Ilmu fan shunday bir sohaki, qarib qolish



Download 78,25 Kb.
bet8/11
Sana12.07.2022
Hajmi78,25 Kb.
#779775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2. tayyor

Material bo‘limi. Bu yerda sotib olingan material qiymatliklari, material yuboruvchilar bilan hisob-kitoblar, materiallarni saqlash va foydalanishi bo‘yicha kirimi hamda sarflanishi hisobi yuritiladi.

  • Hisoblashish bo‘limi. Dastlabki hujjatlarga asosan ish haqini hisoblash va undan ushlanmalar bo‘yicha barcha hisoblashishlar olib boriladi.

  • Ishlab chiqarish-kalkulyatsiya bo‘limi. Bu bo‘limda barcha turdagi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi yuritiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlanadi hamda hisobot tuziladi, tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar tarkibi aniqlanadi.

  • Umumiy bo‘lim. Bu bo‘limda yuqorida sanab o‘tilgan bo‘lim-larda hisobga olinmaydigan muomalalar hisobi yuritiladi, bosh daftar yuritiladi va buxgalteriya hisoboti tuziladi.

    Korxonalardagi buxgalteriya apparatining ish sharoitlari har xilliligiga muvofiq ravishda ularning tuzilmasi ham har xil bo‘ladi.
    Korxona buxgalteriyasi mustaqil bo‘lim hisoblanib, uning bir nechta hisob ishlari bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalari bor. Ayrim katta korxonalarda taftish-metodologik guruh ham tashkil qilinadi. Bular buxgalteriya apparati xodimlariga ko‘rsatmalar berish, yozma yo‘riq-nomalar tayyorlash, muayyan korxonaga qarashli hamma tarmoqlarni taftish qilish va buxgalterlarning malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi.


    2.2.Hisob yuritish siyosati.
    Hisob yuritish siyosati deganda, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tamoyil va asoslariga mos ravishda yuritish hamda tuzish uchun qo‘llaniladigan usullar majmui tushuniladi.
    Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati subyekt rahbari tomonidan «Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-son BHMS asosida taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning yilma-yil qiyoslanishi uchun tuziladi.
    Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati, foydala-nuvchilar ehtiyoji uchun ahamiyatli, ishonchli, tushunarli va oddiy bo‘lishi shart. Aynan shunday faoliyat yurituvchi boshqa subyektlarning moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatini berishi kerak.
    Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilishning aniq yo‘nalishi bo‘yicha subyekttning hisob yuritish siyosati shakllan-tirilishida O‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi to‘g‘risi-dagi qonun hujjatlarini qo‘llash lozim.
    Korxonaning hisob yuritish siyosatini tanlash va asoslashga quyidagi omillar ta’sir etadi:

    • mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiy shakl;

    • faoliyat turi yoki tarmoq bo‘ysinuvi;

    • ishlab chiqarish ko‘lami hamda ishchi xodimlar soni;

    • soliq solish tizimi bilan munosabat (imtiyoz va sh.k.);

    • bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida harakat qilish erkinligining darajasi;

    • moliya-xo‘jalik faoliyatining rivojlanish strategiyasi;

    • boshqaruv faoliyatining texnik jihatdan qurollanganligi;

    • korxonani ma’lumotlar bilan ta’minlashning samarali tizimi mav-judligi;

    • buxgalteriya xodimlarining malaka darajasi, korxona rahbarlarining tashabbuskorligi;

    • moddiy manfaatdorlik va majburiyatlar bo‘yicha moddiy javob-garlik tizimi.

    Hisob siyosatini shakllantirishda buxgalteriya hisobini yuritish uchun tanlangan usullar ma’muriy hujjat e’lon qilingan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan boshlab qo‘llaniladi. Hisobot yili davomida yangi tuzilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bundan mustasno. Yangi tuzilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt birinchi hisobotini e’lon qilgunga qadar, o‘zi tanlagan hisob yuritish siyosatini rasmiylashtiradi va uni yuridik shaxs maqomini olgan vaqtdan boshlab, 90 kun ichida amalga oshiradi. Kalendar yili davomida hisob yuritish siyosati o‘zgartirilmaydi.
    Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati 1-son BHMAning 16—50-bandlarida va «Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslari»da keltirilgan asosiy tamoyillarga asosan aniqlanishi kerak.
    Buxgalteriya hisobi oldida 3 ta asosiy vazifa turadi:
    1. Korxona boshqaruvini mablag‘lar va uning tashkil topish manbalari
    to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash.
    Korxona buxgalteriya hisobida bu vazifa quyidagicha izohlanadi:

    • mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish rejasi bajarilishi, rejada belgilangan mahsulotlar nomenklaturasini, turini, sifatini kuzatish, nazo­rat qilish, reja bajarihshining o‘sish omillarini aniqlash;

    • mahsulotlar tannarxini kalkulatsiya qilish, tannarxni tobora ka-maytirish omillarini topish;

    • korxonalar rentabellik darajalari bajarilishini nazorat qilish;

    • biznes-moliya rejasi bajarilishini nazorat qilish.

    1. Korxona mulkini muhofoza qilish. Korxona qaysi mulkchilik shakhga asoslanganidan qat’iy nazar buxgalteriya hisobi shu korxona mulkiga nisbatan tejamli munosabatda bo'lishni, uni har xil nobud-garchiliklardan ehtiyot qilishni, ular harakatini uzluksiz nazorat qnib, ulardan oqilona foydalanishni ta’minlashi lozim.

    2. Korxonalarda xo'jalik hisobini joriy etib, uni mustahkamlash va iqtisodiy rejim (tejamkorlik)ni joriy etish hamda takomillashtirib borish.

    Korxonalar va muassasalarda yuritiladigan buxgalteriya hisobi «0‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunga asoslanib olib boriladi. Korxonalar buxgalteriya hisobi shu korxonalar faoliyatini uzluksiz, yoppasiga kuzatib, hujjatlashtirib, olingan ma’lu-motlarni baholash orqali schyotlar tizimida ikki yoqlama yozuv yorda-mida aks ettiradi hamda hisob ma’Iumotlari haqiqiyligini inventarizatsiya yordamida tekshirib, aniq va to‘g‘ri hisob ma’Iumotlari asosida buxgal­teriya balansi va hisobotlarini tuzadi.



    Download 78,25 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish