladi. Hozirgi asosiy vazifa quyidagilar: a) ariq-zovurlarni qazish va tozalash; b) erlarni tekislash v) traktorlar remontini tugallash; g) bahorgi ekish ishlarini uyushqoqlik bilan boshlab yuborish.
5. Ikki (ba’zan bir necha) bosh gapdan va birdan ortiq erg‘ash gapdan tashkil topgan murakkab qo‘shma gaplar orasiga nuqtali vergul qo‘yiladi. Bunda biri ikkinchisini aniqlovchi qismlar vergul yoki tire vositasida ajratilgan buladi.
Er ko‘karmas, el yasharmas,
Bo‘lmasa ko‘k tomchisi;
Qaydan olsin she’rni shoir,
Bo‘lmasa ilhomchisi. (A. To‘qay)
Bunda dastlabki uch gap birgalikda bir sintaktik butunlikni hosil qilgan; keyingi ikki gap esa ikkinchi sintaktik butunlikni tashkil etgan. Nuqtali vergul shu butunliklarning semantik-grammatik aloqadorligini ko‘rsatayotir.
Shuningdek, murakkab qo‘shma gap tarkibidagi gaplar narsa-hodisa yoki voqealarini ta’kidlash, sanab ko‘rsatish xarakteriga ega bo‘lsa, ular o‘zaro nuqtali vergul vositasida ajraladi: Chuqur pastlikdan Kuban daryosi yaltirab ko‘rinardi; qirg‘oq bo‘yida goh bog‘ etaklari, goh stansiya uylari qorayib ko‘rinar edi; ba’zi uylarning mo‘rilaridan hali tutun chiqib turar, ba’zilarining derazalarida chiroq miltillab turgan bo‘lardi.
Ko‘p nuqta o‘zbek yozuvida XIX aerniig II yarmidan boshlab qo‘llangan. Dastlab u ruschadan qilingan tarjima matnlarida, keyinchalik gazeta sahifalarida qo‘llana boshlaydi. Ko‘p nuqta «Turkiston viloyatining gazeti»da 1876 yildan boshlab ishlatilgan.
Ko‘p nuqtaning vazifasi murakkabdir. U, odatda, turli his-hayajonni ifodalovchi, ma’no jihatdan tugallanmagan gaplar oxiriga qo‘yiladi. Bunday gaplar barcha nutq uslublariga xos yozma matnlarda uchraydi. Ko‘p nuqta qo‘llangan o‘rinlarda uzun (katta) pauza bo‘ladi.
Ko‘p nuqta, o‘z tarkibiga ko‘ra, uch elementli tinish, belgisi hisoblanadi; ko‘p nuqta deyilganda qatorasiga qo‘yilgan uchta nuqta tushuniladi. Ko‘p nuqtaning qo‘llanish o‘rni (joyi) ham murakkabdir: u gap oxirida, o‘rtasida va boshida, hatto so‘z o‘rtasida ham qo‘llanaveradi.
Yozuvchi o‘zining har qanday maqsad va istaklarini, turli emotsional holatlarii ko‘p nuqta vositasida beradi. Bu jihatdan ko‘p nuqtaning yozma nutq uchun ahamiyati kattadir.
Ko‘p nuqta hozirgi o‘zbek tilida quyidagi holatlarda ishlatiladi:
1. Mazmunan tugallanmagan gaplar oxirida. Bunda ko‘p nuqta mazkur matnda uzilish borligini ko‘rsatadi. Ko‘p nuqta qo‘yilgan bunday gaplardan so‘ng uzun («birinchi darajali» – N. A. Baskakov) pauza bo‘ladi: Sobirjon bir qabih odamning yuziga tupurganday tupurdi-da, do‘konning o‘qpoyasini tepib sindirdi... (A. Muxtor)
2. Voqealarning tez o‘zgarishi, personajning turli his-hayajoni va holatini ko‘rsatuvchi gaplar oxirida. Bunday gaplar semantik va struktura jihatdan xilma-xil bo‘ladi. Yozuvchilar ko‘p nuqtaning bu xususiyatidan badiiy tasvirlashda – tabiat manzarasini lirik bo‘yoqlar bilan berishda ham foydalanadilar: Ko‘prik kichik... Lekin tetik... Og‘irlikni sezmaydi. (H. O.) Ko‘m-ko‘k... Ko‘m-ko‘k... Ko‘m-ko‘k... Mehnat sharaf va shon bo‘lgan vodiylar ko‘m-ko‘k... (H. O.)
3. Matn (jumla) qisqartirilsa. Jumladagi qisqarish gap boshida, o‘rtasida va oxirida bo‘lishi mumkin. Bunday holda ko‘p nuqtadan keyingi so‘z (atoqli ot bo‘lmasa) har doim kichik harf bilan boshlanadi. Bu xolat sitatalarda, ko‘chirma nutqlarda ko‘proq uchraydi.
4. Ba’zan so‘zlar orasiga qo‘yiladi. Bunda so‘z haya-jon bilan, bo‘lib-bo‘lib aytiladi yoki shu so‘zni aytishda boshqa maqsadlar nazarda tutilgan bo‘ladi. SHuningdek, kuchli hayajonni, emopionallikni bildiruvchi undov so‘zlardan so‘ng ham ko‘p nuqta ishlatiladi: E..., S...So... Sonyami? Eri-chi? (S. Babaevskiy)
5. Yozuvchi aytmoqchi bo‘lgan, ammo yozma nutqda berilishi mumkin bo‘lmagan turli ma’nodagi so‘zlar o‘rniga. Shuningdek, dialoglarda suhbatdoshning so‘zi jazobsiz qolsa ham ko‘p nuqta qo‘yiladi: Tavba!.. Bu la’nati, asti, nima qiladix Qani endi... bo‘g‘a boshlasam! (U.)
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ba’zi yozma matnlarda qatorasiga qo‘yilgan bir qancha (bir qator yoki ikki qator) ko‘p nuqtalar uchraydi. Bular tinish belgisi vazifasidagi ko‘p nuqta hisoblanmaydi. Shuningdek, matbuotda (ko‘proq gazetalarda) sarlavhadan so‘ng ko‘p nuqta qo‘yish hollari odat tusiga kirib bormoqda.
Ba’zan ona tili darsliklarida berilgan mashqlarda ma’lum harf (tovush)larni o‘rgatish maqsadida so‘z ichida tushirib qoldirilgan harf yoki harflar o‘rniga ko‘p nuqta qo‘yiladi.



Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish