Ilmiy uslub ham o'z ichida ikki guruhga bo'linadi: sof ilmiy uslub; ilmiy-ommabop uslub



Download 54 Kb.
bet1/3
Sana25.04.2022
Hajmi54 Kb.
#581571
  1   2   3
Bog'liq
Ilmiy uslub ham


Ilmiy uslub ham o'z ichida ikki guruhga bo'linadi: 1) sof ilmiy uslub; 2) ilmiy-ommabop uslub.
Sof ilmiy uslub muayyan fan sohasidagi kishilarga nisbatangina qo'llaniladi. Shuning uchun bu uslubda fanning ma'lum sohasiga doir atamalar keng qo'llaniladi.
Ilmiy-ommabop uslubda esa fan yutuqlarini keng ommaga yetkazish maqsad qilinadi. Shuning uchun bunday uslub publitsistik uslubga yaqinroq bo'ladi. Ma'lum fan sohasiga doir atamalar qo’llanilsa ham, lekin bu atamalar xalqqa tushunarli bo'lishi uchun izohlanadi.
Sof ilmiy uslubning o'zi ham fan tarmoqlari bo'yicha bir-biridan farqlanadi. Masalan, matematika uslubi bilan tarix yoki adabiyotshunoslik uslubi bir xil emas. Tarix va adabiyotshunoslik uslubi publitsistik uslubga yaqinroq tursa, matematika fanining bayon qilish uslubida eng yuqori darajadagi mavhumlashtirish, turli xil formulalar, shakliy ifodalar orqali ilmiy xulosalarni bayon qilish kuchli bo'ladi.

Savol va topshiriqlar
1. Rasmiy uslub nima?
2. Rasmiy uslubning qanday turlarini bilasiz?
3. Rasmiy uslubning o'ziga xos tomonlari haqida gapiring.
4. Ilmiy uslub deganda qanday uslubni tushunasiz?
5. Ilmiy uslubning o'ziga xos belgilari qanday?
6. Ilmiy uslubning qanday turlari bor?

210- mashq. Matnni o'qing, ilmiy uslubga xos bo'lgan o'rinlarga diqqat qilib ularni izohlang.
Bakteriyalarni o'ldiradigan va organizmni yuqumli kasalliklarga qarshi chidamli qiladigan moddalar qonda bo'ladi.
Leykotsit tarkibidagi leykin ham bakteriyalarni o'ldiradi. Shuningdek, leykinga o'xshash plakin degan modda qon trombotsitlaridan ajratib olinadi.
Qonning tabiiy muhofaza moddalaridan biri betalizin hisoblanadi.
Mana shulardan tashqari, qon va organizm suyuqliklarida «ingibitorlar» deb atalgan moddalar ham topilgan. Ular mikroblarning rivojlanishini va ko'payishini to'xtatibgina qolmay, balki viruslarga qarshi g'oyatda faol ta'sir qiladi. Chunonchi, nukleazalar oqsil tabiatli fermentativ moddalar bo'lib, nuklein kislotalarni parchalaydi. Shunisi ham borki, ribonuklein kislota RNKning faqat ribonukleaza fermenti, dezoksiribonuklein esa DNKning dezoksiribonukleaza fermentinigina parchalaydi.
211- mashq. Matnni o'qing, unda ishlatilgan atamalarga diqqat qiling va ularning ilmiy uslubni vujudga keltirishdagi o'rnini belgilang.
Mikrobiologiyaning rivojlanishi tufayli sanoatda turli antibiotiklar, aminokislotalar, stearid garmonlar va enzimlar ishlab chiqarish imkoniyati tug'ildi.
Hozirgi vaqtda sintetik yuvuvchi vositalarda gidromentlar ishlatilmoqda. Ular suvda erimaydigan murakkab organik moddalarni katalizator sifatida parchalaydi, natijada hosil bo'lgan «mayda» molekulalar suvda yaxshi eriydi. Shu tipdagi ferment (enzim)lardan proteazlar kengroq tarqalgan. Bundan tashqari, amilaza ham keng ishlatilmoqda; bu ferment uglevodorodlarni gidroliz qiladi va yog'ni parchalaydi.
Mamlakatimizda yaqindan beri tarkibiga enzim qo'shilgan yuvuvchi vositalarning yangi xillari ishlab chiqarilmoqda. «Sino» pastasi va «Oka» poroshogi turli xil gazlamalar va sun'iy-sintetik tolalardan to'qilgan kiyimlarni yuvish uchun mo'ljallangan.

212- mashq. Iqtisodiyot sohasiga oid quyidagi matnni o'qing. Ilmiy uslubning o'ziga xos xususiyatlarini tushuntirib bering. Atamalarni daftaringizga ko'chirib yozing va izohlang.
Bozorda, tovar muomalasi jarayonida tovar pulga almashinishi (sotish) va pulning tovarga almashinishi (xarid qilish) sodir bo'ladi. Bunga tovar-pul munosabatlari deyiladi. Shuning uchun ham bozor pul vositasida tovarlar oldi-sotdisi asosida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuasidir. U xaridorlar va sotuvchilarni birga qo'shuvchi mexanizm sanaladi.
Bozor iqtisodiy kategoriya sifatida takror ishlab chiqarishning ayirboshlash bosqichiga xosdir. Bu yerda ayirboshlashni tushunish kerak.


Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish