5- MAVZU: ILMIY BILISHNING METODOLOGIK ASOSLARI
1.Ilmiy bilishning nazariy pog’onasi.
2.Nazariy tadqiqotlarning birinchi bosqichi.
3.Nazariy tadqiqotlarning ikkinchi bosqichi.
4.Nazariy tadqiqotlarning uchinchi bosqichi.
Tayanch so’z va iboralar: Ilmiy bilish, umumiylik, abstraklik, konkretlashtirish, ilmiy tamoyil, ideallashtirish, ilmiy taxmin, nazariy tadqiqot, fikriy tajriba, tizimlilik, emperik bilish, generalizatsiya.
1. Ilmiy bilishning nazariy pog’onasi.
Ilmiy bilishning nazariy darajasi emperik bilish darajasi bilan dialektik o’zaro bog’lanishda bo’lib, u nisbiy mustaqillikka va faqat o’ziga tegishli bo’lgan bilish vositalariga egadir.Uning xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
Uning umumiyligi va abstraktligi. Agar emperik qonunlar ma’lum guruxni tashkil etgan ko’pgina alohidagi xodisalarni ta’riflab bersa, ilmiy nazariya bir qator ana shunday qonunlarni, ya’ni o’rganilayotgan xodisalarning ma’lum sohasini o’z ichiga oladi. O’zining umumiyligi bilan ilmiy bilimlar nafaqat ochilgan va kuzatilayotgan xodisalarga, balki hali ochilmagan va kuzatilmagan xodisalarga xam tegishlidir.
Tizimlilik. Agar alohida olingan emperik dalillar emperik bilimlarni yig’indisini o’zgartirmagan xolda ham qabul qilinishi va rad etilishi mumkin bo’lsa, nazariy bilimlarning alohida elementlarini o’zgartirish tizimni bir yo’la o’zgartirishsiz amalga oshmaydi.
Uning falsafa faniga yaqinligi. Lekin ilmiy nazariy bilim falsafadan farqli o’laroq ko’proq ilmiy konkrektlikka egadir.
Nazariy bilim borliq haqida emperik bilimga qaraganda ko’proq tasvirni bera oladi.
Nazariy bilim birlikdan umumiylikka tomon xarakatlanuvchi, emperik bilimdan farqli ravishda boshlang’ich va umumiy abstraklikdan xulosaviy konkretlikka va birlikka tomon xarakat qiladi, u deduktiv tuzilmaga egadir.
Ilmiy bilimning nazariy asosi ilmiy nazariyani deduktiv tarzda qurish uchun boshlang’ich xisoblangan umumiy bilimlardan tashkil topadi. Nazariyani qurish uchun avvalambor geometriyaning aktsiomalari kabi deduktsiyaning asosi bo’lib xizmat qiluvchi umumiy tushunchalar, ta’limlar va taxminlarni qidirib topish kerak.
Metodologik inadaniyatning shakllanganlik darajalari: Nolevoy daraja - metodologik madaniyat elementlari shakllanmagan. Beqaror-empirik daraja - tasavvur etish darajasida noto‘!iq metodologik bilimlar, ayrim metodologik, rasmiy-mantiqiy va vositatexnologik ko‘nikmalar shakllangan;
tadqiqot ishining mavzusi dolzarb emas, muammo aniq qo‘yilmagan va shakilantirilmagan;
tadqiqot metodologik nuqtai nazardan asoslanmagan, eklektik tusga ega;
kategorial apparati mazmuni va tarkibiy tuzilmasi aniq ishlab chiqilmagann, mantiqan noto‘g ‘ri;
faraz yangi emas;
tadqiqot mantiqi metodologik nuqtai nazardan noto‘g ‘ri va asoslanmagan;
tajribaviy ish dasturi nazariy nuqtai nazardan asoslanmagan, texnologik jihatdan ziddiyatga ega;
tadqiqot natijalari va xulosalari originallik, yangilik, nazariy mohiyat yo‘qligi bilan tavsiflanadi;
tadqiqotning alohida bosqichlari, jarayotilarining tartibsiz refleksiyasiga ega, lekin metodologik refleksiyaning subyektini aks ettirmaydi;
intellektual-uslubiy doirasi tor; intellektual faoliyatning algoritmik usullari ustuvorligi; “sinash va xato usu!i”ning ustuvorligi;
tadqiqotning evristik potensiali past - tadqiqot fanda mavjud boigan pedagogik obyektlami o ‘rganishga qaratilgan, an’anaviy konsepsiya doirasida amalga oshirilgan;
yangi natijalarga erishilganlik ehtimoli juda past(tadqiqotchi fanga ma’lum bo‘!gan dalillar, qoidalarni deyar'i takrorlayapti).
Evristik daraja - tushunish va qollash darajasida alohida metodologik, mantiqiy, texnologik qobiliyatlar shakllangan; tadqiqotnin,: ilmiy va amaliy dolzarbligi asoslangan; kategorial apparat! mohiyati tarkibiy tuzilmasi aniqlashtiriîgan, tadqiqotriing metodologik xususiyatlari, mohiyati, xulosalari o ‘rtasida qat’iy korrelyasiya mavjud emas;
gipoteza yuqori evristik potensialga ega, konseptual yangilik, nostandart yondàshuv bilan tasniflanadi; tajribaviy ishning maqsadi asoslangan, lekin uning dasturi texnologik amaliyotga to‘liq mos emas; tadqiqot natijalari va xulosalari yangilik va amaliy tavvsifga ega; tadqiqotning alohida bosqichlai. jarayonlarining tartibsiz refleksiyasiga ega, lekin metodologu. refleksivaning subyektini aks ettirmaydi; variativ intellektual-uslubiy doiraga ega; tadqiqotning yaqqol evristik potensialga egalishi.
Tadqiqotchilik darajasi - tushunish va qoMlash darajasida tizirn';
metodologik bilimlar shakllangan, mantiqiy, texnologik, reflets1 qobiliyatlar, alohida metodologik ko‘nikmalar shakllangan; tadqiqotning ilmiy va amaliy dolzarbligi asoslangan; kategorial apparati mohiyati tarkibiy tuzilmasi aniqlashtiriîgan, mantiqan to‘g ‘ri;
tadqiqotning meîo dologik xususiyatlari, xulosalari o‘rtasida qat’iy korrelyasiya mavjud emas; gipoteza evristik, yangilik, nostandartlik bilan xarakterlanadi, tadqiqot mantiqi metodologik to‘g‘ri, asoslangan;
tajribaviy va eksperimental ishning maqsadga muvofiqligi asoslangan, uning dasturi texnologiklikka zid emas;
tadqiqot natijalari yangilik, amaliy va nazariy ahamiyat bilan xarakterlanadi; alohida bosqichlar, tadqiqot jarayonlarining refleksiyasini amalga oshiradi, lekin metodologik refleksiyaning subyekti (tashabbuskori) emas; variativ intellektua!- uslubiy repertuar; tadqiqotning yuqori evristik potensialga egaligi. Integrativ -tushunish va qoMlash darajasida tizimli metodologi? bilimlar shakllangan, mantiqiy, texnologik, refleksiv qobiliyatlar alohida metodologik ko‘nikmalar shakllangan; tadqiqotning ilmiy va amaliy dolzarbligi asoslangan; kategorial apparati mohiyati va tarkibi) tuzilmasi aniqlashtiriîgan, mantiqan to‘g‘ri;
tadqiqotning metodologik xususiyatlari, xulosalari o ‘rtasida qat’iy korrelyasiya mavjud emas;
gipoteza evristik, yangilik, nostandartlik bilan xarakterlanadi;
tadqiqot mantiqi metodologik to‘g‘ri, asoslangan;
tajribaviy yoki eksperimentai ishning maqsadga muvofiqligi asoslangan, uning dasturi texnologiklik;.
tadqiqot natijalari yangilik, amaliy va nazariy ahamiyat biiai: xarakterianadi; alohida bosqichlar, tadqiqot jarayonlarining refleksiyasini amalga oshiradi, lekin metodologik refleksiyaning subyekti (tashabbuskori) emas; variativ intellektual-uslubiy repertuar; tadqiqotning yuqori evristik potensialga egaligi,
Do'stlaringiz bilan baham: |