87.Respublikamiz qanday ilmiy jurnallarini bilasiz? (misol keltiring)
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy jurnali. 2. “Iqtisodiyot va ta’lim” ilmiy jurnali. 3. “Logistika va iqtisodiyot” ilmiy jurnali. 4. “Iqtisodiy tadqiqotlar” ilmiy jurnali. 5. “Aktuar moliya va buxgalteriya hisobi” ilmiy jurnali
JURNAL (frans. journal — kundalik daftar) — bosma davriy nashr. Axborotni tanlash, tahlil etish va baholashning asosiy vositalaridan biri. Jurnal gazeta kabi jamoatchilik fikriga taʼsir oʻtkazish yoʻli bilan uni shakl-lantirishga xizmat qiladi; omma ijtimoiy ongiga muayyan gʻoya va qadriyatlarni singdiradi. Jurnallar dastlab Fransiyada nashr qilingan. Ing. «Magazine», frans. «Revue», nemischa «Zei schrift», ispancha «Relista» soʻzlari ham Jurnal maʼnosini anglatadi. Chop etilish muddati (davriyligi) jihatdan Jurnallar, odatda, haftada, oʻn kunda, ikki haftada, oyda, ikki oyda, har uch oyda, yarim yilda bir marta nashr qilinadi. Bunday davriylik Jurnal larda turmush voqealarini kundalik gaz. ga nisbatan batafsilroq va chuqurroq tahlil qilish imkonini beradi. Jurnallar mundarija yoʻnalishiga koʻra farklanadi: ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy, ishlab chiqarish-texnikaviy, ilmiy, ilmiy-ommabop va b. J. lar jamiyatdagi turli yoshdagi kishilarga moʻljallanadi.Ommaviy ijtimoiy-siyosiy va adabiy-badiiy Jurnal larda suhbat, publitsistik kuzatuv, maʼlum mavzuni sharhlovchi maqolalardan tashqari, reportajlar, sheʼrlar, hikoyalar, qissa va romanlar bosiladi. Soʻnggi paytlarda ommaviy Jurnal sahifalaridan krossvordlar, amaliy sanʼat asarlari, modalar, uy bekalariga maslahatlar, shaxmat etyudlari va h. k. tobora kengroq oʻrin olmokda. Haftalik, oʻn kunlik Jurnal larda chizma rayem va fotosuratlardan foydalaniladi. Ilmiy Jurnal larda hajman katta maqolalar bilan birga referatlar, annotatsiyalar, xulosalar, ilmiy hayotga oid ixcham xabarlar ham eʼlon qilinadi. Jurnal hajmini va uni bezash unsurlarini belgilashda Jurnal mundarijasi va uning oʻquvchilari doirasidan kelib chiqiladi. Odatda ommaviy Jurnallar — ijtimoiy-siyosiy va adabiybadiiy, ilmiy-ommabop, bolalar, ayollar va oʻsmirlar uchun moʻljallangan nashrlar katta hajmda chiqariladi.Jurnal chilik taraqqiyoti. Jurnal chilik tarixi Fransiyada «Jurnal de Savan» («Olimlar jurnali»), («Journal des scavans», keyinroq «Journal des savants») J. dan boshlanadi. Uning birinchi soni 1665-y. ning 5 yanv. da bosmadan chiqqan. Unda adabiyot, falsafa, tabiiy fanlar sohasi boʻyicha Yevropaning turli mamlakatlarida nashr qilingan kitoblar haqida maʼlumotlar bosilgan. Shuningdek, shu yili, Londonda «Filosofishal tranzekshne of Royyal sosayenti» («Qirollik jami-yatidagi falsafiy oʻzgarishlar») J. nashr qilingan. Turli kitoblar sharhidan iborat boʻlgan bunday Jurnallar keyinroq Italiya, Germaniya, Ispaniya, AQSH, Vengriya, Rossiya singari mam-lakatlarda ham paydo boʻlgan, faqat mavzular doirasi tor bulganligi uchun bu Jurnallar omma orasida keng tarqalmagan
Do'stlaringiz bilan baham: |