O‘quv adabiyotlarining turlari haqida ma’lumot bering.
O’quv adabiyotlari - muayyan ta’lim turi (yunalishi yoki mutaxassisligi) o’quv rejasida kayd etilgan fanlar buyicha tegishli o’quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, uzlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan (shu jumladan, xorijiy tarjimalar) manba bulib, ikki xil shaklda tayyorlanadi.
O’quv adabiyotlarining shakllari: ananaviy (bosma) o’quv adabiyotlar - ta’lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlari, ma’lumotlar xajmi, shriftlari, kogoz sifati, mukova turi va boshka kursatkichlarni xisobga olgan xol^a kogozda chop etiladigan manba;
elektron o’quv adabiyotlar - zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saklash, bilimlarni interaktiv usulda takdim etish va nazorat kilish imkoniyatlariga ega bulgan manba.
Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida o’quv adabiyotlarining turlari: darslik, lug’at, izoxli lug’at, ma’lumotlar tuplami, ma’ruzalar tuplami, metodik ko’rsatmalar, metodik qo’llanmalar, ma’lumotlar banki, dayjest, sharx va boshqalar.
Uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqish va chop etish tartibilari haqida ma’lumotla keltiring.
Uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqish va chop etish tartibilarini keltiring.
Oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilari uchun talabalarning auditoriyadagi va auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ta’lim olishini maqbul usullarini izlash dolzarb masala hisoblanadi. Bu ishlarni tashkil etishda sillabus samarali vosita sifatida foydalanilmoqda. Sillabus – bu o‘zida o‘rganilayotgan fanning tavsifi, maqsadi va mazmuni, mavzularni qisqacha mazmuni, har bir mashg‘ulotning davomiyligi, mustaqil ta’lim topshirig‘i, maslahatlar vaqti, o‘qituvchining talablari, baholash mezoni va asosiy hamda qo‘shimcha adabiyotlarni ifoda etuvchi o‘quv-uslubiy dasturdir. Sillabuslarni tuzishni aniq bir yagona shakli yoki talabi mavjud emas, lekin uning tarkibi quyidagi qismlardan iborat bo‘lishi mumkin. titul varog‘i; fanni o‘qitadigan o‘qituvchi to‘g‘risida ma’lumot; o‘qituvchining aloqa uchun telefon raqami, elektron pochta manzili; o‘quv yili, semestri; fanning bayoni (dolzarbliligi, maqsad va vazifalari, kutilayotgan natijalar va boshqalar); mashg‘ulot turlari bo‘yicha kalendar rejasi taqsimoti; talabalar uchun uslubiy ko‘rsatma fan bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar. O‘quv uslubiy majmua o‘qitiladigan har bir fan bo‘yicha alohida tayyorlanadi. O‘quv uslubiy majmua talabani ma’ruza, seminar mashg‘ulotlariga mustaqil tayyorgarlik ko‘rishini hamda o‘zining bilim darajasini nazorat qilishini ta’minlaydi. O‘quv uslubiy majmualar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 martdagi 107-sonli buyrug‘iga ko‘ra tayyorlanib, o‘z ichiga quyidagilarni oladi: Dasturiy materiallar. Fanning ishchi dasturi bo‘yicha ma’ruza mashg‘ulotlari uchun ma’ruzalar matni, amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma. Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari. Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari mavzulari va ularni o‘zlashtirish bo‘yicha zaruriy uslubiy ko‘rsatmalar; fan dasturiga muvofiq kurs loyihasi (ishi), hisobgrafik ishi, ijodiy va boshqa turdagi mustaqil ishlar mazmuni, variantlari, zarur metodik tavsiyalar keltiriladi. Glossariy. (fanga oid termin va iboralarning qisqa talqini bo‘yicha o‘zbek, rus va ingliz tillarida beriladi.) Ilovalar: Sillabusning ilovalar qismida quyidagilar keltiriladi: - fanning o‘quv dasturi; - fanning ishchi dasturi; - tarqatma materiallar; - testlar; - ishchi fan dasturiga muvofiq baholash mezoni; - fanni o‘ziga xosligiga qarab o‘rganish bo‘yicha boshqa materiallar keltirilish mumkin. Fan bo’yicha kalendar (taqvimiy – mavzular) reja - o’quv materialini to’g’ri taqsimlashda mazkur fanni boshqa fanlar va o’quv amaliyoti bilan bog’lashda, darsga kerakli o’quv materiallari va jihozlarini tayyorlash, o‘qituvchini o‘tgan mashg‘ulotlari bo‘yicha monitoring olib borish, o’qitish jarayonining to‘g‘ri etilish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |