54.Scopus bazasi degani nima?
Scopus – bu ilmiy ma’lumotlar bazasi bo‘lib, u dunyo bo‘ylab turli fanlar bo‘yicha nashrlarni qamrab olgan yirik elektron platforma hisoblanadi. Mazkur baza ilmiy jurnallar, kitoblar va konferensiya materiallarida berilgan havolalar haqidagi qisqacha tavsif va ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan platformadir. Scopusning afzalligi fanlarning turli sohalari haqida keng qamrovli ma’lumotlar berib, tadqiqotlarni kuzatish, tahlil qilish va vizuallashtirish uchun intellektual vositalarni taklif etadi. Scopus tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, u Elsevier Gollandiyada (Elsevier akademik nashriyot) joylashgan ilmiy, texnik va tibbiy kontentga ixtisoslashgan akademik nashriyot kompaniyasi tomonidan 2004 yilda ishga tushirilgan. 2020 yilga qadar Scopus 26 mingdan ortiq nashrlar, 9,8 milliondan ortiq konferensiya hisobotlari va 43 million patentlardan 78 millionga yaqin nashrlarni indeksladi. So‘nggi yillarda ko‘plab olimlar va tadqiqotchilar o‘z yo‘nalishlariga mos keladigan xamkorlarni topish, sohaga tegishli oxirgi ilmiy izlanishlardan bahramand bo‘lish, hamkorlikda ishlashga intila boshladi. Bunday sharoitda chinakam ilmiy, innovatsion va dolzarb ma’lumotlarni ajratib olish zaruratga aylanib, bilimning turli sohalariga oid eng sifatli ilmiy jurnallar, kitoblar va boshqa shakllardagi ilmiy nashrlarning ma’lumotlar bazalarini yaratish zarurati paydo bo‘ldi. Ularni hammasini birlashtiradigan yirik ilmiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bazalar yaratila boshlandi. Hozirga qadar ulardan eng kattasi bu Scopus bo‘ldi va o‘z geografiyasini juda ham kengaytira oldi.
55.Ilmiy materiallarni nashrga tayyorlash bosqichlari.
Shaxsiy kompyuterning har bir foydalanuvchisida turli hujjat va matnlarni tayyorlash zaruriyati tug’iladi. Shaxsiy kompyuterlarning bu ishga jalb qilinishi foydalanuvchi uchun ko’pgina qulayliklar yaratadi va hujjatlarning sifatini oshiradi.Foydalanuvchi hujjatni kiritib, xohlagancha uni ekranda o’zgartirib, maketini hosil qiladi.Printer bu maketning chiroyli, sifatli nusxasini kog’ozga ko’chirib beradi. Bu qulayliklarni matn tahrirlagichlari deb ataluvchi maxsus dasturlar beradi. Bu dasturlar imkoniyatlariga qarab, quyidagi turlarga bo’linadi:Matn tahrirlagichlari, Hujjat tahrirlagichlari, Matbuot sistemalariMatn tahrirlagichlari dastur matnlarini kiritish, o’zgartirish, ko’chirish, nusxasini kog’ozga ko’chirish kabi imkoniyatlarga ega.Ular programmalash sistemalari tarkibida bo’ladi.Bunga Turbo C, Turbo Pascal kabilar misol bo’la oladi.
Hujjat tahrirlagichlari hujjatlarni tahrirlash, turli shriftlardan foydalanish, satrlar orasidagi intervalni o’rnatish, saxifalash, formulalarni yozish, jadval, diagrammalarni tashkil qilish va hokazo imkoniyatlarga ega. Bu tahrirlagichlarga Leksikon Chiwriter, WD, Tex, Microsoft Word va hokazolar misol bo’la oladi.Matbuot sistemalari asosida jurnallar, kitoblar, turli prospektlarning yuqori sifatli maketlarini tayyorlash mumkin.
Ayniqsa, matbuot sistemalari nashriyotchilar mehnatini mashaqqatli, zararli jarayonlaridan xalos qilish bilan birga nashriyot mahsulotlari sifatini oshiradi.Kichik hajmdagi nashr materiallari uchun Aldus Page Maker sistemasidan, katta materiallar (kitob va jurnallar) uchun Corol Ventura sistemalaridan foydalanish qulayroq.Biz respublikamizda keng tarqalgan ruscha va lotincha matnlar bilan ishlaydigan, o’rganishi murakkab bo’lmagan Word tahrirlagichi bilan ishlaymiz.Ushbu dasturlar turli matn va hujjatlarni tayorlashda keng foydalaniladi va quyidagi umumiy imkoniyatlarga ega:1) Matnni kiritish va tahrirlash 2) Matnni sahifalash, printerlarda chop etish 3) Abzats va matnni formatlash 4) Matn qismlarini ko’chirish, belgilangan qismni formatlash, o’chirish yoki shriftini o’zgartirish 5) Bir paytnng o’zida bir nechta matnlar bilan ishlash 6) So’zlarni qidirish va almashtirish 7) Matn mundarijasini tuzish 8) Jadvallarni shakllantirish 9) Matn imlosini tekshirish 10) Chop etish natijasini ekranda ko’rish11) Matnni xotiraga yozib qo’yish
Do'stlaringiz bilan baham: |