Ilmiy tadqiqot metodologiyasi



Download 305,59 Kb.
bet79/84
Sana03.02.2022
Hajmi305,59 Kb.
#428145
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
Bog'liq
маъруза матни

Nazariy darajada ijtimoiy mas’uliyatning uchta jihati farqlanadi: 1) fandagi mas’uliyat ilmiy xodimlarning harakatlari ta’sirida progressiv, gumanistik, axloqiy darajada insoniyatga zarar etkazmaslikni nazarda tutadi. 2) Jamiyat oldidagi mas’uliyat olimning mamlakat va davlat ravnaqiga hissa qo‘shish, ilmiy bilimga tayangan holda ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish, barcha bilimini mamlakat mudofaasiga yo‘naltirishda namoyon bo‘lsa, butun insoniyat oldidagi mas’uliyat dunyoda tinchlikni saqlash, fanning insonparvarlashuviga alohida e’tibor qaratishdir. 3) Olim ijtimoiy mas’uliyatining uchinchi jihati insoniyat oldidagi mas’uliyatni his qilishida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy mas’uliyatining uchinchi jihati olim tafakkur uslubining ratsionallashuvi va uning faoliyati natijalari emas, balki oqibatlari haqida o‘ylashga, xalqaro terrorizm, har qanday yadro qurollarini yaratishdan voz kechish, yoki ularni qo‘llashni ta’qiqlash, erda hayotni saqlash borasida ilmiy izlanishlarni olib borish, kosmosni saqlash kabi faoliyatda namoyon bo‘ladi. Olim ijtimoiy mas’uliyatining mazmuni asosan umuminsoniy axloq mezonlariga tayanadi. Ayni paytda ijtimoiy mas’uliyat axloqiy kategoriyalar bilan uyg‘unlashgan holda jamiyat axloqiy mezonlarining shakllanishida ishtirok qiladi. Olimning ilmiy faoliyati jarayonida axloqiylik mezonlariga amal qilishi sust bo‘lsada, ijod mahsullarining amaliyotga joriy qilinishi jarayonida uning fuqarolik mas’uliyati oshadi. Olimlar ijtimoiy mas’uliyatining ko‘p jihatlari bir-biridan farq qilsada, ularni bitta umumiy jihat tinchlik uchun kurash g‘oyasi va faoliyati birlashtiradi. Bugungi kunda dunyo olimlari eng muhim masalani insoniyat, fan oldidagi mas’uliyatini his qilishlari erda hayotni saqlab qolish imkoniyatini beradi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, olim o‘zi istamagani holda yangi yadro qurollarini yaratishning tashabbuskori bo‘lgani bois, u o‘z ixtirosidan imkon qadar foydalanmaslikka erishishi, qurollar baribir biror kun foydalanilishini bilgan holda tajavuzkorni to‘xtatish yo‘lidan borishi muhim. Tinchlik va barqarorlikka qarshi kurash doimiy bo‘lishi olimning diqqat markazidagi bosh masaladir. Bunda mustaqil davlatda ijtimoiy mas’uliyatning barcha jihatlarini namoyon qilish imkoniyati bor, chunki unda fan va jamiyat manfaatlari uyg‘unlashadi. Bu tenglik, o‘ziga ishonch va axloqiy qat’iyat, vatanparvarlik, ilmiy faollik kabilardir. SHuning uchun olim yuqori ijtimoiy mas’uliyat etakchisi, mustaqillikni saqlashning bevosita ishtirokchisi sifatida namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy mas’uliyatning ikki muhim omili birinchi fundamental va amaliy fanlar aloqalarining yangi shakllari va ikkinchidan olim ijtimoiy mas’uliyatining mazmuni va sohasining o‘zgarishidir. Hozirgi davr fanida fundamental bilimni egallash fundamental ob’ektning mohiyati haqidagi bilim rivoji bilan emas, balki ilmiy dasturning tadbiqi jarayonida shakllanadigan amaliy vazifalar bilan belgilanadi. SHu bois, fan va texnologiyalar shu darajada uzviy aloqada bo‘ladiki, unda olimlar doimo amaliy muammolar doirasida fundamental vazifalarni, fundamental muammolar doirasida esa amaliy vazifalarni echish bilan to‘qnashadilar. Bunda olim ob’ektiv sharoitlar ta’sirida muhim amaliy muammolarni echishga ijodiy yondashuvdan chekinadi.
Kompleks dasturlarning fundamental va amaliy jihatlarining o‘zaro aloqasi professonal mas’uliyat va ijtimoiy mas’uliyat orasidagi mutanosiblikni o‘zgartiradi. Ilmiy tadqiqot faoliyati jarayonida olimning professional mas’uliyati uning o‘z faoliyati yo‘nalishini tanlashida namoyon bo‘ladi. Professional mas’uliyat tadqiqotga xos bo‘lgan ichki sub’ektiv qat’iy zaruriyat sifatida amal qiladi. Ijtimoiy mas’uliyatga esa faqat tadqiqot g‘oyasida, ilmiy g‘oyalarning amaliyotga joriy qilish jarayonida murojaat qilinadi. SHu bois, professional va ijtimoiy mas’uliyat orasidagi o‘zaro aloqa nisbatan sayoz bo‘ladi.
Biroq, kompleks ilmiy tadqiqot dasturlari bilan ishlash jarayonida olimning professional va ijtimoiy mas’uliyati kuchayadi. Bu ilmiy tadqiqot tuzilishining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lib, u fundamental - amaliy – gumanitar bilim sxemasida amal qiladi.
Professional mas’uliyat va ijtimoiy mas’uliyat ilmiy tadqiqot dasturlarining namoyon bo‘lish jarayonida ikkita bir-biriga ta’sir qiluvchi bir masalaning ikki tomoni sifatida amal qiladi.
Tadqiqotni tashkil qilish muammosiga o‘tish olim professional mas’uliyati mazmuniga ham ta’sir qiladi. Bu mazmun esa olim ilmiy faoliyatining aniq turi bilan belgilanadi. Nazariyotchi olimning professional mas’uliyati amaliyotchi olimning professional mas’uliyatidan farq qiladi. Biroq bunda professional mas’uliyatning barcha turlari uchun tegishli bo‘lgan yagona yondashuv ilmiy tadqiqotning yakuniy natijasi ilmiy izlanishni aniq xo‘jalik vazifalarini echishga qaratiladi.
Hozirgi davrda olimlar oldidagi eng muhim vazifalardan biri dunyoda tinchlikni saqlash va ekologik muammoni hamjihatlikda echishdir. Texnogen sivilizatsiyaning salbiy oqibatlari XX asrning 60 yillarida birinchi marta e’tirof etilgan. 1986 yilda Rim klubi olimlarining ekologik muammolarga bag‘ishlangan konferensiyada bir necha o‘n yillardan so‘ng tabiiy resurslarning, xususan neft, ko‘mir, rangli metall, suv, taxta kabilar tugashi, va biosfera havo suv, daryo, ko‘l, dengiz va okeanlar ifloslanishi oqibatlari haqida ogohlantiruvchi ma’ruza qilingan. Tabiatdan nooqilona foydalanish natijasida ba’zi o‘simlik va hayvonlar turlarining yo‘qolib ketishi xavfi haqida fikr borgan.
Olimlarning ijtimoiy mas’uliyati masalasi atom quroli yaratilishi munosabati bilan ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etdi. Hozirgi vaqtda olimlarning barcha sohadagi ijtimoiy mas’uliyatini shakllantirish umume’tirof etilmoqda.
Amalda fanni u yoki bu vazifalarga yo‘naltiruvchi ijtimoiy muhim masalalar yuzasidan uzil-kesil qarorni kamdan-kam holda olimlarning o‘zlari qabul qiladilar. Atom elektrostansiyasini yoki biron-bir gidrotexnika inshootini qurish o‘rinli bo‘ladimi? Sayyoralararo kosmik kemalarni yaratishga misli ko‘rilmagan mablag‘larni sarflash arziydimi? Ajal urug‘ini sochuvchi yangi qurolni ishlab chiqishni moliyalashtirish kerakmi? Bunday masalalarni hokimiyat tepasidagilar, aksariyat hollarda olimlar bilan maslahatlashmasdan va ularning tavsiyalarini e’tiborga olmasdan hal qiladilar. Bu erda olimlarning ijtimoiy mas’uliyati prinsipi ular uchun muhim ijtimoiy-madaniy mo‘ljal bo‘lishi lozim. Agar hokimiyat organlari qabul qilgan qarorlar olimlar vijdonining da’vatiga zid bo‘lsa, ular bunday qarorlarni bajarishda ishtirok etishdan bosh tortishlari va norozilik ovozini ko‘tarishlari lozim. Aks holda ular o‘z ishtiroki uchun ijtimoiy javobgar bo‘ladilar.
Biz yuqorida fan ustidan ijtimoiy nazoratni tilga oldik. Ammo ijtimoiy nazoratning o‘zi kifoya qiladimi? Axir rang-barang ijtimoiy kuchlar, shu jumladan fanni insoniyatning bir qismiga foyda keltirish va boshqalarga zarar etkazishga qodir bo‘lgan natijalarni olishga yo‘naltiruvchi kuchlar ham bor-ku. Jamiyat va jamoatchilik fikrini bunday kuchlar boshqargan taqdirda, ijtimoiy nazorat ham ularning qo‘liga o‘tadi. Bu holda ular ilmiy izlanishlarning insoniyat uchun xayrli bo‘lmagan yo‘nalishlariga nafaqat monelik qilmaydilar, balki ularni o‘zlari rag‘batlantiradilar. qurollanish poygasi buning yorqin misolidir.
Olimlarning ijtimoiy mas’uliyati ijtimoiy nazoratni to‘ldiruvchi, jamiyat uni yo‘lga qo‘ya olmagan holda uning o‘rnini bosuvchi omil bo‘lishi va jamiyat yoki boshqa biron-bir ijtimoiy kuch uni monopoliyalashtirgan va undan g‘ayriinsoniy maqsadlarda foydalangan hollarda unga qarama-qarshi kuchga aylanishi lozim.

Download 305,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish