Ilmiy tadqiqotlarda statistik metodlar


MA’RUZA. O‘ZBEKISTONDA TA’LIM VA ILM-FAN TARAQQIYOTI



Download 0,76 Mb.
bet3/55
Sana19.04.2023
Hajmi0,76 Mb.
#930014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Ilmiy tadqiqotlarda statistik metodlar (1)

MA’RUZA. O‘ZBEKISTONDA TA’LIM VA ILM-FAN TARAQQIYOTI

REJA:

1. “Ilmiy tadqiqotlarda statistik metodlar” fanining predmeti, metodi va vazifalari.


2. Fanning asosiy maqsadi va uni talqin etish tartibi.
3.Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni.


Tayanch tushunchalar: ilmiy bilish, gnoseologiya, ijod, ilmiy ijod, aqliy mehnat, ratsionalizm, fan, tabiyotshunoslik, jamiyatshunoslik, texnika, texnik fanlar, ilmiy bilish usullari, olim shaxsi.


Fan jamiyatimiz taraqqiyotining muhim omili, komil inson shaxsini shakllantirishning zarur sharti bo‘lib qolgan hozirgi sharoitda iste’dodli talaba-yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, ularda ilmiy asarlarni tahlil qilish, ilmiy faktlar to‘plash, ularni sistemalashtirish, baholash, ilmiy yangiliklar yaratish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish oliy o‘quv yurtlari oldidagi eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qoldi.
Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida uqtirib o‘tilganidek, bir tomondan, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini hozirgi davr talablari darajasiga ko‘tarishni, o‘quv xonalari va ilmiy laboratoriyalarni zamonaviy asbob-uskuna va texnik vositalari bilan jihozlashni, ikkinchi tomondan, o‘qitishning zamonaviy texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etishni, “dotsent” va “professor” ilmiy unvonlari berish tizimini takomillashtirishni, ularning rag‘batlantiruvchilik rolini kuchaytirishni, ilmiy tadqiqotlar sifati va samaradorligini oshirishni talab etyapti1.
Yuqori ilmiy daraja va ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar tayyorlash, bir tomondan, o‘rta umumta’lim maktablari, akademik litsey va kollejlarda o‘qitish sifati va samaradorligini hozirgi davr talablari darajasiga ko‘tarishni, ikkinchi tomondan, yosh tadqiqotchilarda ijodkor shaxsiga xos sifat va fazilatlarni, ilmiy tadqiqotni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishni, ilmiy ijod metodologiyasini chuqur o‘rganish va targ‘ib etishni talab qilyapti.
Talaba-yoshlar o‘rtasida avvalo fanning umumbashariy qadriyat, ijtimoiy ongning alohida bir shakli, olamni bilish va o‘zlashtirishning ishonchli vositasi, komil inson shaxsini shakllantirishning muhim omili sifatidagi ahamiyatini keng targ‘ib etish, ularda ilmiy fikrlash malakasi va madaniyatini shakllantirish ayniqsa muhimdir.
Talaba-yoshlarda, avvalo, ilmiy asarlarni mutolaa qilish madaniyatini, ilmiy asarlarni konspektlashtirish, tezislar tuzish, taqriz, referat, ilmiy maqola va ilmiy doklad yozish qoidalarini o‘zlashtirishlariga yaqindan yordam berish g‘oyat xayrlidir.
Ilmiy asar qanday shakl va mazmunda bo‘lishidan qat’i nazar tadqiqotchidan mustahkam iroda, sabot-matonat, sobitqadamlik, jiddiylikni, yangi ilmiy bilimlar hosil qilish, ilmiy izlanish natijalarini umumlashtirish, sistemalashtirish erkin va mustaqil xulosalar chiqarish yo‘llari va usullarini puxta bilishni talab etadi.
Katta fan ostonasida turgan yuzlab va minglab yosh tadqiqotchilar katta ilmiy tajriba va bilimga ega bo‘lgan ustozlardan “Qanday qilib olim bo‘lish mumkin? Ilmiy ijodkor bo‘lishning siri nimada?” singari savollarga to‘g‘ri javob olishga intiladilar.
Uzoqni ko‘ruvchi bir guruh olimlar yosh tadqiqotchilarda mustaqillikni tarbiyalash, ularni ilmiy ijodiy faoliyatga yo‘llash kerak, deb hisoblaydilar. Muhimi, insoniyatning mashhur olimlari orttirgan boy tajribani, ya’ni ilmiy bilimlar hosil qilish, ilmiy kashfiyotlar yaratish usullarini yoshlarga o‘rgatish maqsadga muvofiqdir.
Olimlik mahorati tezda shakllanib qolmaydi. Buning uchun fanni sevish, unga butun ongli hayotingni bag‘ishlash, erishgan yutuqlaringdan intelektual zavq olish, umumiy ishga o‘z hissangni qo‘shayotganingni qalban his etish talab qilinadi.
Agar yosh tadqiqotchida yuqoridagi sifat va fazilatlar bo‘lmasa, yana muhimi, fanning umumbashariy ahamiyatini anglamasa, fanga boylik orttirish, soxta obro‘ topish, gerdayish, kibr - havo vositasi deb qarasa, hech bir kitob, jumladan, mazkur kitob ham “ezgu” orzulari ushalishida yordam bera olmaydi.
Akademik Erkin Yusupovning olimlarni: “otilib chiqqan” va “osilib chiqqan” olimlar toifasiga ajratishi bejiz bo‘lmagan. Otilib chiqqan olimlar, shubhasiz, ilmiy ijodga o‘zligingni namoyon etish, iste’dod va qobiliyatingni ro‘yobga chiqarish, ilm zahmatlaridan halovat topish, o‘zligingni abadiylashtirish, fan va insoniyatoldidagi burchingni sidqidildan ado etish imkoniyati, vositasi deb qaraydilar va butun hayotlarni ilm-fanga bag‘ishlaydilar.
“Osilib chiqqanlar” esa bir amallab dissertatsiyani “himoya qilib”, butun umr bo‘yi ilmiy daraja soyasida jon saqlaydilar va ilmiy unvonga amal pillapoyalaridan yuqori ko‘tarilish, molu dunyo orttirish imkoniyati deb qaraydilar va fanning kushandasiga aylanib, haqiqiy iste’dodlarni yo‘q qilish bilan mashg‘ul bo‘ladilar.
Shu boisdan ham fan “de fakto” olimlar “de yura” olim sifatida qadr-qimmat topishidan hayotiy manfaatdordir. Har qanday dissertatsiya, xususan, magistrlik dissertatsiyalari himoyalarining o‘ta talabchan va prinsipial tanqidiy ruhda bo‘lishining boisi pok va muqaddas fanni qalbaki, soxta, firibgar “olimlar” dan himoya qilish; fanning jamiyat va shaxs taqdiridagi buyuk ahamiyati va mohiyatini to‘laroq ro‘yobga chiqarish orqali jamiyatni qoloqlik, jaholat, zulm va adolatsizliklardan halos etish, ijtimoiy rivojlanish o‘rtaga qo‘ygan muammolarni xolisona o‘rganish va oqilona hal etish, xalqimizga munosib hayot darajasini yaratishdir.
Mavzularni izchil va sistemali ravishda bayon etishga, fanning falsafiy mohiyati, ijtimoiy ong sistemasida tutgan tutgan o‘rni, jamiyatning ma’naviy yangilanishi va shaxs hayotidagi ahamiyatini, ilmiy ijod falsafasi va psixologiyasi, ilmiylik mezonlari, ilmiy tadqiqot olib borish usullari, ilmiy tadqiqot shakllari, jumladan, dissertatsiya yozish qoidalari va usullarini yoritishga harakat qilindi.
Ma’lumki, fan demokratik jamiyat ma’naviy hayotini belgilovchi muhim omil sifatida ilm ahlida olijanob insoniysifat va fazilatlarni kamol toptiradi.
Jamiyatimiz taraqqiyoti, ayniqsa, fan-texnika taraqqiyoti shu jamiyatda yashab, ijod etuvchi insonlarning aqliy barkamolligi, mahoratiga bog‘liq. Buning uchun inson o‘qishi, mustaqil mutolaa qilishi, o‘z ustida tinmay ishlashi, izlanishi kerak. Bu ish faqatgina yagona uzluksiz ta’lim tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin. Uzluksiz ta’limni amalga oshirishda har bir shaxsning xar tomonlama barkamol rivojlanishi, uning axlokiy, madaniy kamoloti uchun qulay sharoit yaratilishi talab etiladi.
Mazkur fan orqali magistrantlar kursning predmeti, vazifasi, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun-mohiyatini aniqlash, ilmiy bilish, metod, metodologiya, metodika tushunchalarining mohiyatini anglash, ilmiy ish olib borish asoslari, tamoyillarini aniqlash, ilmiy tadqiqot olib borishdagi vazifalarni belgilash, jamiyatni demokratlashtirish va bozor tamoyillari asosida isloh qilingan iqtisodiyot sohasidagi o‘zgarishlarning ijtimoiy fanlarga ta’siri masalalarini o‘rganadilar. Kursni o‘qitishdan asosiy maqsad, magistratura talabalariga ilmiy tadqiqot metodologiyasining paydo bo‘lish shakillanishi va uning turli yo‘nalishlari haqida izoh berish, ilmiy tadqiqot metodologiyasiga doir falsafiy bilimlarni mukammal darajada o‘rganish, postnoklassik fan taraqqiyotida o‘z-o‘zini tashkillashtirish, o‘z-o‘zini boshqarish, dissipatsiya, fluktuatsiya, attraktor kabi ilmiy tadqiqot metodologiyasining asosiy muammo va qonuniyatlarini tadqiq etishdan iborat.
Shuningdek, magistrantlarda ilmiy izlanish texnologiyasini egallash va undan oqilona foydalanish maxorati haqidagi bilim ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgan.
O‘zbekiston mustaqilligini ta’minlashda va mustahkamlashda ilmiy salohiyatli, yuksak malakali kadrlarning faoliyati muhim o‘rin tutadi. Ta’lim to‘g‘risidagi qonun, kadrlar tayyorlashning milliy Dasturi qo‘ygan vazifalarni amalga oshirilishi natijasida oliy o‘quv yurtlarida magistrantlarni tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda. Magistrantlarning ilmiy dunyoqarashini tarkib toptirishda, ularning fan, ilmiy tadqiqot, uning o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi tasavvurlarini shakllantirishda ilmiy tadqiqot metodologiyasi asoslarini egallash muhim ilmiy-nazariy va metodologik ahamiyat kasb etadi.
Fanni o‘qitishdan maqsad magistrantlarga dunyoni bilish, ilmiy bilishning asosiy mazmuni, metod, metodologiya, metodika tushunchalarining mohiyati, ilmiy tadqiqotning zaruriy shartlari, ilmiy tadqiqot olib borishning mantiqiy sxemasi, ilmiy tadqiqot olib borishda ilmiy bilish usullaridan foydalanish, mavzuni tanlash, ilmiy-metodik adabiyotlarni o‘rganish, manba tanlash va faktik material to‘plash, ilmiy tadqiqot rejasini tuzish hamda unda nazariya va amaliyot birligini saqlash, dissertatsiya qo‘lyozmasi ustida ishlash va malakalarini shakllantirishdan iborat.Shuningdek, magistratura talabalariga ilmiy tadqiqot metodologiyasining paydo bo‘lishi, shakllanishi va uning turli yo‘nalishlari haqida tushuncha berish hamda falsafiy bilimlarini mukammallashtirishdir.
O‘qitishda falsafa va ilmiy bilish metodologiyasi o‘rtasidagi dialektik aloqadorlikka alohida e’tibor beriladi. Unda hozirgi zamon fani va metodologiyasining umumfalsafiy masalalari yoritiladi, fan tarixi va taraqqiyoti, hozirgi zamon epistemologiyasidagi muhim muammolar, fan haqidagi konsepsiyalarni ilmiy tadqiqot metodologiyasi ruhida qarab chiqish ko‘zda tutiladi.
Fanni o‘qitishning asosiy maqsadi – magistrantlarni ilmiy tadqqiqot metodologiyasiga oid bilimlar bilan qurollantirish hamda shu asosda ularni o‘z ixtisosligi jarayonlarini tahlil qilishga va fan muammolarini ilmiy hal qilishga tayyorlashdan iborat.Shuningdek, tabiiy va ijtimoiy fanlar orasidagi o‘zaro aloqadorlikni taxlil qilish; ilmiy tadqiqot metodologiyasining muvofiqlashtiruvchi fan ekanligini ilmiy asoslash; ilmiy tadqiqot metodologiyasi va dialektikaning uzviy aloqadorligini isbotlash.
“Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fani masalalari doirasida magistrant:
- ilmiy tadqiqot olib borishning metodologik asoslari, ilmiy tadqiqot olib borishning zaruriy shartlari, ilmiy izlanishga xos asosiy tushunchalar, ilmiy ish olib borishning mantiqiy tuzilmasi, ilmiy bilishda umumiy va xususiy metodlar, mavzuni tanlash bosqichlari, tadqiqot rejasini tuzish, ilmiy metodik adabiyotlardan foydalanish, fanning o‘ziga xos xususiyatlari, ilmiy tadqiqotning amal qilish mexanizmlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi, tadqiqot strukturasini, shuningdek, ilmiy tadqiqot metodologiyasi rivojlanishning bifurkatsion mexanizmini, o‘zini o‘zi uyushtirgan tizimlarning evolyutsiyasi jarayonlarida xaosning konstruktiv rolini aniqlashni, hozirgi zamon dunyoqarashiga ko‘rsatgan ta’siriga ko‘ra ilmiy tadqiqot metodologiyasi g‘oyalari nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasi g‘oyalariga teng turishini, ilmiy tadqiqot metodologiyasi tushunchalarini har qanday rivojlanuvchi tizimlarga nisbatan qo‘llash bilishi kerak;
- magistrant ilmiy tadqiqot jarayonini yaxlit jarayon sifatida tasavvur qila olishi, mehnatsevarlik, tadqiqot jarayonini tavsiflash, xulosalarni ta’riflash va olingan natijalarni baholash, empirik va nazariy tadqiqot usullarini farqlash, kengaytirilgan tadqiqot rejasini ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotning metodologik tamoyillari, ilmiy loyihalarni tuzish, ilmiy izlanishlarning yo‘nalishlari, shuningdek, ilmiy tadqiqot metodologiyasining falsafiy masalalari, ilmiy tadqiqot metodologiyasi har qanday ob’ekt evolyutsiyasini harakatga keltiruvchi o‘z-o‘zidan tashkil topish mexanizmini tavsiflovchi ta’limot ekanligi haqidagi bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- Ilmiy tadqiqot metodologiyasining falsafiy masalalari juda ko‘p fanlar uchrashadigan muammolar xususida ishlayotgan soha bo‘lgani uchun hamda sinergetik bilim xosil bo‘lishining o‘ziga xos noan’anaviy jihatlari mavjudligi uchun uni metodologiya nuqtai nazaridan baholashi va ulardan foydalana olishi, bilimning konstruktiv harakteri, ilmiy faoliyat mahsulining amaliy ahamiyatini anglash, ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish usullari va talablarini bilish, havola berish (tsitata berish) usullari, mavzuni yoritish uchun matndan faktik misollar tanlash, faktik materiallarning miqdorini belgilash, qo‘lyozmani tahrir qilish, ilmiy ishni ilmiy uslubda ravon va savodli yozish malakalariga ega bo‘lishi lozim.
Fanni samarali o‘rganish uchun magistrantlar falsafa, milliy istiqlol g‘oyasi, pedagogika, psixologiya, yangi pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat, shuningdek mamlakatimizda bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida fan taraqqiyotiga oid bilimlarni ham mukammal o‘rganishlari lozim. Ayniqsa, bu fanni o‘rganishda epistemologiya fanlari asoslarini egallash juda muhimdir. Shuningdek, “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” bilim sohalariga doir ta’lim yo‘nalishlarida fanlardan o‘rganiladigan muammolar borasida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etiladi.
Fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalar magistrantlarda ilmiy ish olib borish yuzasidan boshlang‘ich bilimlarni shakllantirish, falsafa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik terminlarini o‘zlashtirish, ijtimoiy fan sohalariga oid nazariy masalalarning tahlil qilinishi va yoritilishi, keng qo‘llaniladigan metod hamda usullarni o‘rganish, mavzu doirasidagi muammoning hal qilinishi borasida muayyan bilimga ega bo‘lishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish