III.BOB.BUXGALTERIYA HISOBINING OBYEKTI VA SUB’YEKTI 3.1. Buxgalteriya hisobining obyekti va sub’yekti
Korxonalar, muassasalar, uyushmalar, konsernlar faoliyatidan mulk-chilik shakhdan kelib chiqib ularni xo'jalik mulklari turli miqdorda va tarkibda bo‘ladi. Korxonalar faoliyati ularni xo‘jalikning qaysi sohasiga taalluqligidan kelib chiqib quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- qishloq xo‘jalik korxonalari Gamoa xo‘jaliklari, fermer xo‘jaliklari
va hokazo);
- sanoat ishlab chiqarish korxonalari (yengil sanoat, og‘ir sanoat);
- maorif sohasi muassasalari (bog‘cha, maktab, litsey, gimnaziya,
kollej, institut, universitet va hokazo);
savdo korxonalari (vositachi korxonalar, chakana savdo korxonalari, umumiy ovqatlanish korxonalari, tayyorlov korxonalari);
sog‘liqni saqlash muassasalari;
- madaniy-maishiy muassasalari va hokazo.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, xo‘jalikning asosiy bo‘g‘ini
hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilot, uyushma, konsernlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasiga taalluqliligi bilan ham guruhga ajratUadi. Masalan, qishloq xo‘jaUk korxonalarida qishloq xo‘jalik mahsu-lotlari yetishtiriladi va bevosita iste’molchiga yoki qayta ishlash uchun sanoat korxonalariga beriladi.
Sanoat korxonalarida esa oziq-ovqat mahsulotlari, yengil sanoat buyumlari (kiyim-kechak, gazlama, attarlik buyumlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqalar), og‘ir sanoat mahsulotlari (asbob-uskuna, avto-mobil, jihozlar va boshqalar) ishlab chiqiladi va iste’molchiga yetkazadi.
Savdo korxonalarida mahsulotlar bevosita iste’molchiga yetkaziladi, ya’ni ushbu korxonalar ishlab chiqaruvchilar bilan xaridorlar o‘rtasida vositachi bo‘lib hisoblanadi. Savdo korxonalaridan biri bo‘lgan umumiy ovqatlanish korxonasida esa bevosita oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish yo‘lga qo‘yilgan.
Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat buyumlari mehnat vositalari orqali ishchi kuchi yordamida qayta ishlanib, tayyor mahsulot ko‘rinishini oladi va shu ishlab chiqarish korxonalaridagi buxgalteriya hisobi ishlab chiqarish fondlari harakati ustidan to‘liq nazoratni o'rnatib, hisob ishlarini olib boradi.
Noishlab chiqarish sohasiga qarashli madaniy, ilmiy, maorifiy, sog‘liqni saqlash, mudofaa-nafaqa organlari, turli byudjet tashkilotlarida ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlangan ijtimoiy mahsulotlar taqsim-lanib, iste’mol qilinadi. Ushbu muassasalarning faoliyati yuritilishi uchun budjetdan mablag1 ajratiladi va shu muassasalar buxgalteriya hisobi ajratilgan mablag‘lar harakatini uzluksiz nazorat qilish maqsadida hisob yuritadi.
Demak, buxgalteriya hisobi korxonalar xo‘jalik mulki va ularning harakatini, ulardan oqilona foydalanishning tegishli usullarini qo'hagan holda aks ettirib borishdir.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida olib bori-layotgan islohotlarga ko‘ra turli mulkchilik shakllari rivojlanmoqda. «Korxonalar to‘g‘risida», «Tadbirkorlik to‘g‘risida» va boshqa hukumat qonunlariga ko‘ra, islohotlar rivoji uchun xizmat qiladigan huquqiy negizlar ishlab chiqilib, hayot^a tatbiq etilmoqda.
Iqtisodiyotning yuksalishi omillaridan biri mulkchilik shakli turliliga erishib, davlat mulkchiligining yagona hukmronligiga chek qo‘yishdir. Hozirgi davrga kelib xo‘jalik korxonalari, muassasalari, konsern va birlashmalari nafaqat davlat mulkiga, balki xususiy, jamoa, aksionerlar mulkiga hamda qo‘shma korxonalar mulkiga ham asoslanmoqda. Buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatini o‘rganib, hisobini yuritar ekan.
Xo‘jalik mablag‘larini yaxshi o‘rganish va buxgalteriya hisobining yuritishni osonlashtirish maqsadida ular turkumlanadi. Xo'jalik mab-lag'lari turkumlanayotganda ularning quyidagi xususiyatlarini e’tiborga olish zarur:
xo'jalik mablag'iaridan foydalanish xarakteriga ko‘ra;
xo‘jalik mablag‘larini korxona faoliyatida qatnashish xarakteriga ko‘ra.
Xo‘jalik mablag‘lari birinchi xususiyatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.Ishlabchiqarishdagi:
mehnat vositalari;
mehnat buyumlari.
Muomaladagi.
Oborotdan chetlatilgan mablag'lar.
Xo‘jalik mablag'larini korxona xo’jalik faoliyatida qatnashishi xarakteriga ko‘ra quyidagicha turkumlashi mumkin: 1.Asosiy mablag'lar:
ishlab chiqarishdagi;
noishlab chiqarishdagi.
2. Aylanma mablag'lar:
a) me’yorianadigan;
b) me’yorlanmaydigan.
3. Oborotdan chetlatilgan mablag‘lar.
Mehnat vositalaridan bir necha yillar davomida foydalaniladi va ular ishlab chiqarishda qatnashib o‘z ko'rinishlarini saqlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |