Ilmiy texnik axborot, maqola, monografiyalarni yozishni o‘rganish. Ixtiro va kashfiyotlar yaratish bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish



Download 89,11 Kb.
bet1/2
Sana14.07.2022
Hajmi89,11 Kb.
#798534
  1   2
Bog'liq
Popolyatova Darya



O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI
ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA'LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI

TEXNIKA FAKULTETI
TRANSPORT TIZIMLARI KAFEDRASI

ILMIY IZLANISH ASOSLARI” FANIDAN



ORALIQ NAZORAT TOPSHIRIQI
Bajardi : Popolyatova Darya

Qabul qildi: Ruziyev Islam


Urganch -2022
Ilmiy texnik axborot, maqola, monografiyalarni yozishni o‘rganish. Ixtiro va kashfiyotlar yaratish bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish
Reja:

  • Ilmiy-texnik axborot darajasi

  • Ilmiy-texnik bilimlarni umumlashtirish

  • Ilmiy-texnik axborot manbalari

  • Ilmiy-texnik kashfiyot turlari


Murakkab va katta sarflarini talab qiluvchi ilmiy tadqiqotlarni o’tkazish zarurligi yoki maqsadga muvofiqligi masalasi tashkiliy, iqtisodiy va boshqa harakatlarga ega bo’lgan ko’p yo’nalishlarni o’z ichiga oladi. Quyida, ular ko’rib chiqilmaydi, balki tayyorgarlikning axborotli, uslubiy tomonlari haqida munozara qilinadi.


Ilmiy-texnik axborot va uning darajasi (rangi)
Ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida, kiritilgan tushunchalardan biri-axborotlar miqdorini xar 5 yoki 10 yilda ortib borishidir. Bundan, tadqiqotchining o’ziga nisbatan cheklangan sohasi bo’yicha ham barcha adabiyotlarni kuzatib turishini qiyinligi yoki mumkin emasligi haqidagi xulosa chiqariladi.
Buning isboti sifatida, ilm-fanni turli sohalarida chop etilayotgan materiallar yoki maqolalar soni keltiriladi.
Bu ko’pchilik hollarda noto’g’ridir, chunki bunda "ilmiy axborot miqdori" bilan «maqolaning varaqlarining soni» aralashtirilib yuboriladi. Ma’lumki, maqolalar va boshqa manbalar o’zlarining ilmiy va amaliy qiymati jihatidan ekvivalent (teng) bo’la olmaydilar. Shu sababli, axborot darajasi (rangi) degan tushuncha kiritilgan. Bunda quyidagi 10 darajadan foydalanish mumkin:
Birinchi daraja: Chop etilgan materialda, yangi fizik hodisalar va effektlarning olinganligi to’g’risida xabar beriladi.
Ikkinchi daraja: Oldindan ma’lum fizik effektni qandaydir ko’rsatkichlari bo’yicha tadqiqotlar o’tkaziladi (tashqi jarayonlar o’zgarganda va uning barqarorligi; inersialligi; chiziqli yoki nochiziqlilik turi va boshqalar).
Uchinchi daraja: Tadqiqotning yangi obyekti yoki yangi matematik model tavsiya qilinadi.
To’rtinchi daraja: Yangi vazifalarni shakl jihatdan qo’yish masalalari tavsiya qilinadi (shu qatorda o’zgaruvchilarni o’lchovlarini aniqlash ham).
Beshinchi daraja: Tenglamalar tizimini oldin noma’lum bo’lgan yechimlari ko’rsatiladi.
Oltinchi daraja: Oldin yechilgan masalalarni, boshqa xususiy yechish usullari tavsiya etiladi.
Yettinchi daraja: Konstruktorlik, texnologik va boshqa turdagi yutuqlar haqida, ularga erishish yo’llari ko’rsatilmagan xolda, xabar beriladi.
Sakkizinchi daraja: Oldin ma’lum bo’lgan masalalarning turlarini aniq sonli natijalari haqida ma’lumot ko’rsatilib o’tiladi.
To’qqizinchi daraja: Ma’lum vazifalarni qo’yishda va yechishda paydo bo’lgan ba’zi bir o’zgarishlar to’g’risida xabar beriladi (hisobga olgan yoki olmagan, aniqlash, ko’rsatkichlarni o’zgarishi va boshqalar).
O’ninchi daraja: Oldin ma’lum bo’lgan vazifalar yangi terminlarda izohlanadi.
Axborot darajasi odatda chop etilgan materialni kirish va xulosalar qismini o’qib chiqish orqali aniqlanadi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, ushbu qismlar bo’yicha darajani aniqlash imkoniyati bo’lmasa, bu materialning darajasi pastligi to’g’risidagi holatni to’g’ri baholaydi va ularni juda sinchiklab o’rganish zarurligi yo’qoladi.
Axborot miqdorini kamaytirishning eng effektiv prinsiplaridan biri - bilimlarni umumlashtirishdir.
Umumlashtirish - bu tashqaridan turib turli ko’rinishdagi axborotlarga yagona nuqtai-nazarni topishdir.


Ilmiy natijalarni nashrga tayyorlash
Ilmiy materiallarni nashr qilish ilmiy xodim, ilmiy muassasa va korxona jamoasi tomonidan bajarilgan ilmiy tadqiqot va konstruktor tajriba ishlari natijalariga mualliflik huquqini oshkora himoya qilish shakllaridan biri bo’lib hisoblanadi. Nashr qilish oshkora yoki yopiq xolda amalga oshiriladi. Ochiq matbuotda muayyan talablarga zid bo’lmagan hamda maxfiy bo’lmagan ilmiy ishlar e’lon qilinadi.
Amaliy va nazariy jihatdan muhim hisoblangan va yangi olingan ilmiy natijalar monografiya, ilmiy maqola, ilmiy tadqiqot hisobotlari, ilmiy-texnik anjuman materiallari va tezislari shaklida nashr etiladi.
MONOGRAFIYA- (mono... va... grafiya) so’zlaridan olingan bo’lib, muayyan mavzu yoki muammoni, biror olim yoki yozuvchi hayoti va faoliyatini atroflicha, chuqur tadqiq etuvchi ilmiy asar boshqa qilib aytganda ilmiy dunyoqarashi bir xil bo’lgan bir yoki bir nechta muallif tomonidan muayyan bir muammo yoki mavzuni o’rganishga bag’ishlangan kitob shaklidagi ilmiy nashrga aytiladi.
Monografiyada yoritilayotgan masala bo’yicha mavjud adabiyot umumlashtiriladi va tahlil etiladi, fanni rivojlantirishda yordam beradigan faraz va xulosalar ilgari suriladi. Ilmiy tadqiqot natijalari darsliklar va o’quv qo’llanmalarda ham chop etilishi mumkin.
MAQOLA—publitsistik janr hisoblanadi. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilg’or ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xo’jaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh mavzular, nazariy va targ’ibot mavzulari, muammoli mavzular keng qo’llanadi. Bosh mavzu (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan maqola) tahririyatning eng mas’uliyatli masalasi bo’lib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni o’quvchilar ommasiga yetkazish vazifasi qo’yiladi. Bunday mavzular muayyan masala yuzasidan yo’l-yo’riq ko’rsatishi, mavjud kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yo’lini belgilab berishi lozim.
O’zbekistonda maqola janri tarixi, asosan, «Turkiston viloyatining gazetasi» bilan bog’liq. Unda ijtimoiy siyosiy hayotning turli sohalari o’z ifodasini topgan.
Maqola istilohi keng ma’noda gazeta, jurnal, radio, televideniya, shuningdek, to’plamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qo’llanadi.
Darslik deb- mazkur fanning o’quv dasturidagi barcha materiallarni o’zida to’liq saqlagan va rasmiy instansiya tomonidan tasdiqlangan o’quv nashriga aytiladi.
Darslik Davlat ta’lim Standarti va o’quv dasturi asosida yaratilib, fanni to’liq o’zlashtirishga yo’naltiriladi va undan turdosh ta’lim yo’nalishlarida ham foydalanish mumkin.
O’quv qo’llanmasi - darslikni ba’zan o’rnini bosuvchi va unga qo’shimcha bo’luvchi o’quv nashridir.
O’quv qo’llanmasi aniq o’quv dasturi asosida yaratilib, fan asoslarini chuqur o’rganishni ta’minlaydi va ba’zi qismlarni chuqurroq yoritishga yoki mashqlar yechishga qaratiladi.


Ilmiy tadqiqot ishlarini nashr qilishda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi:
-Noshir talablarini o’rganish;
-Ilmiy ish mazmunini yozma ravishda to’liq bayon qilish;
-Ilmiy ish mazmunini patent sofligiga tekshirishi;
-Maqolani ekspertizadan o’tkazish, yangilik yaratish usullarini yo’qligini tekshirish;
-Maqolaga tashqi taqriz olish;
-Maqolani noshirga topshirish.
Nashrga tayyorlangan ilmiy material kirish qismidan, bayon etilayotgan ilmiy natijaning mazmunidan va olingan xulosalardan tashkil topadi. Agar ilmiy ish natijasida maqolani yozishda muallif boshqa tadqiqotchining ilmiy ishiga havola qilgan bo’lsa, ushbu ishlar adabiyotlar ro’yxatida keltirilishi lozim.
Ilmiy tadqiqot ishini bajarish jarayonida tadqiqotchi kashfiyot ochishi mumkin. Agar topilgan yangi g’oya muallif tomonidan ilmiy asoslab berilsa, u kashfiyotga aylanadi. Kashfiyot ilmiy faoliyatning eng yuqori darajadagi namoyishidir.
Kashfiyot obyektlari uch xil bo’lishi mumkin:
1) Qurilma bo’yicha kashfiyot
2) Usul bo’yicha kashfiyot
3) Ishlab chiqarishga qo’llash bo’yicha kashfiyot.
Qurilma bo’yicha kashfiyotlarga - ma’lum konstruksiya vositalari, qurilmalarning uzel va detallari, ularning joylashishi va o’lchamlariga tegishli yangiliklar kiradi.
Usul bo’yicha kashfiyotlar - texnologik jarayonlar, vositalar, yechimlar va parametrlarga taalluqli bo’ladi.
Ishlab chiqarishga qo’llash bo’yicha kashfiyotlar - ma’lum bir predmetni boshqa joyda boshqa maqsadda ishlatish bo’yicha takliflarni o’z ichiga oladi.
Kashfiyotni ochish bu bajarilgan ilmiy ishning ichida eng taraqqiy etgan, o’zida yangilikni saqlagan, ijobiy tomonlarga ega bo’lgan va boshqalardan jiddiy farq qilgan elementni ajrata olish demakdir. Odatda kashfiyot ilmiy ishni ichida berkinib yotadi, muallif uni ocha bilishi kerak. Kashfiyotni ochish berilgan obyektlar guruhidagi umumiy, foydali va yangi tomonlarni topish va uni boshqa kashfiyotlardan farqini aniqlab, ijobiy tomonlarini ko’rsatib berish demakdir. Kashfiyot natijasida muallif patent olish huquqiga ega. Odatda patentlar soni har bir mamlakatdagi undagi fan va texnikani rivojining ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi.



Download 89,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish