Ilmu fan shunday bir sohaki, qarib qolish


Buxgalteriya hisobining usullari quyidagilardan iborat



Download 78,25 Kb.
bet7/11
Sana12.07.2022
Hajmi78,25 Kb.
#779775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2. tayyor

Buxgalteriya hisobining usullari quyidagilardan iborat:
* baholash va kalkulatsiya;
* hujjatlashtirish hamda inventarizatsiya;
* schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv;
* balans va hisobot;
* schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv usullari yoxud buxgalteriya hisobining o‘ziga xos usullari.
Buxgalteriya ishlarida amalga oshirilgan muomalalar uchun javobgarlik imzo bilan tasdig‘ini topadi. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘ri-sida» gi qonunning 8-moddasiga binoan, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari xo‘jalik muomalalarini amalga oshirish ruxsatnomasiga va subyekt nomidan hujjatlarni imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxatining mavjudligi uchun javobgar bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobi har bir korxona, tashkilot, muassasa, uyush-malarda yuritilib, ularning xo‘jalik faoliyatini to'hq yoritib beradi. Xo'­jalik faohyatini amalga oshirish uchun esa albatta xo‘jalik mablag'lariga, ularni tashkil topish manbasiga ega bo‘lishlari zarur bo'ladi hamda albatta turli xo‘jalik jarayonlari orqali bu maqsadga erishadilar. Shunday qdib, umumiy ta’rifni quyidagicha berish mumkin:
Buxgalteriya hisobining predmeti - xo‘jalik yurituvchi subyekt-larning xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarini, ularni xo‘jalik jarayonlari natijasida o'zgarib borishlarini yoppasiga, uzluksiz, qonun-qoidalarga asosan hujjatlarda to‘liq, aniq, to‘g‘ri o'z vaqtida aks ettirib borishdir. Buxgalteriya hisobi bir korxona ma’Iumotlari bilan chegaralanmaydi, sabab, ularning hisobotlari tegishli tashkilotlarga belgilangan muddatlarda yig‘ilib, jamlanib, butun xo‘jalik bo‘yicha ma’lumotlar olinadi, natijada ular faoliyati ustidan nazorat va boshqaruv olib boriladi.


II.BOB. KORXONA RAHBARI VA BOSH BUXGALTERINING HUQUQ VA MA‘SULIYATLARI.
2.1. Korxona buxgalteriyasining tashkil qilinishi, ularning vazifa va funksiyalari
Korxonalar – jamiyat ehtiyojini qondirish va foyda (daromad) olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlar bajarish uchun belgilangan qonun asosida tashkil qilingan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lib hisoblanadi. «O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida»gi qonunda korxonalarning tashkiliy huquqiy shakllari belgilab berilgan. Ularning asosiylari davlat, fermer, xususiy, oilaviy, mahalla, to‘liq shirkat, yopiq turdagi hissadorlik jamiyati, ochiq turdagi hissadorlik jamiyati, ijara, fermer (dehqon) xo‘jaliklari va boshqalar hisoblanadi. Korxonalarda buxgalteriya hisobining vazifalari - korxona ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyati vazifalaridan kelib chiqqan holda quyidagilar-dan tashkil topadi:
1. Belgilangan reja topshiriqlari bajarilishini o‘z vaqtida aks ettirish
va nazorat qilish.
2. Moddiy mehnat va moliya resurslaridan samarali va to‘g‘ri
foydalanish.

  1. Ichki ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash va ishga solish.

  2. Korxona rahbari va ma’muriyatini hamda yuqori tashkilotlarni zarur hisobot ma’lumotlari bilan o‘z vaqtida ta’minlash.

  3. Korxona mulkchiligining xavfsizligini ta’minlash.

  4. Iqtisodiy tartibning amalga oshirilishi ustidan nazorat olib borish. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari amalga oshiradi.

Rahbar quyidagi huquqlarga ega:

Rahbar quydagilarni ta’minlashi shart:

  1. Ichki hisob va hisobot tizimining ishlab chiqarilishini.

  2. Xo‘jalik muomalalarini nazorat qilish tartibini.

  3. Buxgalteriya hisobi to‘liq va aniq yuritilishini.

  4. Hisob-kitob hujjatlarining saqlanishini.

  5. Tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlashni.

  6. Soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlar tayyorlanishini.

  7. Hisob-kitoblar o‘z vaqtda amalga oshirilishini.

Bosh buxgalter korxona, muassasa amalga oshiradigan barcha xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilishni va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirishini, tezkor axborot taqdim etilishini, belgilangan muddatlarda buxgalteriya hisoboti tuzishni, ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash va safarbar qilish maqsadida buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari bo‘yicha korxonaning moliyaviy xo‘jalik faoliyati uchun iqtisodiy tahlilni amalga oshirishni ta’minlaydi.
Korxona bosh buxgalteri rahbar bilan birgalikda tovar-moddiy boyliklar va pul mablag‘larini qabul qilish hamda berish uchun asos bo‘ladigan hujjatlarga, shuningdek, hisob-kitob, kredit va moliyaviy majburiyatlar hamda xo‘jalik shartnomalariga imzo chekadi. Ushbu hujjatlarda bosh buxgalterning imzosi bo‘lmasa, u huqiqiy deb topilmaydi. Hujjatlarga imzo chekish huquqi korxona, muassasa rahbari-ning yozma ravishdagi farmoyishi bilan vakolatli shaxslarga berilishi mumkin. Korxonada moddiy javobgar shaxslarni (kassir, ombor mudiri va boshqalarni) ishga tayinlash, vazifasini o‘zgartirish va ishdan bo‘shatish bosh buxgalter bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Agar korxona bosh buxgalteri o‘zgartirilsa, uning ishlari yangi tayinlangan bosh buxgalter zimmasiga yuklatiladi. Ushbu jarayonda buxgalteriya hisobining holati va hisobot ma’lumotlarining aniqligi tekshirilib, korxona rahbari tasdiqlaydigan tegishli dalolatnoma tuziladi.
Korxonanng chorak va yillik moliyaviy hisobotlariga rahbar va bosh buxgalter imzo chekadi. Agarda korxonaning buxgalteriya hisobi ishlari shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki mutaxassis tomonidan yuritilsa, moliyaviy hisobotga korxona rahbari va buxgalteriya hisobini yuritadigan mutaxassis imzo chekadi.
Birlamchi hujjatlar, hisob registrlari, buxgalteriya hisoboti belgilangan tartibga muvofiq majburiy tarzda saqlanishi lozim. Ular bilan ishlash davrida saqlashni ta’minlash va ularni arxivga o‘z vaqtida topshirish uchun bosh buxgalter mas’uldir. Buxgalteriya bo‘limi hujjat-larni ishlab chiqishi, buxgalteriya registrlarida hisob yozuvlarini oqilona olib borishi va ular asosida boshqaruv va moilyaviy hisobotlarni hamda soliq hisob-kitoblarini tuzishni ta’minlashi lozim.
Hujjatlar bilan ishlash davrida saqlashni ta’minlash va ularni arxivga o‘z vaqtida topshirishga bosh buxgalter mas’uldir. Buxgalteriya xodimlari korxonalarning ishlab chiqarish va xo jalik faoliyatini tezkor boshqarishda muhim vazifani bajaradi. Hisob ma’lumotlari asosida korxonaning rahbar xodimlari reja topshiriqlarining hamma ko‘rsatkichlari bo‘yicha qanday bajarilayotgani haqida xulosalar chiqaradi va tegishli tadbir choralarini ko‘radi. Buxgalteriya korxona-lardagi boshqarish apparatining ajralmas qismi bo‘lib, bu korxonaning hamma ishlab chiqarish qismlari va bo‘limlari bilan mustahkam aloqada bo‘ladi. Buxgalteriya xodimlari ish joylarini tashkil etish hisob jarayonining oqilona asoslangan texnologiyasidan ajralmasdir. Shu bois ish joylarini belgilashdan oldin hisob jarayonining mazmuni chuqur tahlil qilinishi kerak. Ko‘p hollarda bir xildagi hujjatlar bilan ishlaydigan buxgalterlarning ish stollari nafaqat xonaning qarama-qarshi burchagida, balki turli xonalarda bo‘lishi kerak. Korxona bosh buxgalteri, uning o‘rinbosari, shuningdek, boshqa buxgalterlar alohida xonalarga joylashishi kerak. Hisob ishlarini zamonaviy tashkil etish uchun buxgalteriya bo‘limini texnik vositalar (kompyuter, printer, faks, modem, telefon va boshqalar) bilan to‘liq
jihozlash lozim. Bu buxgalteriya hisobi ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Buxgalteriya apparati odatda quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi.


  1. Download 78,25 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish