58.Bitiruv malakaviy ish rahbarining vazifasi nimalardan iborat ?
Bitiruv-malakaviy ishining bajarilishi asosan shu ixtisoslik bо‘yicha fan doktori ilmiy darajasiga va (yoki) professor ilmiy unvoniga (istisno tariqasida fan nomzodi ilmiy darajasi va dotsent ilmiy unvoniga) ega pedagog rahbarligida amalga oshiriladi. Ayrim hollarda katta о‘qituvchilar ham bitiruv-malakaviy ishiga rahbarlik qilishlari mumkin. Bitiruv-malakaviy ishiga ilmiy rahbarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- bitiruv-malakaviy ishi rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish; - bitiruv-malakaviy ishi mavzusiga doir manbalarni tanlashga yordam berish;
- ilmiy-tadqiqot mavzusi bо‘yicha doimiy ravishda suhbat va maslahatlar о‘tkazib turish; - berilgan topshiriqlarning о‘z vaqtida bajarilishini muntazam nazorat qilish; - ishning tо‘liq bajarilgan qismlarini muntazam baholab borish;
- talabani maqola tayyorlashida metodik yordam kо‘rsatish; -talabaga kafedra ilmiy-metodik seminarlari, anjumanlarga ma’ruzalar tayyorlashida maslahatlar berish; - ilmiy – tadqiqot ishining birinchi bosqichi tugaganda talaba tomonidan tayyorlangan bitiruv-malakaviy ishi qoralama variantini baholash va ilmiy-tadqiqot ishining ikkinchi bosqichi - bitiruv-malakaviy ishiga slaydlarni tayyorlash uchun ruxsat berish tо‘g‘risida kafedraga yozma xulosa taqdim etish;- talaba tomonidan yakunlangan bitiruv-malakaviy ishi tayyorligi haqidayo yozma xulosa berish va himoyaga taqdim etishga rozilik berish; - berilgan topshiriqlarni о‘z muddatida muntazam bajarmayotgan talaba tо‘g‘risida kafedra (dekanat)ni о‘z vaqtida xabardor qilish; - kafedra majlislarida talabalar bilan birga bajarilgan ishlar haqida hisobotlar berib borish.
Bitiruv-malakaviy ishi rahbari talabada quyidagi kо‘nikmalarni shakllantirishi lozim: - tanlangan ilmiy mavzuning dolzarbligini asoslash;
- tadqiqotning maqsadi va muayyan vazifalarini qо‘yish; - tadqiqot ob’ekti va predmetini aniqlash; - tadqiqot usuli (yoki uslublari)ni tanlash;
- tadqiqot natijalariga ishlov berish va tahlil qilish; -olingan xulosalarni shakllantirish, natijalarni baholash va ularni tadbiq etish uchun muayyan takliflar kiritish. Ilmiy rahbarning talaba bilan ishlash jadvali kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi va shu jadval asosida bajarilgan ishlar qayd etib boriladi. Talabalarning bitiruv-malakaviy ishi mavzusi aniqlanib, uning rejasi tuzilganidan sо‘ng mutaxassislik fanlaridan nazariy bilimlar olish bilan bir qatorda ular tadqiqot mavzulariga aloqador о‘quv-metodik, ilmiy nashr ishlari hamda elektron manbalarni ilmiy rahbar maslahati bilan aniqlaydilar, tо‘playdilar. Pedagogik amaliyot jarayonida nazariy va amaliy uzviylikni bog‘laydilar.