Ilmiy tadqiqot metodologiyasi


Ilmiy tadqiqot namoyon bo‘lishining asosiy jihatlari



Download 305,59 Kb.
bet21/84
Sana03.02.2022
Hajmi305,59 Kb.
#428145
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   84
Bog'liq
маъруза матни

Ilmiy tadqiqot namoyon bo‘lishining asosiy jihatlari. Ilmiy tadqiqot jarayonida inson mohiyatan o‘zligini anglaydi. Bu bilan inson nafaqat tashqi muhitda, balki o‘z ruhiyatida ham o‘zgarish yasaydi. Ilmiy ijod xilma-xil ma’naviy-madaniy ehtiyojlarni qondirish bo‘yicha son-sanoqsiz vazifalarni hal qilishga yo‘naltirilgan faoliyatdir.
Ilmiy tadqiqot jarayonida erkin bo‘lish − moneliksiz ijod qilish, birovning qolipiga tushmaslik, yangi ilmiy bilimlarni olish va qayta ishlashda ob’ektiv va xolis bo‘lish muhimdir. Bundan ko‘rinadiki, olimlar o‘z ilmiy faoliyatining maqsadlari va metodlariga o‘zlari axloqiy nuqtai nazardan baho berishlari, axloqiy me’yorlarni buzish bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlardan voz kechishlari lozim.
Har qanday ilmiy faoliyat matnlarda “yozma” ko‘rinishda (qog‘ozda yoki elektron) – ilmiy hisobot, ilmiy ma’ruza, referat, maqola, kitob tarzida rasmiylashtirilgan bo‘lishining asosida ikki shart-sharoit yotadi. Birinchidan, olim o‘z g‘oyalari va natijalarini qat’iy ilmiy tilda faqat yozma (elektron) tarzda bayon etishi mumkin. Har qanday ilmiy ishni, hatto kichkina maqolani qog‘ozga tushirish, fikrning ifodasida ketma-ketlikga erishish muhim ahamiyatga ega, maqola yoki tezis yozish boshlovchi tadqiqotchi uchun jiddiy muammolar bilan bog‘liq, chunki jamoa oldidagi chiqishlarda osonlik bilan aytiladigan yoki odam “ichida ”tafakkurida shakllangan so‘zlar va fikrlarning ifodasini o‘z vaqtida qog‘ozga tushirish uchun olimga mantiqiy izchillik ko‘p hollarda etishmaydi. YOzma nutq va og‘zaki nutqning bir-biridan farqi shundaki, og‘zaki nutqdagi ba’zi nuqsonlar eshituvchilar tomonidan e’tiborga olinmaydi, biroq yozma matnda qat’iy mantiqiy izchillik talab etiladi, chunki undagi fikrlar ketma-ketligiga o‘quvchi qayta-qayta murojaat qiladi va yangi bilimning maqsadi va mohiyatini aniqlashga harakat qiladi. Ikkinchidan, olimning salohiyati uning turli jurnallarda nashr qilgan ilmiy maqolalarining soni va salmog‘i hamda respublika va xorijda o‘tkazilgan konferensiyalaridagi ilmiy ma’ruzalarda aniqlanadi. SHu bois, tadqiqotchi uchun nashr etilgan ishlari ro‘yxatini doimiy to‘ldirib borilishi va ma’ruzalar mazmunining turli tumanligi uning imidji shakllanishiga asos bo‘ladi.
Ilmiy tadqiqot natijalari olimning tezis, maqolalar, monografiya, dasrlik, o‘quv qo‘llanmalari, hamkorikdagi to‘plam materiallarida yoritilishi uning olim sifatida e’tirof qilinishi va ilmiy g‘oyalari bilan jamoatchilikni tanishtirish uchun muhim omil bo‘lib hizmat qiladi.
Tezis- muayyan katta maqolaning asl mohiyatini tushuntiruvchi kichik izoh
Maqola- Muayyan muammonnig mazmuni yoritilgan yozma matn
Monografiya- yakka mualliflikdagi yoki hammualliflikdagi fundamental tadqiqot mahsuli. Monografiyada aniq qolip, belgilangan dastur bo‘lmaydi. Unda ijodkorning masalaga munosabati yoritiladi
Darslik- muayyan dastur mazmunining keng ko‘lamdagi asosi
O‘quv qo‘llanmasi- darslikdan kichik biroq, dastur mazmunini o‘zida mujassamlashtirgan yaxlit o‘quv adabiyoti.
Ilmiy tadqiqotning muhim jihatlaridan biri boshqa olimlar asarlariga iqtibos berishdir. Boshqa olimlar va o‘zining faoliyati natijalariga munosabat turli shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Asarlarga iqtiboslar keltirish, o‘z hamkasblari nomlari va ular o‘z asarlarining mazmuni tahlilini keltirish olimning fandagi axloqiy va ijtimoiy mo‘ljallarini namoyon qiladi. Bunda olimning ular nomini qaysi maqsadda xususan keskin tanqidiy mulohazalar, maqtov, befarqlik bilan qo‘llaganligi, ularning o‘rinli yoki aksi ekanligi muhim ahamiyatga ega. Bunda iqtiboslar keltirilishi shartmi yoki ularsiz ham ilmiy faoliyatni davom ettirish imkoniyati bo‘ladimi? Ular faoliyati samaradorligini oshiradimi? Ilmiy ishlarni nashr qilish va ularga iqtibos berishda axloqiy masala qanday hal qilinishi mumkin? degan savol paydo bo‘ladi. Bu savollar tahlil qilinar ekan, ular o‘rinli degan xulosa berish mumkin. Xususan, aynan iqtiboslar orqali katta ilmiy axborot dunyosi haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lish mumkin, makon va vaqt nuqtai-nazaridan turli davrlarda nashr qilingan asarlarning mazmuni haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lish imkoniyati, ularni yaxlit bir tizimga soladi.
Ilmiy tadqiqotning muhim jihatlari olimning ilhomi, fantaziyasi, umumiy madaniyati, shuningdek uning shaxsiy sifatlari bilan ham chambarchas bog‘liq.

Download 305,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish