Ilmiy usullar


topshiriq Yozma manbalarning guvohlik berishicha, mil. avv. VII-VI



Download 51,38 Kb.
bet4/9
Sana24.06.2022
Hajmi51,38 Kb.
#699886
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Òzbekiston tarixi mustaqil ta\'lim

4topshiriq
Yozma manbalarning guvohlik berishicha, mil. avv. VII-VI asrlarda O‘zbekiston hamda qo‘shni hududlarda so‘g‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar hamda sak va massaget gabilalari yashaganlar. Zarafshon va Qashqadaryo vohasida dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab aholi istiqomat qilgan. Yunon yozma manbalarida bu hudud So‘g‘diyona deb nomlangan. Mazkur hududda yashaydigan aholi so‘g‘diylar deb atalgan. Amudaryoning quyi oqimida yashagan o‘troq dehqon elatlari xorazmliklar bo‘lgan. Ularning yurti yunon manbalarida Xorasmiya deyilgan. So‘g‘diylarning eng yaqin qo‘shnilari baqtriyaliklar bo‘lib, ular Surxon vohasi, Afg‘onistonning shimoliy, Tojikiston ning janubiy hududlarida joylashgan. Yunon-rim mualliflari u yerlarni Baqtriana yoki Baqtriya deb ataganlar. Cho‘llar va Amudaryo (daryoning qadimgi nomi Oks) bo‘ylarida ko‘chmanchi massaget qabilalari yashagan. O‘rta Osiyoning tog‘lik, dasht va cho‘l yerlarida asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan saklar istiqomat qilishgan. Qadimgi yunon-rim tarixchilarining yozishlaricha, saklar uch guruhga bo‘lingan. Ularning ko‘pchilik qismi saka-tigraxauda, ya’ni o‘tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar deb atalgan. Ular hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog‘iston yerlarida yashaganlarIkkinchi guruhi saka-tiay-taradarayya, ya’ni daryoning narigi tomonida yashovchi saklar deb atalgan. Ular Orol dengizi bo‘ylarida, Sirdaryoning (qadimgi nomi Yaksart) quyi oqimida yashaganlar. Pomirning tog‘li tumanlarida va Farg‘onada saka-xaumovarka deb ataluvchi ya’ni muqaddas ichimlikka sig‘inuvchi saklar yashagan. Bu davrlarda Xorazm, So‘g‘d va Baqtriya aholisining asosiy mashg‘uloti sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik bo‘lgan. Ko‘chmanchi sak va massaget qabilalarining asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lib, ular tuya, ot, qo‘y va echkilarni boqqanlar. Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida mil. avv. VII-VI asrlarda qadimgi shaharlar rivojlangan. Qadimshunoslar Afrosiyob (Samarqand), Yerqo‘r g‘on va Uzunqir (Qashqadaryo vohasi), Ko‘zaliqir (Xorazm), Qiziltepa (Surxondaryo vohasi) kabi qadimiy shaharlarni o‘rganishgan. Bu qadimgi shaharlarning yoshi 2700 yildan kam emas.
Mil. avv. VII asrda tashkil topgan Qadimiy Baqtriya davlati O‘rta Osiyo hududidagi qadimgi davlatlardan biri sanaladi. Marg‘iyona va So‘g‘d Baqtriyaning siyosiy va madaniy ta’sirida bo‘lgan. Yana bir qadimiy davlat Xorazm hududida tashkil topgan. Qadimgi Xorazm vohasi markazlaridan biri Ko‘zaliqir qal‘asi edi. Vohaning aholisi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan. Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik va savdo-sotiq yuksak darajada rivojlangan. Mahalliy kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik buyumlarining dovrug‘i o‘zga yurtlarga ham tarqalgan edi. Xorazmliklar mohir quruvchi va hunarmand bo‘lganlar.


Download 51,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish