Imkoniyati cheklangan maxsus maktab internatida ijtimoiy pedagogik faoliyat



Download 139,5 Kb.
bet6/10
Sana31.12.2021
Hajmi139,5 Kb.
#246864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abdurazzoqova U 202.1

2.Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktab-internatlar). Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quv-ta’lim jarayonini tashkil etish.

Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktab-internatlar).

NIZOM

Umumiy qoidalar

Ushbu Nizom “Ta’lim to‘g‘risida”, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq alohida sharoitlarda davolanish va sog‘lomlashtirishga, ta’lim va tarbiya olishga muhtoj bolalar huquqlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan hamda sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek o‘z ustaviga amal qiladi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish muassasalari hisoblanadi va davolanish, sog‘lomlashtirishga muhtoj bolalarga ularning bilim olish imkoniyatlariga muvofiq ravishda umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lish va tarbiya olishida yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladi.

Quyidagilar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

shaxsning aqliy, hissiy va jismoniy rivojlanishiga yordam beradigan shart-sharoitlar yaratish;

barkamol, jismonan va ma’naviy sog‘lom shaxsni voyaga yetkazish, o‘quvchilarda madaniy-estetik qadriyatlarni, fuqarolik va vatanparvarlik hislarini shakllantirish;

davlat ta’lim standartlari asosida sifatli ta’lim olish, shu jumladan kasbga yo‘naltirish, bolalarning individual qobiliyatlarini rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli bolalarni taqdirlash va qo‘llab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

bolalarning psixofiziologik yosh xususiyati, moyilligi, qobiliyati, qiziqishi, hayoti va sog‘lig‘i muhofazasi talablariga muvofiq ravishda reabilitatsiya hamda davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazishni ta’minlash.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z ustaviga, g‘aznachilik bo‘limlarida shaxsiy hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtamplarga, blankalarga ega bo‘ladi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari akkreditatsiyasi attestatsiya asosida, vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.

II. Ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarini tashkil etish tartibi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi muassislar tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari muassislari bo‘lishi mumkin.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan salomatligida nuqsonlari bo‘lgan, davolanish, sog‘lomlashtirish va maxsus sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishga muhtoj bolalar kontingentini birgalikda o‘rganib chiqish yakunlari bo‘yicha tashkil etiladi.

Davolanish, sog‘lomlashtirish va maxsus sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishga muhtoj bolalar kontingenti mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ekologik qulay sharoitlar mavjud joylarda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tashkil etish to‘g‘risida asoslangan taklif bilan murojaat qiladi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tashkil etish to‘g‘risidagi taklif ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etish taklif etilayotgan hududda keyingi 5 yilda 3 yoshdan 16 yoshgacha bolalar o‘rtasida tegishli kasalliklarning ko‘payganligini ko‘rsatadigan sog‘liqni saqlash organlarining rasmiy statistika ma’lumotlari bilan asoslangan bo‘lishi kerak.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, tegishli viloyat va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasiga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifni bir oy muddat ichida o‘rganib va ekologik qulay hududda mavjud obyektlardan namunaviy bino yoxud ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etishga qo‘yiladigan normativ talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan maxsus loyiha bo‘yicha yangi bino qurish uchun yer uchastkasi tanlash to‘g‘risida topshiriq beradi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tashkil etish to‘g‘risidagi qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalarining ijobiy xulosalari mavjud bo‘lgan taqdirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir hafta muddatda qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, ularning ixtisoslashuviga muvofiq, quyidagi turlarga bo‘linadi:

skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlar;

sil va nafas olish organlarining surunkali kasalliklari xavfi bo‘lgan guruh bolalari uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlar.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning eng ko‘p soni 250 nafardan oshmasligi kerak.

III. O‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga ularning turiga muvofiq holda:

I—IV daraja skolioz bilan kasallangan;

sil va nafas olish organlarining surunkali kasalliklariga chalingan, alohida shart-sharoitlarda davolash va sog‘lomlashtirishga muhtoj bo‘lgan maktab yoshidagi bolalar qabul qilinadi.

Bolalarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yuborish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya (keyingi o‘rinlarda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya deb ataladi) xulosasiga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga bolalar 7 yoshdan boshlab qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yo‘llangan har bir bolaga ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (chin yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun — vasiylik va homiylik organlari) tomonidan shaxsiy hujjatlar yig‘majildi rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.

Bolaning shaxsiy hujjatlar yig‘majildida quyidagi hujjatlar bo‘ladi:

1) ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasi;

2) psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosalarining ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yo‘llangan bola bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy va davolash-tuzatish bo‘yicha tavsiyalari aks etgan bayoni;

3) tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;

4) ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlar;

5) o‘qish joyidan ta’limning muddati, o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi va xulq-atvori, bolaga yakka tartibda ko‘mak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan ma’lumotnoma va tavsifnoma;

6) bolaning yashash joyidagi shifoxona bosh vrachi tomonidan imzolangan, uning rivojlanishi tarixidan mufassal ko‘chirma:

pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati to‘g‘risidagi xulosasi;

psixonevrologning tibbiy tashxis bilan asoslangan va bolaning aqliy rivojlanishiga tavsifi bilan xulosasi;

otorinolaringologning quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulatsiyasida ishtirok etuvchi organlarning holatiga tavsifi bilan xulosasi;

oftalmologning ko‘rish organiga tavsifi bilan xulosasi;

ortoped vrachning xulosasi (tayanch-harakatlanish apparatida nuqsoni bo‘lgan, skoliozga chalingan bolalar uchun);

vrach-ftiziatrning xulosasi (tuberkulez va nafas olish organlarining surunkali kasallanishi xavfi ostidagi bolalar guruhlari uchun);

Ta’lim muassasalarida o‘qimagan bolalar uchun mazkur Nizomning 17-bandi 4 va 5-kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilmaydi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yo‘llangan chin yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun shaxsiy hujjatlar yig‘majildida 17-bandda ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari yana quyidagi hujjatlar ham bo‘lishi kerak:

tuman (shahar) hokimining bolaga vasiy tayinlash yoki uni ta’lim muassasasiga joylashtirish haqidagi qarori nusxasi;

ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlar (ota-onalarning pasportlari nusxalari yoki ularning vafoti haqidagi guvohnoma, sudning hukmi yoki qarori nusxasi, ota-onasining surunkali kasalligi hamda ota-onasining yo‘qligi yoki ularning o‘z farzandlarini tarbiyalay olmasligi haqidagi boshqa hujjatlar);

(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)


bolaning ota-onasidan qolgan mulki (agar bo‘lsa), uning qayerdaligi, uni saqlash uchun amalga oshirilgan choralar va bunga mas’ul shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan mulk ro‘yxati;

turar joyni bolaning nomiga o‘tkazish hujjatlari (order, uy daftarchasi, turar joy rejasi, tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limidan turar joy egasi va xususiylashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma nusxalari);

pensiya olayotgan bolaning pensiya daftarchasi, sudning bola foydasiga aliment undirish haqidagi qarori yoki buyrug‘i nusxasi (yoki aliment to‘lash haqidagi kelishuvning notarial tasdiqlangan nusxasi), jamg‘arma daftarchasi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga murakkab nuqsonli bolalar (rivojlanishida 2 ta va undan ko‘p yetishmovchilik bo‘lgan bolalar) qabul qilinmaydi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga quyidagilar qabul qilinmaydi:

a) aqli zaif bolalar;

b) xulq-atvorida og‘ir buzilishlar, hissiy-irodaviy sohasida (organik) nuqsonlari bo‘lgan bolalar;

v) yurak-qon tomiri kasalliklari bor bolalar;

g) tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan, mustaqil ravishda harakatlana olmaydigan va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsata olmaydigan bolalar;

d) ko‘r-kar-soqov bolalar;

e) tez-tez takrorlanadigan epileptik tutqanoqdan aziyat chekadigan (epileptik demensiya, kunduzgi va tungi vaqtlarda tutqanog‘i tez-tez takrorlanadigan) bolalar;

j) markaziy asab tizimiga shikast yetganligi tufayli siydik va najasini ushlab turolmaydigan bolalar.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori o‘quvchilarning qabul qilinishi uchun belgilangan tartibda shaxsan javob beradi.


Download 139,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish