T-sxema asosida tadqiqot mavzusini tanlashning turli usullarida ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlang.
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi nimada?
Tadqiqot muammosi dolzarbligi asoslanadi. Tadqiqotchi quyidagi savolga javob berishi talab etiladi: «Nima uchun berilgan muammoni aynan hozirgi vaqtda o‘rganish zarur?» (V.V.Krayevskiy), ya’ni, hali loyihalash bosqichida potensial tadqiqot natijalarini zamonaviy kontekstda (kontekst dinamikasini hisobga oigan holda) ahamiyatli ekanligini, pedagogik nazariyani rivojlantirish va ta’lim amaliyoti samaradorligi va sifatni ta’minlashdagi o‘rnini asoslab berish. Tadqiqotning konkret muammosi dolzarbligini asoslash fanda muammoning ishlab chiqish darajasini baholashni nazarda tutadi. Masalan, asl manba (monografiyalar, maqolalar, dissertatsiyalar) tahlili shuni ko‘rsatdiki, fanda ta’lim sohasidagi xalqaro ilmiy tadqiqotlar sifatini boshqarish modellari, shuningdek, invariant terminologik m a’noli maydonni ishlab chiqarishga yondoshuvlar ishlab chiqilgan (ishlab chiqilyapti va m a’qullanayapti). Lekin fanda ta’lim sohasida xalqaro ilmiy tadqiqotlami baholashning invariant mezonlar tizimi ishlab chiqilmagan. Shu munosabat bilan potensial tadqiqot muammosi quyidagi tarzda shakllanishi mumkin: ta’lim va fanning intematsionallashish kontekstida ilmiy-pedagogik tadqiqotlari sifatining invariant bahosi qanday? Pedagogika bo‘yicha dissertatsiyalar tahlili tadqiqot mavzusi va muammosi dolzarbligida bir qator yaqqol kamchiliklami yuzaga chiqarishga imkoniyat beradi: - faqat yo‘nalishning dolzarbligi asoslanadi, lekin tadqiqot mavzusi dolzarbligi asoslanmagan; - yo'nalish dolzarbligi va tadqiqot mavzusi ham rasmiy bayon qilinadi, shuning bilan birga yana bir holat borki, unda yo‘nalish dolzarbligi bahs-munozarali, lekin tadqiqot mavzusi fanda allaqachon ishlab chiqilgan; - tadqiqot mavzusining faqat ilmiy dolzarbligi asoslanadi: dalilisbotlar fanda ulaming yetarli darajada ishlab chiqilmaganligiga borib taqaladi («aniqlanmagan,», «yuzaga chiqmagan,», «ochilmagan...»), amaliy dolzarblik esa ochilmay qolyapti («Qay tarzda tadqiqot natijalari ta’lim amaliyotidagi kamchiliklami bartaraf uchun yordam beradi?»); - misollar-tasvirlar asosida faqat tadqiqot mavzusi dolzarbligiasoslanadi (masalan, pedagogik jarayon natijadorligi to‘g‘risidagi statistik m a’lumotlar). Tadqiqot mavzusini shakllantirish uchun quyidagi savolga javob topish kerak: «Ilmiy ishni qanday nomlash kerak?». V.V.Krayevskiyning ta’kidlashicha, mavzuni ifoda qilishda muammo aks ettiriladi, bunda mavzu fanda maTimlikdan yangi bilimga harakatni aks ettirishi lozim. Mavzuni aniqlash uchun ilmiy muammoni yuzaga chiqarish va shakllantirish kerak, uning dolzarbligini isbotlash lozim. Tadqiqot mavzusi - bu qisqa ifodalangan muammodir.
Do'stlaringiz bilan baham: |