Intellektual elitaning ontopsixologiyasi ijodiy o‘sishni rag‘batlantiruvchi omillarning ikki darajasi mavjudligini ko‘rsatadi. Birinchi daraja shaxsiy manfaatlar va ambitsiyalarga to‘la stimullardan iborat bo‘lib, ularning orasida o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ehtiyoji, liderlikka intilish muhim o‘rin tutadi. Ikkinchi daraja ijtimoiy ahamiyatga molik rag‘batlantiruvchi omillar bilan belgilanadi. Bu erda ayrim faoliyat jabhalarining ustunligi, umuman jamiyat yoki uning ayrim tuzilmalari manfaatlari o‘z rolini o‘ynaydi. Unda ijodkor shaxsning ahamiyatiga urg‘u berish, ijodni targ‘ib qilishning har xil imkoniyatlaridan, shuningdek moddiy stimullar: grantlar, shaxsiy stipendiyalar, byudjetdan moliyalashtirishdan foydalaniladi. Har qanday jamiyat o‘z intellektual salohiyatini o‘stirishdan manfaatdor bo‘lishi lozim.
Oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borish bilan bir qatorda muayyan ilmiy mavzu bo‘yicha muntazam tadqiqot ishi olib boruvchilar ilm ahlidir. Ilm ahli (odamlari) vakillari o‘z faoliyati mahsullarini olimlar jamoasiga taqdim etishi, konferensiya va davra suhbatlarida ishtirok etishi va pirovord natijada intellektual elita darajasiga chiqishi mumkin.
«Ilm ahli» ilmiy izlanishlarning mahsullarini faqat fan sohasida tayyorgarlikka ega, bilimdon odamlarga berishlari mumkin. Tayyorgarlikka ega bo‘lmagan odamlar ularni o‘zlashtira olmaydilar. SHu narsa diqqatga sazovorki, «ilm ahli» - olimlar butun dunyo bo‘ylab tarqalgan va butun insoniyatga tegishli. Ular bir-birini qidiradi, bir-biri bilan aloqa qiladi. Olimlarning uchrashuvlari va muloqotini ta’minlash shakllari har xil nom bilan ataladi – bular seminarlar va konferensiyalar, simpoziumlar va kongresslar. Biroq muloqotning eng qulay va keng tarqalgan yo‘li – olimlarning ilmiy asarlarini e’lon qilishda namoyon bo‘ladi. Maxfiy ishlovlarni hisobga olmaganda, har bir olim muammoga nisbatan o‘z yondashuvi, erishishga o‘z hayotini bag‘ishlagan natijalari bilan butun dunyoni tanishtirishga harakat qiladi. Bugungi kunda dunyo olimlarining muloqot vositasi quyidagilar hisoblanadi.
Kongress ilmiy jamoatchilikning muloqotini tashkil qilishning eng nufuzli shakli. Kongress (lotincha uchrashuv, majlis) u yoki bu ilmiy jamoatchilik, mutaxassislar, jamoat arboblarining ilmiy hayotidagi eng katta va eng ahamiyatli yig‘in, u xalqaro, mintaqaviy yoki umummilliy xususiyatga ega. Odatda kongresslarda mingdan ortiq olimlar ishtirok qiladi. Kongresslarning dasturlari rang barangligi bilan boshqa ilmiy anjumanlardan farq qiladi. Unda ijodiy va amaliy vazifalarni qo‘yish barobarida, hisobot majlislari, assambleyalar, boshqaruv tashkilotining majlislari, ilmiy tashkilotlarning umumiy majlislari kabi texnik va tashkiliy masalalar muhokama qilinadi. Bunday tadbirlarni o‘tkazish uchun yangi g‘oyalarni yaratish, ijodiy yangiliklarni qo‘llash, original takliflarni ilgari surishdek mashaqqatli ijodiy mehnat talab qilinadi. SHu bois, kongresslar uch yildan besh yilgacha bo‘lgan davrda bir marta o‘tkaziladi, unda umumiy mavzu tanlanib, bu bo‘yicha tashkiliy va dasturiy qo‘mita raisi, ilmiy kotib va a’zolar tayinlanadi. Kongress a’zolarining tarkibi kongressning sho‘‘ba va boshqa davra stoli kino klub kabi sho‘‘balar raislarining kongressda ishtirok qilish uchun taqdim etilgan tezislar asosida tanlanadi. SHo‘‘balar kongressning eng muhim tarkibiy elementi sifatida amal qiladi va muhokamaga olib chiqilayotgan muammolarning katta qismini qamrab oladi. SHu bois, kongress ko‘p hollarda g‘oyalar yarmarkasi deb nomlanadi. CHunki bu anjumanda nafaqat bir mamlakat balki, dunyo buyicha ilmiy bilimga oid innovatsion g‘oyalar, ijodiy fikrlar ilgari suriladi va ular uzoq davr mobaynida muhokama qilinadi.
Ilmiy forum ( forum Qadimgi Rimda omma muloqoti tashkil qilinadigan maydon) u yoki bu fan ilmiy muammolarining yuqori nazariy darajada muhokama qilinadigan katta ilmiy majlis. Forum uchun ma’ruzalar maqsadli tanlanadi va jiddiy mazmun va asoslanganligi bilan xarakterlanadi. Ba’zi hollarda forum kongress tushunchasiga sinonim sifatida ham ishlatiladi. Forumni o‘tkazish uchun tashkiliy va dasturiy qo‘mita tayinlanadi. Forumning ishtirokchilari bir necha yuz va undan ortiq kishilar bilan belgilanadi.
Konferensiya (lotin conferential – bir joyga yig‘ish, to‘plash) u yoki bu aniq mavzu bilan bog‘liq nazariy vazifalarni muhokama qilish uchun yig‘ilgan ilmiy jamoatchilikning majlisi. Konferensiya respublika, mintaqaviy va xalqaro darajalarda bo‘lib, mazmuni nuqtai nazaridan kongresslarga tenglashishi mumkin. Konferensiyada ishtirok qilish uchun maqola va tezislar ko‘rinishida buyurtma beriladi. Konferensiyaning hajmi va mazmuniga ko‘ra tashkiliy qo‘mita, ba’zi muhim holatlarda dasturiy qo‘mita raisi va a’zolari tayinlanadi. Konferensiyaning ilmiy kotibi ba’zi zaruriy holatlardagina tayinlanadi. Konferensiyalarda bir necha o‘n kishidan bir necha yuz kishigacha ishtirokchi bo‘lishi mumkin.
SHo‘‘ba (lotin. Section- bo‘lmoq) butunning tarkibiy qismlaridan biri: kongress, konferensiya, majlis va h.k. SHo‘‘ba ishini bosh tadbirning muayn mavzulari bo‘yicha mulohaza yurituvchi olimlar tashkil qiladi. SHo‘‘bada ma’ruza qilish uchun tezislar taqdim etiladi va ular sho‘‘ba raislari va a’zolari tomonidan saralanadi. SHo‘‘ba a’zolari 25- 30 dan ortmasligi lozim. SHo‘‘bada ma’ruza qilish uchun 50 dan ortiq talab tushgan vaziyatda sho‘‘ba ikkiga bo‘linadi.
Simpozium (lotin.symposium; yunon. Symposion- yunon va rimda musiqa, bazm bilan olib boriladigan bazm) muayyan ish sohasida bir birin yaxshi bilangan mutaxasisslarning u yoki bu maxsus masalalarning birgalikdagi muhokamasi. Simpoziumlar odatda bilologiya, tibbiyot va matematika sohasida o‘tkazilishi an’ana bo‘lgan. Simpoziumda ishtirokchilari o‘n va yuzdan ortiq talabgorlardan tushgan arizalarning tanlovi asosida aniqlanadi. Simpoziumlar odatda, milliy, mintaqaviy va xalqaro darajalarda olib boriladi.
Dumoloq stol – bir xil daraja va mavqega ega bo‘lgan olimlarning u yoki bu masala bo‘yicha tartib bilan fikrini ifodalash uchun yaratilgan sharoit. Suhbatning mavzusi majlisning maqsadi va vazifalari bilan belgilanadi va shu mavzuga doir mutaxassislar jalb qilinadi. Bu erda davra suhbatini olib boruvchi moderator boshlovchining mahorati muhim ahamiyatga ega. U davra suhbati ishini boshqaradi va bahsning muhokama qilinayotgan mavzu doirada bo‘lishini ta’minlaydi. U shuningdek ma’ruzalarning tartibi ketma ketligi, luqmalarning o‘rinli yoki o‘rinsizligini reglamentga rioya qilinishini boshqaradi. Dumalok stol faoliyati bahs, muzokara, debat va aqliy hujum shaklida o‘tkaziladi va uning yakunida moderator xulosalovchi fikrlarni bayon qiladi. Dumoloq stol shaklidagi olimlarning muloqoti uchun oldindan ma’ruzalar yoki tezislar yig‘ilmaydi, suhbatni odatda moderator boshlab so‘ng so‘zni avtoritetli olimlardan biriga beradi. Dumaloq stol shaklidagi suhbatning faol ishtirokchilari 6-10 kishi atrofida bo‘ladi, boshqalar passiv ishtirokchi bo‘lishi ba’zida savollar berishi, muzokaralarda ishtirok qilishi mumkin.
Kollokvium (lot.colloquium- suhbat)- bilim aniqlanishiga yo‘naltirilgan o‘quv mashg‘uloti shakllaridan biri; asosiy ma’ruza mavzusi doirasidan chetga chiquvchi muayyan mavzuga bag‘ishlangan ilmiy majlis; 10-30 kishi ishtirokida oldindan tayyorlangan bir yoki bir nechta ma’ruzalarlarnnig muhokamasi bilan belgilanadi.
Kechki ma’ruza kongress dasturi doirasida ma’ruzachi va ma’ruzaning muhimligiga ishora sifatida nazariy materialni yoritishga qaratilgan yig‘ilish shakli, bunda eng nufuzli olimlardan biri taklif qilinadi va uni tashkil qilishga alohida vaqt belgilanadi.
Seminar (ilmiy amaliy, nazariy ) (lot.seminarium- ko‘chat, teplitsa)-o‘quv amaliy mashg‘ulot shakli bo‘lib, unda 10tadan 30tagacha blgan ishtirokchilar bitta ilmiy ma’ruzani eshitailar va muhokama qiladilar.
Aqliy hujum – bir guruh mutaxassislarning muayyan muammo doirasidagi ijodiy bahsi, bunda har qanday fikr, hatto msutlaqo absurt fikrlar ham eshitilish qabul qilinishi mumkin, biroq bu fikrlarni tanqid qilish mumkin emas, chunki bu muayyan shaxsning fikrlari majmui.
Mahorat darslari- muloqotning ijodiy shakli, muayyan mavzu bo‘yicha ma’ruza orqali bilim va tajribasini etkazish usuli bo‘lib, bunda o‘zining nazariy va amaliy yutuqlarini takomillashtirish maqsadida bir guruh tinglovchilar ishtirok qilishi va o‘zaro muloqot tashkil qilinishi mumkin.
Ishchi guruhning ijodiy uchrashuvi- muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan muammo bo‘yicha fikr almashish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun mas’ul shaxslar va etakchi mutaxassislarning yig‘ilishi ( bir necha kishidan bir necha o‘n kishigacha).
Ishchi yig‘ilish- 100 kishigacha bo‘lgan olimlarning ijodiy faoliyati yakunlari bo‘yicha muhim masalalarning va istiqbol rejasini belgilash uchun o‘tkaziladigan yig‘ilish. Bu olimlar muloqotini o‘tkazishning oxiri emas, bunday muloqotning yangi shakllari xususan, internet muloqot, internet konferensiya kabilar ham farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |