O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
VAZIRLIGI
BUXORO MUXANDISLIK-TEXNOLOGIYALARI
INSTITUTI
“ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYA” fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Innovatsion rivojlanish shartlari.
Bajardi: M25-21 guruh magistranti
Baxronov B. X.
Buxoro 2021 y.
Mavzu: Innovatsion rivojlanish shartlari.
Reja:
“Innovatsiya” tushunchasi.
Innovatsion loyihalarning tasnifi.
Innovatsion loyihalarni shakllantirish va bajarish bosqichlari.
Xulosa.
“Innovatsiya” tushunchasi
“Innovatsiya” atamasi lotincha “novation” so’zidan olingan bo’lib, “yangilanish” (yoki “o’zgarish”), “in” qo’shimchasi esa lotinchadan “yo’nalishida” deb tarjima qilinadi, agar buni yaxlit “Innovation” ko’rinishda tarjima qilsak – “o’zgarishlar yo’nalishda” deb izohlanadi. Innovation tushunchasi birinchi bo’lib XIX-asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bo’ldi.
“Innovatsiya” tushunchasi o’zining yangi hayotini “innovatsion kombinatsiyalar” ni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi o’zgarishlar natijasida XX-asrning boshida avstriyalik va amerikalik iqtisodchi Y. Shumpeterning ilmiy ishlarida boshlangan. Shumpeter 1900-yillarda iqtisodda ushbu termini ilmiy qo’llashga kiritgan dastlabki olimlardan edi.
Innovatsiya – bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o’sish samaradorligini ta’minlash uchun joriy etilgan yangilikdir. Inson intellectual faoliyati, uning fantaziyasi, ijodiy jarayoni, kashfiyotlari, ixtirolari va ratsionalizatorligining yakuniy natijasi hisoblanadi.
Innovatsiyalarning ilmiy kashfoyotlar va ixtirolardan farqi
Ilm-fan – bu ma’lum mablag’larni bilimlar va g’oyalarga aylantirish
Innovatsiyalar – bu bilimlar va g’oyalarni mablag’larga aylantirishdir
Ixtiro – bu yangi kansepsiyani yaratish demak.
Kashfiyot – izlanish, tekshirish, ilmiy tadqiqot batijasida ba’zan esa tasodifan topilgan yaratilgan ilmiy yangilik.
Innovatsiya – bu ixtironing amaliy ahamiyatini ajratib ko’rsatish va uni muvaffaqiyatli sotiladigan mahsulotga aylantirish.
Innovatsiyaning 10 ta amri
Maqsadingizni ifodalang.
Jamoangizni ilholantiring
Diqqatingizni xaridorga qarating
Har kimga o’xshamang
Hamma narsani Shubha g’alviridan o’tkazib ko’ring
Sinergiya* yarating
Jarayonni yarating.
Har qanday xatarni oldindan ko’ra biling.
O’zgarishlarning yetakchisiga aylaning.
Tashabbuskor bo’ling
Sinergiya bu fotdali o’zaro hamkorlik, uning samarasi har bir inson yakka holda qilgan harakatlari yig’indisini olib qaraganimizda yanada ko’proq hisoblanadi. “Sinergiya” so’zi grek tilidan tarjima qilinganida aynan “hamkorlik, o’zaro munosabat” ma’nolarini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |