«ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vazifalari. Fan va ijod haqida asosiy tushunchalar



Download 0,78 Mb.
Sana29.06.2022
Hajmi0,78 Mb.
#717995
Bog'liq
1mavzu

«ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI» FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI. FAN VA IJOD HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR


Reja:
1. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vazifalari.
2. Asosiy ta’rif va tushunchalar
3. Metod va metodologiya
«Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vazifalari.
«Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi– magistrant talabalarga ilmiy tadqiqotlarning asosiy tushunchalari, ta’riflari, usullari va bosqichlari haqida nazariy bilimlarni berish, ularni ilmiy tadqiqotlarni olib borish metodologiyasi, eksperimentlarni bajarish usullari, olingan natijalarini ishlab chiqish va tahlil etish metodlari, ularni rasmiylashtirish va amaliyotga tatbiq etish usullari bilan tanishtirishdan iboratdir.
Ushbu fanni o’zlashtirgan talaba o’z ilmiy sohasi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish, magistrlik dissertasiyasi mavzusi bo’yicha ilmiy izlanishlarni olib borish metodlarini, tajriba natijalarini tahlil qilishni, xulosalar chiqarishni, amaliyotga tadbiq etishni, o’rganilayotgan obyektning matematik modelini tuzishni o’zlashtirib oladi.
Asosiy ta’rif va tushunchalar
Fan - inson faoliyati sohasi bo’lib, uning vazifasi borliq haqidagi obyektiv bilimlarni ishlab chiqish va nazariy tomondan tizimlashtirish hisoblanadi.
Bu soha quyidagilarni o’z ichiga oladi:
ilmiy tushunchalar, postulatlar va aksiomalar, ilmiy qonunlar, nazariyalar va farazlar, emperik ilmiy dalillar, uslublar, usullar va tadqiqot yo’llari tarzidagi uzluksiz rivojlanib boruvchi bilimlar tizimini;
bilimlarning mazkur tizimlarini yaratish va rivojlantirishga yo’naltirilgan insonlarning ilmiy faoliyatini va ijodini;
insonlar ijodini ilmiy mehnat obyektlari, vositalari va ilmiy faoliyat sharoitlari bilan ta’minlovchi muassasani.
Fanning asosiy maqsadi – xolis dunyoni ya’ni borliqning nazariy aksini bilish va tabiatga jamiyat uchun foydali natijalar olish maqsadida ta’sir ko’rsatishdan iboratdir.
Postulatlar va aksiomalar ilmiy bilishning boshlang’ich holati hisoblanadi, ular tizimlashtirishning boshlang’ich shakli bo’lib, ta’limot, nazariya va h.k. larning asosini tashkil qiladi. Ta’rif ilmiy bilimni umumlashtirish va tizimlashtirishning oliy shaklidir. U mavjud obyektlar, jarayonlar va hodisalarni umumlashtirib idroklashga, shuningdek, yangilarini oldindan aytib berishga imkon beruvchi tadqiqotlarning ilmiy tamoyillari, qonunlari va usullarini ifodalaydi
Ilmiy nazariya deb nazariy bilimlarni tashkil qilishning eng yuqori shakliga aytiladi. U ma’lum bir sohadagi asosiy g’oya va gipotezalarni yagona bir tizimga birlashtiradi.
Nazariyaning haqqoniylik mezoni – bu amaliyotdir. Tabiat va jamiyatning obyektiv qonunlarini bilishga asoslangan ilmiy nazariyalar ushbu qonunlar natijasida kelgusida vujudga keladigan xodisalarni oldindan ko’ra olish imkoniyatini beradi.
Ilmiy nazariya – bu ma’lum bir xodisalar yig’indisini tushuntirib beruvchi va ilgari surilgan barcha qonuniyatlarni asoslovchi va shu soxada ochilgan qonunlarni yagona bir asosga birlashtiruvchi bilimlar tizimidir.
Metod va metodologiya
Ixtiyoriy fanning asosi metodologiyadir. Metodologiya termini orqali faoliyatning metodlari, strukturasi, mantiqiy shakllanishi va vositalarini o’rgatuvchi ta’limot tushuniladi. Maxsus-ilmiy va falsafiy metodologiyalar mavjud bo’lib, maxsus –ilmiy metodologiya o’z navbatida bir necha pog’onaga bo’linadi: umumiy va ilmiy metodologik konsepsiyalar,
alohidagi maxsus fanlar metodologiyasi,
tadqiqotlar metodikasi.
Kimki metodologiyani yaxshi bilsa, u yoki muammolarni yechish uchun eng maqbul tadqiqot metodlarini tanlay oladi, avvalgi tadqiqotlarning natijalari asosida yangi ilmiy nazariyani yaratish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Bilish jarayoni bevosita aniq va konkret metodlarni talab qiladi, ularning yig’indisi esa ushbu fanning tadqiqot metodikasini tashkil qilib, maxsus-ilmiy metodologiyaning ma’lum bir pog’onasi hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqot ishlariga kirishishdan avval, uning metodlarini, shakllarini, vositalarini to’g’ri tanlab olish va metodikani ilmiy jixatdan asoslash lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ruyixati
Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.– 173 b.
Peregudov L.V., Saidov M.X., Aliqulov D.Ye. Ilmiy ijod metodologiyasi. –Toshkent: «Moliya» nashriyoti, 2002.
Peregudov L.. Metodologiya nauchnix issledovaniy. – Tashkent, 2002
Tojiyev M. va boshq. Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari. – T., 2001.
Gryaznov V.M. Metodologiya nauchnogo tvorchestva. – M.: RUDN, 2000.
Davronov Z. Ilmiy ijod metodologiyasi. – T.: Iqtisod-Moliya, 2007.
www.Ziyo.net.uz
Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish